Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Labaraoriyada olinishi.
- Sanoatda olinishi.
- 15.2. Suv va uning xossalari Suv.
- H---O. . .H---O. . .H---O | | |
- 15.3.Vodorod peroksidi va uning xossalari Vodorod peroksidi.
- Vodorod peroksidi oksidlovchi . H 2 O 2 oksidlovchi bo‘lganda: 1. Kislotali muhitda H 2 O 2 H
- + 2e = 2 H 2 O 2HJ + H 2 O 2 = J 2 + 2 H 2 O
- 2KJ + H 2 O 2 + H 2 SO 4 = J 2 + 2 H 2
- 2. Neytral va ishqoriy muhitda oksidlovchi H 2 O 2 2ta elektron biriktirib OH
- 2KCrO 2 + 3H 2 O 2 + 2KOH = 2K 2 CrO 4 + 4H 2
- PbS + H 2 O 2 = PbSO 4 + H 2 O
- Vodorod peroksidi qaytaruvchi.
- 2. Neytral va ishqoriy muhitda OH - ionlarini biriktirib suv va kislorod hosil qiladi.
15-bob. s-elementlar 15.1.Vodorod 138 Vodorod(Hudrogenium). XV1 asrning birinchi yarmida nemis shifokori Parasels tomonidan kashf etilgan. 1776 yilda ingliz olimi G.Kavendesh uning xossalarini va boshqra gazlardan farqini o‘rgandi. 1783 yilda A..Lavuaze vodorodni birinchi marta suvdan oldi va suv ham vodorod va kisloroddan tashkil topishini ko‘rsatdi. Vodorodni qayn. harorati -252 o S , suyuql. harorati - 259,2 o S . Vodorodni 3 ta izotopi bor: 1 1 H- protiy. 2 1 H - deyteriy, va 3 1 H - tritiy. Tabiatda 99,985 % protiy va 0,015 % deyteriy bo‘ladi. 3 1 H – tritiy tabiatda nihoyatda kam uchraydi, faqat atmosferaning yuqori qatlamlarida, koinot nurlari ta‘sirida va yadro reaksiyalarida hosil bo‘ladi. Tritiyning yarim emirilish davri 12,42 yil,radiuoaktiv izotop. Hozirgi paytda deyteriy turli dorivor moddalarning farmakokinetikasini tekshirishda radioaktiv nishon sifatida qo‘llaniladi. Shu maqsadda o‘zidan - zarrachalar tarqatadigan tritiy ham ishlatiladi.Tritiy organizmdagi suvning umumiy miqdorini aniqlashda kerak bo‘ladi. Ayniqsa fermentlar mexanimini tekshirishda, turli kasalliklani tahlil qilishda foydalaniladi. H atomi yadrosi birgina protondan iborat, atom massasi 1,00797 vodorod atomi musbat va manfiy zaryadlangan ionlar hosil qilishi mumkin. H o - 1e = H + -1305 kJ H o +1e = H - +76,1 kJ H + bu, yadro, ya‘ni erkin proton. H - inert gaz geliyning elektron qavatiga o‘xshash. H - anchagina beqaror. Molekulyar vodorod metallarda (Fe, Ni, Pt va Pd) yaxshi eriydi. Bir litr palladiy 900 l vodorodni eritishi ma‘lum. Bu jarayonda palladiyni hajmi kattalashadi. Tabiatda uchrashi.Vodorod tabiatda keng tarqalgan kimyoviy element. Yer sharida uning miqdori 1 %( atmosfera, litosfera va gidrosfera). U torpf va qo‘ng‘ir ko‘mir tarkibiga, neft, suv, tuproq va boshqalarni tarkibida bor. Erkin holda vodorod juda kam uchraydi. Vodorod eng ko‘p tarqalgan kimyoviy element. U quyoshning yarmini, yulduzlarning asosiy qismini tashkil etadi. U ko‘p planetalar atmosferasida, kometalarda, gaz va tumanlarda bor. Quyosh sistemasida vodorod asosida quyidagi termoyadro reaksiysi boradi: 4 1 1 H 2 4 He +2 o e Labaraoriyada olinishi. Laboratoriyada vodorod quyidagi usullar bilan olinadi: 1. Natriy gidroksid yoki KOH ni(34%) eritmasini elektroliz qilish orqali olinadi: 2H 2 O=2H 2 +O 2 NaOH yoki KOH suvni elektr o‘tkazuvchanligini yaxshilash uchun kerak. 2. Aktiv metallarga suv ta‘sir ettirish tufayli ham vodorod olish mumkin: 2Na+2H 2 O=2NaOH+H 2 3. Suyultirilgan kislotalarga faol metallar ta‘sir ettirish: 2HCl + Zn = ZnCl 2 + H 2 Buning uchun Kipp qurilmasiga(31-rasm) suyuitirilgan xlorid yoki sulfat kislota quyiladi. Uning o‘rtadagi shariga maxsus polimer moddadan yasalgan to‘siq ustiga donador rux solinadi. Agar o‘rta sharga o‘rnatilgan kalit ochilsa naydan vodorod ajralib chiqadi. Kalitni kattaroq yoki kichikroq ochib vodorod ajralib chiqishini boshqarib turiladi. 31-rasm. Vodorod olish uchun Kipp qurilmasi. 139 4. Amfoter metallarga ishqorlar ta'sir ettirish: Zn + 2NaOH = Na 2 ZnO 2 + H 2 2Al + 2H 2 O + 2NaOH = 2NaAlO 2 + 3 H 2 2Al +6NaOH + 6H 2 O = 2Na 3 [ Al(OH) 6 ]+3H 2 Xuddi shunaqa reaksiyalar Be, Pb, Sb,Ga bilan ham boradi. Sanoatda olinishi. Sanoatda quyidagi usullarda olinadi: 1. 800 o S da tabiiy gaz nikel katalizatordan o‘tkaziladi: CH 4 + H 2 O = CO + 3 H 2 CO + H 2 O = CO 2 + H 2 2. Kuchli sovutish usuli . Vodorodni koks va suv gazidan gazlar aralashmasini sovutish usuli bilan past temperaturada olinadi. 3. Ko‘mir konversiyasi usuli. C + H 2 O = CO + H 2 CO+H 2 aralashma suv gazi deyiladi. Reaktsiya 500 o C da 25 atmosfera bosimda katalizator Fe 2 O 3 yoki Cr 2 O 3 ishtirokida amalga oshiriladi. 4. Temir bug‘ usuli (Markaziy hamdo‘stlik mamlakatlarida) keng tarqalgan usul. Bu usulda 600- 700 o C cho‘g‘ holidagi temirni suv bug‘i bilan ta‘sirlanishiga asoslangan. Bunda temir bir necha mahsulotlar hosil qiladi. Suv bugi qaytarilib vodorod hosil qiladi. Fe + H 2 O = FeO + H 2 2 FeO + H 2 O = Fe 2 O 3 + H 2 Fe 2 O 3 + FeO = Fe 3 O 4 Kimyoviy xossalari. Tarkibida bitta elektron bo‘lgan vodorod ikki atomli. H 2 - protiy, D 2 -deyteriy, T 2 -tritiy, HD, HT, DT molekulalarini hosil riladi. H 2 =2H - 435 kj/mol. Vodorod molekulasi kichik o‘lchamga va massaga ega, qutblanishi oz, lekin molekula juda barqaror.Shu sababli suvda va organik erituvchilarda oz eriydi. Qattiq vodorod geksagonal kristal panjaraga ega.Molekulaning atomlarga parchalanishi yuqori haroratda 2000 o Sda sezilarli tezlikda boradi. Vodorod ham oksidlovchi, ham qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. Odatdagi haroratda faqat ftor bilan reaksiyaga kirishadi: H 2 + F 2 = 2HF Qizdirilganda xlor, brom, kislorod bilan reaksiyaga kirishadi. Elementlarning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari gidridlar deyiladi.Gidridlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: - ion tuzilishga ega bo‘lgan gidridlar.Bunday birikmalar qatoriga ishqoriy va ishqoriy- yer metallari gidridlari(LiH kovalent tabiatli) kiritilishi mumkin. Gidridlar oq qattiq moddalar. Ular yuqori suyuqlanish haroratiga ega.Bunday gidridlar syuqlanmasi elektrolizida vodorod ajraladi. Gidridlar oson gidrolizga uchraydi: MeH+H 2 O=MeOH+H 2 - kovalent bog‘lanish hosil qiladigan gidridlar. CH 4 , SiH 4 , NH 3 , H 2 O, H 2 S, HF, HCl va boshqalar. Bunday birikmalar vodorod va metallmaslarga tegishli.Odatda bunday gidridlar gaz moddalardir. H 2 O va HF vodorod bog‘lanish mavjudligi sabali suyuqliklar; - polimer tabiatli gidridlar.Be, Mg, Al, In, Tl kabi elementlarga tegishli. Ularning formulasi (BeH 2 )n yoki (TlH 2 )n. Gidridlar o‘zaro molekulararo vodorod bog‘lari hosil qilgan; - vodorodning metall tabiatli birikmalari. d- va f- elementalrning vodorodli birikmalari metallik tabiatga ega.Ular metallga o‘xshash qora qo‘ng‘ir rangli, mo‘rt,issiq va elektr o‘tkazuvchanlik metallarga o‘xshab ketadi.Ularning formulalari o‘zgaruvchan tarkibli MeH (VH, NbH, TaH), MeH 2 (TiH 2 , ZrH 2 , HfH 2 , ScH 2 ), va MeH 3 (UH 3 , PdH 3 ). 140 Vodorodning qaytaruvchilik xossasidan ba‘zi oddiy moddalarni ularning oksidlari va galidlaridan qaytarish uchun foydalaniladi: CuO + H 2 = Cu + H 2 O Oksidlovchi sifatida vodorod aktiv metallar bilan reaksiyaga kirishadi: 2Na + H 2 = 2NaH Vodorod kimyo sanoatida ammiak, metanol, xlorid kislota kabi moddalarni olishda shuningdek yog‘larni, suyuq yog‘larni gidrogenlashda ishlatiladi. Vodorod kelajak yoqilg‘isi hisoblanadi. Oxirgi paytlarda kuchli tovush to‘lqinlari suvni vodorod va kislorodga parchalashi va ajralgan vodorod va kislorodni qaytadan yoqib dvigatellarni yurgazish tog‘risidagi injenerlik echimlari matbuotda e‘lon qilingan. 15.2. Suv va uning xossalari Suv.Vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasi. Yer sharining 3/4 qismi suv bilan qoplangan. Miqdori 2.10 18 t. Ko‘p moddalarning 90% miqdori suv bo‘ladi. Hayvon va o‘simlik organizmida 75-86% suv bo‘ladi. Fizik xossalari. Suv rangsiz suyuqlik. 18 o C da toza suvning elektr o‘tkazuvchanligi 4,4.10 -8 om -1 sm -1 . Toza suv elektr tokini deyarli o‘tkazmaydi. Agar 1 atm bosim, 0 o S haroratda u muzga aylanadi. 100 o S dan yuqorida suv bug‘ga aylanadi. 4 o S da suv eng katta zichlikka ega bo‘lib, = 1 g/sm 3 ga teng. Muz - rangsiz, = 0,9168 g/sm 3 . Suvdan yengil. Bosim 2000 dan 6500 atm gacha borsa, muz har xil formalarga o‘tadi. 21700 atm bosimda muzning 7 xil modifikatsiyasi bor. Uning zichligi d=1,5 ; suyuql. harorati T suyq. =+76 o S u issiq muz deyiladi. Kimyoviy xossalari: Suv molekulasining dipol momenti =1,74.10 -18 sp 3 gibridlangan, lekin gibrid orbitallarning ikkitasida bog‘lanmagan 4 elektron jufti aylanadi. Suvning dielektrik doimiysi 81 ga teng. Etanolniki 27, efirniki 2. Qattiq va suyuq holatda suv molekulasi (H 2 O) n . 4 o Cda n=2, O o Sda n=3. Molekulalarning assosiatsiyalanishi vodorod bog‘lari hisobiga sodir bo‘ladi. H---O. . .H---O. . .H---O | | | H H H 1000 o S da suv parchalanadi: 2H 2 O = 2H 2 + O 2 – 490,4 kj Bu reaksiya qaytar bo‘lib 5000 o S da suv vodorod va kislorodga to‘la parchalanadi. Suv kuchsiz elektrolit. 555 mln molekuladan bittasi ionlarga ajralgan bo‘adi. H 2 O = H + + OH - K suv =1,8.10 -16 Oksidlanish -qaytarilish reaksiyalarida suv odatda muhit vazifasini bajaradi. Kuchli qaytaruvchilar ta‘sirida odatdagi va yuqori haroratlarda suv oksidlovchi bo‘ladi. Masalan: ishqoriy va ishqoriy-yer metallari bilan sovuq holda, Fe, C va boshqalar yuqori haroratda ta‘sirlashadi. 2H 2 O + 2Na = 2NaOH + H 2 2H 2 O + 2e H 2 + 2OH - 1 Na - 1e - Na + 2 Kuchli oksidlovchilar ta‘sirida suv qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi: F 2 + H 2 O = 2HF + O (yonadi) F 2 + 2e 2F - 1 H 2 O - 2e O + 2H + 1 Boshqa moddalarning molekulalariga suvni birikishining 3 xil turi ma‘lum: 1) ion, 2) koordinatsion, 3) adsorbtsion. - ishqoriy va ishqoriy-yer metallari, ularning oksidlari va kislotali oksidlar bilan suv ion tipidagi reaksiyaga kirishadi. CaO + H 2 O = Ca(OH) 2 P 2 O 5 + 3H 2 O = 2H 3 PO 4 Na 2 O + H 2 O = 2NaOH N 2 O 5 + H 2 O = 2HNO 3 141 - akvakomplekslarda dipol xarakterga ega bo‘lgan suv molekulalari musbat zaryadlangan kompleks hosil qiluvchi ionga tortilish xususiyatiga ega bo‘lib, bu koordinatsion birikish bo‘ladi. CoCl 2 + 6H 2 O [Co(H 2 O) 6 ]Cl 2 CuSO 4 · 5H 2 O [Cu(H 2 O) 4 ]SO 4 H 2 O Akvakomplekslarning parchalanishi tuz rangining o‘zgarishi bilan boradi. - molekulalararo kuchlar ta‘siri tufayli har qanday modda ham ma‘lum miqdorda suvni o‘z sirtiga adsorbsiya qilish xossasiga ega. Adsorbsiya tipida moddaga birikkan suv gigroskopik suv deyiladi. U 100 o С da qizdirilsagina suv chiqib ketadi. H 2 SO 4 , CaCl 2 , P 2 O 5 suvni adsorbsion yutadi. Og‟ir suv. 1 2 D izotopi kislorod bilan D 2 O birikma hosil bo‘ladi. Bu birikma og‘ir suv deyiladi. Tabiatda har 5500-8000 molekula oddiy suvga 1 ta molekula og‘ir suv to‘g‘ri keladi. Og‘ir suv oddiy suvni elektroliz qilib olinadi. Bunda D 2 O o‘zgarishga uchramasdan elektrolitning qoldig‘ida yig‘iladi. Lyuis 20 l suvdan 0,3 ml og‘ir suv D 2 O oldi. D 2 O rangsiz, siropsimon suyuqlik , zichligi d =1,10421 g/sm 3 , suyuqlanish harorati T suyur = 3,8 o S, qaynash harorati T rayn = + 101,4 o S. D 2 O yadro texnikasida katta ahamiyatga ega. U yadro reaktorida neytronlarni sekinlashtiruvchi modda sifatida, deyteriy olish uchun xom ashyo sifatida va termoyadro reaksiyalarida ishlatiladi. Odam organizmida vodorod uglerod, azot, oltingugurt bilan kovalent bog‘langan.Vodorod oshqozon shirasida gidroksoniy ioni holatida. Shu ion ham mikroblarga qarshi ta‘sirga ega, ham oqsillar, polisaxaridlar va boshqa biologik birikmalarning gidrolizlanishuga ta‘sir etadi. 15.3.Vodorod peroksidi va uning xossalari Vodorod peroksidi. H 2 O 2 rangsiz, siropga o‘xshagan suyuqlik. Zichligi d=1,4633 g/sm 3 , Suyuqlanish harorati T suyq =0,43 o S, 26 mm simob ustuni bosimda qaynash harorati T qayn =68 o S, 65 mm sim. ustunida 85 o С, atmosfera bosimida T qayn = 150,2 o S. +1 -1 -1 +1 H - O - O – H. Vodorod molekulasining struktura formulasi 32 -rasmda keltirilgan. H-O- orasining uzunligi 0,095 nm, O-O orasidagi masofa 0,148 nm ga teng. H-O-O bog‘lari orasidagi burchak 95 o S ni tashkil etadi. 32-rasm. Vodorod peroksid molekulasining tuzilishi. Vodorod peroksid beqaror birikma. Oson parchalanadi. 2H 2 O 2 = 2H 2 O + O 2 + 195,15 kJ 151 o S da vodorod peroksid portlaydi. Suvli eritmalarda vodorod peroksid kuchsiz kislota va 2 bosrichda dissotsiatsiyalanadi. 142 H 2 O 2 ↔ H + + HO 2 - HO 2 - ↔ H + + [O 2 ] 2-- H 2 O 2 nordon va asosli tuzlar hosil qiladi. NaHO 2 , Na 2 O 2 , BaO 2. H 2 O 2 oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. H 2 O 2 kisloroddan kuchliroq oksidlovchi. Vodorod peroksidi oksidlovchi. H 2 O 2 oksidlovchi bo‘lganda: 1. Kislotali muhitda H 2 O 2 H + ionlari bilan birikib suv molekulasini hosil qiladi. H 2 O 2 + 2H + + 2e = 2 H 2 O 2HJ + H 2 O 2 = J 2 + 2 H 2 O 2J - - 2 e J 2 1 H 2 O 2 + 2H + + 2e 2 H 2 O 1 2KJ + H 2 O 2 + H 2 SO 4 = J 2 + 2 H 2 O + K 2 SO 4 2J - + 2 e J 2 1 H 2 O 2 + 2H + + 2e = 2 H 2 O 1 2. Neytral va ishqoriy muhitda oksidlovchi H 2 O 2 2ta elektron biriktirib OH - ionlarini hosil qiladi. H 2 O 2 + 2e = 2OH - KNO 2 + H 2 O 2 = H 2 O + KNO 3 NO 2 - +H 2 O - 2e NO 3 - +2H + 1 H 2 O 2 + 2e 2OH - 1 2KCrO 2 + 3H 2 O 2 + 2KOH = 2K 2 CrO 4 + 4H 2 O CrO 2 - + 4OH - - 3e CrO 4 2- + 2H 2 O 2 H 2 O 2 + 2e 2OH - 3 CrO 2 - + 8OH - + 3H 2 O 2 = 2CrO 4 2- + 4H 2 O + 6OH - PbS + H 2 O 2 = PbSO 4 + H 2 O H 2 O 2 + 2e 2OH - 4 PbS + 4H 2 O - 8e PbSO 4 + 8H + 1 PbS + 4H 2 O 2 + 4H 2 O = PbSO 4 + 8H + + 8OH - PbS + 4H 2 O 2 = PbSO 4 + 4H 2 O Vodorod peroksidi qaytaruvchi. Oksidlovchilar KMnO 4 , Ag 2 O, CrO 3 va b. ishtirokida vodorod peroksid qaytaruvchilik xossasini namoyon qiladi. 1. Kislotali va neytral muhitda vodorod peroksid 2ta elektron berib, vodorod ionlari va kislorod molekulasini hosil qiladi. H 2 O 2 - 2 e = 2H + + O 2 Misol: 5H 2 O 2 + 2KMnO 4 + 3H 2 SO 4 = 5O 2 + 2 MnSO 4 + K 2 SO 4 + 8H 2 O H 2 O 2 - 2 e 2H + + O 2 5 MnO 4 - + 8H + + 5e Mn 2+ + 4H 2 O 2 5H 2 O 2 + 2MnO 4 - + 16H + = 10H + + 5O 2 + 2Mn 2+ + 8H 2 O K 2 Cr 2 O 7 + 3H 2 O 2 + 4H 2 SO 4 = 3O 2 + Cr 2 (SO 4 ) 3 + 7H 2 O + K 2 SO 4 Cr 2 O 7 2- + 14H + + 6e 2 Cr 3+ + 7H 2 O 1 H 2 O 2 - 2 e = 2H + + O 2 3 CrO 4 2- + 14H + + 3H 2 O 2 = 2Cr 3+ + 7H 2 O + 6H + + 3O 2 Ag 2 O + H 2 O 2 2Ag + O 2 + H 2 O 143 H 2 O 2 - 2 e 2H + + O 2 1 Ag 2 O + H 2 O + 2e 2Ag + 2OH - 1 H 2 O 2 + Ag 2 O + H 2 O = 2Ag + 2H 2 O + O 2 2. Neytral va ishqoriy muhitda OH - ionlarini biriktirib suv va kislorod hosil qiladi. H 2 O 2 + 2OH - - 2e = 2H 2 O + O 2 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling