Farg’ona shahar 8- o’rta ta’lim maktabi musiqa madaniyati fani


SANA: MASHG’ULOT MAVZUSI


Download 1.12 Mb.
bet6/10
Sana04.05.2020
Hajmi1.12 Mb.
#103268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
@yosh ustozlar Musiqa toʻgarak


SANA:

MASHG’ULOT MAVZUSI: MUSIQАLI КОMЕDIYA

Darsning maqsadlari:



A) Ta’limiy: O’quvchilarga Musiqаli коmеdiya haqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. bilan tanishtirish.

C) Rivojlantiruvchi: Musiqаli коmеdiyaga oid asarlarni tahlil qilish.

Kompetensiyalar: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:axborot manbalari haqida tushunchaga ega bo‘lish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: musiqa madaniyati fanini o‘rganish, zarbli milliy cholg‘ularimiz haqida tushunchaga ega bo‘lish.

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Musiqali viktorina, “Klaster” metodi.

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi,davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

O’tilgan mavzuni mustahkamlash:Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Klaster” metodidan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayoni: Musiqali komediyaning musiqali dramadan farqi juda kam. Faqat ularni dramatic mavzuning yo’nalishiga qarab ajratish mumkin: jiddiy mavzudagisi musiqali drama bo’lsa, hajviy mavzudagisi musiqali komediyadir.

Musiqa tinglash: “Tоshbоltа оshiq” musiqаli коmеdiyasidаn pаrchаlаr

Jamoa bo’lib kuylash: “ TOSHKENT ”

L. Jiyanov she'ri. X . Hasanova musiqasi,
Jondek aziz shaharsan,

Aziz shaharsan.

Osiyo osmonida,

Yuilduz shaharsan.

Ey quyosh shahrim,

O’zing bosh shahrim
Naqarot:

Gullagan makon,

Jonim Toshkentimsan.

Topgil sharaf shon,

Osmonim Toshkentimsan.
Moziydan bir xotirsan

Yosh bahodirsan.

Hur elga o’zing mangu,

Gullab yotursan.

Ey quyosh shahrim,

O’zing bosh shahrim
Musiqa savodi: 2/4 o`lchоvidа dirijyorliк

Mustahkamlash:O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Musiqali viktorina” metodidan foydalaniladi .

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni takrorlash va “Toshkent” qo’shig’ini yod olish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’



SANA:

MASHG’ULOT MAVZUSI:: MUSIQALI DRAMA .

Dars maqsadi:

a)ta`limiy maqsad: o`quvchilarga musiqali drama san’ati haqida tushuncha va bilimlarni berish .

b)tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkillash . Milliy madaniy va ma’naviy bilimlarini oshirib borish, estetik madaniyatiga o’rgatish, muomala madaniyatini singdirib borish .

c)rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning musiqiy bilimlari va qobiliyatini rivojlantirish. mustaqil fikrlashga o’rgatish. Madaniy dam olishlarini tashkillash .



Kompetensiyalar: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:axborot manbalari haqida tushunchaga ega bo‘lish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilim beruvchi .

Dars jihozi: testlar , tarqatmalar, darsga doir ko`rgazma , rasmlar DVD disklar, fortepiano.

Dars usuli: famaliy metod , interfaol usullar .

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: salomlashish , davomatni aniqlash , darsga tayyorgarlikni tekshirish , kirish suhbati.

II.O’tilgan mavzularni so’rash.

1. O’zbek raqs san’ati i haqida tushuncha bering .

2. Respublikamizda qanday tomoshagohlar mavjud ?

3. Qanday sahnaviy musiqa asarlarini bilasiz .


III.Yangi mavzu bayoni.

O’zbekistonda musiqa sana’tining barcha janrlari qatori musiqali drama va komediya - sahnaviy musiqa asarlari ham keng tarqalgan . XX – asrning 30 - yillaridan boshlab , yevropa operalariga taqlid sifatida bu janrlar rivojlangan .



Musiqali drama - cholg’u va vokal musiqa asosiy o’rinni egallagan dramatik sahna asaridir . To’xtasin Jalilovning “ Toxir va Zuxra ” si “ Nurxon” dramasi Tolibjon Sodiqov va R. Gliyerning “ Layli va Majnun ” dramasi keyinchalik YU. Rajabiy , Sayfi Jalil , Mustafo Bafoyev , Farhod Alimov kabi bastakorlar yaratgan asarlar musiqali drama janrining yorqin na’munalariga aylangan .
Musiqa tinglash “ Ona qo’llari ” qo’shig’ini tinglash va o’rganish .

Jamoa bo’lib kuylash:

Munajjim bobom ’ P.

Mo'min she'ri. N. Norxo'jayev musiqasi
Osmonlarda nur ko’zlaringiz,

Charaqlaydi yulduzlaringiz.

Amir Temur ruhi bo’lib yor,

Yashnamoqda bu ozod diyor.
Naqarot:

Samarqandda bordaysiz mudom

Ey munajjim, Ulug’bek bobom.
Fan ko’ksida yashaysiz hamon,

Ardoqlaygay jahon-u zamon.

O’chmagaydir hech izlaringiz,

Biz yerdagi yulduzlaringiz.
Naqarot:

Samarqandda bordaysiz mudom

Ey munajjim, Ulug’bek bobom.
.

Musiqa savodi: 2/4 o`lchоvidа dirijyorliк
IV. Mustahkamlash.

  1. Musiqali drama san’ati haqida tushunchangizni ayting .

  2. Musiqali dramalardan qaysilarni bilasiz ?

3. Barcha o’rgangan qo’shiq va raqslsrni mustahkamlash .
V. Uyga vazifa berish: Mavzularni mustahkamlash .
VI. Baholash Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni izohli baholash
Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’




SANA:

MASHG’ULOT MAVZUSI:: XOR A KAPELLA

DARSNING MAQSADLARI:

A) Ta’limiy: O’quvchilarga xor A kapella haqida umumiy tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy: Musiqiy ong, did va nafosatni tarbiyalash

C) Rivojlantiruvchi: Musiqiy qobiliyat va iqtidorini rivojlantirish

Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

Fanga oid kompetensiya: musiqaning badiiy tavsifini (quvnoq, sho‘x, g‘amgin va boshqalarni) bila oladi. jamoaviy o‘rganilgan qo‘shiqlarni yakka holda kuylay oladi. musiqaning tovush tembridan qaysi cholg‘uda (zarbli, chertma, damlida) ijro etilganligini topa oladi.

Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi

Dars metodi: Klaster, Musiqani top, bumerang

Dars jihozi: Darslik, fortepiano, rasmli ko’rsatmalar, DVD, SD disklar, texnik vosita.

Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Klaster” metodidan foydalaniladi.

Musiqa tinglash: “O’zbekiston kemasi” Yong’in Mirzo she’ri I.Hamroyeva musiqasi. Qo’shiqqa mos ritmik harakatlar bajarish

Jamoa bo’lib kuylash: “Quvnoq yomg’ir” A.Obidjon she’ri, A.Mansurov musiqasi. Ovoz sozlash mashqi o’tkaziladi va yangi qo’shiq jamoa bo’lib kuylanadi.

Naqarot:


Chak-chuk, chaka-chuk Kuylaydi yomg’ir,

Tak-tuk, taka-tuk o’ynaydi yomg’ir,

Yomg’ir yog’aloq echki dumaloq.

Yorgakni ho’l qildi chaqaloq

Yomg’ir quvnoq sozandadir,

Changdek chalar yaproqlarni.

Qamishlardan g’ijjak yasab,

Dutor qilgay boshoqlarni.

Naqarot:

Tomingizni chirmandadek,

Chertar gohi “Tak-tak” qilib.

Sho’x tomchilar o’yin tushgay,

Ko’lmaklarda “chak-chak” qilib.

Naqarot:


Uni oddiy yomg’ir demang,

Xonandayu sozandadir.

San’atkorni sevar hamma,

Shu bois ham arzandadir.



Musiqa savodi: Notalarning o’lchovini topish

Mustahkamlash: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Musiqani top” metodidan foydalaniladi.

Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi

Uyga vazifa: “Quvnoq yomg’ir” qo’shig’ini yod olish

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’



SANA:

MASHG’ULOT MAVZUSI: XOR SAN’ATI. XOR IJROSI UCHUN XALQ QO‘SHIQLARINI MOSLASHTIRISH
TAYANCH SO’ZLAR: cholg’u asboblari, sol kaliti, xavfsizlik qoidalari, jihozlar, nota

Darsning maqsadi:

Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga xаlq cholg’u asboblari haqida ma’lumotlar berish va undan foydalanishni o’rgatish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq cholg’u asboblari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.

Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

Fanga oid kompetensiya: musiqaning badiiy tavsifini (quvnoq, sho‘x, g‘amgin va boshqalarni) bila oladi. jamoaviy o‘rganilgan qo‘shiqlarni yakka holda kuylay oladi. musiqaning tovush tembridan qaysi cholg‘uda (zarbli, chertma, damlida) ijro etilganligini topa oladi.

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.

Darsda jihozi: Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

Yangi mavzu bayoni:

Musiqa madaniyatida xor san’ati katta ahamiyatga ega. Musiqada «Хог» so‘zi nimani anglatishini bilib olish zarur. Xor so‘zini ikki xil ma’noda anglash mumkin. Birinchisi — kuylovchi jamoa bo‘lsa, ikkinchisi — xor jamoasining ijro qilishiga moMjallab yozilgan musiqa asari. Cholg‘ular ijrosida ko‘p ovozli musiqani tinglaganimizdek, xor vositasida ham ikki, uch va undan ortiq ovozli asarlarni kuylashga va tinglashga o‘rganganmiz.

Xorda 4 xil ovoz bor: xotin-qizlarga yoki bolalarga xos bo‘lgan — soprano va alt ovozlar, erkaklarga xos bo‘lgan — tenor va bas ovozlardir. Sanab o‘tilgan ovozlardagi har bir kuylovchi o‘z vazifasini tushungan holda to‘g‘ri ijro etgandagina xorning mukammal, yoqimli va badiiy obrazli eshitilishiga imkon yaratiladi.

Professional bastakorlar xor uchun original asarlar yaratish bilan birga xalq qo‘shiqlarini ham ko‘p ovozli qilib xor ijrosiga moslashtirishgan. XX asrning 50-yillaridayoq Mutal Burhonovning jo‘rsiz xorlari namuna darajasida e’tibor qozongan. Bu o‘rinda uning «Yorlarim», «Endi sendek», «Bibigul», «Sari ko‘hi baland» kabi asarlarini sanab o‘tish lozim.

Keyinchalik M. Burhonovga yelkadosh bo‘lib ko‘plab bastakorlar xalq qo‘shiqlarini xor ijrosiga moslashtirdi. Bularga Sobir Boboyevning «Chaman ichra», Ikrom Akbarovning «Qoyilman», Botir Umidjonovning «Qilpillama», Shermat Yormatovning «Boychechak», «Chittigul», «Gullola», Mustafo Bafoyevning «Bahoriya», «Mavrigi» kabi asarlarini misol keltirish mumkin.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling