Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet39/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Тayanch iboralar


Menejer, personalni boshqarish, liderlik, uslub, menejer etikasi, menejer madaniyati, attestatsiya, reyting, menejer psixologiyasi, motivatsiya.


Nazorat savollari

1. Menejer mehnati qanday baholanadi? U samaralimi?


2. Menejer mehnati nimadan boshlanib, nima bilan tugaydi?
3. Bozor menejer mehnatiga qanday talablar qo‘yadi?
4. Korxonani muvaffaqiyatli boshqarishda menejer uchun qanday
bilimlar kerak?
5. Hamma narsaga ulguruvchi menejer qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak?
6. Yaxshi korxonada menejer mehnati qanday tashkil etiladi?
7. Menejerning yaxshi ishlashi uchun nima xalaqit beradi?
10 bob. MENEJMENТ USLUBI VA MADANIYAТI

10.1. Madaniyat va menejment.


10.2. Menejment madaniyatining asosiy elementlari.
10.3. Rahbarlik uslubi tushunchasi.
10.4. Menejmentda qo‘llaniladigan uslublar.


10.1. Madaniyat va menejment

„Madaniyat“ tushunchasi rivojlanishi darajasining umumlash­tiruvchi ko‘rsatkichi bo‘lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jamiyat madaniyati, ayrim shaxs madaniyati, va nihoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati haqida so‘z yuritish mum­kin. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga bo‘linadi. Shu sababli, moddiy va ma’naviy madaniyat farq qilinadi.


Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni bo‘ysundirish darajasi ko‘rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari kiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, aholi ma’lumot darajasi, tibbiyot xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlar ahloqiy me’yorlari, ma’naviy ehtiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday qilib, madaniyat insonning ham mada­niy ishlab chiqarish, ham ma’naviy hayot sohasida rivojlanishi jarayonidagi yutuqlarini qamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mehnati mohiyatidan iborat bo‘lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.
Insoniyat madaniyati o‘suvchan, o‘zgaruvchan, chunki hozir­gi avlod avvalgi avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada rivojlanishi mumkin.
O‘zbekistonning noyob madaniyati yillar, asrlar davomida shakllanib, uni saqlash, rivojlantirish ko‘p millatli respublikaning yuqori ma’lumotli insonlari — fan, adabiyot, san’at arboblari vazifasidir.
Inson hayoti faoliyatining muhim tarkibiy qismi butun insoniyat tomonidan jamlangan madaniy boylikka ega bo‘lishi, shu jumladan boshqaruv madaniyatini egallashdir.
Menejment madjaniyati juda muhimdir. Insoniyat o‘z rivoj­lanish jarayonida juda katta menejment tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu tajriba boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Menejmentning vujudga kelishi va rivoj­lanishi, avvalo boshqaruv madaniyati darajasi yuksalishi bilan bog‘liqdir chunki, menejment yo‘llari, usullari, vosita va uslub­lariga tanqidiy baho berish yo‘li bilan ularning eng yaxshilari jahon tajribasida qo‘llanishi uchun ajratib olindi.
Menejment madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lish bilan birga qator o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Madaniyatga ega bo‘lish menejer uchun faqat zarur emas, balki shartdir, chunki har bir tashkilotning har bir bo‘linmasi samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bo‘lishlari kerak.
Menejment madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, menejer­lar madaniyatini, menejment jarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi. Menejment madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman me’yorlarga, jumladan, ahloqiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik me’yorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ahloqiy me’yorlar insonning ahloq va odob sohasidagi xulqini tartibga soladi. Ular jumlasiga ijtimoiy burchni to‘g‘ri tushunish, kishi o‘rtasida insoniy munosabat va o‘zaro xurmat, vijdonlilik, haqiqatgo‘ylik, kamtarlik va hokazolar kiradi. Boshqaruv jarayonida ahloqiy me’yorlarga rioya qilish uning madaniyati yuqori dara­jasidan dalolat beradi.
Menejmentda huquqiy me’yorlar davlat-huquqiy va tashkiliy-huquqiy me’yoriy hujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga davlat korxonasi to‘g‘risida qonun, tadbirkorlik haqida, mulk to‘g‘risida qonunlar kiradi. Lekin qonunlar har bir korxonaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga ololmaydi. Shu sababli, har bir korxona qonunga asoslangan holda, korxonada ishlab chi­qarishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi me’yoriy qoidalar o‘rnatiladi.
Iqtisodiy me’yorlar korxona faoliyati jarayonida erishilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni belgilaydi. Ular jumlasiga moliya-kredit me’yorlari, ssudalar olish tartibi, amortizatsiya me’yorlari, mahsulotning hisoblangan bahosi, foyda me’yori, rentabellik me’yori, fondlar uchun to‘lovlar, budjetga to‘lovlar, iqtisodiy rag‘batlantirish me’yorlari kiradi.
Тashkiliy me’yorlar tashkilot tarkibini, alohida bo‘linma va shaxslar faoliyati tarkibi va tartibini ichki tartib faoliyat turlarini, xodimlar vazifalarini, axborotni qayta ishlash va foydalanish jara­yonini belgilaydi.
Тexnikaviy me’yorlar korxona va uning bo‘linma­larini bosh­qarish uchun zarur uskuna, texnika hamda transport vosi­talari, asboblar bilan qurollanganlik darajasini bildiradi.
Estetik talablar va me’yorlar ham boshqaruv jarayonida qo‘l­laniladigan texnika vositalari hamda uskunalari, ham boshqaruv xodimlarini o‘rab turuvchi tashqi muhit uchun belgilanadi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling