Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


TEHNOLOGIK TA`LIM DARSLARIDA KASBIY MEHNAT FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH


Download 164.33 Kb.
bet4/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

TEHNOLOGIK TA`LIM DARSLARIDA KASBIY MEHNAT FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH

Ibragimova Maryamhon G`ulomovna
QDPI.Tehnologik ta`lim kafedrasi katta o'qituvchisi
ibragimovamaryamxon1@gmail.com
Annotatsiya: Insonning barkamolligini belgilaydigan fazilatlaridan biri-bu yaxshi kasb egasi bo‘lish, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishib, jamiyatga foyda keltirish, o‘quvchilarga uning kasbiy shakllanishida, o‘zligini anglashida o‘z ehtiyojlarini, malakalariga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarini to‘liq hisobga olib o‘ziga ma’qul turini tanlashga yordam berish ahamiyati haqida yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: tehnologiya,faoliyat, mashg'ulotlar, to'garak, ekskursiya.
Jamiyatimizning har bir jabhasiga kirib kelagn, uning ajralmas jihati bo‘lagan mamlakat kelajagi-taqdirini belgilab beradigan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy vazifalaridan biri-kasbga yo‘naltirish ishlarini yo‘lga qo‘yishdir. Shuningdek har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalash, uni kamolot cho‘qisi sari yetaklash xalq ta’limi tizimi xodimlari oldidagi asosiy maqsaddir. Insonning barkamolligini belgilaydigan fazilatlaridan biri-bu yaxshi kasb egasi bo‘lish, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishib, jamiyatga foyda keltirish. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy vazifalari o‘quvchilarga uning kasbiy shakllanishida, o‘zligini anglashida o‘z ehtiyojlarini, malakalariga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarini to‘liq hisobga olib o‘ziga ma’qul turini tanlashga yordam berishdir.
Shu nuqtai nazardan qaraganda psixologik-pedagogik tashxis maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning ajralmas qismi ekanligi masalaning muhim tomonidir. Maktab amaliyotchi psixologi tomonidan 9-sinf o‘quvchilarini o‘quv yili davomida 5ta metodika asosida bir necha davriy jarayonlarda psixologik tashxisdan o‘tkazishi bu o‘rinda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan bitiruvchilarni o‘rta mahsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga yo‘naltirish komissiyalari ham o‘z ishini yo‘lga qo‘yishda mana shu manbaalarga asoslanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta, barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk, o‘z vatanining tarixi, bugungi va kelajagi uchun qayg‘uradigan, shuningdek jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Lekin ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar serqirra, murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini idrok etish mumkin.
Aytish mumkinki, barkamol insonning shakllanishi, uning munosib kasb-korini egallashi, jamiyat taraqqiyoti uchun baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shib, yashashi va shu orqali jamiyatda o‘zligini namoyon etishi, ya’ni shaxs sifatida kamol topishi nazarga olinadi. Komillik sari intilish shaxsning kasbiy shakllanishi bilan birgalikda yaxlit holda kechadigan va deyarli bir umr davom etadigan murakkab jarayondir. Keng ma’noda kasbiy shakllanish deganda insonning o‘z aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari, u yoki bu sohaga bo‘lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va dunyoqarashlariga ko‘ra biron-bir kasb sohasida ta’lim olishi, keyinchalik shu sohaga kirishib, moslasha borishi va nihoyat yillar davomida yetuk va malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi tushiniladi.
Mehnatga ongli munosabatda bo‘lish mehnatni ilmiy tashkil etish bilan chambarchas bog‘langandir. Mehnatni ilmiy tashkil etish – mehnat madaniyatining eng yuqori bosqichidir. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish odam energiyasini va moddiy vositalarni tejashni, mehnatda yuqori unumdorlikka erishishni, unumsiz harakatlarni mumkin qadar kamaytirish va yo‘qotishni, mahsulot sifatini oshirib, tannarxini kamaytirishni ta’minlaydi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish tizimlarini mehnat ta’limi va kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘qitiladigan fanlardan amaliy mashg‘ulotlarga kiritish muhim ahamiyat kasb etadi. Qisqacha qilib aytganda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish – mehnatni ilmiy asosda bajarib, amaliy mashg‘ulot jarayonida eng qulay va unumdor mehnat harakatlarini va usullarini qo‘llashdir.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, bugungi yoshlarni tarbiyalashda xalq pedagogikasidan foydalanish beqiyos ahamiyatga ega. Xalq pedagogikasi hayot so‘qmoqldaridan o‘tgan xalqning ma’naviy hayot boyligi, aql zakovati, hayot tajribalari shaxsni baxsga chorlovchi, kurashga undovchi, ta’lim tarbiyaning ko‘pgina milliy qiralarini o‘zida aks ettiradi. Yoshlarni tarbiyalash sohasidagi g‘oyalar, yo‘llar, usul va vositalar, tadbir va shakllari an’ana va urf-odatlar, qadriyatlar o‘zbek milliy pedagogikasida mujassamdir. Yoshlarni, xalq pedagogikasi asosida tarbiyalash o‘z navbatida oldimizga ko‘pgina vazifalarni yuklaydi.
Hayotiy kuzatishlar va tajribasidan kelib chiqqan xolda maktab yoshidagi o‘quvchilarga to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatish , yoshlarga pandu-nasihat, maslahat berishda, kasbkorlarning maxoratini har bir kishining qalbiga yetib boradigan usulda , hikoya va rivoyat tarzida tushuntirilsa qiziqishlarni yanada oshiradi.
O‘quvchilarni har tomonlama sog‘lom va yetuk qilib tarbiyalash bilan bog‘liq muhim g‘oyalar ilgari surilgan. O‘quvchilarga pand-nasihat, ibrat namunasi sifatidagi olib boriladigan ishlar o‘quvchilarni donolikka, kamtarlikka, mehnatsevarlikka va sahiylikka, bilim va kasb-hunarli kishilar bo‘lib yetishishlarida beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishda ayniqsa, ma’rifiy maskanlarda har bir o‘qituvchi va tarbiyachi dars yoki tarbiyaviy soatlarda milliyligimizga e’tibordi kuchaytirishi lozim.
O‘quvchilarga kasb tarbiyasini amalga oshirish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchining kasbiy intilishini bilishi va hisobga olishi, ana shu intilishni kuchaytirishda unga yordam berishi lozim. Murabbiy esa har doim tarbiyalanuvchining istagidan va bu istakka erishish uchun qanday kuch-g‘ayrat sarflanayotganidan xabardor bo‘lishi kerak. Kasbiy ta’lim ishlarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish esa kasb tagnlashga yo‘llash ishlari sifati va samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, bugungi yoshlarni tarbiyalashda xalq pedagogikasidan foydalanish beqiyos ahamiyatga ega. Xalq pedagogikasi hayot so‘qmoqldaridan o‘tgan xalqning ma’naviy hayot boyligi, aql zakovati, hayot tajribalari shaxsni baxsga chorlovchi, kurashga undovchi, ta’lim tarbiyaning ko‘pgina milliy qiralarini o‘zida aks ettiradi. Yoshlarni tarbiyalash sohasidagi g‘oyalar, yo‘llar, usul va vositalar, tadbir va shakllari an’ana va urf-odatlar, qadriyatlar o‘zbek milliy pedagogikasida mujassamdir. Yoshlarni, xalq pedagogikasi asosida tarbiyalash o‘z navbatida oldimizga ko‘pgina vazifalarni yuklaydi.
Insonning har tomonlama uyg‘un rivojlanishi, ma’rifatliligi, ma’naviy boyligi, axloqiy pokligi - bularning hammasiga odam aqliy, ahloqiy, estetik va jismoniy madaniyat bilan birga mehnat madaniyatining, mehnat ijodkorligining yuqori bosqichiga ko‘tarilgandagina erishiladi. Mehnatdan tashqari yoki mehnatsiz tarbiya bo‘lmaydi. Mehnatga tayyorlash esa bolaning kelajakdagi turmush darajasini ham tarbiyalash demakdir. Modomiki jamiyatimizning ertangi me’morlari bo‘lgan bugungi yosh avlodni tarbiyalashda zarur bo‘lgan mehnat tarbiyasini qo‘shib olib borish bugun siz-u bizga yuklangan ekan, demak uning boshqa turli usullarini qidirib topish xam bizning zimmamizda. O‘zlarida mehnat tarbiyasini yaxshi o‘zlashtirgan kishilargina yosh avlodni mexnat tarbiyasi bilan bog‘lab tarbiyalashdek ulkan vazifani bajarishlari oson kechishi mumkin. Chunki bolalar juda taqlidchan bo‘ladi. Shuning uchun har bir tarbiyachi, har bir o‘qituvchi o‘z faoliyati davomida yoshlarni tarbiyalash ishiga mas’uliyat bilan yondoshmog‘i zarur.

Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling