Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26.2. Xlor va uning birikmalari Xlor(Chlorum).
- Olinishi.
- Xlorid kislota va uning tuzlari.
- 26.3. Xlorning kislorodli birikmalari
- 26.4. Brom Brom(Bromum). Tabiatda uchrashi.
- Bromid kislota va uning tuzlari.
- Bromning kislorodli birikmalari.
-1 birikmalari. Ftoridlar yuqori suyuqlanish haroratiga ega bo‘lgan ion tuzilishli birikmalar. Ftoridlar ftorid kislotaning metal oksidlari, gidroksidlari va karbohatlariga ta‘siri orqali olinishi mumkin. Ishqoriy metallarning ftoridlari (Li dan tashqari) , shuningdek AgF, HgF 2 , SnF 2 eruvchan hisoblanadi. Metallmaslarning ftoridlari ularga ftor ta‘siridan olinadi. Ftoridlar turlicha reaksiyalarda qatnashadilar: NaF+AlF 3 =Na 3 [AlF 6 ] 2NaF+SiF 4 = Na 2 [SiF 6 ] 2KF+BeF 2 =K 2 [BeF 4 ] Ftorid kislota. HF qutbli molekula. Odatdagi sharoitda ftorid kislota rangsiz suyuqlik. ( suyuql. harorati -83 o S, qaynash harorati 19,5 o S). Ftorid kislota havoda tutaydi, o‘tkir hidga ega. Ftorid kislotaning 40% li eritmasi plavik kislota ham deyiladi. Bu kislotani shisha idishlarda saqlab bo‘lmaydi. Lekin idishlarni ichki va tashqi qavatini parafinlab saqlash mumkin. Ftorid kislota maxsus plastmassa idishlarda yoki qo‘rg‘oshimli idishlarda saqlanadi. H 2 F 2 H + +HF - uchun K 1 =7,2 * 10 -4 , HF+F - HF 2 - ; K 2 =5. Bu kislota HCl dan ancha kuchsiz 1 M eritma uchun dissotsilanish darajasi 7% atrofida. Plavik kislota shishani eritib, gazsimon birikma SiF 4 hosil qiladi: SiO 2 +4HF=SiF 4 +2H 2 O CaF 2 ga konsentrlangan kislota ta‘siridan HF hosil bo‘ladi: CaF 2 +H 2 SO 4 =CaSO 4 +2HF Vodorod va ftorni shiddatli ta‘siri natijasida ham vodorod ftorid olish mumkin: H 2 +F 2 =2HF Ftorovodorod bug‘lari juda zaharli. Teriga agar konsentrlangan ftorid kislota to‘kilsa kuydiradi va yomon asorat qoldiradi. Plavik kislota organik sintezda, shisha sirtiga ishlov berishda va ftoridlar olish uchun ishlatiladi. 26.2. Xlor va uning birikmalari Xlor(Chlorum). Xlor birinchi marta 1772 yilda Sheele tomonidan olingan. 1810 yilda xlorni X.Devi yangi element sifatida kiritgan. Xlor so‘zi yunonchadan ―xloros‖ – sarg‘ish yashil degan ma‘noni beradi. Aktiv element bo‘lgani uchun faqat birikmalar holatida uchraydi. Natriy, kaliy va magniyli tuzlar dengiz, sho‘r ko‘llar, hatto qurigan ko‘llarda ham uchraydi. Tabiatda uchrashi. Tosh tuz yoki galit- NaCl, silvinit - KCl * NaCl, karnallit - KCl * MgCl 2* 6H 2 O, silvin- KCl, kaunit- MgSO 4* KCl * 3H 2 O kabi birikmalari ma‘lum. Olinishi. Xlorning sanoat miqyosida olinishi KCl yoki NaCl ning suvdagi eritmasini elektroliziga asoslangan. Bu jarayonda eng asosiy mahsulot yuvchi natriy hisoblanadi. Laboratoriyada xlorning olinishi turli oksidlovchilarga xlorid kislota ta‘sir ettirilishiga asoslangan. Oksidlovchilar sifatida MnO 2 , KMnO 4 , PbO 2 , K 2 Cr 2 O 7 , KClO 3 ba boshqalar olinishi mumkin. MnO 2 +4HCl=MnCl 2 +Cl 2 +2H 2 O Qattiq holatdagi osh tuziga konsentrlangan sulfat kislota va MnO 2 ta‘sir ettirilganda ham xlor hosil bo‘ladi: 244 2NaCl+2H 2 SO 4 +MnO 2 =MnSO 4 +Cl 2 +Na 2 SO 4 +2H 2 O Tabiatda xlorning ikkita izotopi uchraydi: 17 35 Cl(75,53%) va 17 37 Cl(24,47%). Shuning uchun uning o‘rtacha atom massasi 35,45 u.b. olinadi. Bundan tashqari xlorning 5 ta sun‘iy izotoplari olingan: 33 Cl, 34 Cl, 38 Cl, 39 Cl. Xossalari. Xlor sarg‘ish yashil tusli gaz, uning qaynash harorati -34 o S, qotish harorati - 101 o S. Xlor suvda, CCl 4 , SCl 4 va TiCl 4 da eriydi. Bir hajm suvda 2,5 hajm xlor eriydi. O,6 MPa bosimda xona haroratida xlor juda oson suyuqlikka aylanadi. Kimyoviy xossalari. Xlor ftorga nisbatan aktivligi kam, lekin anchagina faol element. Xlor to‘g‘ridan to‘g‘ri kislorod, azot va inert gazlar bilan ta‘sirlashmaydi. Xlor metallar bilan portlash bilan reaksiyaga kirishib xloridlar hosil qiladi: 2Na+Cl 2 =2NaCl Ca+Cl 2 =CaCl 2 2Al+3Cl 2 =2AlCl 3 Vodorod xlor atmosferasida yorug‘lik nuri ta‘sirida yonib vodorod xlorid hosil qiladi: H 2 +Cl 2 =2HCl Ko‘pchilik metallmaslar ham xlor ta‘siridan oson oksidlanadi, bunda u oksidlovchidir: 2 P+5Cl 2 = 2PCl 5 2P+3Cl 2 =2PCl 3 Si+2Cl 2 = SiCl 4 2Sb+3Cl 2 =2SbCl 3 Xlorning suv bilan ta‘sirlanishidan vodorod xlorid va gipoxlorit kislota hosil bo‘ladi: Cl 2 +H 2 O=HCl+HClO Xlorning uglerod bilan hosil qilgan birikmalari (CCl 4 , CHCl 3 , CH 2 Cl 2 , CH 3 Cl) metanning xlorlanish jarayonida olinadi. Xlor ba‘zi murakkab moddalarni ham oksidlaydi: 2K 2 MnO 4 +Cl 2 = 2KMnO 4 +2KCl 2FeCl 2 +Cl 2 =2FeCl 3 Xlordan xlorid kislota, KClO 3 , organik moddalar, bo‘yoqlar, qishloq xo‘jaligi zarakunandalariga qarshi preparatlar olishda qo‘llanildi. Xlordan gazlamalarni oqartirishda, ichimlik suvini dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. Xlorid kislota va uning tuzlari. Xlorning vodorod bilan hosil qilgan birikmasi vodorod xlorid(HCl). O‘tkir hidli rangsiz gaz modda (suyuql. harorati -114,2 o S, qaynash harorati -84,9 o S). Suvda yaxshi eriydi. 1 hajm suv 450 hajm HCl ni eritadi. Vodorod xloridni suvdagi eitmasi xlorid kislota deyiladi. Xlorid kislota kuchli kislotalardan biridir. Sanoat miqyosida erug‘lik nuri ishtirokida vodorodga xlor ta‘sir ettirish orqali olinadi: H 2 +Cl 2 =2HCl Osh tuziga sulfat kislota ta‘sir ettirilganda ham vodorod xlorid olinadi: NaCl+H 2 SO 4 =NaHSO 4 +HCl Konsentrlangan xlorid kislota tarkibida 37% HCl bo‘lib kuchli elektrolit hisoblanadi. Bu kislotadan HCl ajralib turgani uchun uni tutovchi kislota deyiladi. O,1 n HCl eritmasining dissotsilanish darajasi 92 % lidir. Xlorid kislota aktiv metallar(Mg, Ca, Zn, Fe, Al va boshqalar) bilan ta‘sir qilganida vodorod ajratib xlorid kislotaning tuzlarini hosil qiladi: Fe+2HCl=FeCl 2 +H 2 Aktivligi kam metallar(Cu, Ag, Hg, Au, Pt) xlorid kislota bilan ta‘sirlashmaydi. Aktivligi kam metallar (Cu, Ag) havo kislorodi ishtirokida konsentrlangan kislotaga ta‘sir etadi: Cu+4HCl+O 2 =2CuCl 2 +2H 2 O Xlorid kislotaning tuzlari xloridlar deb ataladi. Xloridlar suvda yaxshi eriydi. Kumush xlorid (AgCl), mis xlorid (CuCl), simob(I) xlorid (Hg 2 Cl 2 ), qo‘rg‘oshin (II) xlorid(PbCl 2 ) suvda oz eriydi. Konsentrlangan xlorid kislota unga oksidlovchilar(MnO 2 , PbO 2 , KMnO 4 va boshqalar) ta‘sir etganda qaytaruvchi hisoblanadi: MnO 2 +4HCl=MnCl 2 +Cl 2 +2H 2 O CuCl 2 katalizatorligida qizdirilganda vodorod xlorid kislorod ishtirokida ham oksidlanadi: 4HCl+O 2 =2H 2 O+2Cl 2 245 Aktivligi kam bo‘lgan metallarning xloridlari suvdagi eritmalarda oson gidrolizga uchraydi(AlCl 3 , CrCl 3 , HgCl 2 , CuCl 2 ). 26.3. Xlorning kislorodli birikmalari Xlor kislorod bilan bevosita birikmaydi, lekin uning qator oksidlari bor: Cl 2 O, ClO 2 , ClO 3 va Cl 2 O 7 . Xlor(I) oksidi- Cl 2 O, sarg‘ish qo‘ng‘ir gaz (qayn. harorati +3,8 o S, qotish harorati -116 o S). Saqlansa portlaydi, beqaror modda. Cl 2 O – qutbli molekula. Qizdirilganda, suyuq holatda kuydirilganda portlaydi: 2Cl 2 O = 2Cl 2 + O 2 Cl 2 O ning suvda erishida gipoxlorit kislota hosil bo‘ladi: Cl 2 O+H 2 O= 2HClO Gipoxlorit kislota juda kuchsiz kislota (K=5 * 10 -8 ). Kislota beqaror bo‘lgani uchun parchalanib atomar kislorod ajratadi: HClO= HCl+O Gipoxloritlar xona haroratida ishqorlar eiitmasidan xlor o‘tkazish orqali olinadi: 2NaOH+Cl 2 = NaCl + NaClO+H 2 O Cl 2 O kuchli oksidlovchi: S + 2Cl 2 O = 2Cl 2 + SO 2 Disproporsiyalanish reaksiyasiga kirishadi: 3Cl 2 O + 6NaОН = 4NaCl + 2NaClO 3 + 3H 2 O HClO va uning tuzlarii oksidlovchilar hisoblanadi. Ular ishqoriy sharoitda РbO va МnO 2 bilan oson ta‘sirlashadi: PbO + CaOCl = PbO 2 + CaCl 2 2HCl+CaOCl = Cl 2 +CaCl 2 +H 2 O Cl Cl ОН Agar ular oksidlovchilar bilan ta‘sirlashsa qaytaruvchi: 3КСlO + 4KMnO 4 + 2H 2 O = 4MnO 2 + 3KClO 3 + 4KOH Gipoxloritlar katalizatorsiz parchalanib xloratlarga aylanadi: 3КСlO = KClO 3 + 2KCl 1792 y. da Parij yaqinidagi Javel degan joyda Bertole gaz holatdagi xlorni kaliy gidroksidi va kaliy karbonat eritmasidan o‘tkazib, quyidagi moddalarni oldi: 2КОН + Сl 2 = КСl + KClO + H 2 O Cl 2 + 2K 2 CO 3 + H 2 O = KClO + KCl + 2KHCO 3 Bu aralashma javel suvi deyiladi. Ca(OH) 2 dan Cl 2 o‘tkazilsa xlorli ohak hosil bo‘ladi. Са(ОН) 2 + Cl 2 = CaClOCl + H 2 O CaClOCl ning parchalanish mexanizmi: СаClOCl + CO 2 = CaCO 3 + Cl 2 Hosil bo‘lgan xlor bakteriyalarni o‘ldiradi. 2СaClOCl + H 2 O + CO 2 = CaCl 2 + CaCO 3 + 2HClO HClO ning parchalanishidan atomar kislorod hosil b‘ladi: HClO → HCl + O Cl 2 O ni olish uchun simob(II) oksidiga xlor ta‘sir ettiriladi: 2Сl 2 + HgO = HgCl 2 + Cl 2 O Xlor (IV) oksid. Xlor(1Y) oksidi – ClO 2 . O‘tkir hidli, sarg‘ish- yashil rangli, saqlansa o‘z-o‘zidan portlaydigan gaz (qayn. harorati 11 o S, qotish harorati -59 o S). ClO 2 to‘g‘ri keladigan kislota yo‘q. Agar ClO 2 suvda eritilsa xlorot va xlorat kislotalar aralashmasi hosil bo‘ladi: 2ClO 2 +H 2 O= HClO 2 +HClO 3 246 Ishqorlar ishtirokida ClO 2 ni erishidan xloritlar va xloratlar hosil bo‘ladi: 2ClO 2 +2NaOH= NaClO 2 +NaClO 3 +H 2 O ClO 2 ni olish uchun natriy xloratga sulfat kislota ishtirokida oltingugurt(IY) oksidi ta‘sir ettiriladi: 2NaClO 3 +SO 2 +H 2 SO 4 = 2NaHSO 4 +2ClO 2 ClO 2 kuchli oksidlovchi bo‘lgani uchun gazlamalarni oqartirishda ishlatiladi. Xlorat kislota parchalanganda ClO 2 hosil bo‘ladi: 3HClO 3 = 2ClO 2 + H 2 O + HClO 4 ClO 2 – juda kuchli oksidlovchi, masalan fosforni ortofosfat kislotagacha oksidlaydi : Р + СlO 2 + 2H 2 O = H 3 PO 4 + HCl NaClO 2 – oqartaruvchi modda sifatida ishlatiladi. Kir yuvish kukunlariga qo‘shiladi.Og‘ir metallarning xloritlari urilganda yoki qizdirilganda portlaydi. Xlorit kislotaga to‘g‘ri keladigan angidridi Cl 2 O 3 mavjud emas. HClO 2 faqat suvdagi eritmalarda mavjud .Bu kislota beqaror va kuchsiz kislotadir ( K=5 * 10 -3 ). Xlor trioksidi – СlO 3· Xlortrioksid xona sharoitida qoramtir qizil rangli suyuqlik( qayn. harorati 203 o S, qotish harorati 3,5 o S). Xlor trioksidning bug‘ holatda tarkibi ClO 3 ligi, suyuq holatda bo‘lsa Cl 2 O 6 ekanligi aniqlangan. Xlor trioksid olish uchun past haroratda ClO 2 ga ozon yuboriladi: 2ClO 2 + 2O 3 = 2ClO 3 + 2O 2 Xlor trioksidning suvda erishidan xlorat va perxlorat kislota hosil bo‘ladi: Cl 2 O 6 +H 2 O=HClO 4 +HClO 3 ClO 3 portlaydi:4ClO 3 = 2ClO 2 + Cl 2 + 4O 2 Xlor(Y) oksid olinmagan. Bu oksidga to‘g‘ri keladigan kislota xlorat kislota ham erkin holda olinmagan. Lekin xlorat kislota suvdagi eritmada 40 % gachva konsentrasiyada mavjuddir. Xlorat kislota kuchli kislotalar qatoriga kiradi. Uning 1 n eritmasi uchun dissotsilanish darajasu 79% hisoblanadi. 50% dan ortiq konsentrasiyali HClO 3 o‘z-o‘zidan portlaydi. Xlorat kislota uning tuzlariga kuchli kislotalar ta‘sir ettirib olinadi: Ba(ClO 3 ) 2 + H 2 SO 4 = BaSO 4 + 2HClO 3 Xlorat kislota tuzlari rangsiz, qattiq moddalar, xona haroratida barqaror va suvda yaxshi eriydi. Uning tuzlaridan KClO 3 - bertole tuzi katalizator ishtirokida(MnO 2 ) kislorod hosil qilib parchalanadi: 4KClO 3 = 2KCl + 3O 2 Agar bertole tuzi katalizatorsiz qizdirilganda parchalansa perxlorat kislota tuzlari va kaliy xlorid hosil qiladi: 4KClO 3 = 3KClO 4 +KCl Xloratlarni olish uchun 60-70°С da ishqorlar eritmasiga gaz holatdagi xlor yuboriladi : 3Сl 2 + 6KOH = KClO 3 + 5KCl + 3H 2 O KClO 3 past haroratda suvda yomon erigani uchun eritmani sovitish orqali oson KCl dan ajratiladi. KClO 3 rangsiz yaltiroq tuz, uning suyuql. harorati 258 o S gat eng. O o S da 100 g suvda 3,3 g KClO 3 eruydi, 100 o S da bo‘lsa 100 g suvda 56,2 g KClO 3 eriydi. Gugurt ishlab chiqarish, Bengal olovi va portlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi. Bertole tuziga oltingugurt aralashtirilib chinni havonchada aralashtirilsa kuchsiz portlash ro‘y beradi: 3S + 2KClO 3 potlash kuchsiz 2KCl + 3SO 2 Kushsiz portlash bertole tuziga fosfor va ko‘mir qo‘shilganda ham ro‘y beradi: 6P + 5KClO 3 = 3P 2 O 5 + 3KCl 3C + 2KClO 3 = 3CO 2 + 2KCl Shakarni juda sekin bertole tuzi bilan aralashtirib va bir tomchi konsentrlangan sulfat kislota qo‘shilsa yorug‘ alanga berib yonadi: 247 С 12 Н 22 О 11 + 8КClO 3 = 12CO 2 + 6KCl + 11H 2 O Ana shunda hosil bo‘lgan olov Bengal olovi deyiladi. Xlor (VII) oksidi - Сl 2 O 7 toza holda moysimon rangsiz suyuqlik( qaynash harorati 83°S). Qattiq chayqatilsa yoki 120 o S gacha qizdirilsa portlaydi. Cl 2 O 7 suvda eriganida perxlorat kislota hosil bo‘ladi: Cl 2 O 7 + H 2 O = 2HClO 4 Perxlorat kislota rangsiz suyuqlik (suyuql. harorati -102 oS) oz-ozidan portlash xossasiga ega. Eng kuchli kislotalardan (K=10 9 ) biridir. KClO 4 ga konsentrlangan sulfat kislota ta‘sir ettirilib olinadi: KClO 4 +H 2 SO 4 =KHSO 4 +HClO 4 Xlor (VII) oksidini olish uchun perxlorat kislotaga fosfor(Y) oksidi ta‘sir ettiriladi: P 2 O 5 + 6HClO 4 = 2H 3 PO 4 + 3Cl 2 O 7 Perxloratlar portlovchi moddalar olishda ishlatiladi va ayniqsa raketa texnikasida keng qo‘llaniladi. Xlorning kislorodli kislotalari qatorida chapdan o‘ngga kislota kuchi, barqarorlik va xlor atomlarining oksidlanish darajasi ortadi. Bu birikmalarning barchasida markazoy atom sp 3 gibridlangan: O‘ngdan chapga qarab bo‘lsa oksidlovchilik xossalari ortib boradi. Gipoxloritlar har qanday muhitda oksidlovchi: NaClO + 2KJ + H 2 O = J 2 + NaCl + 2KOH Xloratlarning oksidlovchilik xossasi ko‘proq qattiq holda kuchliroq ko‘rinadi: KClO 3 + 3MnO 2 + 6KOH = KCl + 3K 2 MnO 4 + 3H 2 O Ishlatilishi. Bertole tuzi gugurt ishlab chiqarishda, mushakbozlik anjomlari tayyorlashda, xalq xo‘jaligining turli maqsadlari uchun kerak bo‘ladi. Ca(ClO 3 ) 2 g‘o‘za bargini to‘kish uchun defoliant sifatida keng qo‘llaniladi. 26.4. Brom Brom(Bromum). Tabiatda uchrashi. Bromni birinchi marta 1826 yilda J.Balar dengiz suvi tuzlari tarkibidan ajratib olgan. Dengiz suvidagi tuzlar tarkibida 0,01 % bromidlar uchraydi. Kaliyli minerallar tarkibida doimo brom bo‘ladi. Brom birikmalari tabiatda brom-argirit – AgBr, embolit- Ag(Cl,Br) holatida mavjud. Olinishi. Asosan bromidlarga xlor ta‘sir ettirib olinadi. Xlor bromga nisbatan aktiv bo‘lgani uchun u bromni birikmalaridan siqib chiqaradi: 2KBr+Cl 2 =2KCl+Br 2 Bromidlarni elektroliz qilish orqali ham brom olish mimkin. Laboratoriyada brom olish uchun bromidlarga konsentrlangan sulfat kislota va marganes(IV) oksidi kukuni ta‘sir ettiriladi: 2NaBr+MnO 2 +2H 2 SO 4 =MnSO 4 +Br 2 +Na 2 SO 4 + 2H 2 O Xossalari. Brom odatdagi sharoitda qizg‘ish qo‘ng‘ir rangli suyuqlik (suyuql. harorati -7,3 o S, qaynash harorati 58,8 o S) bo‘lib, o‘tkir va zaharli hidga ega. Brom bug‘lari shilliq pardalarga kuchli ta‘sir ko‘rsatib yallig‘laydi. Brom teriga tegsa yomon va tuzalmaydigan yaralar hosil qiladi. 248 Brom suvda kam eriydi( bromli suv), lekin organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalari. Kimyoviy reksiyalarga xlorga nisbatan sust kirishadi. Metallar bilan brom ta‘sirlashganda bromidlar hosil bo‘ladi: Ca+Br 2 =CaBr 2 Brom vodorod bilan faqat yuqori haroratda ta‘sir etadi, buning ustiga reaksiya qaytar hisoblanadi: H 2 +Br 2 2HBr Bromning kimyoviy xossalari xlorga o‘xshab ketadi. Brom va suv ta‘siridan giporomid kislota hosil bo‘ladi: Br 2 + H 2 O=HBrO+HBr Bromning ishqorlar bilan reaksiyasida odatdagi sharoitda gipobromitlar olinadi: Br 2 +2NaOH=NaBr+NaBrO Agar brom ishqorlarda qaynatilsa bromat kislotaning tuzlari hosil bo‘ladi: 3Br 2 +6NaOH= 5NaBr+NaBrO 3 + 3H 2 O Konsentrlangan nitrat kislota bromni HBrO 3 gacha oksidlaydi, o‘zi esa azot(II) oksidigacha qaytariladi: 3Br 2 +1OHNO 3 =6 HBrO 3 +1ONO +2H 2 O Bromid kislota va uning tuzlari. Vodorod bromid o‘tkir hidli rangsiz gaz (suyuql. harorati -88 o S, qaynash harorati -66,7 o S) modda . Suvda yaxshi eriydi. Bir litr suvda 600 litr vodorod bromid eriydi. Vodorod bromid olish uchun PBr 3 ning gidrolizlanish reaksiyasidan foydalaniladi: PBr 3 +3H 2 O=H 3 PO 3 +3HBr Ishqoriy va ishqoriy -yer metallari bromidlari ion bog‘lanishli tabiatga ega. AgBr, PbBr 2 kabi HBr tuzlari eruvchanligi juda oz. Vodorod bromid havo kislorodi ta‘sirida oson oksidlanadi va erkin brom hosil qiladi: 4HBr+O 2 =2Br 2 +2H 2 O Vodorod bromidning qaytaruvchanlik xossalari ancha kuchli hisoblanadi. HBr konsentrlangan sulfat kislota bilan ta‘sirlashganda SO 2 gazi hosil bo‘ladi: 2HBr+H 2 SO 4 =SO 2 +Br 2 +2H 2 O Bromning kislorodli birikmalari. Bromning oksidlaridan Br 2 O, BrO 2 , BrO 3 ma‘lum. Br 2 O 3 va Br 2 O 7 olinmagan. HBrO gipoxlorit kislotaga o‘xshash olinadi. Brom(I) oksidi qizil –jigar rangli suyuqlik( suyuql. harorati -17 o S). Beqaror birikma hatto – 40 o S dayoq parchalanadi. Bu oksidning suvda erishidan gipobromit kislota hosil bo‘ladi. Gipobromitlar va bromatlar bromga ishqorlar ta‘sir ettirib olinadi. Gipobromitlar parchalahganda bromatlarni hosil qiladi: 3KBrO=2 KBr+KBrO 3 Bromatlar olish uchun (xlorga o‘xshash) bromning ishqorlardagi qaynoq eritmasi elektrolizga uchratiladi. Bromga xlorli suv ta‘sir ettirilganda HBrO 3 olinadi: Br 2 +6H 2 O+5Cl 2 =2HBrO 3 +10 HCl HBrO 3 eritmada ancha barqaror kislota, uning konsentrasiyasi 50% ga etkazilishi mumkin. Bromatlar kislotali sharoitda kuchli oksidlovchilardir: 6FeSO 4 +KBrO 3 +3H 2 SO 4 = 3Fe 2 (SO 4 ) 3 +KBr+3H 2 O Agar bromidlarga kislotali muhitda bromatlar ta‘sir ettirisa, erkin brom hosil bo‘ladi. Bu reaksiya analitik kimyoda qaytaruvchilar miqdorini aniqlashda (bromatometriya) ishlatiladi: KBrO 3 +5KBr+HCl=3Br 2 +6KCl+3H 2 O Bromatlarning ishqoriy sharoitfa ftor bilan oksidlanishidan perbromatlar olingan: NaBrO 3 +F 2 +2NaOH=NaBrO 4 +2NaF+H 2 O Perbromat kislota faqat suvdagi eritmada mavjud bo‘lib, erkin holda olinmagan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling