Farmatsevtika menejmenti


Tashkilot rivojining sikli


Download 1.37 Mb.
bet74/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Tashkilot rivojining sikli — vaqt davri bo‘lib, uning miqyosida tashkilot o‘zining ichki qadriyatlari va yo‘nalishlarini jiddiy ravishda o‘zgartiradi.
Oxirgi bosqich albatta tashkilotning tugatilishi bilan yakun­lanishi shart emas. U yangi hayotiy sikl doirasida qaytadan tiklanishi mumkin. Agar tashkilot bozorda yangi o‘ringa ega bo‘lishi mumkin bo‘lsa, bu holda u qaytadan keyingi rivojlanish sikliga o‘tib, uning hamma bosqichlarini bosib o‘tadi, yangi inqiroz bundan istisno emas.
Rivojlanishning 1-sikli davrida shaxsiyatlararo muomala, jamoada qulay ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish qadriyatlari ustuvor bo‘ladi; 2-sikl davrida — faoliyatni maksimal shakllan­tirish va tartibga solish; keyingi davrlarda esa tadbirkorlik poten­sialini shakllanishiga yo‘nalishlik ustuvorlik qiladi.
Rivojlanishning bundan yuqori sikli har qaysi xodim va umuman hammani sifatga yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga farmatsevtika yordamining sifatini va xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir bosqich doirasida dominant bo‘lib qoladi.
Ko‘rinib turibdiki, farmatsevtika tashkilotining rivojiga obyektiv qonunlar ta’sir ko‘rsatadi (15.1- jadval), bunda ularning ta’sir etish darajasi hayotiy siklning har bir bosqichida turlichadir (15.1- rasm).



Tashkilot qonunlari nazariy poydevorni tashkil etadi, empirik boshqaruvdan malakali boshqaruvga o‘tishga yordam beradi, yuzaga keladigan vaziyatlarni tahlil qilish va baholash imkonini beradi, farmatsevtika tashkilotining boshqaruv madaniyatini oshirishga zamin yaratadi.




15.1- jadval


Hayotiy siklning turli bosqichlarida tashkilot qonunlarining ko‘rsatadigan ta’siri



Qonunning nomi

Ta'sir etish darajasi

maksimal ta'siri

minimal ta'siri

Sinеrgiya qonuni (ZS)

E1

E8

Kompozitsiya va mutanosiblik qonunlari (ZKP)

E1, E2



E7, E8

Rivojlanish (ontogеnеz) qonuni (ZR)

E5

E8

Axborot olish - batartiblik qonuni (ZIU)

E1-E8

E1-E8

O’z-o’zini saqlash qonuni (ZSS)

E8

E1

Tahlil va sintеzning birligi qonuni (ZЕAS)

E5

E1,E8


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling