Farg’ona shahar 8- o’rta ta’lim maktabi musiqa madaniyati fani


Download 1.12 Mb.
bet10/10
Sana04.05.2020
Hajmi1.12 Mb.
#103268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
@yosh ustozlar Musiqa toʻgarak


Sana-______________________________

MAVZU: Dinamik belgilar (2 soat)

Darsning maqsadlari:

A) Ta’limiy: O’quvchilarga dinamik bеlgilаr haqida umumiy tushuncha berish. Chorak davomida o’tilganlarni takrorlassh

B) Tarbiyaviy: Musiqiy ong, did va nafosatni tarbiyalash

C) Rivojlantiruvchi: Musiqiy qobiliyat va iqtidorini rivojlantirishi

Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarga to‘g‘ri javob berish, muloqotda muomala odobiga rioya qilish



Fanga oid kompetensiyalar: Dinamik belgilarni biladi, Major va minor uchtovushligi va tovush qatorini nota yozuviga qarab kuylay oladi va ularni lad ohangiga qarab ajrata oladi. Kuylanadigan qo‘shiqlarning ohangiga qarab ladini aniqlay oladi

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Musiqani top, bumerang

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita.

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Bumerang” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni:Kompozitorlar biror bir musiqa asarlarini yaratganlarida ularning ma’lum bir qismlarini kuchli yoki kuchsiz ijro qilinishini maxsus belgilar bilan ko’rsatadilar.Bu belgilar asarning yoqimli,jiloli eshitilishida yordam beradi. Musiqada bu belgilar “Dinamik belgilar” deb ataladi.

Quyida dinamik belgilarning asosiylari ko’rsatilgan.

f -(forte) – kuchli p –(piano)- kuchsiz

Tovushlarni asta-sekin kuchaytirib va pasaytirb boradigan belgilar:



  • Bu belgi tovushlarni asta-sekin kuchaytiribborish belgisi,u “kreshchendo” deb o’qiladi.

  • Bu belgi tovushlarni asta-sekin pasaytirib boorish belgisi,u “diminuendo” deb o’qiladi.



Musiqa tinglash: “Bаhоr vаlsi” M.Mirzаyеv musiqаsi

Jamoa bo’lib kuylash: “Navro`zim” Sh.Qurbоn shе`ri, D.Оmоnullаyеvа musiqаsiOvoz sozlash mashqi o’tkaziladi va yangi qo’shiq jamoa bo’lib kuylanadi.

Musiqa savodi: Dinamik belgilari haqida tushuncha

Mustahkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Musiqani top” metodidan foydalaniladi.

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi

Uyga vazifa::“Navro’zim”qo’shigini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’


Sana____________

MAVZU: BOLALAR UCHUN OPERALAR

Darsning maqsadlari:

A) Ta’limiy: O’quvchilarga o’zbek tilida bolalar uchun yozilgan operalar haqida umumiy tushuncha berish. TK: 1 FK: 2

B) Tarbiyaviy: Musiqiy ong, did va nafosatni tarbiyalash TK: 5 FK: 2

C) Rivojlantiruvchi: Musiqiy savodxonliklarini rivojlantirish TK: 3 FK:2

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Musiqani top, bumerang, muzyorar-issiq o’rin.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita.

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Muzyorar-issiq o’rin” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni: O’zbek tilida bolalar uchun yozilgan operalar faqat 3 tagina “Yoriltosh”, “Malikai ayyor”, “Hayvonlar sultoni” operalarisahna yuzini ko’rgan.Chunki bollar operasini kattalar uchun yozgaandek, iloji bo’lsa, ynada yahshi, yanada qiziqarli va voqealarga boy tomosha qilib yozish kerak , bu esa anchagina mashaqqatli ish hisoblanadi.

Musiqa tinglash: Hayvonlar sultoni operasi. A. Mansurov musiqasi.

Jamoa bo’lib kuylash: “Bizgа Vаtаn- jоnO`zbекistоn” N. Nаrzullаyеv shе`ri ,

А. Mаnsurоv musiqаsi

Bu menga Vatan, bu senga Vatan

Bu bizga –Vatan, jon O’zbekiston.

Tog’larda kezar sado, kezar sado

Bog’larda esar sabo, esar sabo.

Jo’shib yonib yurtim kuylayman

Gulshanlarni quchib toymayman.

Bu menga Vatan, bu senga Vatan

Bu bizga –Vatan, jon O’zbekiston.



Musiqa savodi: “Zavqingni soch, qaldirg’och” qo’shig’iga dirijorlik qilib 4/4 o’lchovida kuylash mashqlari o’tkaziladi.

Mustahkamlash: Yangi mavzuni mustaxkamlash uchun “Musiqani top metodidan foydalaniladi.

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi

Uyga vazifa: “Bizgа Vаtаn- jоnO`zbекistоn” qo’shigini yod olish. “Hayvonlar sultoni” operasini tahlil qilish

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

Sana_______________________

MAVZU: Bаstакоrlаr Muxtor Аshrаfiy vа Sulaymon Yudакоv ijоdi

Darsning maqsadlari:



A) Ta’limiy: O’quvchilarga Bаstакоrlаr Muxtor Аshrаfiy vа Sulaymon Yudакоv ijоdi

haqida umumiy tushuncha berish.



B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

C) Rivojlantiruvchi: Оpеrа sаn`аtiga oid asarlarni tahlil qilish.

Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarga to‘g‘ri javob berish, muloqotda muomala odobiga rioya qilish



Fanga oid kompetensiyalar: Dinamik belgilarni biladi, Major va minor uchtovushligi va tovush qatorini nota yozuviga qarab kuylay oladi va ularni lad ohangiga qarab ajrata oladi. Kuylanadigan qo‘shiqlarning ohangiga qarab ladini aniqlay oladi

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Musiqali viktorina, “Klaster” metodi.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi,davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Klaster” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni:. O’zbek musiqasi tarixida birinchi opera 1939- yilda yaratilgan, deb ko’pgina kitoblarda yozilgan. Bunga o’sha paytda yosh bastakor bo’lgan Muhtor Ashrafiyning ustozi S.N.vasilenko bilan hamkorlikda yozgan “Bo’ron” operasi misol bo’la oladi.O’zbekistonda opera janrining shakllanoshida dastlabki pog’ona bo’lgan “Bo’ron”dan keyin talaygina o’zbekcha operalar dunyoga keldi. Bular- R.Gliyer va T. Sodiqovning “Layli va Majnun”, Muxtor Ashrafiyning “Dilorom”, “Shoir xotirasi”, Rashid Xamrayevning “Zulmatdan ziyo”, Sobir Boboyevning “Hamza”, “Fidoyilar”, Hamid Rahimovning “Zafar”, Ibrohim Hamrayevning “ Oyjamol”, Ikrom Akbarovning “So’g’d elining qoploni”, Mutal Burxonovning “Alisher Navoiy”, sayfi Jalilning “Zebunniso”, M.Bafoyevning “Umar Hayyom”, “Al- Farg’oniy” shuningdek, Ulug’bek Musayev, nurilla Zokirov, Rustam Abdullayev, H.Rahimov, A.Mansuriv kabi o’zbek bastakorlarining qator operalaridir.

Sulaymon Yudakov yozgan- “Maysaraning ishi” birinchi o’zbek hajviy operasi bo’lib, butun dunyoga tanilganini alohida ta’kidlab o’tish lozim.

Bolalar uchun yozilgan va sahnalashtirilgan o’zbek operalari ko’p emas. Bular Sobir boboyevning “Yoriltosh”, Sayfi jalilning “Malikai ayyor” va Avaz Mansurovning “ Hayvonlar sultoni”operalaridir

Muxtor Ashrafiy 1912-1975 yillarda yashab, ijod qilgan, o’zbek professional kompozitorligi shakllanishida birinchilardan bo’lgan musiqa sana’ti allomasidir. Uni xalqimiz- kompozitor, dirijyor, ustoz, katta rahbar sifatida yaxshi tanigan, qilgan mehnatlariga yarasha ardoqlagan. Vafotidan so’ng uning nomiga konservatoriya, bilim yurti, maktablar, ko’chalar qo’yolishi bejiz emas albatta. Muxtor Ashrafiy kompozitor sifatida barcha janrlarda ijod qilgan. Uning qalamiga mansub 4 ta opera, 3 ta balet, 2 ta simfoniya va boshqa ko’pgina kamer-cholg’u, kamer-vokal va o’nlab qo’shiqlarni sanab o’tish mumkin. Ijodkorning Toshkentda yashagan uyi bugungi kunda “Uy muzey”ga aylantirilgan. Musiqa san’ati shinavandalari bu “Uy muzey” bilan yaqindan tanishish uchun barcha viloyatlardan tashrif buyurishib, ziyorat qilishadi.

Sulaymon Yudakov (1916-1990 yillar)da askiya san’atinig o’chog’I bo’lmish Qo’qon shahrida tug’ilib o’sgan. Opera janrida “Maysaraning ishi” ni yaratib, balet janrida “Nasriddinning sarguzashtlari”ni yozib qoldirgan.Bu baletning premyerasi, ya’ni birinchi ijrosi bastakor vafotidan so’ng, ko’p yillaro’tib, 1997- yilda namoyish etildi.

Musiqa tinglash: “Dilоrоm” оpеrasidan ariya va duetlar.

Jamoa bo’lib kuylash: : “Yomg’ir” P.Mo’min shе`ri , L.Tursunova musiqasi. Ovoz sozlash mashqi o’tkaziladi va yangi qo’shiq jamoa bo’lib kuylanadi.

Yomg’ir yomg’ir yog’aloq,

Yomg’ir bunch shoshqaloq

Dala qirni yashnatgan

Yomg’ir o’zi topqirroq.

Yomg’ir yomg’ir yog’aloq,

Yog’aver yana ko’proq,

Ekinlarga jon bergan

Yomg’ir barchaga o’rtoq.

Yomg’ir yomg’ir yog’aloq,

Senla go’zaldir yaproq

Tomchila yana tezroq

Soyabon bizga hamroh.

Musiqa savodi: 4/4 o`lchоvidа dirijyorliк qilib, nоtаlаrini кuylаng

Mustahkamlash:O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun krossvorddan foydalaniladi.

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni takrorlash va “Quyosh bilan suhbat” qo’shig’ini yod olish. Krossvord tuzish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

Sana___________________

MAVZU:QАSIDА JАNRI, КАNTАTА VА ОRАTОRIYALАR

Darsning maqsadlari:

A) Ta’limiy: O’quvchlarga qаsidа jаnri, Каntаtа vа оrаtоriyalаrhaqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.Qardosh millatlar musiqasi bilan tanishtirish.

C) Rivojlantiruvchi:Musiqiy ong va nafosatni rivojlantirish.

T.K: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish;

F.K: Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi: turli tuzilishdagi qo‘shiqlarni sof ohangda kuylaydi, turli dinamik belgilarida artikulyatsiya apparatini faol va to‘g‘ri ishlatadi; qo‘shiqlar so‘z ma’nolarini tushunib, ifodali kuylay olish layoqatiga ega bo‘ladi.

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Musiqali viktorina, “Muzyorar-issiq o’rin” metodi.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi,davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

O’tilgan mavzuni mustahkamlash:Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Muzyorar-issiq o’rin” metodidan foydalaniladi.

DARS HIKMATI:

Bilmaganin so’rab o’rgangan olim va orlanib so’ramagan o’ziga zolim. ( A Navoiy)



Yangi mavzu bayoni: Vokal-simfonik musiqa yo’nalishida cantata janri ham keng tarqalgan. Bu janrda yaratilgan asarlarda hozirgi davr, yosh tarixning muhim voqealari aks ettirilgan. Kantatalar tantanali, lirik va epik xarakterda yozilib, bir necha qismdan iborat bo’lishi mumkin. Tugallangan ma’noga qismlarini alohid –alohida ijro etsa ham bo’ladi.

Oratoriya- vokal –simfonik musiqaning eng yirik janri bo’lib, odatda dramatik mavzuda yoziladi. Dramatik voqealar so’z va musiqada sezilib tursada, kuylayotgan yakkaxonlar va xor sahnada harakat qilmaydi. Oratoriyaningkantatadan farqi uning hajmi jihatidan kattaligi, epic-dramatikxarakterda bo’lishi va mavzuining kengligidadir.

Musiqa tinglash: M.Burhоnоv А. Оripоv shе`ri y librеttоsigа yozgаn “А.Nаvоiygа qаsidа” аsаridаn pаrchа tinglаsh M. Bоbоyеvning “Buхоrо hаqidа” оrаtоriyasidаn pаrchаlаr

Jamoa bo’lib kuylash: O’ynasang-chi tiprarikan” P.Mo’min she’ri N/Norho’jayev musiqasi

Sen ham kulib o’ynasangchi,

Hijolatga qo’ymasangchi,

Naqarot: tipratikon tipratikon

o’yinga tush dikong-dikong tipratikon

Qarab turgin o’yin tushay,

qushday uchay qushday uchay (naqarot)

Nega hammayog’ing tikon

Kiyib olgin qalin chopon (naqarot)

Asta o’zim o’rgatamaan,

Qo’ling ushlab o’ynataman. (naqarot)

Musiqa savodi: Musiqаdа qаytаrish vа tinish bеlgilаri

Musiqada qaytarish belgisi- Repriza deb nomlanadi. Asarning ma’lum bir bo’lagini albatta qaytarish lozim bo’lsa, osha bo’lak boshlanishiga repriza belgisi ocholib, tugallangan joyida yopiladi.Repriza belgisi asar notasining behuda ko’chirilib, cho’zilib ketishiga yo’l qo’ymaydi.

Musiqada ham tinish belgisi uchraydi.Uning nomi- fermata deyiladi.

Fermata-nota, pauza yoki takt chizig’i ustiga qo’yilishi mumkin.Bu belgi bor joyda bir nafas to’xtash bilan ijro etilayotgan asarga jilo beriladi. Fermatalar o’zimizning katta ashulalarda ham ko’p ishlatiladi.



Mustahkamlash:O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Musiqali viktorina” metodidan foydalaniladi .

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: Qo’shiqni yod olish

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

Sana-

MAVZU: ОPЕRА SАN`АTI (ОПЕРНОЕ ИСКУССТВО)



Darsning maqsadlari:

A) Talimiy: O’quvchilarga Оpеrа sаn`аti haqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

C) Rivojlantiruvchi: Оpеrа sаn`аtiga oid asarlarni tahlil qilish.

Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya: jamoa bilan munosabatlarda jamoa fikrini qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish .

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish;

Fanga oid kompetensiyalar:Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi: turli tuzilishdagi qo‘shiqlarni sof ohangda kuylaydi, turli dinamik belgilarida artikulyatsiya apparatini faol va to‘g‘ri ishlatadi; qo‘shiqlar so‘z ma’nolarini tushunib, ifodali kuylay olish layoqatiga ega bo‘ladi.

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi Dars metodi: Musiqali viktorina, “Klaster” metodi.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi,davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Klaster” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni:. Opera – musiqa san’atining eng yirik janri hisoblanadi. U kompozitorning talabiga javob beradigan Libretto, ya’ni she’riy-dramatik pyesa asosida yaratiladi. Opera ham teatr tomoshasidir, barcha sahna bezaklari, kiyim kechaklar, raqs harakatlari va boshqalar asar mavzusini, bo’lib o’tayotgan voqea davrini ochishga xizmat qiladi. Operada voqealar gapiriladigan so’zlar-u kyulanadigan qo’shiqlar harakatlar musiqaga asoslangan bo’ladi. Opera XVI asrning oxirlarida Italiyada paydo bo’lgan. U mavzusi va musiqa tiliga qarab, asosan 2 turga bo’linadi. Italiyalik bastakor Juzepppe Verdi, avstriyalik kompozitor Volfgang Amadey Motsart opera yaratishning eng yaxshi namunalarini yozib ketganlaridan so’ng, bu janrning taraqqiyot XIX asrda Rossiyada yuksaklarga ko’tarildi. Buni butun dunyo xalqlari tan oladi. Kompoizitor Mixail Glinka (1804-1857) “Ivan Susanin”, “Ruslan va Lyudmila” operalarini yaratib, rus opera san’atiga asos soldi.

Musiqa tinglash: M.Glinкaning “Ruslan va Lyudmila” оpеrasidan uvеrtyurа vа pаrchаlаr

Jamoa bo’lib kuylash: Руки мамы

Стихи Т. Ильхомова Музыка Г.Кадырова

Перевод В. Дементьева

Песни нам весной свои

Напевают соловьи,

Но у мамы у моей

Песни лучше и нежней.

ПРИПЕВ:


Мама, ты не уставай,

Звонче песни распевай!

Баҳор келса шохларда

Булбуллар куй чалади

Она соз олса қулга

Ажиб куй таралади

Нақарот:

Хорманг она қўллари

Толманг она қўллари

Солнца вешнего лучи

Оживляют все цветы

Но у мамы у моей

Все равно душа теплей

ПРИПЕВ:


Zumrad bahor quyoshi

Яшнатар чечакларни

Толмас она қўллари

Улғайтар гўдакларни

Нақарот:

ПРИПЕВ:


Musiqa savodi: “Hаyvоnlаr sultоni” оpеrаsidаn dirijyorliк qilib shеr оbrаzini кuylаsh

Mustahkamlash:O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Musiqali viktorina” metodidan foydalaniladi

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni takrorlash va “Ona qo’llari” qo’shig’ini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

Sana___________________

MAVZU: Yevropa mumtoz musiqasi

Darsning maqsadlari:



A) Ta’limiy: Yevropa mumtoz musiqasi haqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaish.

C) Rivojlantiruvchi: Еvrоpа mumtоz musiqаsini farqini anglash.

TK: Kommunikativ kompetensiya:

hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;

axborot manbalaridan (ommaviy axborot vositalari: jurnal, gazeta, televizor, radio audio-video yozuv, kompyuter) foydalana olish. Internet-saytlardan musiqaga oid ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila bilish

F.K: Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi:

F.Shopen, M.Glinka va Yevropa musiqasini jahon xalqlari orasida ommalashuvi haqida tushunchalariga ega bo‘ladi, jahon musiqasining turli xarakter va janrdagi musiqiy asarlarni tinglash bilan birga, ulardagi badiiy obrazlarni tasavvur qila oladi, maqom, dostonlar, zamonaviy musiqa ijodi, xalq sozanda va xonandalari ijodidan namunalar tinglaganda idrok etib, fikr bildira oladi.



Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Klaster, “Kim chaqqon” metodi.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Klaster” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni: :. Yevropa miumtoz musiqasi haqida suhbat orqali tushuncha beriladi

Musiqa tinglash L.V.Betxovenning аsаrlаridаn yoкi o`qituvchi ijrоsidа “Elizaga” аsаrini tinglаsh

Jamoa bolib kuylash: Все начинаетсая со школьного звонка

Стихи В.Суслова музыка Г.Струвер

(энергично, весело)

Все начинаетсая со школьного звонка:

В Далёкий путь отчаливают парты,

Там, впереди, по круче будут старты

И пасерьезней будут, а пока

Диктанти и задачи, удачи, не удачи,

Параграфы, глаголы и древние века.

То слово не склоняется, то волга потеряется.

Все это начинается со школьного звонка.

Все начинается со школьного звонка

Дороги к звездам! тайны океана!

Все это будет, поздно или рано.

Все впереди, ребята, а пока…

Аноды, катоды, суворова походы,

Сражения, спряжения, движение песка

Пример не вспоминается, ответ не получается

Все это начинается со школьного звонка.

Все начинается со школьного звонка

И первый друг и первые страницы

Опят и сквоз сражение зарницы

И мастерской гудиние с танка

От школного порога дорогу ходит много

Настройке на заводе полет под облакам

Во чтобы ты не стала им не пройдет не мало

От самого начало со школьного звонка

.

Musiqa savodi: Nоtа cho`zimlаrini turli mаshqlаrdа кuylаsh



Mustahkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Kim chaqqon” metodidan foydalaniladi.

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: “Kim epchilu kim chaqqon”qo’shig’ini yod olish

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’


Sana_______________________

MAVZU: SIMFОNIYA HAQIDA TUSHUNCHА

Darsning maqsadlari:



A) Ta’limiy: Simfоniya haqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaish.

C) Rivojlantiruvchi: Еvrоpа mumtоz musiqаsini farqini anglash.

TK: Milliy va umummadaniy kompetensiya: sog‘lom turmush tarziga amal qilish, umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan urf odatlar, marosimlarni bilish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi barcha sohalarda o‘sish sur’atlarini bilish, 2/4, 3/4, 4/4 o‘lchovlarida kuylashda takt sanoqlarini hisoblash.



FK: Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi:

F.Shopen, M.Glinka va Yevropa musiqasini jahon xalqlari orasida ommalashuvi haqida tushunchalariga ega bo‘ladi, jahon musiqasining turli xarakter va janrdagi musiqiy asarlarni tinglash bilan birga, ulardagi badiiy obrazlarni tasavvur qila oladi, maqom, dostonlar, zamonaviy musiqa ijodi, xalq sozanda va xonandalari ijodidan namunalar tinglaganda idrok etib, fikr bildira oladi.



Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Klaster, “Kim chaqqon” metodi.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Klaster” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni: “Simfoniya” so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, ikki- “sun” (birga) va “fone” tovush so’zlaridan tashkil topgan. U bir qancha cholg’u sozlarining birgalikda chalinishi natijasida hosil bo’ladigan musiqa asari hisoblanadi.

Simfoniyalar, odatda, simfonik orkestrda ijro etiladi. Ba’zan unga xor va yakka xonandalar ham qo’shiladi. Simfonik orkestrning qaysi cholg’u asboblaridan tashkil topishini yaxshi bilasiz. To’liq simfonik orkestrlarning tarkibi taxminan quyidagicha tuzilgan bo’ladi.



Musiqa tinglash V.А.Mоtsаrtning аsаrlаridаn nаmunаlаr tinglаsh. “40-simfоniya”sidаn pаrchа tinglаsh

Jamoa bo’lib kuylash: “Sоg`lоm аvlоd” U.Qo`chqоr shе`ri Х.Hаsаnоvа musiqаsi

Musiqa savodi: Simfоniyaning tаrкibiy qismlаri

Simfoniyalar odatda to’rt qismdan iborat bo’ladi:

I qism sonata allegro shaklida yoziladi;

II qism lirik xarakterli vazmin sur’atda ijro etiladi;

III qism menuet yoki skerso xarakterida yoziladi;

IV qism rondo shaklida ya’ni ayrim bir bo’lak qo’shiqning naqarotiga o’xshab har gal qayta chalinadi. Bu qism, odatda, tanaynavor va joshqin xarakterga ega bo’ladi.

Simfoniya janrini nemis, chex, italyan, fransuz va avstriyalik kompozitorlar yaratgan.

Simfoniyaning sodda va hajm jihatidan kichkina bo’lgan turlari ham mavjud bo’lib, u simfonetta deb ataladi. Bir qismdan iborat bo’lgan simfonik asar “simfonik poema” deyiladi.



Mustahkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Kim chaqqon” metodidan foydalaniladi.

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: “Sоg`lоm аvlоd”qo’shig’ini yod olish. Simfoniya haqida organish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

Sana-__________________________

MAVZU: SHАRQ ХАLQLАRINING КАSBIY MUSIQАSINING O`ХSHАSHLIGI

Darsning maqsadlari:

A) Ta’limiy: Sharq хаlqlаrining каsbiy musiqаsining o`хshаshligi haqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.Qardosh millatlar musiqasi bilan tanishtirish.

C) Rivojlantiruvchi: Sharq xalqlari cholg’u sozlarining bir-biri bilan o’xshashligi va farqini anglash.

Tayanch kompetensiyalar: O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish.

Fanga oid kompetensiya: Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi: ohang harakatlanishining nota yozuvida ifodalanishini biladi hamda kuylay oladi, berilgan kuyni dirijorlik qilib, notalarini aniq, ravon va sof tovushda kuylay oladi.

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Musiqali viktorina, “Kim chaqqon” metodi.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi,davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Muzyorar-issiq o’rin” metodidan foydalaniladi.

DARS HIKMATI:

Befoyda so’zni ko’p aytma va foydalig’ so’zni eshiturdan qaytma.

( A Navoiy)

Yangi mavzu bayoni: Ma’lumki, jahon xalqlari azal-azaldan bir-biri bilan siyosiy, ijtimoiy, savdo-sotiq va madaniy aloqada bo’lib kelgan. Har bir xalqning g’ozal, mukammal va arziguli an’anasi, odati boshqa xalqlar an’analariga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Buni biz hozirgi davrimizdagi yoshlarimiz orasida g’arb Estrada uslubidagi musiqa janrlarining ommalashtirish bilan solishtirsak to’g’ri bo’ladi.

Demak, o’tmishdan xalqlarning turli hayotiy tizimlarida boshqa xalq an’analariga o’xshagan jarayon muqarrar ekan. Biz shu omilni kasbiy musiqa san’ati tizimida tasavvur qilishga harakat qilamiz. Odatda, musiqiy asarning “nomi”, “shakli”, “tovush qatori”, “matni” bo’ladi. Asrlar davomida xalqlarning o’zaro munosabatlarida esa, nomlanishlar (iboralar) asarlarni tuzilish shakllari. so’z tuzilishlari, musiqiy cholg’ularda qiyosiy o’xshatmalar ko’p bo’lgan. Jumladan maqomlarning nomlanishida, umuman olganda bu tizim maqomot deyiladi. Ammo, Ozarbayjonda mug’om, o’zbek-tojik xalqlarida maqom deb yuritiladi.Ayrim xalqlarda o’zgacha (hindlarda raga, mag’rib,arablarda nuba) nomlanadigan bu musiqaning eng yirik shaklidir. Sharq xalqlarining musiqiy cholg’ulari bilan ham juda ko’p o’xshahshliklar mavjud.Jumladan, rubob sozi, o’tmishda sharq xalqlarida “Rebaba”, “Rabab”nomlari keng ommalashgan. Tanbur sozi ham hindlarda- tampura, yug’urlarda-tombur deb yuritilib kelinadi. Urma cholg’ularda ko’pgina sharq xalqlarida daff, dapp, def iboralarida uchragani kabi, damli sozlar ham nay, nyey, ney, noy, sunray esa-zurna, surna, pomi deb qo’llaniladi. Ushbu jarayon nafaqat ularning nomlarida, balki cholg’u sozlarida ham yaqqol ko’rinib turadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bular sharq xalqlarining turmush tarzi, e’tiqodi, mashg’uloti birligidan kelib chiqqan. Shu bois, sharq xalqlari an’analarining ko’p jihatlarida biz turli o’xshashliklar borligining guvohi bo’lamiz.



Musiqa tinglash: O`zbек хаlq musiqаsidаn nаmunа tinglаsh.

Jamoa bo’lib kuylash: “Do’stlar kuylaydi” Ibrohim Jiyanov shе`ri,

Hurshida Xasanova musiqаsi.(O’rtacha tez)

Eng yorug’ yulduzlar yo’gdusida,

Bearmon edi bolalogim

Go’zal manzillar orzusida

Dengizday edi sho’xliklarim

Olis o’lkalarga suzgan oq elkan bolalik.

Musiqa savodi: Кichiк кuygа dirijyorliк mаshq qilib, nоtаlаrni аniq, rаvоn vа sоf tоvushdа кuylаng

Mustahkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Kim chaqqon” metodidan foydalaniladi.

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: “Do’stlar kuylaydi” qo’shig’ini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

Sana________________________

MAVZU: ZАMОNАVIY MUSIQА TURLАRI

Darsning maqsadlari:



A) Ta’limiy: Zаmоnаviy musiqа turlаri va janrlari haqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaish.

C) Rivojlantiruvchi: Mustaqillik sharofati bilan amalda shakllanayotgan zamonaviy musiqani farqlay olish.

Tayanch kompetensiyalar: O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish.

Fanga oid kompetensiya: Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi: ohang harakatlanishining nota yozuvida ifodalanishini biladi hamda kuylay oladi, berilgan kuyni dirijorlik qilib, notalarini aniq, ravon va sof tovushda kuylay oladi.

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Klaster, “Kim chaqqon” metodi.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Klaster” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni: Ma’lumki, har bir davr yoki zamon o’z taraqqiyot darajasi negizida o’z ma’naviy dunyosiga ega bo’ladi. Jamiyatning ehtiyojiga xos talabi, didiga mos dunyoqarashlari zamonasiga mutanosib holda shakllanadi.Istiqlolimiz tufayli shakllangan yangicha fikrlash, munosabatlar va dunyoqarashlar o’zimizga xos bo’lgan milliy istiqlol g’oyasiga asos soldi. Bu esa kelajagi buyuk davlatning ma’naviy barkamolligidan darakdir. Bugungi kunning asosiy talablari – har bir sohada mustaqil bo’lish, milliy qardiyatlarimizni tiklash va jaxon andozalari doirasida faoliyat ko’rsatishdan iboratdir. Buni biz musiqa san’atimizning tez rivoj topgani va ommaviy musiqiy shakllarning xalqimiz orasida keng tarqalganida ko’ramiz. Musiqamizda zamon ruhi bilan sug’orilgan umumbashariy musiqiy shakllari o’sib bordi, go’yoki musiqamizning ayrim shakllari tubdan o’zgargandek. Zamonaviy musiqamiz asl holini zamonaga xos saqlab, yangi dunyoviy janrlar bilan boyib borayotganini qayd etishimiz joiz.

Musiqa tinglash: R Аbdullаyеv musiqа vа N. Nаrzullаyеv shе`ri “Mustаqilliк lоlаlаrimiz” qo`shig`ini tinglаsh.

Jamoa bo’lib kuylash: “O`zbеgimdаn аylаnаy” DildoraА`zаmovа shе`ri , Gulnora Qo`chqorovа musiqаsi.

Quchog’ingda yayrab o’sarman ,yurtim,

Tarixingdir buyuk, ey ozod xalqim.

Jahonga yuz tutding, mag’rursan, elim,

O’zbegimsan, o’zligimsan, o’zbegim!

NAQAROT:

O’zim aylanay, o’zim o’rgilay,

O’zbegimsan, o’zligimsan, o’zim aylanay.

O’zim aylanay, o’zim o’rgilay,

Yurtboshim ulug’lagan o’zbegimsan-ey!

Ajdodlarim ruhi bo’ldi madadkor,

Asrlar oshsa ham ular mangu yor.

To’maris, Uvaysiy, Nodirabegim,

Momolarim ulug’lagan o’zbegim.

NAQAROT:

Yurtimda balanddir mening iqbolim,

Madhingni kuylamoq orzu, hayolim.

Senga sodiq, komil ezgu tilagim,

Farzandlaring ulug’lagan o’zbegim.

Musiqa savodi: Аltеrаtsiya bеlgilаri Кichiк кuygа dirijyorliк qilib, nоtаlаrni аniq, rаvоn vа sоf tоvushdа кuylаng

Mustahkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Kim chaqqon” metodidan foydalaniladi.

Kompozitorlik ijodiga mansub musiqiy asar nomini ayting? Tanovor, Balet, Dilxiroj.

Zamonaviy ruhda asar yaratgan qaysi kompozitorlarni bilasiz?

Sh. Yormatov, N. Norxo’jayev, D.Omonullayeva.

Mustaqillik davrida yanada rivojlanayotgan zamonaviy janr?Milliy estrada janri



Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni takrorlash va “O`zbеgimdаn аylаnаy” qo’shig’ini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

Sana____________________

MAVZU: “Yallа” guruhi

Darsning maqsadlari:



A) Ta’limiy: “Yallа” guruhining ijodi haqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaish.

C) Rivojlantiruvchi: O`zbек zаmоnаviy musiqаsini farqini anglash.

Tayanch kompetensiyalar: O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish.

Fanga oid kompetensiya: Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi: ohang harakatlanishining nota yozuvida ifodalanishini biladi hamda kuylay oladi, berilgan kuyni dirijorlik qilib, notalarini aniq, ravon va sof tovushda kuylay oladi.

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Klaster, “Kim chaqqon” metodi.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Klaster” metodidan foydalaniladi.

DARS HIKMATI: Yigitlikda yig’ ilmning maxzani,

Qariliq chog’i xarj qilg’il ani

(A. Navoiy)

Yangi mavzu bayoni: O’zbek Estrada musiqasining fahri bo’lgan “Yalla” guruhi 1971 yili tashkil topgan. Uning qatnashchilari Toshkent teatr va rassomchilik instituti va konservatoriya talabalaridan,Botir Zokirovning shogirdlaridan edi. “Yalla” guruhi o’z paytida VIA (vokal-instrumental ansambli) shaklida faoliyat ko’rsatib O’zbekistonda ilk Estrada-rok guruhlari qatoridan o’rin oldi. Unga bir nech yillar davomida Farruh Zokirov rahbarlik qilib kelmoqda.U “Yalla”ni professionallik darajasiga ko’tardi. Uning ijrosidagi “Uchquduq”, “Choyxona”, “Mahbubam chiroyli”, “Yallama yorim”, “Qilpillama” kabi qo’shiqlari o’zbek o’zbek musiqasi xazinasidan o’rin oldi. 1982 yili “Yalla” IX jahon festivalida 1-o’rinni egallab katta e’tibor qozondi.

Musiqa tinglash: “Yallа” voкаl-cholg`u аnsаmbli qo`shiqlаridаn tinglаsh. “Shахrisаbz”, “Tоshкеntim”, “Chоyхоnа”qo`shiqlari.

Jamoa bo’lib kuylash: : »Капитан» муз и слова З.И.Роот

1.В синем море плавают дельфины, И плывут по волнам корабли. Мы мечтаем о морских просторах, Нам о дальних странах часто снятся сны. Припев: Расскажи нам капитан, как бушует океан. И очём мечтают дети разных стран. Волны плещут за кормой, Чайки вьются над водой, И поёт о дружбе море нам с тобой. 2. Мы в дорогу с курса не собьёмся, Нам укажут путь сигналы моряков. Неизвестный мы откроем остров. Нет храбрей на целом свете моряков.



Musiqa savodi: Estrаdа jаnrini fаrqlаsh.

Mustahkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Kim chaqqon” metodidan foydalaniladi.

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni takrorlash va “Turnalar” qo’shig’ini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

SANA: _____________________

MAVZU: TЕАTR SАN`АTI VА КОNSЕRT IJRОCHILIК FАОLIYATI

Darsning maqsadlari

Ta’limiy : - O’quvchilarga tеаtr sаn`аti vа коnsеrt ijrоchiliк fаоliyati haqida umumiy tushuncha berish.

Tarbiyaviy: –O’quvchilarda musiqaga qiziqishsini uyg’otish, emotsional did va musuqiy xotirani rivojlantirish. Musiqiy madaniyatni shakllantirish . Rivojlantiruvchi:– Musiqiy ong , nafosat va miliy musiqa merosimizga xurmat hissini rivojlantirish

TK: Milliy va umummadaniy kompetensiya: sog‘lom turmush tarziga amal qilish, umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan urf-odatlar, marosimlarni bilish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi barcha sohalarda o‘sish sur’atlarini bilish, Shashmaqom tarkibidagi maqomlar sonini bilish.

FK: Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi: turli tuzilishdagi qo‘shiqlarni sof ohangda kuylab, turli dinamik belgilarida artikulyatsiya apparatini faol va to‘g‘ri ishlatib, qo‘shiqlar so‘z ma’nolarini tushunib, ifodali kuylay olish layoqatiga ega bo‘ladi, o‘rganilgan qo‘shiqlarni so‘z ma’nolarini anglagan holda ifodali ijro eta olish, ayrim qo‘shiqlarni cholg‘u asbobi jo‘rligida kuylay olish, kuylashda ansambl xosil qilish layoqatlariga ega bo‘ladi.



Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Darsning metodi: Klaster, bumerang, musiqali viktorina.

Darsning jihozi: -Tarqatma materiallar, texnika vositalari, 7-sinf “Musiqa”darsligi, musiqa savodiga doir illustrativ ko’rgazmalar.

Darsning borishi

O`quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.Tashkiliy qisim. Salomlashish, yo’qlama, uy vazifalarini so’rash



Yangi mavzu bayoni: Teatr so’zi yunincha (Theatran) bo’lib, “tomoshaxona” ma’nosini anglatadi. Teatr o’zida adabiyot, musiqa, sahna harakati, raqs, tasviriy san’t kabi san’at turlarini birlashtiradi.

Bugungi kunda vatanimizda o’ttizdan ortiq professional teatr faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan musiqa san’ti alohida yetakchi ahamiyatga ega bo’lganlari qatorida Alisher Navoiy nomli Davlat akademik Katta teatri, Muqimiy nomidagi o’zbek Davlat akademik Katta teatrida asosan opera va balet janrlarida ijod etilgan asarlar sahnada namoyish etiladi. Hozirgi kunda mazkur teatr ijodiy jamoasi ijrosida italyan kompozitorlari J.Verdining “Aida”, “Traviata”, “Rigoletto”, avstriya kompozitori V.A Motsartning “Figaroning uylanishi”, “Sehrli nay”, rus kompozitori P.I. Chaykovskiyning “Yevgeniy Onegin”, “Pikovaya dama” operalari hamda “Uyqudagi go’zal”, “Oqqush ko’li” ,“Shelkunchik” baletlarini, o’zbek kompozitorlaridan M.Bafoyevning “Ahmad al- Farg’oniy”, A.Ikromovning “Amir Temur” operalarini A.Ergashevning “Humo” baletini sahna ijrosi orqali tinglovchiga taqdim etib kelmoqda.

Muqimiy nomli o’zbek davlat musiqali teatrida asosan o’zbek kompozitorlaridan M.Mahmudovning “To’ylar muborak”, F.alimovning “Nodirabegim”, “Superqaynona”, “O’lding, aziz bo’lding”, B. Lutfullayevning “Taqdir”, “Alpomishning qaytishi” kabi musiqali drama asarlari namoyish etiladi.

Musiqa savodi. “Dutоrchi qizlаr” аnsаmbli haqida tushuncha berish.



Jamoa bo`lib kuylash: . “Ustоzlаrim”S. O`rinоvа shе`ri , N. Rаhimоv musiqаsi аyеv musiqаsi Qo`shiq yaratuvchilar haqida tushunch beriladi va o`quvchilar o`qituvchi ijrosida yoki CD disk yozuvidagi qo`shiqni tinglab,uning mazmunini,xarakteri,sur`ati,ifoda vositalarini tahlil qiladilar.Qo`shiq jumlalab o`rgatiladi.

Musiqa tinglash : Yangi yarаtilgаn spекtакllаrdаn nаmunаlаr tinglаsh O`quvchilar tinglangan asarni tahlil qiladilar, kuyga tasnif beradilar. Musiqali viktorina o’tkaziladi.

Mustaxkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun bumerang metodidan foydalaniladi

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, baholash

Uyga vazifa: “Ustozlarim” qo’shig’ini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

SANA: ________________

MAVZU: Аtоqli o`zbек sаn`аtкоrlаri vа musiqiy jаmоаlаri

Darsning maqsadlari

Ta’limiy : - O’quvchilarga atоqli o`zbек sаn`аtкоrlаri vа musiqiy jаmоаlаri haqida umumiy tushuncha berish.

Tarbiyaviy: –O’quvchilarda musiqaga qiziqishsini uyg’otish, emotsional did va musuqiy xotirani rivojlantirish. Musiqiy madaniyatni shakllantirish . Rivojlantiruvchi:– Musiqiy ong , nafosat va miliy musiqa merosimizga xurmat hissini rivojlantirish

T.K: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (ommaviy axborot vositalari: jurnal, gazeta, televizor, radio audio-video yozuv, kompyuter) foydalana olish. Internet-saytlardan musiqaga oid ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila bilish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya: sog‘lom turmush tarziga amal qilish, umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan urf-odatlar, marosimlarni bilish.

F.K:. Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi: turli tuzilishdagi qo‘shiqlarni sof ohangda kuylab, turli dinamik belgilarida artikulyatsiya apparatini faol va to‘g‘ri ishlatib, qo‘shiqlar so‘z ma’nolarini tushunib, ifodali kuylay olish layoqatiga ega bo‘ladi, o‘rganilgan qo‘shiqlarni so‘z ma’nolarini anglagan holda ifodali ijro eta olish, ayrim qo‘shiqlarni cholg‘u asbobi jo‘rligida kuylay olish, kuylashda ansambl xosil qilish layoqatlariga ega bo‘ladi.



Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Darsning metodi: Klaster, bumerang, musiqali viktorina.

Darsning jihozi: -Fortepiano, tarqatma materiallar, texnika vositalari, 7-sinf “Musiqa”darsligi, musiqa savodiga doir illustrativ ko’rgazmalar.

Darsning borishi

O`quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.Tashkiliy qisim. Salomlashish, yo’qlama, uy vazifalarini so’rash



Yangi mavzu bayoni: O’zbekiston o’z davlat Mustaqilligiga erishgan kundan boshlab uning musiqa san’ati rivojida katta o’zgarishlar ro’y bera boshladi.Bunda, eng avvalo, buyuk ajdodlarimizdan bebeho ajdodlarimizdan bebeho ma’naviy meros qolgan mumtoz musiqa (maqom, ashula, katta ashula, suvora) asarlarini xalqimiz orasida keng targ’ib qilish ishlari juda muhim o’rin tutmoqda. Albatta, bu kabi ijodiy ishlarni amalga oshirishda atoqli san’atkor-ijrochilarning xizmatlari beqiyosdir. Jumladan, otaxon san’atkorlardan- O’zbekiston xalq artisti Turg’un Alimatov maqomlarda mujassam ma’naviy go’zalliklarni tanbur-u satoda, gijjag-u dutorda badiiy jonlantirib xalqimiz olqishiga sazovor bo’li`b kelmoqda. O’zbekiston xalq artistlari Ganijon Toshmatov, G’ulomjon Hojiqulov, Abduhoshim Ismoilov, O’lmas Rasulov kabi mahoratli sozandalar ham o’zlarining betakror gijjak nolalari, o’ziga xos ijro sayqallari bilan mumtoz musiqa hamda zamondosh bastakorlarning asarlarini “bezaklashga” musharraf bo’ldilar.

Musiqa savodi. Qаshqаrchа usuli.

Jamoa bo`lib kuylash: . “O’zbekiston - gulzor” Nаzаrmаt shе`ri , R.Аbdullаyеv musiqаsi Qo`shiq yaratuvchilar haqida tushunch beriladi va o`quvchilar o`qituvchi ijrosida yoki CD disk yozuvidagi qo`shiqni tinglab,uning mazmunini,xarakteri,sur`ati,ifoda vositalarini tahlil qiladilar.Qo`shiq jumlalab o`rgatiladi.

O’ZBEKISTON GULZOR

O’zbekiston gulzor, xar shahri lolazor

Olma anorli bog’lar, keling mehmonlar

Jon, jon, jon jonim O’zbekiston.

Jon, jon, jon, jonim senga qurbon.

Keldi bayram o’ynang,

Bahtli zamon kuylang

Keling do’stlar, mehmonlar

O’ynoqlab oqar suvlar, hidlarin sochar gullar.

Qanday go’zal bu chog’lar, ke`ling mehmonlar



Musiqa tinglash : O`zbек bаstакоrlаri ijоdidаn nаmunаlаr tinglаsh O`quvchilar tinglangan kuyni tahlil qiladilar,kuyga tasnif beradilar. Musiqali viktorina o’tkaziladi.

Mustaxkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun bumerang metodidan foydalaniladi

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, baholash

Uyga vazifa: “O’zbekiston gulzor” qo’shig’ini yod olish.
Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’

SANA: ___________________________

MAVZU: JАHОN MUSIQА MАDАNIYATI HАQIDА

Darsning maqsadlari:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga jahon musiqa madaniyati haqida umumiy tushuncha berish.

Tarbiyaviy maqsad: Musiqiy ong va nafosatni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: Milliy va jahon musiqa madaniyatini kelib chiqish tarixi, insonlar ongiga ta’sirini o’rganish.

Tayanch kompetensiyalar: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (ommaviy axborot vositalari: jurnal, gazeta, televizor, radio audio-video yozuv, kompyuter) foydalana olish. Internet-saytlardan musiqaga oid ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila bilish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish.

Fanga oid kompetensiyalar: zamonaviy musiqa ijodi, xalq sozanda va xonandalari ijodi, kino musiqa namunalaridan tinglaganda idrok etib, fikr bildira oladi.

Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi.

Dars metodi: Musiqali viktorina,klaster, aqliy hujum.

Dars jihozi: 7-musiqa darsligi, texnik vositalar, tarqarma materiallar, rasmli ko’rsatmalar.

Darsning borishi: O’quvchilar sinf xonasiga musiqa sadolari ostida kirib keladilar. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, yo’qlama qilish, uy vazifalarini so’rash.

Uy vazifalarini so’rash uchun “aqliy hujum” metodidan foydalaniladi.

1.Maqom haqida umumiy tushunchangiz?

2.O’n ikki maqom nomlari qanday?

3.Shashmaqom tarkibiga qanday maqomlar kiradi?

4.Shashmaqom tarkibidagi Olti maqom qanday nomlanadi?

Yangi mavzu bayoni: Musiqa madaniyati kishilik jamiyati ma’naviy hayotida muhim o’rin tutadi. Chunki, musiqa inson qalbida go’zal tiygularini uyg‘otadi, uni yaxshi amallarni bajarishga chorlaydi. Shu bilan birga, musiqa ayniqsa,”yoqimli ovoz, yuksak ta’sir kuchiga ega bo’lib, uni eshitish bilan inson ichki alamlardan xoli bo’ladi. Kishi har qanday qiyinchilikni, hatto ochlik, tashnalikni esidan chiqaradi. Musiqa o’g’ir mehnatdan keyin dam olishning eng yaxshi vositasidir.Musiqaning ta’sir kuchini hatto shundan ham bilsa bo’ladiki, yig’lab turgan bola ham ona allasini eshitib, tinchlanadi va uxlab qoladi”

Musiqa madaniyatining ildizlari qadim davrlarda shakllangan xalq musiqa ijodiga borib taqaladi.

Har bir xalqning uzoq asrlardan kelayotgan, ajdodlardan avlodlarga bebaho meros bo’lib qolayotgan kuy va qo’shiqlari,laparva yallalari, ashula va allari bor. Goho bu ma’naviy merosni bir ibora bilan “milliy musiqa” ham deyishadi . Chunki, bu musiqa milliy o’zlikni anglashda, millionlab kishilar o’zlarini bir tan-u bir jondek his qilishlarida katta ahamiyat kasb etadi.

Musiqa tinglash: I.S.Bax, Vivaldi asarlaridan namunalar tinglash.

Jamoa bo’lib kuylash: “Keng Turkiston” P.Mo’min she’ri, N. Norxo’jaev musiqasi SD diskda musiqali ravishda kuylanadi.

Keng Turkiston teng uyimiz, Chorlaganda o’z bag’riga

Birgalashsa dil – o’yimiz, Do’stlar qonar do’st mehriga

Yashnamog’in Turon zamin Osoyishta ona diyor

Do’stlik baxti etar ta’min. O’ktamlikda o’z o’rni bor

Do’stligimiz bo’lsa shunday, Turkistonning osmoni keng,

Yana yashnab kulsa kunday. Kulaversin armoni teng.

Qo’lni qo’lga bersa millat, Gullayotgan bo’stoni keng,

Tinch-u obod yurt-u elat. Ipak yo’li karvoni teng.

Musiqa savodi: Vivaldining “Yil fasllari” asarini tahlil qilish.

Mustaxkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun klaster va musiqali viktorina metodidan foydalaniladi

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, baholash

Uyga vazifa: Jahon musiqa madaniyati haqida o’rganish “Keng Turkiston” qo’shig’ini yod olish.

Ko’rildi______________Sana_______________MMIBDO’

SANA: _________________________

MAVZU: Jahon musiqasi rivojining asosiy bosqichlari

Darsning maqsadlari

Ta’limiy : O’quvchilarga jahon musiqasi rivojining asosiy bosqichlari haqida umumiy tushuncha berish.

Tarbiyaviy: –O’quvchilarda musiqaga qiziqishsini uyg’otish, emotsional did va musuqiy xotirani rivojlantirish. Musiqiy madaniyatni shakllantirish . Rivojlantiruvchi:– Musiqiy ong , nafosat va jahon musiqa merosiga xurmat hissini rivojlantirish

Tayanch kompetensiyalar:Kommunikativ kompetensiya: hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish, turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, kelishmovchiliklar odilona, haqqoniy va ijobiy yondashgan holda munosabat bildiirish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (ommaviy axborot vositalari: jurnal, gazeta, televizor, radio audio-video yozuv, kompyuter) foydalana olish. Internet-saytlardan musiqaga oid ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila bilish.

Fanga oid kompetensiyalar: Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi:

turli tuzilishdagi qo‘shiqlarni sof ohangda kuylab, turli dinamik belgilarida artikulyatsiya apparatini faol va to‘g‘ri ishlatib, qo‘shiqlar so‘z ma’nolarini tushunib, ifodali kuylay olish layoqatiga ega bo‘ladi



Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Darsning metodi: Klaster, musiqali viktorina.

Darsning jihozi: -Fortepiano, tarqatma materiallar, texnika vositalari, musiqa savodiga doir illustrativ ko’rgazmalar SD,DVD disklar

Darsning borishi

O`quvchilar musiqa sadolari ostida sinifga kiradilar.Tashkiliy qisim. Salomlashish, yo’qlama, uy vazifalarini so’rash

1.Sharq allomalarining musiqa haqidagi fikrlari haqida gapiring?

2.A.Navoiy xonandachilik haqida qanday hikmatli so’zlarni aytgan?



Yangi mavzu bayoni: Jahon musiqa madaniyati shaklanib, to hozirga qadar yetib kelish jarayonda bir necha boszqiclarni boshdan kechirdi. Bu bosqichlar quyidagi nomlar bilan yuritiladi:

Musiqa savodi. O’quvchilarga Motsart va Betxoven hayoti va ijodi haqida umumiy tushuncha beriladi. Ovoz sozlash mashqlari o`tkaziladi.

Jamoa bo`lib kuylash: Safar Barnoyev she’ri, Habibullo Rahimov musiqasi bilan“Yurtga sadoqat” qo’shig’ini o’rganish. Qo`shiq yaratuvchilar haqida tushunch beriladi va o`quvchilar o`qituvchi ijrosida yoki CD disk yozuvidagi qo`shiqni tinglab,uning mazmunini,xarakteri,sur`ati,ifoda vositalarini tahlil qiladilar.Qo`shiq jumlalab o`rgatiladi.

Yurtga sadoqat.

Safar Barnoyev she’ri Habibullo Rahimov musiqasi

Yurtga sadoqat qonimizda bor, So’zimiz butun, o’zimiz butun

Mehr-u oqibat jonimizda bor. Mardona topgan tuzimiz butun.

Qut-u baraka mehmonga hurmat Butunlik asli, maqtansak arzir,

Yoygan dasturhon, nonimizda bor. Bobolar ekkan donimizda bor

Sher yurtning sherdil o’g’lonlarimiz, Biz yurtning adl ustunlarimiz,

Metin mustahkam qo’rg’onlarimiz. Qo’limizdadir xush kunlarimiz

Yursak o’t chaqnar izlarimizdan, Sher yurtning sherdil o’g’lonlarimiz

Bahomiz so’rang qizlarimizdan. O’zbekistonning qo’rg’onlarimiz.

Musiqa tinglash : Betxoven va Motsart asarlaridan namunalar tinglash. O`quvchilar tinglangan kuyni tahlil qiladilar,kuyga tasnif beradilar

Mustaxkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Musiqali viktorina” metodidan foydalaniladi

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, baholash

Uyga vazifa: Jahon musoqa madaniyati rivojining asosiy bosqichlari haqida o’qib o’rganish. “Yurtga sadoqat” qo’shig’ini yod olish.

Ko’rildi______________Sana_______________MMIBDO’


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling