Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodidlar va ularning tuzlari.
- Yodning kislorodli birikmalari.
- 24.6.Astat Astat (Astatine).
- 26.7.Galogenlarning o‟zaro hosil qilgan birikmalari
- 27-bob.YIII A guruh elementlari tavsifi
- 27.1. Geliy, neon va argon Geliy(Helium).
- Neon va argon(neonum, argonum).
- Olinishi.
26.5. Yod 249 Yod(Iodum). Dengiz o‘simliklarini kulini tekshirish paytida 1811 yilda frantsus olimi Kurtua yodni ochgan. Yodni mustaqil element ekanligini 1815 yilda Gey-Lussak isbot qilgan va yod deb atagan. Tabiatda uchrashi. Yod birikmalari ham kaliy va natriy kuzlari bilan birga uchraydi. Yod uzoq vaqtlargacha chili selitrasidan olingan.Bu tuzlar tarkibida periodatlar - KIO 4 va yodatlar- KIO 3 holatida uchraydi. Dengiz suvida yod kam uchraydi. Dengiz karami – laminariya o‘zida iod tuzlarini to‘plash xossasiga ega. Bu o‘tlarning kulidan yod tuzlari va so‘ngra yod olinadi. Neftning burg‘ilash suvlari tarkibida ham oz miqdorda yod bo‘ladi. Olinishi. Yod olish uchun uning tuzlariga xlor ta‘sir ettirilib yodni siqib chiqarish reksiyasidan foydalaniladi: 2KI+Cl 2 = 2KCl+ I 2 Dengiz va neftning burg‘ilash suvlari tarkibidagi yodidlar kulga aylantirilgandan so‘ng MnO 2 va sulfat kislota bilan ishlov beriladi: 2NaI+MnO 2 +3H 2 SO 4 = I 2 +2NaHSO 4 +MnSO 4 +2H 2 O Xossalari. Yod atomlari ikki atomli molekulalar hosil qiladi. Yod kristall tuzlishga ega bo‘lgan qo‘ngir-siyoh tusli qattiq modda(suyql.harorati 113,5 o S, qayn. harorati 184 o S). Yod suvda juda oz eriydi. Xloroform, efir, spirtda yaxshi eriydi. Yodning qaynash harorati yuqori bo‘lishiga qaramasdan u odatdagi sharoitdayoq ucha boshlaydi.Yod kristallari qizdirilsa, suyuqlanmasdan bug‘lanadi‘ bug‘i sovitilsa qattiq holatga o‘tadi. Yodning bug‘lari zaharli odamning shilliq pardalariga kuchli ta‘sir etadi. Yodning eruvchanligi KI eritmasida osonlashadi. Bunda kompleks birikma hosil bo‘ladi: KI+I 2 =K[I 3 ] KI+2I 2 =K[I 5 ] KI+3I 2 = K[J 7 ] KI+ 4I 2 =K[I 9 ] Bu birikmalarda yodning koordinatsion soni 9 gacha boradi. Kimyoviy xossalari. Galogenlar ichida eng aktivligi kam element. Yod metallar bilan oson ta‘sir etadi. Yodidlar hosil bo‘lishida anchagina issiqlik ajraladi: 2 Na+I 2 = 2NaI Ca+I 2 =CaI 2 2 Al+3I 2 = 2AlI 3 Yodning metallmaslar bilan birikmalari kovalent tabiatga ega: 2 P+5I 2 = 2PI 5 Si+2I 2 =SiI 4 Yodning suvda erishidan gipoyodit kislota(HIO) hosil bo‘ladi: I 2 +H 2 O=HI+HIO Yod qaytaruvchi xossalari ancha kuchliligi uchun sulfat kislotani SO 2 gacha qaytaradi: I 2 +5H 2 SO 4 = 2HIO 3 +5SO 2 +4H 2 O Yodga konsentrlangan nitrat kislota ta‘sir qilganda ham yodat kislota (HIO 3 ) hosil bo‘ladi: 3I 2 +10 HNO 3 =6HIO 3 +10NO+2H 2 O Ishlatilishi. Yod asosida turli organik va anorganik moddalar olinadi. Uning spirtdagi eritmasi tibbiyotda antiseptik (zararlantiruvchi) modda sifatida ishlatiladi. U teridagi bakteriyalarni o‘ldirib, etni bitishini osonlashtiradi. Yodning radoaktiv izotoplari xavfli o‘smalar, qalqonsimon bezi va arterioskleroz kasalliklarini davolashda ahamiyatga ega hisoblanadi. Yodidlar va ularning tuzlari. Vodorod yodid rangsiz, nam havoda tutaydigan , suvda yaxshi eriydigan gaz modda(suyuql.harorati -50,8 o S, qaynash harorati -35,8 o S). Bir litr suvda 400 l atrofida HI eriydi. HI ning suvdagi eritmasi yodid kislota deyiladi. HI kuchli kislotalar qatoriga kiradi. Bu kislotaning 0,1 n eritmasi uchun dissotsilanish darajasi 95% ga tengdir. Vodorod yod bilan faqat yuqori haroratda birikadi, reaksiya qaytar hisoblanadi: H 2 + I 2 2HI Odatda HI ni olish uchun fosfor(III) yodidining gidrolizi keng qo‘llaniladi: 2 P+3I 2 =2PI 3 PI 3 +3H 2 O=H 3 PO 3 +3HI Metall yodidlariga konsentrlangan sulfat kislota ta‘sir ettirilganda vodorod yodid olish mmukin emas, chunki hosil bo‘lgan HI tezda oksidlanib qoladi: 2KI+H 2 SO 4 =K 2 SO 4 +2HI 2 HI+H 2 SO 4 = I 2 + 2H 2 O +SO 2 250 Iodidlar NaI, KI, NH 4 I suvda yaxshi eriydigan rangsiz kristall moddalardir. AgI suvda yomon eriydigan sariq kristall modda. AgI kristallari hatto HNO 3 da ham erimaydi. Yodning kislorodli birikmalari. Yodning uchta oksidi ma‘lum. Bularga I 2 O, IO 2 va I 2 O 5 kiradi. Bularning ichida eng barqarori I 2 O 5 hisoblanadi. Yodning kislorodli kislotalariga : gipoiodit kislota –HIO, yodat kislota- HIO 3 va peryodat kislota –HIO 4 kiradi. Bu kislotalardan tashqari tarkibida suv tutadigan kislotalar ham ma‘lum. Bularga mezaperiodat kislota - H 3 IO 5 (HIO 4 * H 2 O), ortoperyodat kislota - H 5 IO 6 (HIO 4* 2H 2 O) ni ko‘rsatish mumkin. Gipoyodid kislota HIO juda beqaror bo‘lib, eritmadagina mavjud bo‘ladi, xolos. Uning tuzlari sovuqda ishqorlar eritmasiga yod ta‘sir ettirib olinadi: I 2 + 2KOH = KIO + KI + H 2 O KJO sovuqda disproportsiyalanadi: 3KIO = KIO 3 + 2KI Gipoyodid kislota simob oksidni yod bilan aralashtirib olinadi: HgO + 2I 2 + H 2 O = 2HIO + HgI 2 Gipoyodid kislota gipobromit va gipoxlorit kislotaga nisbatan kuchsizroqdir. Yodat kislota HJO 3 gipoxlorit va gipobromit kislotalarga nisbatan ancha barqaror. Yodat kislota molekulyar komplekslar hosil qiladi: 3HIO 3 = HJ 3 O 8 +H 2 O (HJO 3 ·J 2 O 5 ) Yod (V) oksidi oq kukun modda. Oson parchalanadi. U oksidlovchi 5HI + HIO 3 = 3I 2 +3 H 2 O Yodatlarga sulfat kislota ta‘sirida olinadi: NaIO 3 + H 2 SO 4 = NaHSO 4 + HIO 3 Yodni xlor ta‘sirida oksidlashda ham yodatlar hosil bo‘ladi: I 2 + 5Cl 2 + 6H 2 O = 2HIO 3 + 10HCl KIO 3 tuzi barqaro: KI + 6KMnO 4 + 6KOH = KIO 3 + 6K 2 MnO 4 + 3H 2 O 3I 2 + 6KOH = KIO 3 + 5KI + 3H 2 O Peryodat kislotasi – HIO 4 . Unga to‘g‘ri keldigan angidrid J 2 O 7 olinmagan. HIO 4 ·2H 2 O (H 5 IO 6 ) ortoperyod kislotasi deyiladi. Bu kislotadagi hamma vodorod atomlari metallga almashinishi mumkin. Ag 5 IO 6 tuzi ma‘lum. H 5 IO 6 gigroskopik modda. Bariy ortoyodatlarga sulfat kislota ta‘sir ettirib olinadi: Ba 5 (JO 6 ) 2 + 5H 2 SO 4 = BaSO 4 + 2H 5 JO 6 Ortoperyodatlar yodatlarni xlor ishtirokida oksidlanganda ham hosil boladi: KJO 3 + Cl 2 + 6KOH = K 5 JO 6 + 2KCl + 3H 2 O KJ ni ishqoriy muhitda elektroliz qilib ham ortoperiodatlar olish mumkin. Peryodatlarga tegishli tarkibida suv saqlovchi kislotalardan HJO 4 ·4H 2 O olingan(H 9 IO 8 ). Shunga o‘xshash kompleks H 2 O·HJO 4 (H 5 IO 4 ) birikma ham bor. 24.6.Astat Astat (Astatine). Astat tabiatda deyarli uchramaydi. Astat 1940 yilda suniy yo‘l bilan olingan. Agar vismut atomlariga - nurlar ta‘sir ettirilsa astat hosil bo‘ladi: 83 209 Bi + 2 4 He 85 211 At +2 o 1 n 83 211 At ning yarim emirilsh davri 7,2 soat. Astat so‘zi ham grekcha ―beqaror‖ degan ma‘noni beradi. Astatda metallik xossalar ustun turadi. Astatning yarim yemirilish davri juda kichik , uning xossalarini o‘rganish juda qiyin. Astat birikmalari elektroliz qilinganda katodda astat ajraladi. Uning ko‘p xossalari galoganlarninikiga o‘xshab ketadi. Astat ham benzolda yaxshi eriydi. Kumush astatid –AgAt suvda erimaydi. Astatning kuchli kislotali eritmalariga H 2 S ta‘sir ettirilsa u At 2 S holda cho‘kadi. Astat o‘z birikmalarida -1,+1 va +5 oksidlanish darajasiga ega bo‘ladi. Uning +7 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikmasi hanuzgacha olinmagan. 251 26.7.Galogenlarning o‟zaro hosil qilgan birikmalari Galogenlarning o‘zaro hosil qilgan birikmalari juda xilma-xil ekanligini ta‘kidlash zarur. Bulardan xlor (III) ftorid ClF 3 suyuq modda( suyuql. harorati -83 o S, qayn. harorati +12 o S). ClF 3 – sanoatda ftor bilan xlorning (250 o S da) o‘zaro ta‘siridan olinadi: Cl 2 +3F 2 = 2ClF 3 Agar jarayonda xlor mo‘l olinsa xlormonoftorid - ClF hosil bo‘ladi. ClF- gazsimon modda ( suyuql. harorati -154 o S, qayn. harorati -100,8 o S). Agar bromga bevosita ftor ta‘sir ettirilsa brom(III) ftorid BrF 3 hosil bo‘ladi: Br 2 + 3F 2 = 2BrF 3 Brom(III) ftorid qizil rangli suyuqlik (suyuql. harorati 9 o S,qaynash harorati 126 o S). Galogenlarning yuqoridagi ftorli birikmalari suv va organik moddalar ta‘sirida oson portlash xossasiga ega. Brom(Y) ftorid –BrF 5 va IF 5 rangsiz moddalar. IF 5 (suyuql. harorati 9,6 o S) qattiq modda hisoblanadi. Xlor va yodda ftor bilan +7 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikmalar ham keyingi paytlarda olingan. IF 7 , IO 3 F , BrF 7 birikmalari reaksion qobiliyati juda yuqori bo‘lgan birikmalardir. Masalan, yod geptaftoridning suv bilan ta‘siridan yodning kislorodli kislotalari(H 5 IO 6 ) olinadi: IF 7 +6H 2 O=H 5 IO 6 +7HF 26.8. Galogenlar birikmalarining tibbiyotdagi ahamiyati Galogenlar muhim biokimyoviy ahamiyatga ega. Ftor suyak va tish emalining tarkibiga kiradi. Odam organizmida 2,6 g gacha ftor bo‘ladi. Organizmga ftor asosan ichimlik suvi bilan kiradi. Ichimlik suvida ftorning miqdori 1-1,5 mg/ ml ni tashkil etishi kerak. Organizmda ftorning etishmasligi yoki ortiqchaligi tish kasalligiga sabab bo‘ladi. Xlor bo‘lsa organizmda xlorid ioni (Cl - ) shaklida bo‘ladi. Xlorid ioni to‘qima hujayralarida elektr o‘tkazuvchanlikni ta‘minlaydi. Me‘da shirasi tarkibida xlorid kislota bo‘lib, u ovqatni hazm qilish, fermentlar faoliyatini meyorida saqlash uchun zarur. Natriy xlorid qonning osmotik bosimini doimiy bo‘lishini hamda eritrositlar faoliyatini me‘yorida saqlash uchun zarur. Organizmning xlorid ioniga bo‘lgan ehtiyoji osh tuzi hisobiga qondiriladi. Odam organizmida 29 g ga yaqin xlor bo‘ladi. Bromning biokimyoviy ahamiyati to‘la o‘rganilgan emas. Yod modda almashinuvini boshqaradi va organizmning to‘g‘ri rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Organizmda yodning etishmasligi bo‘qoq kasalligiga olib keladi. Elementar yod mikroblarni o‘ldirish xossasiga ega, yaralarga surtish uchun uning spirtli eritmasi ishlatiladi. Tabiatda galogenlarning birikmalari dori moddasi sifatida keng qo‘llaniladi. Natriy xloridning 0,9% li eritmasi izotonik eritma deyiladi va organizm ko‘p suyuqlik yo‘qotganda qonga quyiladi. Kalsiy xlorid qon to‘xtatuvchi modda sifatida hamda allergiya, shamollashga qarshi ishlatiladi. CaCl 2 magniy tuzlari bilan zaharlanganda ham qo‘llaniladi. Ammoniy, kaliy, natriy bromidlar asab kasalliklarida tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Kalsiy yodid ko‘z kasalliklarida (glaukoma, katarakta) va simob tuzlari bilan zaharlanganda tavsiya etilgan. Galogenlarning xilma-xil organik birikmalari turli kasalliklarni davolashda dori moddasi sifatida ishlatiladi. 252 27-bob.YIII A guruh elementlari tavsifi Bu guruh elementlari YI guruhning asosiy guruhini tashkil etadi. Ularga geliy, neon, argon , kripton, ksenon va radon kirib, ular nodir gazlar yoki inert gazlar deb ataladi. Shu paytgacha geliy, neon va argon birikmalari olinmagan. Bu guruh elementlari gazlar qatoriga kirsa ham ularning molekulalari tarkibida faqat bittadan atom bor. Geliydan tashqari bu guruh elementlarining tashqi qavatidagi elektronlar soni 8 taga teng. Bunday atomlar tashqi qavati juda barqaror hisoblanadi. Inert gazlar yuqori ionlanish potensialiga ega. Shuningdiek atom radiusi va odatdagi sharoitdagi zichligi neondan radonga(50-jadval) qarab ortib boradi. 50-jadval. Nodir gazlarning eng muhim kattaliklari Asosiy kattaliklar Geliy Neon Argon Kripton Ksenon Radon Atom Massa Valent elektrolar Atom radiusi Gazning zichligi,g/l Ionlanish energiyasi,eV E o E + Suyqlikka aylanish har. o S Qotish har. o S Havodagi miqdori,hajm.% 4,002 1s 2 0,122 O,18 24,59 -268,9 -271,4 0,0005 20,98 2s 2 2p 6 0,160 1,90 21,57 -246,O -248,6 0,0016 39,94 3s 2 3p 6 0,192 1,78 15,76 -185,9 -189,3 0,93 83,80 4s 2 4p 6 0,198 3,71 14,00 -153,2 -157,4 10 -4 131,30 5s 2 5p 6 0,218 5,85 12,13 -108,1 -111,85 10 -5 [222] 6s 2 6p 6 0,22 9,73 10,78 -61,9 -71 10 -12 253 Inert gazlar ichida eng past suyuqlikka aylanish va qotish harorati geliyda kuzatiladi. Hajmiy jihatdan argon havoda 0,93 % ni tashkil etadi. Qolgan inert gazlar bir muncha kam tarqalgan. 27.1. Geliy, neon va argon Geliy(Helium). 1868 yilda astrononomlar P.Janson va D.Loker tomonidan quyosh spektrini o‘rganish jarayonida ochilgan. Spektrlardagi yangi chiziq (to‘q sariq) yangi kimyoviy element deb qabul qilingan. Keyinchalik Ramzay shunday spektrga ega bo‘lgan moddani erda borligini topdi va u geliy deb ataldi( grekcha ―geluos‖ –quyosh). Xossalari jihatidan molekulayar vodorodga o‘xshab ketadi. Geliy gaz modda (suyuql. harorati -269 o S, qaynash harorati -272 o S – 2,5 * 10 3 kPa). Bir l suvda 10 ml atrofida geliy eriydi. Odatdagi sharoitda inert gaz, lekin kuchli qo‘zg‘atilsa molekulyar geliy ionini (He 2+ ) hosil qiladi. Yulduzlarda, quyoshda, kometalarda geliy borligi aniqlangan. Quyosh va yulduzlarda vodorodning geliyga aylanish termoyadro reaksiyasi sodir bo‘ladi: 4 1 1 H 2 4 He +2 + +2 Suyuq geliy fizikada juda past haroratli muhit hosil qilish uchun ishlatiladi. Gazsimon geliy metallarni payvand qilishda inert muhit sifatida, oziq ovqat sanoatida konservant sifatida ishlatiladi. Neon va argon(neonum, argonum). Neon ham juda past suyuql. haroratiga (-248,6 o S ) va qayn. haroratiga -245,9 o S ega bo‘lgan element. Neonni eruvchanligi ancha yuqori. Neon ham molekulyar neon ionini (Ne 2+ ) kuchli qo‘zg‘atilganda hosil qiladi. Neon fotoelementlar tayyorlashda, neon yoritgichlar yasashda ishlatiladi. Tabiatda neonning uchta barqaror izotopi mavjud: 20 Ne, 21 Ne va 22 Ne. Oddiy modda holatida argonning suyuql. harorati (-189,3 oS) va qaynash harorati (-185,9 o S) ancha yuqori. Argonning adsorbsiya qilish xossasi ham kuchliroq. Argon ba‘zi moddalarning mag‘ziga singib ketib birikmalar hosil qiladi. Suv, fenol, toluol tarkibida ana shunday birikmalar hosil bo‘lishi kuzatilgan. -42,8 o S da parchalanadigan Ar * 6H 2 O tarkibli argon gidrati ma‘lum. Argon metallurgiya va kimyoviy jarayonlarda ishlatiladi. Argonli payvandlash ayniqsa alyuminiy qotishmalarini ulashda, elektrotexnikada, yadro energetikasida keng qo‘llaniladi. Argonning ham uchta barqaror izotoplari: 18 40 Ar (99,600%), 18 38 Ar (O,O63%) va 18 36 Ar (O,O37%) ma‘lum. Olinishi. Nodir gazlarni olish uchun suyuq havo fraksion haydaladi. Qaynash haroratiga qarab havo haydalganda uch qismga bo‘linadi: - geliy(-269 o S), neon (-246 o S) va azot(-196 o S); - argon(-186 o S), kislorod (-183 o S); - kislorod, kripton(-153 o S) va ksenon (-108,1 o S). Geliy va neon ko‘mirda adsorbsiya va desorbsiya qilish usulida bir-biridan ajratiladi. Argon ikkinchi fraksiyadan rektifikatsiya yo‘li bilan ajratiladi. Kripton va ksenon uchinchi fraksiyadan ajratiladi. 27.2. Kripton guruhchasi elementlari Kripton rangsiz, hisdsiz gaz. Bir litr suvda 110 ml 0 o S) argon eriydi. Argonga o‘xshash suvda, fenol, toluol, asetonda singish (klatrat) birikmalari hosil qiladi. Bunday birikmalarga Kr * 5,75H 2 O; 2,14Kr * 12 C 6 H 5 -CH 3 ; 2,14Kr * 12C 6 H 5 OH kiradi. Kripton va atomar ftor elektr razryadi ta‘sirida kriton(II) ftorid hosil qiladi. Bu modda o‘tkir hidli rangsiz kristall, -30 o S da sublimatsiyalanadi. KrF 2 suvda eriganida parchalanadi: KrF 2 +2H 2 O=2Kr+4HF+O 2 Erkin holda kripton elektr lampalarni to‘ldirish uchun ishlatiladi. Kripton (II) ftorid esa ftorlovchi agent sifatida amaliyotda qo‘llaniladi. 254 Ksenon. Ksenon molekulasining qutblanuvchanligi geliyga nisbatan 20 marta yuqori. Ksenon -112 o S da suyuqlanuvchi gaz modda. Ksenonning eruvchanligi, adsorbsiya qilish xususiyati ancha yuqori. Ksenon ftoridlari ksenonga ftor ta‘sir qilib olinadi. Ksenon(II) ftorid (XeF 2 ) kritall modda ( suyuql. harorati 140 o S), XeF 4 ( suyuql. harorati 114 o S), XeF 6 (suyuql. harorati 46 o S). Ksenon(YI) oksidi (XeO 3 ) – oq qattiq modda, oson portlaydi. XeF 6 gidrolizlanishida hosil bo‘ladi: XeF 6 +H 2 O=XeOF 4 +2HF XeOF 4 +2H 2 O=XeO 3 +4HF 6XeF 4 +12H 2 O=2XeO 3 +4Xe+3O 2 +24HF Ksenon (YIII) oksidi -XeO 4 , odatdagi sharoitda gaz modda. Suvsiz sulfat kislotaga bariy ksenat ta‘sir ettirib olinadi: Ba 2 XeO 6 +2H 2 SO 4 =2BaSO 4 +XeO 4 +2H 2 O Na 4 XeO 6* 6H 2 O, Ba 2 XeO 6* 1,5H 2 O tuzlari barqaror , lekin suvda erimaydi. Ksenon oksidlari qattiq qoldiq qoldirmaydigan portlovchi moddalar tayorlasda, atom texnikasida, shuningdek ftorlovchi va oksidlovchi agentlar sifatida keng qo‘llanilmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling