Farmatsevtika menejmenti
Attestatsiya — menejerlarning shaxsiy va
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
9.3. Attestatsiya — menejerlarning shaxsiy va
ishbilarmonlik faoliyatini baholash usuli sifatida Boshqaruv mansabiga tavsiya qilinayotgan kishining ishbilarmonlik va kishilik xususiyatlarini baholash, avvalambor shartnoma tuzilishi kerak. Bugungi kunda kadrlar faoliyatchanligini baholashda attestatsiya usuli keng tarqalgan. Ushbu attestatsiyani o‘tkazish uchun rahbar buyrug‘i bilan rais, sekretar (kotib) va boshqalardan tarkib topgan attestatsiya komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya tarkibini yuqori malakali mutaxassislardan, imtihon bo‘layotganlarning bevosita rahbarlaridan, yuqori malakali ishchilardan va jamoa tashkilotlari vakillari tashkil etadi. Attestatsiya bo‘layotgan har bir kishiga o‘zining rahbari xarakteristika tuzadi, bu tavsifnomada o‘sha kishining ijtimoiy ish faoliyati o‘z aksini topadi. Attestatsiya bo‘layotgan ishchi avvaldan, (bir hafta oldindan) tavsifnoma bilan tanishishi shart. Komissiya ushbu materiallarni ko‘rib chiqadi, attestatsiya bo‘layotgan kishini tinglaydi va quyidagicha qaror beradi: o‘zining mansabi talablariga javob beradi; o‘zining mansabi talablariga javob beradi ish sharoiti yaxshilaganida va komissiyaning tavsiyalarini bajo keltirganida, 1 yildan so‘ng qayta attestatsiya qilinadi; o‘z mansabi talabiga javob bermaydi. Komissiya ba’zi ishchilarning martabasini yuksaltirishga va ba’zi xizmatlari uchun taqdirlashga va boshqa ishga o‘tkazishga tavsiya qilishi mumkin. Menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yana ham obyekitiv baholash uchun attestatsiyadan tashqari boshqaruv amaliyotida uch guruhga bo‘linadigan turli xil usullar qo‘llaniladi: 1- guruh. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baholaydigan, obyektiv xarakterga ega bo‘lgan ta’rif beruvchi yoki sifat usullarini o‘z ichiga oladi. Ularga „kadrlar hisob varag‘i“ va „Avtobiografiyadagi“ boshqaruvchi talabiga da’vogarlik qiluvchi nomzodning biografik ma’lumotlarini o‘rganish, rahbarlardan o‘sha odam haqida ma’lumot yig‘ish kiradi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling