Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


TEACHING CHILDREN WITH DISABILITIES TO PROFESSIONS IN TECHNOLOGY CLASSES


Download 164.33 Kb.
bet11/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

TEACHING CHILDREN WITH DISABILITIES TO PROFESSIONS IN TECHNOLOGY CLASSES

Usmаnоvа Mukhlisаkhаn Sоbirоvnа, аssistаnt prоfеssоr оf Kоkаnd DPI

Аnnоtаtiоn. This article highlights the issues of vocational training of children with disabilities in technology classes.
Kеy wоrds: Profession, children with disabilities, aesthetic education, work activities, taking measurements, correctional work, aiming.

Aqli zaif bolalarni kasbga tayyorlash uchun texnologiya darslarida ularda mehnatdagi tashkiliy ko‘nikmalarni tarbiyalashni (mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida kelish, faqat o‘z ish o‘rnida ishlash, zarur materiallar va asboblarni tanlash, ularni detallarga ishlov berish texnologiyasiga muvofiq joylashtirish; material va asboblarga ehtiyotkorona bo’lish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini va sanitariya-gigiyena talablarini bajarish ko‘nikmalarini tarbiyalashni) nazarda tutadi.


Ish vaqtining bekor sarflanishini tugatish yoki qisqartirish mehnat intizomining ahvoli: kech qolishlarga, mashg‘ulotlardan erta ketib qolishga barham berish bilan chambarchas bog‘liqdir. Aqli zaif bolalarga ish vaqtining har bir daqiqasini tejashning ahamiyatini doimo singdirib borish kerak, toki ular ish vaqtining moddiy qiymatini tushunib yetsinlar.
Texnologiya darslarida estetik tarbiya ham amalga oshiriladi. Yordamchi maktab o‘quvchilari buyum materialini, go‘zalligini, uning fakturasi xususiyatlarini his qilishlari lozim. Shu bilan birga, ularga shunday tushunchani, ya’ni ishning sifatini, buyumning yaxshiligi, mustahkamligi, go‘zalligi va mehnat unumdorligi mehnat faoliyatining asosiy mezonlaridir, degan tushunchani qulay shaklda tarkib toptirish kerak. Texnologiya fani va bolalarga taqdim etiladigan buyumlar estetik tushunchalarning shakllanishiga yordam beradi.
Mehnatning korreksiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifasi aqli zaif o‘quvchilarning psixofizik rivojlanishidagi kamchiliklarini tuzatishda, ularda ijtimoiy mehnat va maishiy ko‘nikma hosil qilish uchun zarur bo’lgan shaxsiy sifatlarni tarbiyalashda ifodalanadi.
Texnologiya faniga doir, texnologiya fanini takomillashtirishga qaratilgan bu masalalarga lozim darajali e’tibor beriladi. Yordamchi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarda mehnat topshirig‘ining farqiga borishi, materiallar, buyumlar, asboblaming xususiyatlari va sifatini, mehnat sharoitini tahlil qilishni, topshiriqning borishini nazorat qilish va rejalashtirishni, o‘qituvchining rejasiga, predmetli-texnologik kartaga muvofiq ravishda ishni bosqichma-bosqich bajarganligi haqida hisobot berishni avj oldirishi lozim.
Korreksion ishlar mehnat harakatlari, tadbirlari mo‘ljal olishni nazorat qilish, konstruktiv va tasviriy faoliyatni rivojlantirishni, harakatlar va natijalarning to‘g‘riligini aniqlashni, tayyor buyum sifatiga baho berishni o‘z ichiga oladi.
Texnologiya darslari aqli zaif bola analizatorlari butun sistemasini mashq qildiradigan mehnat malakalarini hosil qilishga yordam beradi. Bu bilan yordamchi maktab o‘quvchilarining tevarak- atrofdagi olam obyektlarini analitik idrok etishni faollashtirish va yaxshilash uchun har qanday mehnat turida zarur bo‘ladigan ko‘rish, sezish, eshitish, hid bilish, kinestezik tasavvurlarni shakllantirish uchun obyektiv shart-sharoitlar yaratiladi. Idrok etishning mo‘ljal olish, tadqiqotchilik va boshqaruvchilik vazifasi shakllanadi. Fikriy jarayonlarni tahlil qilish va sintez qilish rivojlanadi. O‘quvchi bir xil materiallarni boshqalari bilan fakturasiyu shaklli miqdori bo‘yicha taqqoslab ko‘radi. Buning natijasida mantiqiy operatsiya bo‘lgan taqqoslash usullarini amaliy o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Mehnat operatsiyasini ongli ravishda bajarish odatda buyumni fikran qismlarga ajratib chiqishni nazarda tutadi. Bu hol ijrochilik operatsiyalari tartibini belgilashga yordam beradi - tahlil qilish usullari ishlab chiqiladi.
Detallardan buyumni yig‘ish, ayrim operatsiyalarni yaxlit sistemaga birlashtirish sohasidagi faoliyat sintez qilishni rivojlantiradi, faol faoliyatga ko‘pgina tushunchalarni kiritish hisobiga yordamchi maktab o‘quvchilarining nutqi boyib boradi, o‘quvchilar og‘zaki nutqni tuzish ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar.
Lekin mehnat o‘z-o‘zidan tuzatuvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Qo‘l mehnati darslarida yordamchi maktab o‘qituvchisi psixofizik kamchiliklarini tuzatish, o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun yaxshi shart-sharoitlar yaratib berishi lozim. Texnologiya darslarida olib boriladigan korreksion- tarbiyalovchi ishlar ta’lim va tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va boshqarishni taqozo etadi.
1-3-sinflarda aqli zaif bolalarga texnologiya darslarida bilim berish propedevtik (kirish) bo‘g‘ini hisoblanadi. Texnologiya darslarining kasb-mehnat tayyorgarligi bilan bog‘liqligi yordamchi maktab o‘quvchilarida hozirlikni shakllantirishdan iborat.
Yordamchi maktab o‘quvchilari dastlabki mehnat ko‘nikmalari, bilim va malakalami hosil qiladilar. O‘zlariga qulay bo‘lgan turli materiallar bilan ishlash usullarini o‘zlashtiradilar, ulaming xususiyatlari, asboblar bilan tanishadilar. Buyumlar tayyorlashda ulardan foydalanish mahoratini egallaydilar. To‘g‘ri ish holatini, o‘zlarining ishga bo‘lgan g‘ayratlarini boshqaradilar.
Oligofrenopedagog texnologiya darslarida doimo o’quvchilarga turli shakldagi mehnatga qiziqishni singdirib borishi lozim. Ta’limning yakunlovchi bosqichi bo‘lgan uchinchi yilda endi muayyan ixtisoslarga qiziqish uyg‘otish ishlarini kuchaytirish va bu bilan o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini boshlash mumkin. Keyinchalik o‘quvchilar maktabda o‘rganishi lozim bo‘lgan barcha kasblaming muhimligi, zarurligini qulay va qiziqarli shaklda ochib berishi zarur. Ana shu maqsadda maktab ustaxonalariga, korxonalarga ishlab chiqarish ekskursiyalari uyushtirish tavsiya etiladi. O‘quvchilar bu yerda ommaviy ishlab chiqarish ishlari, o‘z ota-onalarining mehnati bilan dastlabki tarzda tanishadilar.
Aqli zaif bolalarga ta’lim berishning muvaffaqiyati o‘quvchilarning o‘zlariga taklif etiladigan mehnat topshiriqlarini o‘zlashtirishga, olingan bilimlar asosida mashqlar bajarishga qanchalik tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday bolalar o‘z psixologik rivojlanishlar xususiyati tufayli barcha ish bosqichlarini zarur darajada chuqur o‘zlashtirmasligi mumkin. Yordamchi maktabning o‘ziga xos xususiyati ta’limning kirish yo‘nalishi yaqqol ifodalanishi bilan ajralib turadi, bunda har bir yangi bosqichdan oldin tayyorgarlik darajasi amalga oshiriladi.
Masalan, aqli zaif bolalar buyumni tayyorlashning butun jarayonini esda saqlab qololmasligi mumkin, shu sababli ish tushuntirib beriladi, ayrim usullar, operatsiyalar bo‘yicha namoyish qilinadi, bundan maqsad bola butun ish jarayonini yaxlit va har bir detalini alohida tasavvur qila olsin.
Har bir usul alohida ko‘rsatib va tushuntirib berilgandan so‘ng bolalar dastlabki o‘qituvchi kuzatuvi ostida, keyin o‘zlari mustaqil ravishda namunalar asosida tegishli mashqlar yo‘li bilan ishlab chiqaradilar.
Yangi ish usullarini o'rganishda o‘qituvchi endi o‘rganilgan ish usullariga emas, balki bolalarning mavjud tajribasiga tayanadi. Ta’limning propedevtikligi oddiy operatsiyalardan murakkablariga, yengil usullaridan qiyinlariga sekin-asta o’tishni nazarda tutadi.
Tuzatish va yo‘naltirish vazifasini hal qilishda o‘qituvchi yetakchi rol o‘ynaydi. O‘quv-tarbiya jarayoni metodik jihatdan to‘g‘ri yo’lga qo‘yilgan taqdirdagina aqli zaif o‘quvchilarning psixofizik rivojlanishidagi kamchiliklarni muvaffaqiyatli tuzatish mumkin. Defektolog o‘qituvchi o‘z fanini, o‘z o‘quvchilarini yaxshi bilishi, o‘quv materialini, ta’lim metodlarini, ko‘rgazmali qo‘llanmalarni, bolalaming har tomonlama rivojlanishiga yordam beradigan didaktik materialni sinchiklab tanlashi lozim. O‘qituvchi o‘quvchiga o‘z shaxsi bilan ham ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiyalanuvchilarga hurmat bilan uyg‘unlashtirib boriladigan talabchanlik, pedagoglik nazokati aqli zaif bolalarga ta’lim va tarbiya berishga alohida ta’sirchanlik bag‘ishlaydi.
Shunday qilib, texnologiya darslari o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga va ularni kasb-hunarga tayyorlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda maqolaning maqsadi texnologiya darslarini iloji boricha namunali tashkil etishni ko‘rsatib berishdan, uning yordamchi maktabning didaktik (korreksiyalash) tuzatuvchi – tarbiyalovchi vazifalariga ko‘p darajada muvofiq bo‘lishidan iboratdir.

Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling