Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 164.33 Kb.
bet12/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Sоbirоvnа, U. M. (2022). Imprоving thе еducаtiоnаl systеm fоr childrеn with disаbilitiеs. Thе Pееriаn Jоurnаl4, 20-22.

  2. Sоbirоvnа, U. M. (2022). INTЕRАCTIVЕ LЕАRNING MЕTHОDS USЕD IN THЕ ЕFFЕCTIVЕ ОRGАNIZАTIОN ОF TЕCHNОLОGY CОURSЕS. Оpеn Аccеss Rеpоsitоry9(11), 106-113.

  3. Karimov, I. (2021). Developing Creative Activities In Technology Lessons: Using Some New Interactive Methods. The American Journal of Applied sciences, 3(04), 187-198.

  4. Karimov, I. I. (2021). Technology of system-targeted management of pre-competitive training of highly qualified track cyclists. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 24-28.

  5. Karimov, I. (2020). STUDENTS CREATIVE ACTIVITY ON SOME VIEWS ON THE ORGANIZATION. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).

  6. Po’latova P.M, Nurmuxamedova L.Sh Maxsus pedagogika. Darslik.: T.2014

  7. М.М.Axmedov , B.A.Asqarova , G.B. Butayeva , М. Е. Мadaminova, N.ORaxmatova ,М.A.Maxmudova, М.A.Xudoynazarova , G.X.Soliyeva, M.G.Xasanova , R.A.Siddiqova // Formation of Technological Competency of Students on The Basis of Approaches with an Innovative Character// A Journal for New Zealand Herpetology. Vol 12 I



YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TEXNOLOGIYA DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
UrDPI.“Fizik –matematika va texnologik ta’lim”kafedrasi o’qituvchisi O’.Yu.Qalandarova.
Ta’lim tizimi tubdan isloh qilinayotgan hozirgi davrda ta’limni ilg‘or pedagogik texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyin. Bu jarayon har bir o‘qituvchidan o‘z faoliyatini qaytadan ko‘rib chiqishni, o‘z faoliyatini zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishni talab etadi. Shunday ekan boshlang‘ich ta’limning 3-4 sinflarida o‘qitiladigan “Texnologiya” darslarida ham zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash asosida darsning samaradorligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun birinchi o‘rinda bu fanning ko‘rgazmalilik tamoyilini yaratishimiz zarur. Chunki bu fan bevosita bolalarning ko‘z o‘ngida tayyorlanadigan amaliy ishlar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun dars qanchalik faol tashkil etilmasin, o‘quvchi uni ko‘rishi, tasavvur qilishi, iloji bo‘lsa, mushohada qilish, erkin fikr yuritish darajasida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi lozim. Bunga erishish uchun maktablarimizda o‘quv jarayonida mavzularni to‘liq o‘rganishda xizmat qiladigan didaktik vosita va ko‘rgazmali o‘quv qurollari mavjud bo‘lishi talab etiladi.
O‘quvchilar ushbu fan yuzasidan darslarda turli materiallardan,kogozlarni turlarining xilma-xilligi bilan tanishadi; ularni turlarini aniklashni o‘rganishadi. Bulardan tashqari foydalanadigan materiallarni tuzilishi,undan tayyorlanadigan buyumlarni yasalishi uning tuzilishi kabi bilimlardan ham boxabar bo‘lishadi. Buning uchun albatta, har xil didaktik vositalar va o‘quv materiallardan foydalaniladi. Texnologiya darslarida bunday didaktik vositalarga o‘quv va metodik qo‘llanmalardan tashqari rasmli jadvallar, o‘simliklardan tayyorlangan gerbariylar, hayvonlar-ning quruq va ho‘l preparatlari, didaktik testlar, topshiriqlar, krossvord-lar va hatto multimediali elektron vositalar, ya’ni hozirgi kunda rivojlanib borayotgan kompyuter texnika vositalari, tabiat va undagi hodisalar ifodalovchi o‘quv diafilmlari va boshqalarni kiritish mumkin. O‘qituvchi 1 soatlik dars davomida mana shunday vositalar yordamida mavzu yuzasidan o‘quvchilarga bilim berishga, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga harakat qiladi. Lekin dars pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashtirilmasa, bir tizimga solinmasa, dars samaradorligini oshirish maqsadida foydalaniladigan bunday vositalar pirovard natijani bermasligi mumkin.
Texnologiya darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
1. Darsdagi ta’lim-tarbiya maqsadining aniqligi.
2. Pedagogik texnologiya mazmunining hozirgi davr talabiga mosligi.
3. Pedagogik texnologiya jarayonida didaktik qoidalarning tartib bilan tizimlashuvi.
4. O‘qituvchining pedagogik mahorat texnikasi.
Pedagogik texnologiyani qo‘llashda o‘qituvchi quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim:
1. Zamonaviy ta’lim-tarbiya amaliyotiga tajriba-sinovdan o‘tgan didaktika sohasidagi yangliklarni joriy etish.
2. Ta’lim-tarbiya mazmunini uzluksiz yangilab borish. O‘quv dasturlariga ham befarq bo‘lmasdan sinchkovlik bilan o‘rganish.
3. Umumiy va milliy qadriyatlar sohasidagi yangi ijodlarni o‘rganib borish.
4. O‘quv jarayonida o‘quvchi bilan bo‘lgan faoliyatni algoritmlash, optimallashtirish, faollashtirish. Ularning ichki ruhiyati va tarbiya darajasini kengaytirish.
5. Ilmiylik – yangi usul va vositalardan foydalanib, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash va o‘zini anglashga o‘rgatish.
6. Bolalarni dastur mavzulari asosida amaliy faoliyatga jalb etish.
7. Qo‘lga kiritilgan ilg‘or tajribalarga suyanish.
8. Dars maqsadining aniqligi, mazmunining zamonaviyligi, milliy ma’naviy qadriyatlar bilan boyitilishi va o‘quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyati uchun o‘yin, test savollari, ko‘rgazmali qurollar, savol va topshiriqlardan foydalanish.
9. Chuqur nazariy bilimga ega bo‘lish.
Bunday vazifalar qo‘yilishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’a-naviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, ilg‘or texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini chuqur o‘zlashti-rishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishga, mustaqil ijodiy xulosalar chiqarishlariga ham o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlani-shi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda boshqaruvchanlik, yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajara-di. Bu pedagogikaning yetakchi qoidalarida ham o‘z aksini topgan:
1. Bola shaxsini birinchi o‘ringa ko‘tarish.
2. O‘quvchi shaxsi ma’naviyatini va qadriyatini shakllantirish ustuvorligi.
3. Mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
4. Bolaning tarbiyalanishi va bilimlarni o‘zlashtirishi jarayonida o‘zining ishtirokini ta’minlash.
5. Bolaga kashf etish, zavqlanish lazzatini tuydirish.
6. Pedagogik hamkorlik va hamijodkorlik hukmron bo‘lishiga erishish.
Biz o‘z tajribalarimizdan shu narsaga amin bo‘ldikki, boshlang‘ich ta’limda texnologiya darslarini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o‘tish va ulardan yuqorida keltirilgan foydalanish dars samaradorligini oshirishda yaxshi natijalar beradi. Chunki, mashg‘ulotlarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish o‘quvchilar uchun qulaylik tug‘diradi, ularni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi, ma’suliyatini oshiradi, eng sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni ham ilhomlantirgan holda harakatlantiradi. O‘qituvchining esa dars ijodkori, u tayyor texnologiyalarning oddiy ijrochisiga aylanmasligi, pedagogik texnologiya-lardan foydalangan holda o‘z yo‘lini izlashi va ishtiyoq bilan faoliyatga kirishishi ta’minlanadi. Bolalarni amaliy faoliyatga yo‘naltirish, obrazga kirish, teatrlashtirilgan kichik saxnalar qo‘yish, bahs-munozaralar uyushtirish, savollar qo‘ya olish, o‘z fikrini erkin ifodalash va shu bilan birga bahs-munozaralar yuritish madaniyatini egallashlariga imkon berish lozim. O‘qituvchi o‘quvchini o‘zi bilan teng ishtirokchi, hamkor sifatida ko‘rishi, bola fikrlarini hurmat qilishi, eshitishi, ular bilan hisoblashishi, o‘z fikrini hukm sifatida emas, o‘quvchilar fikri bilan teng darajada o‘rtaga tashlashi zarur. Bunday tarzda, ya’ni hamkorlik, hamdardlik asosida dars samaradorligining oshirilishi o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish, munosabat bildirish ko‘nikmasining shakllanishi bilan birga o‘zi faol ishtirok etgan holda, yakka, juftlikda, guruhlarda muammo va savollar-ga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so‘zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo‘yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Oqibatda mavzu o‘quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi va yangi mavzuni o‘zlashtirishda ham tanqidiy, tahliliy yondasha oladilar.

Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling