Farg’ona shahar 8- o’rta ta’lim maktabi musiqa madaniyati fani


Download 1.12 Mb.
bet9/10
Sana04.05.2020
Hajmi1.12 Mb.
#103268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
@yosh ustozlar Musiqa toʻgarak


Sana- ____________________

MAVZU: TОN VА YARIM TОN

Darsning maqsadlari:

A) Ta’limiy: O’quvchilarga tоn vа yarim tоnliкa haqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: Musiqiy ong, did va nafosatni tarbiyalash

C) Rivojlantiruvchi: Musiqiy qobiliyat va iqtidorini rivojlantirish

Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya: o‘z fikrini og‘zaki bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarga to‘g‘ri javob berish, muloqotda muomala odobiga rioya qilish

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:mavjud axborot manbalaridan (audio-video yozuvlarga jo‘r bo‘lib kuylay olish) tinglash faoliyatida foydalana olish.

Fanga oid kompetensiyalar: Ton va yarim ton tushunchasiga ega bo‘ladi.

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Musiqani top, bumerang.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita.

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Bumerang” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni: Musiqa tovushlarining orasida masofa mavjud. Bu masofa ton va yarim ton bilan o’lchanadi. Ton ikkita yarim tonlikka teng. Yoki ikkita yarim tonlik bir tonni tashkil etadi.

Ton va yarim tonlikni yaqqol tasavvur etish uchun pianino klavishalariga qaraymiz. Oraligi’da qora klavisha bo’lgan ikki oq klavish oralig’i bir ton deyiladi.



Aksincha, orasida qora klavishi bo’lmagan ikki oq klavishalar oralig’I yarim ton deyiladi.






















































































































Do,re, mi, fa, sol, lya, si, do

Musiqa tinglash: “Norim-norim” Xorazm xalq кuyi

Jamoa bo’lib kuylash: “Buvijonim yaxshisiz” G`.Кomilov shе`ri, N.Norxo`jayеv musiqasi.Ovoz sozlash mashqi o’tkaziladi va yangi qo’shiq jamoa bo’lib kuylanadi.

Buvijonim yaxshisiz

G`.Кomilov shе`ri N.Norxo`jayеv musiqasi.

Olamda eng mehribon, sizsis aziz buvijon.

Erkalaysiz har qachon buvijonim yaxshisiz.

Oftobdayin bag’ringiz, jozibali mehringiz,

Bormi biror sehringiz, buvijonim, buvijonim yaxshisiz.

Urishmaysiz sira siz, ta’lim berib turasiz

Ertak aytib berasiz, buvijonim yaxshisiz.

Nuroniydir siymongiz, hech qarishni bilmangiz,

Boqib- boqib to’ymaymiz buvijonim, buvijonim yaxshisiz. (2 marta)



Musiqa savodi: “Tоn vа yarim tоn” tushunchа.

Ijodiy faoliyat:“Nоrim-nоrim” кuyigа mоs rаqs hаrакаtlаrini bаjаrish

Mustahkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Musiqani top metodidan foydalaniladi.

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi

Uyga vazifa::“Buvijonim yaxshisiz” qo’shigini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’


Sana- _____________________________

MAVZU: Аltеrаtsiya bеlgilаri (2 soat)

Darsning maqsadlari:

A) Ta’limiy: O’quvchilarga altеrаtsiya bеlgilаri haqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: Musiqiy ong, did va nafosatni tarbiyalash

C) Rivojlantiruvchi: Musiqiy qobiliyat va iqtidorini rivojlantirish

Tayanch kompetensiyalar: O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni gapiga quloq tutish, musiqa ifoda vositalarini tushunish va amalda ko‘rsata olish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:mavjud axborot manbalaridan (audio-video yozuvlarga jo‘r bo‘lib kuylay olish) tinglash faoliyatida foydalana olish.

Fanga oid kompetensiyalar: Alteratsiya belgilarini (diez, bemol, bekar) biladi.

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Musiqani top, klaster

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita.

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Bumerang” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni: Tovushqatorda joylashgan asosiy yeti pog’onadagi notalar zarur bo’lgan paytda yarimtonga ko’tarilishi yoki yarim tonga pasaytirish mumkin. Bunday hollarda maxsusbelgilardan foydalaniladi. Bu belgilarga “alteratsiya belgilari” deyiladi. Alteratsiya belgilari “diyez”,“bemol”, “bekar” deb nomlanadi. Nota yozuvida bu belgilar nota oldiga qo’yilib, nota nomidan so’ng aytiladi. Musiqa asarlarida diyez va bemol belgilari sol kalitidan keyin yozib qo’yiladi.

Musiqa tinglash: “Lolacha”, ”Zаfаr” o`zbек xalq кuylаri.

Jamoa bo’lib kuylash: “Shirin-shirin”I.Jiyanov shе`ri, X.Hasanova musiqasi.Ovoz sozlash mashqi o’tkaziladi va yangi qo’shiq jamoa bo’lib kuylanadi.

Osmonda yulduzchalar, yonida bo’lgim kelar.

Bog’imdagi g’unchalar bilan ochilgim kelar.

Naqarot:


Shirin, shirin so’zimga, jayrongina ko’zimga,

Oftob kulib boqadi, oydekkina yuzimga.

Bahor bilan yoz bilan o’ynab yurgim keladi

Jaranglagan soz bilan qo’shiq aytgim keladi



Musiqa savodi: Alteratsiya belgilari haqida tushuncha

Diyеz belgisi.



Diyez -# belgisi tovushni yarim ton, ya’ni yarim bosqich yuqori ko’taradi. Nota yo’lida u quyidagicha yoziladi: # ♪do diyez, fa diyez, sol diyez.

Ijodiy faoliyat:Rаqs hаrакаtlаrini bаjаrish

Mustahkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Musiqani top metodidan foydalaniladi.

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi

Uyga vazifa: “Shirin-shirin”qo’shigini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling