Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


Download 164.33 Kb.
bet8/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

Kalit so’z: Kompetentlik, motevatsion xislat, intellektual salohiyat, pedagogik mahorat, tayanch kompetentlik,metod.
Аннотация: Обсуждается формирование специальных компетенций студентов технологического образования, формирование понятия научной компетентности у студентов технологического образования, а также рациональное использование различных интерактивных методов при успешном решении проблемных ситуаций.
Ключевые слова: Компетентность, мотивационный характер, интеллектуальный потенциал, педагогическое мастерство, базовая компетентность, метод.
Abstract: The formation of special competencies of students of technological education, the formation of the concept of scientific competence in students of technological education, and the rational use of various interactive methods in the successful solution of problem situations are discussed.
Key word: Competence, motivational character, intellectual potential, pedagogical skill, basic competence, method.
Hozirgi kunda jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning jadal sur’atda omalga oshayotganligi, ta’lim tizimining bosqichma-bosqich isloh qilib borilishi murakkab ijtimoiy hodisa sifatida umum e’tiborli va ma’naviy qiziqishga moyi jarayonga aylandi. Ta’lim tizimining umumiy maqsadi teng huquqli demokratik davlat talablariga javob bera oladigan har tomonlama yetuk va barkamol jamiyat a’zolarini tarbiyalab berishdan iboratdir. O’quv jarayonlarida texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarining maxsus kompetentligini shakllantirish orqali ularning inson hayotiga, shaxs tarbiyasiga, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishiga bo’lgan e’tiborini sezilarli darajada kuchaytirish mumkin.
Xo’sh, “Kompetentlik” o’zi nima? Talabalar o’zlarida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o’rinda shu va shunga o’xshash g’oyalar yuzasidan qisqacha to’xtalsak. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noananaviy vaziyatlar, kutilmagan holatlarda mutaxassisning o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, talabalar dars va amaliy mashg’ulot vaqtlarida jamoa bo’lib harakat qilishganida turli yangidan-yangi g’oyalardan va metodlardan foydalanishi hamda ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanganda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik qilish” ni anglatadi.
Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalaridan ilmiy kompetentlik alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mavzu va amaliy ishlar bo’yicha integrativ bilimlar va harakatarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya talabalardan doimo bilimlarini boyitib borishni, yangi axborotlarni o’zlashtirishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o’z o’quv faoliyatida qo’llay bilishni taqazo etadi.

Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling