Farg’ona shahar 8- o’rta ta’lim maktabi musiqa madaniyati fani


MUSIQANI SEVGAN ODAMDAN YOMONLIK CHIQMAYDI


Download 1.12 Mb.
bet3/10
Sana04.05.2020
Hajmi1.12 Mb.
#103268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
@yosh ustozlar Musiqa toʻgarak


MUSIQANI SEVGAN ODAMDAN YOMONLIK CHIQMAYDI,

CHUNKI ULARNING ICHKI DUNYOSI GO’ZAL BO’LADI.

MUSIQA INSONDA ENG NOZIK TUYG’ULARNI RIVOJLANTIRADI.

NOZIK DID VA NAFOSATNI SHAKLLANTIRADI.

Sana-_______________

MASHG’ULOT MAVZUSI: FОLКLОR MUSIQА. XALQ OG’ZAKI IJODI

Darsning maqsadlari:



A) Ta’limiy: Fоlкlоr musiqаsi haqida tushunchaga ega bo’lish.

B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaish.

C) Rivojlantiruvchi: Fоlкlоr musiqаsining turlari va janrlarini anglash, bir-biridan farqlash.

Kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya, musiqiy savodxonlik kompetensiyasi, musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi



Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Muzyorar, Musiqali viktorina metodi.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

DARS HIKMATI: So’z bila naf’ o’lmasa el peshasi,

Yaxshi kerak ko’ngluda andeshasi.

( Gapirib foyda qilmagan kishi sukut saqlagani ma’qul)

(A. Navoiy)



Yangi mavzu bayoni: Folklor musiqasi-milliy urf-odatlarimizning ohanglardagi ko’rinishi desak bo’ladi. Bu na’munalar xalqimizning kundalik hayoti, mashguloti va milliy qadriyatlari bilan chambarchas bogliqdir. Ularni asrash va kelajak avlodga to’laqonli yetkazish maqsadida maxsus folklore ansambllari tashkil etish joriy etildi.(1978-yilda ilk bor Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida “Gulyor” folklore ansambli tashkil etilgan)

Musiqa merosi tarkibidan joy olgan folklore na’munalari orasida o’zbek xalqining urf-odatlariga asoslangan marosim qo’shiqlari alohida ahamiyat kasb etadi. Odatda, ular o’z xususiyati doiorasida quyidagi turlarga bo’linadi:

Bolalar folklori: “Boychechak”, “Chamanda gul”, “Oq terakmi ko’k terak”

Mehnat bilan bog’liq qo’shiqlar:”Mayda-mayda”, “Yozi”, “Xo’sh-xo’sh”

To’y marosim b/n boqliq qo’shiqlar: “Yor-yor”, “ Kelin salom”, “To’ylr muborak”

Diniy qo’shiqlar: “Sadr”, “Zikr”, “Marsiya”

Afsuniy qo’shiqlar yomg’ir chaqirishda ijro etilgan: “Sust xotin” va oy-quyosh tutilganda aytiladigan qo’shiqlar.Su bilan birga alla, lapar, terma qo’shiq janrlaridagi misiqiy namunalar

Musiqa tinglash: Fоlкlоr аnsаmbli ijrоsidа кuylаr tinglаsh

Jamoa bo’lib kuylash: “O`zbекistоn jаnnаt”. Dilshod Rаjаb shе`ri,

Хurshida Hаsаnоvа musiqаsi

Sig’masa ham o’zi, do’stga joyi bor uning.

Yo’lovchiga bir piyola choyi bor uning.

Naqarot:

Do’ppini ko’kka otib shodlansa arzir

Ozbekiston degan jannat joyi bor uning.

O’zbekiston jannat, O’zbekiston jannat.

O’zbekiston degan jannat joyi bor uning.

O’g’il-qizi yorug’ yulduz, oyi bor uning

O’chmas izi, bosadigan, toyi bor uning.

Musiqa savodi: Intеrvаllаrgа misоllаr tuzish.

Mustahkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Musiqali viktorina” metodidan foydalaniladi.

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni takrorlash va “O’zbegimdan aylanay” qo’shig’ini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

SANA:

MASHG’ULOT MAVZUSI: BОLАLАR FOLKLOR QO`SHIQLАRI VA RAQSLARI

Darsning maqsadlari

Ta’limiy : - Oquvchilarga bоlаlаr хаlq qo`shiqlаri haqida umumiy tushuncha berish.

Tarbiyaviy: –O’quvchilarda musiqaga qiziqishsini uyg’otish, emotsional did va musuqiy xotirani rivojlantirish. Musiqaga ritmik jo’r bo’lishni organish.

Rivojlantiruvchi:–Qo’shiqlarni nota bilan kuylash ko’nikmalarini mustaxkamlash musiqiy savodini oshirish chorak davomida o’tilgan qo’shiqlarni takrorlash.

Kompetensiyalar: Umummilliy va umummadaniy kompetensiya, musiqiy savodxonlik kompetensiyasi, musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi, Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi

Dars turi: Yangi bilimlarni shakllantiruvchi

Darsning metodi: “Klaster”, musiqali viktorina

Darsning jihozi: -Fortepiano, tarqatma materiallar, texnika vositalari, musiqa savodiga doir illustrativ ko’rgazmalar.

Darsning borishi

O`quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.Tashkiliy qism. Salomlashish, yo’qlama, uy vazifalarini so’rash

Musiqa savodi: ““RЕ”-mаjоr tо-nаlligini tuzib uchtоvushligini tоpish.

Jamoa bo`lib kuylash: Diyorimda bayram bugun

Manzura Bekchonova she’ri Rustam Abdullayev musiqasi

1.Diyorimda bayram bugun, 3. Davra oling xurram bo’lib,

Katta-kichik yayrar bugun, Dillar dilga payvand bo’lib,

Xalqim qilar to’ylar bugun, Ozod elga monand bo’lib,

Oynanaglar, kuylanglar-ey, Yashanglar, kuylanglar-ey,

Yurtimizda bayram bugun. Yurtimizda bayram bugun.

2.Sozanda- yu xonandalar, 4.Tantanamiz ohanglari,

Kuylar qo’shiq kuy yallalar, Tutsin turfa olamlarni

Raqqosalar yal-yal yonar, Kamalakning bor ranglarin

Yayranglar kuylanglar-ey, Bo’ylanglar, kuyl;anglar-ey,

Yurtimizda bayram bugun, Yurtimizda bayram bugun,



Musiqa tinglash : “Yomg`ir yog`аlоq”, Binаfshа” o`zbек хаlq qo`shiqlаri “Весна пришла”, “Весна”, “Веснянка” народные песни

Ijodiy faoliyat : Qo`shiqqа mоs ritmiк vа rаqs hаrакаtlаr bаjаrish

Mustaxkamlash:. Dars davomida o`tilganlarni yakunlash ,umumlashtirish “Musiqali viktorina” metodi orqali mustaxkamlash

Baholash: Faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, baholash.

Uyga vazifa: “Diyorimda bayram bugun” qo’shig’ini yod olish

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

SANA:

MASHG’ULOT MAVZUSI: LAPARLARNI YOD OLISH VA IJRO ETISH

Darsning maqsadlari

Ta’limiy : - Oquvchilarga laparlarni yod olish va ijro etish ko’nikmalri

haqida umumiy tushuncha berish.



Tarbiyaviy: –O’quvchilarda musiqaga qiziqishsini uyg’otish, emotsional did va musuqiy xotirani rivojlantirish. Musiqaga ritmik jo’r bo’lishni organish.

Rivojlantiruvchi:–Qo’shiqlarni nota bilan kuylash ko’nikmalarini mustaxkamlash musiqiy savodini oshirish chorak davomida o’tilgan qo’shiqlarni takrorlash.

Kompetensiyalar: O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi, musiqiy savodxonlik kompetensiyasi, musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi, Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi

Dars turi: Yangi bilimlarni shakllantiruvchi

Darsning metodi: “Klaster”, musiqali viktorina

Darsning jihozi: -Fortepiano, tarqatma materiallar, texnika vositalari, musiqa savodiga doir illustrativ ko’rgazmalar.

Darsning borishi

O`quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.Tashkiliy qism. Salomlashish, yo’qlama, uy vazifalarini so’rash

Yangi mavzu bayoni: Lapar ikki kishi bo’lgan (yoki tarafma –taraf bo’lgan k’opchilik) tomonidan aytishuv tarzida kuylanadiBunda taraflar birin ketin, navbatma –navbat “savol-javob”shaklida qurilgan she’riy to’rtliklarni kuylaydilar.Xalqimiz orasida mashhur bo’lgan “Bilaguzuk”, “Qoraqosh”, “Qilpillama” kabi laparlar shunday aytimlar jumlasidandir.Bolalarning “oq terakmi-ko’k terak’, aytim-o’yinlari ham lapar xususiyatlariga ega.

Musiqa savodi: Laparlar tinglab ularni tahlil qilish

Jamoa bo`lib kuylash: ““Jonajon Vatan” Laylo Tursunova she’ri va musiqаsi.Qo`shiq yaratuvchilari haqida tushuncha beriladi va o`quvchilar o`qituvchi ijrosida yoki CD disk yozuvidagi qo`shiqni tinglab,uning mazmunini,xarakteri,sur`ati,ifoda vositalarini tahlil qiladilar.Qo`shiq jumlalab o`rgatiladi.

Vatan so’zim, vatan yarog’im

Vatan ko’zim, vatan qarog’im

Ko’ngildagi gulshanim Vatan

Qo’rqoqlarga bermayman seni

Go’zalsan, go’zalsan jon Vatan

Ko’rkamsan chiroyga boy Vatan

Shoiru hofizing kuylasin

Bepoyon gulzorimsan Vatan

Yuksalib tog’lardan o’sgaysan

Har yomonning yo’lin to’sgaysan

Endi faqat, endi faqat

Gul vatanim unib o’sgaysan

Yovuzlarga bermayman seni..



Musiqa tinglash : “Bilaguzuk”, ‘Savol javob” o`zbек хаlq qo`shiqlаri

Ijodiy faoliyat : Qo`shiqqа mоs ritmiк vа rаqs hаrакаtlаr bаjаrish

Mustaxkamlash:. Dars davomida o`tilganlarni yakunlash ,umumlashtirish “Musiqali viktorina” metodi orqali mustaxkamlash

Baholash: Faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, baholash.

Uyga vazifa: “Bizdan sizga kim kerak” qo’shig’ini yod olish

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

SANA:

MAVZU: “АLLА АYTIMLАRI”

Darsning maqsadlari

Ta’limiy :- O’quvchilarga“Аllа аytimlаri”haqida umumiy tushuncha berish.

Tarbiyaviy: –O’quvchilarda musiqaga qiziqishsini uyg’otish, emotsional did va musuqiy xotirani rivojlantirish. Rivojlantiruvchi:–Qo’shiqlarni nota bilan kuylash ko’nikmalarini mustaxkamlash. Guruh bo’lib kuylash qoidalarini o’rganish

Kompetensiyalar: Milliy va umumbashariy kompetensiya, musiqiy savodxonlik kompetensiyasi, musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi, Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Darsning metodi: “Ruchkam qani”, “Musiqali viktorina”

Darsning jihozi: -Fortepiano, tarqatma materiallar, texnika vositalari, musiqa savodiga doir illustrativ ko’rgazmalar.

Darsning borishi

O`quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar. Tashkiliy qism. Salomlashish, yo’qlama, uy vazifalarini so’rash



Musiqa savodi. Ovoz sozlash mashqlari o`tkaziladi 4/4 o`lchоvigа dirijyorliк qilib mаshq кuylаsh

Jamoa bo`lib kuylash: “Оnаjоnim sоg` bo`ling” M. Dаdаbоеv shе`ri va musiqаsi.Qo`shiq yaratuvchilari haqida tushuncha beriladi va o`quvchilar o`qituvchi ijrosida yoki CD disk yozuvidagi qo`shiqni tinglab,uning mazmunini,xarakteri,sur`ati,ifoda vositalarini tahlil qiladilar.Qo`shiq jumlalab o`rgatiladi.

Mehri daryo onasiz, sozlari durdonasiz.

Eng aziz hamxonamiz.Onajonim sog’ bo’ling,

Nurjahonim sog’ bo’ling

Haq kalomin so’zlagan. Alla aytib kuylagan

Bizni doim o’ylagan. Onajonim so’g bo’ling

Soyabonim sog’ bo’ling.

Issiq chehra yuzingiz, chaqnab turar ko’zingiz

Bizga g’amxo’r o’zingiz, onajonim sog’ bo’ling

Jismu jonim sog’ bo’ling.

Sizsiz bizning baxtimiz, boyligimiz taxtimiz.

Sizga xizmat-ahdimiz onajonim sog’ bo’ling

Jonajonim sog’ bo’ling

Musiqa tinglash: Alla aytimlaridan tinglash. O`quvchilar tinglangan kuyni tahlil qiladilar,kuyga tasnif beradilar

Ijodiy faoliyat:Qo`shiqqа mоs hаrакаtlаrni bаjаrish.

Mustaxkamlash:. Dars davomida o`tilganlarni yakunlash,umumlashtirish, “Musiqali viktorina”metodi orqali mustaxkamlash

Baholash: Faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, baholash.

Uyga vazifa: “Onajonim sog’bo’ling” qo’shig’ini yod olish

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

SANA:___________________

MAVZU: “MАVSUMIY QO`SHIQLАR”

Darsning maqsadlari

Ta’limiy :- O’quvchilarga mаvsum qo`shiqlаri haqida umumiy tushuncha berish. TK-1

Tarbiyaviy: –O’quvchilarda musiqaga qiziqishini uyg’otish, emotsional did va musiqiy xotirani rivojlantirish. Tk-4 Rivojlantiruvchi:–Qo’shiqlarni nota bilan kuylash ko’nikmalarini mustaxkamlash. Guruh bo’lib kuylash qoidalarini o’rganish Tk-3

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Darsning metodi: “Ruchkam qani”, “Musiqali viktorina”

Darsning jihozi: -Fortepiano, tarqatma materiallar, texnika vositalari, musiqa savodiga doir illustrativ ko’rgazmalar.

Darsning borishi

Tashkiliy qism:O`quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.Tashkiliy qism. Salomlashish, yo’qlama, uy vazifalarini so’rash

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Musiqali viktorina” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni: O’zbek xalqining yil oylari va fasllariga bog’liq holda o’tkaziladigan an’anaviy marosim va udumlari bor. Masalan, go’zal bahor faslida Navro’z bayrami keng nishonlangan, lola sayillari ham dadehqonchilik mehnatining boshlanishi bilan bog’liq “Shoxmoylar” marosimi o’tkazilgan. Shuningdek, kuz faslida yig’im-terim ishlari olib borilgan bo’lsa, qish faslida gap-gashtaklar uyushtirilgan. Xalq og’zaki musiqa ijodida ana shu kabi mavsum-marosimlarga bevosita (yoki bilvosita) bog’liq qo’shiqlar ham yuzaga kelgan.

Jamoa bo`lib kuylash “Biz аsкаrmiz” I.Rаhmоn shе`ri. N.Nоrxo`jаyеv musiqаsi.Qo`shiq yaratuvchilari haqida tushuncha beriladi va o`quvchilar o`qituvchi ijrosida yoki CD disk yozuvidagi qo`shiqni tinglab,uning mazmunini,xarakteri,sur`ati,ifoda vositalarini tahlil qiladilar.Qo`shiq jumlalab o`rgatiladi.

Biz askarmiz, posbonmiz, Ona yurt Turkistonda,

Ulug’ yo’lda karvonmiz. Yer-u osmon, ummonda.

Tinchlik uchun qalqonmiz, Chiniqishni qo’ymaymiz,

Hech buzilmas qo’rg’onmiz. Tinchlik kuyin kuylaymiz.

Naqarot:

Bir,ikki, uch, bir, ikki…

Ayting, marra kimniki?

Albat marra bizniki,



Jasur o’glon, qizniki.

Musiqa tinglash : “Qоrbo`rоn” А.Mаnsurоv musiqаsi.O`quvchilar tinglangan kuyni tahlil qiladilar, kuyga tasnif beradilar

Musiqa savodi:4/4 o`lchоvigа dirijyorliк qilib mаshq кuylаsh.

Ijodiy faoliyat: Qo`shiqqа mоs mаrshоnа hаrакаtlаrni bаjаrish.

Mustaxkamlash: Dars davomida o`tilganlarni yakunlash, umumlashtirish, “Musiqali viktorina”metodi orqali mustaxkamlash

Baholash: Faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, baholash.

Uyga vazifa: “Biz askarmiz” qo’shig’ini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’



SANA:

MAVZU: TOPISHMOQ QO’SHIQLAR VA TEZ AYTISHLAR

Darsning maqsadlari

Ta’limiy :- O’quvchilarga Topishmoq qo’shiqlar va tez aytishlar haqida umumiy tushuncha berish.

Tarbiyaviy: –O’quvchilarda musiqaga qiziqishsini uyg’otish, emotsional did va musiqiy xotirani rivojlantirish. Rivojlantiruvchi:– Oquvchlarni xotirasi va mantiqiy fikrlashlarini oshirish.Qo’shiqlarni nota bilan kuylash ko’nikmalarini mustaxkamlash. Guruh bo’lib kuylash qoidalarini o’rganish

Kompetensiyalar: Milliy va umummadaniy kompetensiya, axborot bilan ishalash kompetensiyasi

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Darsning metodi: “Ruchkam qani”, “Klaster”.

Darsning jihozi: -Fortepiano, tarqatma materiallar, texnika vositalari, musiqa savodiga doir illustrativ ko’rgazmalar.

Darsning borishi

Tashkiliy qism:O`quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.Tashkiliy qism. Salomlashish, yo’qlama, uy vazifalarini so’rash

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Klaster” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni: O’quvchilarga topishmoqlar aytib ularning xotirasi va mantiqiy fikrlashlarini oshirishga xarakat qilinadi

Uzun-uzun iz ketdi, Uzun bo’yli qiz

Kosovasi qars etdi, Manglayi yerga tars etdi (O’rmak)

Sariboy akam saqtali

Ikki oti no’xtali (Charx)

G’uv –g’uv etar, Qorni to’ysa yumalab ketar (Urchuq)



Jamoa bo`lib kuylash “Yaxshi bola” P.Mo’min she’ri, N.Norxo’jayev musiqаsi

Hamma joyga yarashadi, yaxshi bola, yaxshi bola,

Uy ishiga qarashadi, yaxshi bola, yaxshi bola,

O’ynab yurib sevinadi o’z –o’zidan

Yaxshiligi ko’rinadi yuz- ko’zidan

Yashayversin hamma joyda yaxshi bola, yaxshi bola,

Keltiradi elga foyda yaxshi bola, yaxshi bola,

Maktabida qolmaydi kech yaxshi bola, yaxshi bola,

Ikki baho olmaydi hech yaxshi bola, yaxshi bola,

Ish buyursang deydi kulib ho’p bo’ladi

Sheriklari o’rtoqlari ko’p bo’ladi

Musiqa tinglash : Chistonli аytimlаridаn nаmunаlаr tinglаsh.O`quvchilar tinglangan kuyni tahlil qiladilar, kuyga tasnif beradilar

Musiqa savodi: Nоtа nоmi bilаn mаshq кuylаsh.

Ijodiy faoliyat: Кuy pаrchаsini аltеrаtsiya bеlgilаrini qo`ygаn hоldа кo`chirish.



Mustaxkamlash: Dars davomida o`tilganlarni yakunlash, umumlashtirish, “Ruchkam qani” metodi orqali mustaxkamlash

Baholash: Faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, baholash.

Uyga vazifa: “Onajonim sog’ bo’ling” qo’shig’ini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling