Farg’ona shahar 8- o’rta ta’lim maktabi musiqa madaniyati fani


SANA: MAVZU: O`ZBЕК BАLЕTLАRI


Download 1.12 Mb.
bet5/10
Sana04.05.2020
Hajmi1.12 Mb.
#103268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
@yosh ustozlar Musiqa toʻgarak


SANA:

MAVZU: O`ZBЕК BАLЕTLАRI

Darsning maqsadlari:



A) Ta’limiy: O’quvchilarga balet, o’zbek baletlari, takt va takt chizig’i haqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. bilan tanishtirish.

C) Rivojlantiruvchi:O’zbek baletlarining o’ziga xos tomonlarini farqlay olish. Kompetensiyalar: Milliy va umumbashariy kompetensiya, musiqiy savodxonlik kompetensiyasi, musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi, Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Musiqali viktorina, “Klaster” metodi.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi,davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

O’tilgan mavzuni mustahkamlash:Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Klaster” metodidan foydalaniladi.

DARS HIKMATI:Befoyda so’zni ko’p aytma va foydalig’ so’zni eshiturdan qaytma.( A Navoiy)

Yangi mavzu bayoni:Balet ( fransuzcha ballo — raqsga tushaman) — asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna san’ati turi. Ozida san’atning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’at kabi turlarini uyg’unlashtiradi, bu san’at turlarining hammasi alohida-alohida mavjud bo’lmay, B.ning sintez markazi bo’lgan xoreografiyaga bo’ysunadi. B. librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi. B.ning dramaturgik asosi libretto (ssenariy)dan boshlanib, unda asarning asosiy mazmuni, g’oya, ziddiyat va harakterlari aniq belgilanadi. Libretto ko’pincha adabiy asarga asoslanib, uni musiqa va xoreografiyada gavdalantirish imkoniyati hisobga olinadi.

1947 y. Toshkentda xoreografiya bilim yurti tashkil qilindi. "Yoshlik" (M. Chulaki), "Esmeralda" (Ch. Puni), "Uyqudagi go’zal" (P. Chaykovskiy) kabi spektakllar qo’yildi. 50-y.larning ortalarida balet truppasi B. Krriyeva, L. Komilova, S. Tanguriyeva, V. Proskurina, R. Kurmasva, V. Vasilyev, K. Soatov va b. balet artistlari bilan toldirildi. Truppa tarkibining yangilanishi repertuarga ijro uslubi murakkab mumtoz B.larni ("Jizel", "Shopeniana") kiritish imkonini berdi. 60-y.larda "Bolero" (M. Ravel), "Don Juan" (K. Glyuk), "Spartak" (A. Xachaturyan), "Korsar" (A. Adan), "Kashmir afsonasi" (G. Mushel), "Layli va Majnun" (I. Akbarov), "Sevgi tumori", "Temur Malik" (M. Ashrafiy), "Qirqqiz" (L. Feygin), "Semurg" (B. Brovsin), "Suhayl va Mehri" (M. Leviyev) va b. B.lar sahnalashtirildi. 70-y.larga kelib, mumtoz, zamonaviy va milliy baletlar bilan ozbek B.i boyidi. "Tanavor" (A. Kozlovskiy), "Oyimqiz va bezori" (D. Shostakovich), "Antoniy va Kleopatra" (E. Lazarev), "Afsonalar vodiysida" (U. Musayev), "Dunyoning yaratilishi" (A. Petrov), "Sevgi haqida qissa" (O. Medikov), "Sevgi va qilich" (M. Ashrafiy), "Uzilgan qoshiq" (A. Kalninsh) va b. spektakllar shular jumlasidan80 — 90-y.lar kompozitor va baletmeystrlarning milliy B. yaratish borasidagi harakatlari kuchaydi. "Navroz" (Ik. Akbarov), "Quyoshga tazim" (R. Ab-dullayev), "Tomaris" (U. Musayev) kabi B.lar milliy baletimiz mavqeini yanada kotardi. G. Izmaylova, B. Qoriyeva, V. Vasilyev, G. Hamroyeva, N. Yoqubova, R. Tanguriyev, S. Tanguriyeva, 3. Davletmurodova, R. Karimova, F. Sadullayeva qabilar ozbek B.ini rivojlanishiga munosib hissa qoshdilar. 1997 y. Toshkent xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi hamda xoreografiya maktab-internati tashkil etildi.



Musiqa tinglash:U.Musayеvning “To`maris”, A.Mansurоvning “Sharq afsоnasi” balеtidan pаrchаlаr.

Jamoa bo’lib kuylash“Chеgаrаchilаr qo`shig`i”Qambar. Оtа shе`ri,А. Mаnsurоv musiqаsi

Musiqa savodi:Tакt vа tакt chizig`i

Har qanday musiqa yangrayotganda kuchli va kuchsiz hissalar almashinib keladi. Bu, ayniqsa marshlar ohangida aniq bilinib turadi: 1,2,3,4/1,2,3,4 va hokazo..

Shu 1-hissadan keyingi 1-hissagacha bo’lgan oraliq musiqada takt deyiladi. Taktlarni bir-biridan ajratib turish 1-kuchli hissa oldiga 5 ta nota chiziqlarini birlashtiruvchi tik chiziqcha tushiriladi, bu- takt chizig’i deyiladi.

Mustahkamlash:O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Musiqali viktorina” metodidan foydalaniladi .



Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni takrorlash va“Chеgаrаchilаr qo`shig`i”ni yod olish.
Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling