Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5,01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surma (V) oksidi.
- 24.9.Vismut Bismut(Bismutum).
- Mishyak, surma va vismutning tibbiyotdagi o‟rni.
- 25.1. Kislorod va uning xossalari Kislorod(Oksygenium).
- Kislorodning -2 o.d. birikmalari.
- Kislorodning +2 o.d. birikmalari.
- O 2 F 2 dioksiftorid.
- Kislorodning +4 o.d. birikmalari.
- : O: 116,5 o : O
- 25.2. Oltingugurt Oltingugurt(Sulfur).
24.8. Surma Surma(Stibium). Kumush rang oq metall, qattiq, mo‘rt, suyuqlanish harorati 630ºS, qaynash harorati 1640ºS, elektr va issiqlikni o‘tkazadi. Lekin kristallari mo‘rt. Tabiatda uchrashi. Surma yaltirog‘i, Sb 2 S 3 – antimanit. Sb – qadim zamondan ma'lum. Tabiiy surma ikkita barqaror izotopdan iborat 51 121 Sb (57,25%), 51 123 Sb (42,75%). Uning bir necha radioaktiv izotoplari olingan. Surma sulfidlardan oksidlarga, va so‘ngra oksidlaridan qaytarib olinadi: 2Sb 2 S 3 + 9O 2 = 2Sb 2 O 3 + 6SO 2 ; Sb 2 O 3 + 3C = 2Sb + 3CO Sb (sariq) ; Sb(qora, d=5.3) ; Sb(kul rang, d=5.8) Sb qotishmalarga ularga qattiqlik berish uchun qo‘shiladi. Sb, Pd, Sn qo‘shilgan qotishmalar tipografik metall deyiladi yoki gart va tipografik shriftlar tayyorlashda ishlatiladi. O‘z birikmalarida As, Sb ga o‘xshaydi, undan metallik xossalari kuchliliga bilan farq qiladi: 227 2Sb + 6HCl = 2SbCl 3 + 3H 2 2Sb + 3H 2 SO 4 = 2H 3 SbO 3 + 3SO 2 Sb + 3HNO 3 = H 3 SbO 3 + 3NO 2 SbH 3 (stibin) – surma gidrid zaharli gaz, hidi H 2 S ga o‘xshaydi. Beqarorligi AsH 3 dan ko‘ra yuqori. 2SbH 3 = 2Sb + 3H 2 Sb ning metallar bilan hosil qilgan birikmalari antimanidlar deyiladi: AlSb, GeSb, ZnSb – yarim o‘tkazgichlar sifatida elektronikada ishlatiladi. Sb 3 O 3 – surma (III)oksidi yoki surmanit angidridi, amfoter oksid, asosli xossasi kuchliroq: Sb 2 O 3 + 6HCl = 2SbCl 3 + 3H 2 O Sb 2 O 3 + 3H 2 SO 4 = Sb 2 (SO 4 ) 3 + 3H 2 O Sb 2 O 3 + 2NaOH = 2NaSbO 2 + H 2 O natriy metasurmanit Sb 2 O 3 + 6NaOH = 2Na 3 SbO 3 + 3H 2 O natriy ortosurmanit Surmanit kislota oq cho‘kma Sb(OH) 3 . Surmaning tuzlariga ishqor qo‘shib olinadi: SbCl 3 + 3NaOH = Sb(OH) 3 + 3NaCl Bu cho‘kma kislota va asoslarda yaxshi eriydi.Surma (III) xlorid suvda oson gidrolizga uchraydi: SbCl 3 + H 2 O = Sb(OH) 2 Cl + 2HCl Sb(OH) 2 Cl = SbOCl + H 2 O SbOCl – antimanil xlorid yoki surma oksixloridi. Surma (V) oksidi. Kislotali xossaga ega. Sariq rangli suvda yaxshi eriydigan modda. Sb 2 O 5 + 3H 2 O = 2H 3 SbO 4 ortosurmanat kislotasi HSbO 3 – metasurmanat kislota; H 4 Sb 2 O 7 – pirosurmanat kislota; H 3 SbO 4 - ortosurmanat kislota. Surma(Y) oksidi ishqorlarda erib kaliy geksagidroksostibat hosil qiladi: Sb 2 O 5 + 2KOH + 5H 2 O = 2K[Sb(OH) 6 ] Surma(III) oksidi nitrat kislota ta‘sirida ortosurmanat kislotaga o‘tadi: 3Sb 2 O 3 + 4HNO 3 + 7H 2 O = 6H 3 SbO 4 + 4NO Surma(Y) oksidiga xlorid kislota qo‘shilganda u oson qaytarilib surma(III) tuzlariga aylanadi: Sb 2 O 5 +10HCl=2SbCl 3 +2Cl 2 +5H 2 O SbF 5 - (suyuql.harorati 8 o S, qayn. harorati 142 o S) suyuq moddadir.U oson stibatlar hosil qiladi: KF+SbF 5 =K[SbF 6 ] 24.9.Vismut Bismut(Bismutum). Metallik xossalari shu guruhdagi boshqa elementlardan kuchliligi bilan farq qiladi. Tabiatda erkin holda va birikmalar holida ko‘p tarqalgan. Bismut simvoli 1819 y. da Bersilius tomonidan kiritilgan. Oq yaltiroq metal ozgina qizg‘ish –pushti rangga ega (suyuql. harorati 271 o S). Bu metal mo‘rt bo‘lib, oson maydalanadi. Elektr tokini o‘tkazadi. Tabiatda uchrashi.Vismutli oxra – Bi 2 O 3 . Vismut yaltirog‘i – Bi 2 S 3 . 83 209 Bi monoizotop hosil qiladi. Sulfidlardan oksidlarga va oksidlardan qaytarish uchun ko‘mir ishlatiladi: 2Bi 2 S 3 +9O 2 =2Bi 2 O 3 +6SO 2 Bi 2 O 3 +3C=2Bi+3CO Vismut pushti rangli yaltiroq metall. Suyuqlanish harorati 271ºS.Yuqori haroratda oksidga aylanadi: 4Bi + O 2 = 2Bi 2 O 3 Sariq rangli vismut (III) oksidi nitrat kislotada eriydi: Bi 2 O 3 + 6HNO 3 = 2Bi(NO 3 ) 3 + 3H 2 O Bi(NO 3 ) 3 + 2H 2 O = Bi(OH) 2 NO 3 + 2HNO 3 Bi(OH) 2 NO 3 = BiONO 3 + H 2 O 228 Hosil bo‘lgan tuz vismutilnitrat deyiladi. Bismutning nitrat va sulfat kislotada erishida vismut (III) tuzlari hosil bo‘ladi: Bi + 4HNO 3 = Bi(NO 3 ) 3 + NO + 2H 2 O 2Bi + 6H 2 SO 4 = Bi 2 (SO 4 ) 3 + 3SO 2 + 6H 2 O Vismutin (BiH 3 ) juda beqaror hosil bo‘lgan zahoti darhol parchalanadi. Vismutning magniy bilan qotishmasini xlorid kislotada eritish orqali vismutin olinadi. Mg 3 Bi 2 +6HCl=3MgCl 2 +2BiH 3 Bu birikma xona sharoitidayoq parchalanadi.Tuzlarga ishqorlar ta'sir ettirib oq rangli cho‘kma vismut(III) gidroksidi olinadi: Bi(NO 3 ) 3 + 3NaOH = Bi(OH) 3 + 3NaNO 3 BiCl 3 – kuchli gigroskopik modda, gidrolizga uchraydi: BiCl 3 + H 2 O = BiOCl + 2HCl Bunda vismutil xloridi hosil bo‘ladi.Bi 2 S 3 – qora qo‘ng‘ir rangli cho‘kma. BiCl 3 + 3H 2 S = Bi 2 S 3 + 6HCl Bu cho‘kma ishqoriy metallar va ammoniy sulfid ta‘sirida erimaydi, ana shu xossa bilan Bi 2 S 3 mishyak va surmadan farq qiladi. Vismut (III) birikmalarini kuchli ishqoriy muhitda oksidlash orqali vismut(Y) birikmalari olinadi: BiCl 3 +Cl 2 +6KOH=KBiO 3 +5KCl+3H 2 O Bi 2 O 5 – qizil qora rangli kukun modda. BiF 5 - qattiq modda (suyql. harorati 151 o S, qayn. harorati 230 o S), HBiO 3 – kislotaning tuzlari ma'lum (NaBiO 3 va KBiO 3 ). Bu tuz kuchli oksidlovchi: 2MnSO 4 +5NaBiO 3 +16HNO 3 = 2HMnO 4 +5Bi(NO 3 ) 3 +2Na 2 SO 4 +NaNO 3 +7H 2 O Vismut (III) birikmalari tibbiyotda ishlatiladi. Toza vismut yadro reaksiyalarida issiqlik o‘tkazuvchi modda sifatida qo‘llaniladi. Vismut – 50%, qo‘rgoshin – 25%, qalay – 12,5% va kadmiy – 12,5% qotishma 70ºC da suyuqlanib, o‘t o‘chirgich probka sifatida ishlatishi ma‘lum. Mishyak, surma va vismutning tibbiyotdagi o‟rni. Mishyak va uning birikmalari juda zaharli moddalar, shunga qaramasdan ular tibbiyotda ishlatiladi. KAsO 2 juda ham oson olinadi: K 2 CO 3 + As 2 O 3 = 2KAsO 2 + CO 2 Hosil bo‘lgan tuz nerv sistemasi juda bo‘shashganda, anemiya kasalligida ishlatiladi. Na 2 HAsO 4 0,5% va 1,0 % eritmalar sifatida kamqonlikda va nevroz kasalliklarida buyuriladi. As 2 O 3 nevroz va nevrastaniyada va teri kasalliklarida ishlatiladi. Shuningdek stomatologiyada ham keng qo‘llaniladi. Vismutning nitratli tuzlari bir necha xil holatda antiseptik modda sifatida oshqozon ichak yallig‘lanishida ishlatilishi ma'lum. Vismut juda ko‘p organik birikmalar tarkibiga ham kiradi (kseroform, dermatol va boshqalar). 25 – bob. V1A guruh elementlari VI A guruh elementlarini kislorod, oltingugurt, selen, tellur va polloniy tashkil etadi. Kislorod, oltingugurt,selen, tellur metallmaslar va polloniy matall. Bu elementlar tashqi qavatida elektronlar soni oltita. Ularning eng muhim kattaliklari 47-jadvalda keltirilgan. Kisloroddan polloniyga qarab ionlanish energiyasi kamayadi, atomlar o‘lchami va metall xossalari ortadi. Vodorodli birikmalarda hamma elementlarning oksidlanish darajasi -2. 47-jadval. YI A guruh elementlarining eng asosiy kattaliklari Asosiy kattaliklar Kislorod Oltingugurt Selen Tellur Polloniy Atom massasi Elektron formulasi Atom radusi,E 2- nm Suyuql. harorati, o S Qayn. harorati, o S 15,9994 2s 2 2p 4 0,136 -218,8 -183,0 32,064 3s 2 3p 4 0,182 119,3* 444,6 78,96 4s 2 4p 4 0,0,193 217* 685 127,60 5s 2 5p 4 0,211 449,8 *** 990 [210] 6s 2 6p 4 - - - 229 Ionlanish energiyasi,eV E E + Yer po‘stlog‘idagi miqdori,mol % 13,618 58,0 10,360 0,03 9,752 1,5 * 10 -5 9,01 1,3 * 10 -7 8,43 2 * 10 -15 Bu elementlar ichida kislorod eng tarqalgan element hisoblanadi. Kislorod -2 va +2 oksidlanish darajasini namoyon etsa, oltingugurt o‘zgaruvchan oksidlanish darajasiga ega. 25.1. Kislorod va uning xossalari Kislorod(Oksygenium). Yer po‘stlogida keng tarqalgan. U suvni, minerallar, tog‘ jinslari, o‘simlik va tirik organizm tarkibiga kiradi. Havoning tarkibi hajm jihatidan 20,9% (massa jihatidan 23,2%) kisloroddan tashkil topgan.Havo tarkibida hajm jihatdan 78,2% (massa jihatdan 75,5%) azot, hamda qolgan 1% hajm inert gazlar va boshqa gazlardan (CO 2 ,H 2 O) tashkil topgan. Kislorod elementi tabiatda uch xil izotopdan tashkil topgan: 8 16 O (99,769%), 8 17 O (0,037%), 8 18 O (0,204%). Olinishi. Kislorodning qaynash harorati (-183 o S), azotnikidan (-195 o S) yuqori bo‘lgani uchun kislorod oson suyuqlikka aylanadi va birinchi galda azot haydaladi. Bu jarayonda ham kislorod ham azot olinadi.Sanoat miqyosida kislorod ana shu usulda olinadi. Birinchi marta kislorod K.Sheele tomonidan, so‘ngra ingliz J. Pristli 1774 yilda simob oksididan olgan. Havo tarkibida kuislorod borligini A. Lavuazye aniqlagan va bu gazni kislorod deb nomlagan. Labarotoriyada va sanoatda kislorod ishqorlarning eritmalarini elektroliz qilib olinadi. Toza kislorod olish uchun laboratoriyada kaliy permanganat qizdiriladi: 2KMnO 4 =K 2 MnO 4 +MnO 2 +O 2 Bertole tuzini qizdirilganda parchalanishida ham kislorod olinadi: 2KClO 3 =2KCl+3O 2 Nitratlarning harorat ta‘sirida parchalanishida ham kislorod hosil bo‘ladi: 2NaNO 3 =2NaNO 2 +O 2 Laboratoriyada MnO 2 ni qizdirish paytida ham kiislorod olinadi: 4МnO 2 t 2Mn 2 O 3 + O 2 Kislotali sharoitda kaliy permanganatga vodoro peroksidi ta‘sir ettirilganda ham kislorod hosil bo‘ladi: 5H 2 O 2 + 2KMnO 4 + 3H 2 SO 4 = 2MnSO 4 + K 2 SO 4 + 5O 2 + 8H 2 O Fizik xossalari. Odatdagi sharoitda kislorod rangsiz, mazasiz va hidsiz gaz moddadir. Qaynash harorati -183 o S.100 ml suvda 31 ml kislorod eriydi. Kimyoviy xossalari. Kislorod oltin, platina, galogenlar va inert gazlar bilan birikmaydi. Hamma qolgan elementlar bilan ta‘sirlashib, ularni oksidlaydi. К + О 2 = KО 2 2Na + O 2 = Na 2 O 2 2NO + O 2 = 2NO 2 C + O 2 = CO 2 CH 4 + 2O 2 = CO 2 + 2H 2 O 2Sr + O 2 = 2SrO P 4 + 5O 2 = 2P 2 O 5 SiH 4 + 2O 2 = SiO 2 + 2H 2 O 2H 2 + O 2 = 2H 2 O 2ZnS + 3O 2 = 2ZnO + 2SO 2 Kislorod faqat ftor bilan ta‘sirlanishda qaytaruvchi, qolgan hamma holatlarda u oksidlovchidir. Ko‘p moddalar kislorodda yonadi. Yonish atrof muhitga yorug‘lik va issiqlik chiqishi bilan boradi. Toza kislorod ishtirokida yonish yanada shiddatli boradi. Kislorod ikki atomli molekula hosil qiladi. Kislorod molekulasini tuzlishi quyidagicha tushuntiriladi: O O yoki O O Kislorod molekulalari orasidagi bog‘lar karrali bo‘lagani uchin O-O orasidagi bog‘ O,1207 nm. Shuning uchun molekula anchagina barqaror. Uning dissotsilanish energiyasi 494 kJ/mol. Kislorod molekulasining atomlarga parchalanishi 2000 o S da sezilarli boradi. 230 Kislorodning -2 o.d. birikmalari. Bunday birikmalar H 2 O, oksidlar hisoblanadi. Oksidlarning turlari, ularning xossalari anorganik moddalarning sinflanishida ko‘rib chiqilgan edi. Kislorodning -1 o.d. birikmalari. H 2 O 2 , Na 2 O 2 kabi birikmalarda O -1 o.d. ga ega. KO 2 (K,Na,Cs) ga o‘xshash peroksidlarda O 2 -1 ning o.d. -1 hisoblanadi. Kislorodning +2 o.d. birikmalari. Bunday birikmalar qatoriga OF 2 kiradi. OF 2 molekulasi burchakli tuzilishga ega. Juda kuchli oksidlovchi, och sariq rangli gaz modda. U ftorni ishqorlar bilan ta‘siridan olinadi: 2F 2 +2NaOH=OF 2 +2NaF+H 2 O O 2 F 2 dioksiftorid. Qizil rangli oson uchuvchan suyuqlik. Suyuq havoda oddiy moddalarning elektr razrayadi ostida ta‘sirlanishidan hosil bo‘ladi. O 2 F 2 ning tuzlishi H 2 O 2 ga o‘xshab ketadi. Kislorodning +4 o.d. birikmalari. Bunday birikmalar sifatida uning allotropik shakl o‘zgarishi ozon olinishi mumkin. Ozonga agar quyidagicha qaralsa O +4 O 2 -2 . Ozon. Ozonni 1785 y. Van-Marum kuzatgan. 1840 y. Jenbey uni yangi element deb hisoblagan. Toza ozon 1922 y. nemis ximigi Razenfold va Jvab tomonidan olingan. Ozon havo rangli, o‘ziga xos hidi bor gaz bo‘lib zaharli modda. Suyuql. harorati - 251,5 о S. Qaynash harorati -112 o S va zichligi = 1,62 ·· O,128 nm O 0,128 nm : O: 116,5 o : O: ·· Markaziy atom sp 2 gibridlangan , hamda chap yoki o‘ng tarafdan va bog‘ bilan bog‘langan. Atmosfera sharoitida elektr razryadlari ta‘sirida hosil boladi. Yer atrofida ozon qatlamini hosil qiladi: 3О 2 = 2O 3 + 92,0 kJ endotermik parchalanish. [O 2 *O] + 2е - = О 2 + О 2- Odatda atomar kislorod hosil bo‘ladigan jarayonlarda ozon hosil bo‘ladi. Suvga ftorning ta‘sir etishi, peroksidlarning parchalanishi, suvga radiasiya ta‘sir ettirilganda hamda fotokimyoviy jarayonlarda ozon hosil bo‘ladi. Ozonatorlarda kislorodga elektr razryadi ta‘sir ettirilganda ham ozon olinadi. Odatdagi sharoitda kislorod ta‘sirlashmaydigan metallarni oksidlaydi (Hg, Ag): Hg + O 3 = HgO + O 2 2Ag + O 3 = Ag 2 O + O 2 Qo‘rg‘oshin sulfid ham O 3 ta‘sirida oson oksidlanadi. Ozon maxsus asboblar ozonator yordamida olinadi. PbS + 4O 3 = PbSO 4 + 4O 2 Kaliy yodid ham ozon ishtirokida kislotali muhitda oson oksidlanadi: 2Kl + O 3 + H 2 SO 4 = l 2 + K 2 SO 4 + O 2 + H 2 O Kaliyga ozon ta‘sir erttirilganda odatda qizil rangli kaliy ozonid hosil bo‘ladi: K + O 3 = KO 3 Ozon ko‘p konsentratsiyada 10 -4 mg/l odam organizmiga yomon ta‘sir qiladi. Undan suvni sterillash uchun ishlatiladi, chunki u bakteriyalarni o‘ldiradi. 25.2. Oltingugurt Oltingugurt(Sulfur). Tabiatda erkin holda uchraydi. Oltingugurtning Italiya, AQSh, Yaponiya, Rossiyada katta konlari bor. FeS – temir kolchedani; ZnS – rux aldamasi; РbS - qo‘rg‘oshin yaltirog‘i; Вi 2 S 3 – vismut yaltirog‘i; СаSO 4 • 2H 2 O – gips; ВаSO 4 ; MgSO 4 • 7H 2 O; Na 2 SO 4 • 10H 2 O glauber tuzi ko‘rinishida birikmalar holida uchraydi. Oltingugurt neft, toshko‘mir, o‘simlik va hayvonlar tarkibida bo‘ladi. 231 Oltingugurtning bir qancha allotropik shakl o‘zgarishlari bor.Odatdagi sharoitda mo‘rt sariq rangli kristallar hosil qilib, 112,8 o S da suyuqlanadi, =2,07 g/sm 3 . Suvda erimaydi, lekin CS 2 , benzolda eriydi. Rombik oltingugurt. 95,6 о S dan past haroratda barqaror. U oktaedrik romb holida kristallanadi. Monoklinik yoki prizmatik oltingugurt. 95,6 о S dan yuqori haroratda uzun ignasimon kristallar holida bo‘ladi. 119 o S da oltingugurt suyuqlanadi. 160 о Sda jigarrangga kiradi, 250 о S dan oshganda uning qovushqoqligi kamayadi. 400 о S da harakatchan, 446,6 о S da qaynatdi. Agar oltingugurt kuchli qizdirib, keyin birdan sovutilsa, idishning tubida jigar-sariq yumshoq oltingugurt hosil bo‘ladi, u kauchukka o‘xshab cho‘ziladi. Shunday oltingugurt plastik oltingugurt deyiladi. Plastik oltingugurtning amorf shakl o‘zgarishi hisoblanadi. Oltingugurt past haroratda S 8 holida bo‘ladi. Harorat oshirilsa uning molekulyar massasi kamayadi. Oltingugurt bug‘larida S 8 , S 6 ,(500 o S), 1000 o S da S 2 va 2000 0 S da S holida bo‘ladi. S 8 molekulasi ―toj‖ shakliga o‘xshash ko‘rinishda bo‘ladi: Tabiiy izotopda massa sonlari: 16 32 S (95,02%), 16 33 S (0,75%), 16 34 S (0,02%). Olinish usullari. Amerikada Frank usuli qo‘llaniladi. 170 о S qizdirilgan suvni truba orqali oltingugurtga beriladi. Oltingugurtga tekkan issiq suv uni suyuqlantiradi va siqilgan havo bilan yer yuzasiga chiqaziladi. Oltingugurt rudalarida yoqib, qizdirib ajratiladi. Olingan oltingugurt haydaladi. FеАsS 2 + t FеS + S + As Oltingugurtni gazlardan olish uchun Н 2 S va SO 2 ni yuqori haroratda katalizator ishtirokida o‘tkaziladi. 2Н 2 S + SO 2 кат 3S + 2H 2 O Oltingugurt sulfatlarga uglerod ta‘sir ettitilganda ham hosil bo‘ladi: CaSO 4 + 4C = 4CO + CaS Agar sulfidlar gidrolizlansa, ulardan H 2 S olinib, so‘ngra ularni yonishidan oltingugurt olinadi: CaS + H 2 O + CO 2 = H 2 S + CaCO 3 2H 2 S + O 2 = 2S + 2H 2 O Tibbiyot maqsadlari uchun kerak bo‘ladigan oltingugurt natriy tiosulfatdan olinadi: Na 2 S 2 O 3 + H 2 SO 4 = H 2 S 2 O 3 + Na 2 SO 4 H 2 S 2 O 3 = H 2 O + SO 2 + S Oltingugurtdan СS 2 , qora porox, gugurt, oltingugurtli bo‘yoqlar, iprit, sulfat kislota va boshqalar olinadi. Kimyoviy xossalari. Kuchli oksidlovchilar bilan, o‘zining elektronlarini berib qaytaruvchanlik xossasini namoyon qiladi. S + O 2 = SO 2 S + 3F 2 = SF 6 S + 6HNO 3 = H 2 SO 4 + 6NO 2 + 2HOH Qaytaruvchilar bilan oltingugurt oksidlovchi bo‘ladi: Zn + S = ZnS 3S + 6KOH = K 2 SO 3 + 2K 2 S + 3HOH 232 H 2 + S = H 2 S Na 2 SO 3 + S = Na 2 S 2 O 3 Oltingugurt azot bilan bir necha xil birikmalar hosil qiladi: S 4 N 4 , S 15 N 2 , S 16 N 2 . Oltingugurt tetranitrid- sariq kristall modda,+178 o S da syuqlanadi. U qizdirilganda portlaydi: S 4 N 4 = 4S+2N 2 U suyuq holatdagi oltingugurt va ammiak ta‘siridan hosil boladi: 10S+16 NH 3 =S 4 N 4 +6(NH 4 ) 2 S Download 5,01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling