Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
3* 5NH 3 birikmaga sovuq holda kumush nitrat ta‘sir ettirilsa 2 mol AgCl cho‘kadi.Bu esa kompleks birikma formulasi [Co(NH 3 ) 5 Cl]Cl 2 bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tarkibida 1 mol PtCl 4 6NH 3 tutgan eritmaga ortiqcha miqdorda AgNO 3 eritmasidan qo‘shilsa, 4 mol AgCl cho‘kmaga tushgan. Demak, hamma Cl - ionlari tashqi sferada joylashgan. [Pt(NH 3 ) 6 ]Cl 4 [Pt(NH 3 ) 6 ] 4+ + 4Cl - geksaaminplatina (IY) xlorid Agar CrCl 3 6H 2 O eritmasiga ortiqcha AgNO 3 qo‘shilsa, 3 mol AgCl cho‘kmaga tushgan.Demak, kompleks quyidagi formulaga ega: [Cr (H 2 O) 6 ] Cl 3 Cr (H 2 O) 6 3+ +3Cl - Geksaakvaxrom(III) xlorid PtCl 4 * 2NH 3 eritmasiga kumush nitrat eritmasidan qo‘shilsa, cho‘kma hosil bo‘lmaydi, chunki xlor ionlarining hammasi ichki sferada joylashgan. [Pt(NH 3 ) 2 Cl 4 ] diamintetraxloroplatina –neytral kompleksdir. PtCl 4* 2KCl eritmasida ham kumush nitrat ta‘siridan cho‘kma hosil bo‘lmagan.Demak, barcha xlor ionlari ichki sferadadir: K 4 [PtCl 6 ] = 2K + + [PtCl 6 ] 2- kaliy geksaxloroplatina (IY) Bundan tashqari kompleks birikmalarning tuzilishini molyar elektr o‟tkazuvchanlik( ) va rentgenstrukturaviy tahlil orqali ham aniqlash mumkin. 1 mol modda eritmasining elektr o‘tkazuvchanligi molyar elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Uning birligi Om -1 * sm 2 mol -1 ga teng. - qiymati 500 bo‘lishi (26 jadval) uni tarkibidagi ionlar soni 5 ta ekanligini ko‘rsatadi. [Pt(NH 3 ) 6 ]Cl 4 yoki K 4 [(Fe(CN) 6 ]–shu formulaga javob beradi. [Pt(NH 3 ) 5 Cl]Cl 3 –da yoki [Cr(H 2 O) 6 ]Cl 3 da ionlar soni 4 - 400 ga teng. K 2 [PtCl 4 ] dan [Pt(NH 3 ) 2 Cl 4 ] ga o‘tgan sari - ning qiymati kamayib bo‘radi. 26-jadval. Ba‘zi kompleks birikmalarning molyar elektr o‘tkazuvchanlik qiymati Kompleks birikma Hosil bo‘ladigan ionlar soni Molyar elektr o‘tkazuvchanlik, Om -1 * sm 2 mol -1 ( ) [Ag(NH 3 ) 2 ]Cl K 2 [PtCl 4 ] [Cr(H 2 O) 6 ]Cl 3 K 4 [(Fe(CN) 6 ] 2 3 4 5 100 250 400 500 Ko‘pincha kompleks birikmalar tuzilishini aniqlashda bir necha usullar ishlatiladi va ular bir-birini to‘ldiradi. Masalan, molyar elektr o‘tkazuvchanlik orqali PCl 5* ReCl 5 kompleksida ikkita ion borligi aniqlangan. Shu asosda birikmaning formulasi [PCl 4 ] + [ReCl 6 ] - 119 deb taxmin qilingan, shu moddaning infra-qizil spektrini olish ana shunday formula to‘g‘riligini tasdiqlagan. Kompleks birikmalarning krioskopik usulda molekulyar massasini eritmada aniqlash orqali tuzilishini tasdiqlash keng ishlatiladi. Bu moddalarning infra-qizil, ultra-binafsha, elektron spektrlarini, hamda yadro-magnit rezonans usuldagi tekshiruv usullarini ishlatib molekulyar tuzilishi yanada oydinlashtiriladi. Ayniqsa infra-qizil spektrda adabiyotlar tahlili birikmalarda qanday koordinatsiya uzaga kelganini ham aniqlab berishi mumkin. Masalan, nitrit ionida koordinatsiya kislorod atomi orqali sodir bo‘lsa infra-qizil spektrda 1460 sm -1 va 1065 sm -1 xos belgilar kuzatilsa, agar koordinatsiya azot orqali bo‘lsa 1430,1315 va 825 sm -1 da yutilish manbalari kuzatiladi. Rentgenostrukturaviy usulda kompleks birikmalarni tahlil qilish uchun kompeks birikmasini anchagina katta kristalli olingan bo‘lishi kerak.Shunda kristall moddada joylashgan atom va molekulalarning joylanish tartibini aniqlash mumkin. Kompleks hosil qiluvchi ionning koordinatsion soni o‘zgarmas qiymat emas, ayni ligandning tabiatiga bog‘liq, uning elektrik xossalari bilan belgilanadi. Bundan tashqari koordinatsion son ayni kompleks hosil qiluvchi va ligandning agregat holatiga, kontsentratsiyasiga va ular orasidagi ta‘sirga ham bog‘liq. 12.4. Kompleks birikmalarning turlari Kompleks birikmalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Ammiakatlar - ularda ligandlar rolida ammiak va aminlar ishtirok etadi. [Cu(NH 3 ) 4 ]SO 4 , [Ag(NH 3 ) 2 ]Cl, [Ni(NH 3 ) 4 ]SO 4 , K 3 [Co(NH 3 ) 6 ]. Qyuyida geksaamminkobalt(III) va koordinatsion son 6 bo‘lganda komplekslarning fazoviy tuzilishi keltirilgan(23-rasm). 2. Akvakomplekslar - ligandlar vazifasini suv molekulasi o‘taydi. [Co(H 2 O) 6 ]Cl 3 - geksaakvakobalt (III) - xlorid [Al(H 2 O) 6 ]Cl 3 - geksaakvaalyuminiy (III) - xlorid [Cr(H 2 O) 6 ](NO 3 ) 3 - geksaakvaxrom (III) - nitrat 23-rasm. Koordinatsion son 6 bo‘lgandagi amminlarning tuzilishi. Ba‘zi kristall holidagi akvakomplekslar tarkibiga kristallizatsiya suvi ham kiradi. Kristallizatsiya suvlari bo‘sh bog‘langani uchun qizdirilsa chiqib ketadi. [Cu(H 2 O) 4 ]SO 4 - tetraakvamis (II) -sulfat [Fe(H 2 O) 6 ]SO 4 - geksaakvatemir(II)-sulfat 3. Asidokomplekslar - ligandlari kislota qoldig‘i bo‘lgan kompleks birikmalar. K 4 [Fe(CN) 6 ] kaliy geksatsianoferrat (II) K 2 [Pt(NO 2 ) 6 ] - kaliy geksanitritoplatinat (IY) Ularning tarkibi qo‘shaloq tuzlarga o‘xshaydi. K 4 [Fe(CN) 6 ] Fe(CN) 2 * 4KCN K 3 [Fe(CN) 6 ] Fe(CN) 3* 3KCN K 2 [PtCl 6 ] PtCl 4 * 2KCl K 2 [PtCl 4 ] PtCl 2 * 2KCl 4. Kompleks kislotalarda tashqi sferada vodorod ioni bo‘ladi. 120 H 2 [SiF 6 ] - geksaftorosilikat kislota H 2 [CoCl 4 ] - tetraxlorokobaltat kislota H 2 [PtCl 6 ] - geksaxloroplatinat kislota 5. Gidroksokompleks birikmalarda ligand gidroksil ionidan iborat. Na 2 [Sn(OH) 4 ] - natriy tetragidroksostannat (II) Na 3 [Al(OH) 6 ] - natriy geksagidroksoalyuminat (III) Na[Al(H 2 O) 2 (OH) 4 ] - natriy tetragidroksodiakvaalyuminat (III) 6. Siklik yoki xelat kompleks birikmalar. Ular tarkibida ikki va ko‘p dentantli ligandlar bo‘ladi. Masalan, etilendiamin va glisinning mis(II) bilan hosil qilgan kompleks birikmalari(24- rasm) ana shu komplekslarga misol bo‘la oladi: Cu(OH) 2 + 2NH 2 CH 2 COOH = [Cu(NH 2 CH 2 -COO) 2 ] + H 2 O 24-rasm. Dietilendiaminomis(II) va diglisinatomis(II) komlekslarining hosil bo‘lish sxemasi. Siklik yoki xelat komplekslar oksalatlardan ham hosil bo‘ladi: O-C=O NH 2 -CH 2 Me │ │ (En) \ O-C=O NH 2 -CH 2 K 3 [Fe(C 2 O 4 ) 3 ] - kaliy trioksalatoferrat (III) [Pt(En) 3 ]Cl 4 - tri(etilendiamin)platina (IY) xlorid Trilon B - etilendiamintetrasirka kislotaning natriyli tuzi mis bilan kompleks birikma hosil qiladi: HOOC CH 2 \ CH 2 -CH 2 \ CH 2 COOH N N \ H 2 C \ Cu CH 2 \ \ O=C – O - - O -C=O Xelat kompleks birikmalar analitik kimyoda ishlatiladi.Xelat komplekslar organizmdan og‘ir metallarni olib chiqib ketishda amaliy ahamiyatga ega(25-rasm). 121 25- rasm. Trilon B asosidagi xelat komplekslarning Hg 2+ ionlarining ushlab qolishi va organizmdan olib chiqib ketishi. Kompleks hosil qiluvchi ionlar metallmaslar bo‘lgan birikmalar.Bunday birikmalar juda ham ko‘p. Kompleks hosil qiluvchi ionlar sifatida quyidagi metalmaslarni olish mumkin: azot, bor, kremniy, kislorod, fosfor, iod va boshqalar. Masalan, [NH 4 ]Cl-ammoniy xlorid, [N 2 H 4 ]Cl 2 –gidrazin digidroxlorid, [NH 4 ]OH- ammoniy gidroksid, Na[BF 4 ]- natriy tetraftorborat, Na[BH 4 ]-natriy tetragidroborat,H 2 [SiF 6 ]- vodorod geksaftorosilikat, [H 3 O + ]-gidroksoniy ioni, H[PF 6 ]- vodorod geksaftorofosfat, K[I 3 ]- kaliy triyodat, K[I 5 ]-kaliy pentayodat va hokazo. 12.5. Kompleks birikmalarning eritmadagi barqarorligi Kompleks birikmaning ichki va tashqi sferalarining barqarorligi bir-biridan keskin farq qiladi. Kompleks birikmalarda tashqi sferada turadigan ionlar elektrostatik ta‘sir kuchlari orqali bog‘langan, shuning uchun suvli eritmalarida ichki va tashqi sfera ionlariga to‘la dissotsiatsiyalanadi: [Cu(NH 3 ) 4 ]SO 4 = [Cu(NH 3 ) 4 ] 2+ + SO 4 2- K 4 [Fe(CN) 6 ] = 3K + + [Fe(CN) 6 ] 3- Ichki sferadagi ligandlar markaziy atom bilan kuchli bog‘langan bo‘lib, ular kuchsiz elektrolitlarga o‘xshab oz miqdorda dissotsiatsiyalanadi: [Cu(NH 3 ) 4 ] 2+ = Cu 2+ + 4NH 3 [Fe(CN) 4 ] 3+ = Fe 3+ + 6CN - Kompleks ionning dissotsiatsiyasiga massalar ta‘siri qonunini tatbiq etish mumkin. [Cu 2+ ] [NH 3 ] 4 [Fe 3+ ] [CN - ] 6 K beq =-------------- -------- K beq = ------------------- { [Cu(NH 3 ) 4 ] 2+ } {[Fe(CN) 6 ] 3+ } Kompleks hosil qiluvchi ion va ligandlar kontsentratsiyalari ko‘paytmasining kompleks ion kontsentratsiyasiga nisbati beqarorlik konstantasi deyiladi. Beqarorlik konstantasining qiymati qancha kichik bo‘lsa, kompleks birikma shuncha barqaror bo‘ladi. Kompleks birikmalarning barqarorligini xarakterlash uchun oxirgi vaqtda beqarorlik konstantasi o‘rniga barqarorlik konstantasi qo‘llaniladi. Beqarorlik konstantasining teskari qiymati barqarorlik konstantasi deyiladi. { [Cu(NH 3 ) 4 ] 2+ } 1 K barkarorlik = ---------------------- = ------- [Cu 2+ ] * [NH 3 ] 4 K beqaror 122 K barqarorlik qancha katta qiymatga ega bo‘lsa, kompleks birikma shuncha mustahkam bo‘ladi. 12.6. Kompleks birikmalarning fazoviy tuzilishi va izomeriyasi Bir xil ligandlar kompleks hosil qiluvchi atom atrofida simmetrik joylashadi. Koordinatsion son 2ga teng bo‘lsa, kompleks birikma chiziqli ko‘rinishda bo‘ladi: L -------Me------- L Koordinatsion son 4ga teng bo‘lsa, kompleks birikma tekis kvadrat yoki tetraedr shaklda bo‘ladi: L ─────────── L │ │ L │ Me │ L ------Me-------- L │ │ L L ─────────── L Yassi kbadrat tetraedr Tekis kvadrat shakliga ega bo‘lsa, uning tsis va trans izomerlari bo‘ladi. Masalan: [Pt(NH 3 ) 4 Cl 2 ] NH 3 ─────────Cl - NH 3 ─────── Cl - │ │ │ │ │ Pt 2+ │ │ Pt 2+ │ │ │ │ │ NH 3 ─────────Cl - Cl - ──────── NH 3 tsis - izomer trans – izomer Izomerlar bir-biridan rangi, eruvchanligi, dipol momenti,reaktsiyaga kirishish qobiliyati bilan farq qiladi. Agar koordinatsion son 6 ga teng bo‘lsa, kompleks birikma shakli oktaedr ko‘rinishda bo‘ladi. Bu shakl uchun ham 2ta izomer mavjud. [MeA 4 B 2 ] K[Cr(SNC) 4 (NH 3 ) 2 ] NH 3 NH 3 SNC SNC SNC NH 3 Cr 3+ Cr 3+ SNC SNC SNC SNC NH 3 SNC trans - izomer tsis - izomer Geometrik izomeriyadan tashqari ichki sferada ligandlarning joylanishiga doir bo‘lgan izomeriya ma‘lum: 1) Suvning ichki va tashqi sferada o‘zgarishiga qarab gidrat izomeriyani olsh mumkin:[Cr(H 2 O) 6 ]Cl 3 ; [Cr(H 2 O) 5 Cl]Cl 2 *H 2 O;[Cr(H 2 O) 4 Cl 2 ]Cl *2H 2 O ; 2)Ionizatsion izomeriya ; Ionlarning ichki va tashqi sferada almashinishiga asoslangan: [Co(NH 3 ) 5 SO 4 ]Br; [Co(NH 3 ) 5 Br]SO 4 ; [Pt(NH 3 ) 4 Cl 2 ]Br 2 ; [Pt(NH 3 ) 4 Br 2 ]Cl 2 . 123 3)Koordinatsion izomeriyada esa ligandning bir kompleks hosil qiluvchidan ikkinchisiga kochishi sodir bo‘ladi: [ Co(NH 3 ) 6 ][Cr(CN) 6 ] ; [Cr(NH 3 ) 6 ] [Co(CN) 6 ] . 4)Tarkibiga ko‘ra dimer yoki trimer holatda uchraydigan izomerlar: [Pt(NH 3 ) 4 Cl 2 ] ; Pt(NH 3 ) 4 ][PtCl 4 ]. 12.7. Kompleks birikmalarda kimyoviy bog‟lanishning tabiati Kompleks birikmalarning tuzilishini 3 xil yo‘l bilan tushuntirish mumkin. 1) kristall maydon nazariyasi 2) valent bog‘lanish usuli (VBU) 3) molekulyar orbitallar usuli (MOU) 1. Kristall maydon nazariyasi kompleks hosil qiluvchi va ligandlar orasidagi elektrostatik ta‘sir kuchlariga asoslangan. Bunda kompleks hosil qiluvchining d-orbitallarining fazoviy shakli hisobga olinadi. Ligandlar hosil qilgan elektr maydoni kuchiga qarab kompleks hosil qiluvchining d-orbitallari har xil energetik orbitalga ajraydi. Shu tufayli kompleks birikmaning fazoviy shakli ham turlicha bo‘ladi.Erkin ionda markaziy atomning d-orbitallari bir xil energiyaga ega bo‘ladi. b)ligandlarning oktaedrik maydoni ta‟siridagi ion b)sferik ion d z 2 d x 2 y 2 __ __ d a) Erkin ion d xy d xz d yz d z 2 d x 2 y 2 __ __ __ __ __ d xy d xz d yz d z 2 d x 2 y 2 __ __ __ __ __ d xy d xz d yz __ __ __ d Agar markaziy ion atrofida ligandlarning oktaedrik joylashuvi yuzaga kelsa markaziy atomdagi dz 2 va d x 2 y 2 ligandlarga nisbatan kuchliroq itarilishga uchrab ularning energiyalari doira maydon ta‘siridagi iondan anchagina yuqori bo‘ladi. Ayni paytda, d xy , d xz va d yz orbatallarning energetik holati doira maydon ta‘siridan kuchsiz bo‘ladi.Shu sababga kora markaziy atomning d orbatallari oktaedrik maydon ta‘sirida ikkiga bo‘linadi(d va d ). Bu energiyalarning farqi ( ) – parchalanish energiyasi deyiladi. Bu qiymat kompleks birikmalarning yutilish spektrlari orqali aniqlanadi. Ligandlar parchalanish spektrlarini qiymati bo‘yicha quyidagi spektrokimyoviy qatorni hosil qiladi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling