Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olinishi.
- 15.4. I A guruh elementlari
- Boshqa ishqoriy metallar.
- Ishqoriy metallarning tuzlari.
- Ishqoriy metallarning tibbiyotda va farmatsiyada ishlatilishi.
- 15.5. II A guruh elementlari
2K 3 [Fe(CN) 6 ] + H 2 O 2 + 2KOH = 2K 4 [Fe(CN) 6 ] + O 2 + 2H 2 O [Fe(CN) 6 ] 3- + 1e [Fe(CN) 6 ] 4- 2 H 2 O 2 + 2OH - - 2e 2H 2 O + O 2 1 2[Fe(CN) 6 ] 3- + H 2 O 2 + 2OH - = 2H 2 O + O 2 + 2 [Fe(CN) 6 ] 4- Olinishi. Vodorod peroksid natriy yoki bariy peroksidlarga kislota ta‘sir ettirib olinadi. Na 2 O 2 + H 2 SO 4 = Na 2 SO 4 + H 2 O 2 BaO 2 + H 2 SO 4 = BaSO 4 + H 2 O 2 Dunyoda ishlab chiqariladigan vodorod peroksidlarning 30%i 50%li sulfat kislotani elektroliz qilish orqali olinadi. 2H 2 SO 4 = 2H + + 2HSO 4 - katodda 2H + + 2e H 2 anodda 2 HSO 4 - - 2e = H 2 S 2 O 8 peroksodisulfat kislota H 2 S 2 O 8 + 2H 2 O = H 2 O 2 + 2H 2 SO 4 Ishlatilishi. 30% li vodorod peroksid eritmasi (pergidrol) va 73-90%li eritmalari sotiladi. Vodorod peroksid ko‘p bo‘yoqlarni oqartiradi. Shu xossasi tufayli 6% vodorod peroksidi ipak, soch, par va boshqalarni oqartirish uchun ishlatiladi. U harbiy va raketa texnikasida, 3% li eritmasi tibbiyotda dezinfektsiyalovchi modda sifatida qo‘llaniladi. H 2 O 2 ning ishlatilishi uning oksidlovchilik xossalariga va qaytariish mahsulotlarining mutlaqo bezararligiga asoslangan. Yaralarga ishlov berilganda ajraladigan kislorod: mikroblarga,teri rangiga qarshi va yarani tozalash, ko‘pik hosil qilish hamda teri to‘qimalarini parchalash xossalariga ega. 30% li vodorod peroksidi eritmasi kosmetikada osmirlarda hosil bo‘ladigan xafsiz o‘sma va yunglarni olib tashlashda ham ishlatiladi. 15.4. I A guruh elementlari Bu guruh elementlariga litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy kiradi. Barcha guruh a‘zolarinig tashqi elektron qavatida bittadan s elektronlar bor. Ularning asosiy kattaliklari 31- jadvalda berilgan. Element tartib nomeri ortishi bilan atom va ionlarning radiusi ortadi.Shu metallarning suyuqlanish harorati kamayadi. Metallarning eng engili litiydir. 31- jadval. I A guruh metallarinin eng muhim kattaliklari Asosiy kattaliklar Li Na K Rb Cs Fr Atom massa Elektron formulasi Atom radusi,nm Ion radiusi,nm Suyuql. harorati, o S Zichligi,g/sm 3 Ionlanish energiyasi M Me + Yer po‘stlog‘ida tarqalishi, mol qism 6,94 2s 1 0,155 0,066 179 0,53 5,39 0,02 22,99 3s 1 0,189 0,095 98 0,97 5,14 2,4 39,1 4s 1 0,236 0,133 63 0,85 4,34 1,4 85,47 5s 1 0,248 0,148 39 1,5 4,18 7 * 10 -3 132,9 6s 1 0,268 0,268 29 1,9 3,89 9,5 * 10 -9 [223] 7s 1 0,280 - - - 3,98 - 144 Faqat litiyning tashqaridan ikkinchi qavatida ikkita ta elektron bo‘lsa, boshqa ishqoriy metallarning tashqaridan 2-qavatida 8 tadan elektronlar bor. Shuning uchun ham litiyning xossalari boshqa ishqoriy metallardan kimyoviy xossalari jihatdan farq bo‘lishiga olib keladi.Bu metallarning ishqoriy metallar deyilishi, arabchadan ishqor ―emiruvchi‖ degan ma‘no beradi. Barcha ishqoriy metallar ns 1 valent elektronga ega, lekin bu elektron yadro bilan bo‘sh bog‘langan. Ular birikmalarda +1 oksidlanish darajasini namoyon etadi. Litiydan seziygacha metallik xossalari kuchayadi. Fransiy barcha ishqoriy metallardan eng faoli va og‘iri hisoblanadi. Radioaktiv .uni yarim yemirilish davri 22 minut. Tabiatda uchrashi. Ishqoriy metallar kimyoviy faolligi yuqoriligi sababli faqat birikmalar holida uchraydi.Tabiatda uchraydigan izotoplari: 3 7 Li (92,5%), 3 6 Li (7,3%). Litiyning birikmalari nihoyatda ko‘p.Uni 150 dan ortiq minerallari bor. Texnik ahamiyatga spodumen LiAl(SiO 3 ) 2 va litiy smolasi yoki lepidolit KLi 2 Al(Si 6 O 10 )(F,OH) 2 , petalit (Li,Na)AlSi 4 O 10 . Natriy birikmalari keng tarqalgan. Osh tuzi NaCl; Glauber tuzi Na 2 SO 4* 1O H 2 O, hind selitrasi KNO 3 , natriy selitrasi, kriolit Na 3 [AlF 6 ]; bura Na 2 B 4 O 7* 10 H 2 O. Kaliy birikmalaridan silvinit KCl * NaCl; karnallit KCl * MgCl 2* 6H 2 O; yer sharining asosiy po‘stlog‘i- ortoklaz K 2 O * Al 2 O 3* 6SiO 2 Rubidiy va seziy natriy va kaliy bilan birga lekin kamroq uchraydi. Olinishi. Natriy, litiy va kaliy asosan elektroliz usuli yordamida olinadi. Elektrolizga tuzlar yoki gidroksidlar uchratiladi. Rubidiy va seziy unung xloridlaridan kalsiy metali bilan qaytarish orqali olinadi. Xossalari. Ishqoriy metallar kub krislall panjaraga ega. Yangi kesilgan metallar ko‘rinishi odatdagi metallarga o‘xshaydi. Metallik yaltiroqlikka ega. Barcha ishqoriy metallar kerosin(tseziy havoda portlaydi) ostida yoki inert gaz muhitida saqlanadi. Ishqoriy metallar engil metallar hisoblanib, pichoq bilan oson kesiladi. Litiy kerosindan engil, shuning uchun parafin ostida berk idishga yg‘iladi.Ularni ichida eng qattiq holatda uchraydigani kaliy u yuqori issiq va elektr o‘tkazuvcanlikka ega. Litiy.Odatdagi sharoitda oq, yaltiroq , yumshoq va engil metall. LiCl va KCl aralashmasini suyuqlanmadan elektroliz qilib olinadi. Xona haroratida kislorod billan ta‘sirlasib litiy oksidini hosil qiladi. 4Li+O 2 =2Li 2 O Litiy oksidi kul rangli, suvda yaxshi eriydi. Litiy odatdagi sharoitda azot bilan ta‘sirlashib oq rangli litiy nitridini hosil qilishi kuzatiladi: 6Li+N 2 =2Li 3 N Qizdirilganda galogenlar Cl 2 , Br 2 va I 2 bilan kuchli alanga berb yonadi va LiCl, LiBr va LiI ni hosil qiladi. Birikmalaridan LiF, Li 2 CO 3 va Li 3 PO 4 kam eriydi. Peroksidlari Li 2 O 2 , persulfidlari Li 2 S 2 , perkarbidlari Li 2 C 2 ma‘lum. LiOH ni olish uchun LiClni suvdagi eritmasi elektroliz qilinadi: 2LiCl+2H 2 O=2LiOH+H 2 +Cl 2 Litiy ioni eng kichik o‘lchamga ega bo‘lib, eng yuqori gutblanuvchanligi bilan boshqa ishqoriy metallardan farqlanadi. Shuning uchun u koordinasion soni 4 bo‘lgan [Li(H 2 O) 4 ] + akvakomplekslar hosil qiladi. Litiy vodorod atmosferasida qizdirilganda litiy gidridini hosil qiladi: 2Li+H 2 =2LiH Litiy gidridi oq kristall modda, 680 o S suyuqlanadigan ion bog‘lanishli birikma. Boshqa ishqoriy metallar. Tabiatda uchraydigan natriy izotopining massa soni 23. Kaliy uch xil atom massali izotop holatida uchraydi: 39, 40 va 41. Barcha ishqoriy metallar kuchli qaytaruvchilar. Ular juda oson +1 zaryadli ionlarga o‘tadi. Ionlanish entalpiyasining kichikligi, ionlarning sharsimonligi, kam qutblanuvchanligi ularning kimyoviy xossalarini belgilaydi. Kovalent bog‘ hosil qilish qobiliyati litiyda eng 145 yuqori. Metallarning bug‘larida Li 2 ,Na 2 hosil bo‘lishida bog‘ kovalent. Boshqa bog‘larda ion bog‘ hissasi ortib boradi. Kislorodda yondirilganda faqat litiy oksid hosil qilib boshqa ishqoriy metallar peroksidlar va superoksidlarga aylanishi kuzatiladi: 2Na+O 2 =Na 2 O 2 K+O 2 =KO 2 Rb+O 2 =RbO 2 Cs+O 2 =CsO 2 Peroksidlarni suv bilan ta‘siridan vodorod peroksidi yoki kislorod hosil bo‘ladi. Na 2 O 2 + 2H 2 O = 2NaOH +H 2 O 2 2KO 2 +2H 2 O=2KOH+H 2 O 2 +O 2 Peroksidlar yopiq sistemalarda kislorod manbasi sifatida ishlatiladi: 2Na 2 O 2 +2CO 2 =2Na 2 CO 3 +O 2 Peroksidlardan oksidlarni metallar qo‘shib olish mumkin: Na 2 O 2 +2Na= 2Na 2 O K 2 O 2 +2K= 2K 2 O Natriy va kaliy oksidlari oq rangli, rubidiy va seziy oksidlari sariq rangli. Ishqoriy metallar oksidlari suv bilan shiddatli ta‘sirlashadi. Oksidlarning faolligi Li 2 O dan Cs 2 O qarab ortib boradi.Ishqoriy matallarning gidroksidlari oq qattiq moddalar. Ular tabiatda uchramaydi. Ular ishqoriy metallar xloridlarining eritmalarini elektroliz qilish orqali olinadi. 2MeCl+2H 2 O=2MeOH+H 2 +Cl 2 Eng ko‘p qo‘llaniladigan natriy gidroksidi olish uchun ohakka soda qo‘shib olinadi(shuning uchun kaustik soda): Na 2 CO 3 +Ca(OH) 2 = 2NaOH+CaCO 3 Soda olish usullari keyinchalik uglerod mavzusida alohida ko‘rib chiqiladi. Ishqoriy metallar galogenlar bilan shiddadli va issiqlik chiqishi bilan ta‘sirlashadi: 2Me+ F 2 = 2MeF Juda oson ishqoriy matallarning sulfidlari hosil bo‘ladi: 2Me+S = Me 2 S Me 2 S larni oltingugurt bilan qo‘shib suyuqlantirilsa persulfidlar hosil bo‘ladi. Na 2 S, Na 2 S 2 , Na 2 S 4 , Na 2 S n n=1-:- 6; Ishqoriy metallar vodorod bilan oson ta‘sirlashadi. Bunda metall gidridlari hosil bo‘ladi.Ularning bog‘lanishi ion tabiatli. Suyuq ammiak bilan ishqoriy metallarning reaksiyasida amidlar, imidlar va nitridlar hosil bo‘ladi. 2Na+2NH 3 =2NaNH 2 +H 2 2Na+NH 3 =Na 2 NH+H 2 6Na+2NH 3 =2Na 3 N+3H 2 Natriy va boshqa ishqoriy metallar simobda eriydi va intermetallik birikmalar- amalgamalarga aylanadi. Litiy – alangani qizil-binafsha rangga bo‘yaydi. Natriy ishtirokida alanga sariq-g‘isht rangga bo‘yaladi. Kaliy alangani binafsha-siyoh rangga , pubidiy qizil, seziy esa binafsha tusga bo‘yaydi. Shu usul bilan bu metallar borligi aniqlanadi. Ishqoriy metallarning tuzlari. Deyarli barcha kislotalar bilan tuzlari ma‘lum. Bu tuzlar suvda yaxshi eriydigan, ionli kristal panjaraga ega birikmalardir. Analitik kimyoda litiy va natriyning tuzlaridan 4,4‘-dimetilaminodifenil metanning metanoldagi eritmasi holatida cho‘ktirishi mumkin. Natriy va ruxning aralash uranilasetatlari ham [ NaZn(UO 2 ) 3 (CH 3 COO) 9 6H 2 O] suyultirilgan sirka kislotasidan cho‘ktiriladi. Kaliy tuzlaridan KHC 4 H 4 O 6 (gidrotartaratlar) va K 3 [Co(NO 2 ) 6 ] suvda yomon eriydi. Ular ishqoriy metallarning sifat va miqdoriy tahlilida ishlatiladi. Kalsinirlangan soda (Na 2 CO 3 ), kristall soda (Na 2 CO 3* 10H 2 O), ichimlik sodasi (NaHCO 3 ) ko‘p ishlab chiqaziladi. Natriy gidroksidi sovun tayyorlashda, to‘qimachilik va ko‘nchikida organik moddalar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Natriy gidroksidi 328 o S suyuqlanadi. 20 o S da suvda 109 g natriy gidroksid eriydi .U kuchli ishqor, shuning uchun o‘yuvchi natriy deb ataladi. Ishqor 146 teriga tushsa terini kuydiradi. NaOH dan ayniqsa ko‘zga sachrashidan ehtiyot bo‘lish kerak, kozga tushsa ko‘zni ko‘r qiladi. Osh tuzi NaCl- natriy metali, xlor, natriy gidroksid, xlorid kislota ishlab chiqarishda xom ashyo. Natriy sulfat glauber tuzi yoki mirabilit holatida Na 2 SO 4* 10H 2 O holida uchraydi. Tibbiyotda va shisha ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kaliy tuzlaridan KCl, KNO 3 , K 2 SO 4 kaliyli o‘g‘itlardir. Kaliy nitrat qora poroxning tarkibiga kiradi: KNO 3 -68%; C-17%;S-15%. Tseziy va rubidiy fotoelementlar tayyorlashda ishlatiladi. Nur ta‘sirida Rb va Cs ning valent elektronlarini oson ajralishi yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantitirish imkoniyatini beradi. Ishqoriy metallarning tibbiyotda va farmatsiyada ishlatilishi. Hozirgi paytda litiy ioninng organizmdagi orni ancha yaxshi o‘rganilgan. Litiy ionlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarda asqotishi topilgan. O‘rtacha odam vazniga(70 kg) nisbatan organizmda kaliy 250 g, natriy –70 g ni tashkil etadi. Natriy birikmalari organizmda asosan hujayra atrofidagi suyuqliklarda mavjud (qonda,limfa va ovqat hazm qilish shiralarida). NaCl hisobiga organizmdagi qon bosimi boshqarilib turadi. Kaliy ioni organizmda hujayra ichidagi ion hisoblanadi.U ko‘pgina boikimyoviy va fiziologik jarayonlarda, masalan nerv impulslarining harakatida ishtirok etadi. Kaliy ionining qonda mo‘tadil miqdorda bo‘lishi yurakni normal ishlashi uchun kerak. Bir sutkada 2-3 g kaliy kerak bo‘ladi. Natriy gidrokarbonat (NaHCO 3 ) ichdan antatsid modda sifatida buyuriladi, shuningdek ingalyasiya, chayish, uvish uchun tavsiya etiladi. Tibbiyotda amaliyotida natriyning (xloridi, bromidi, iodidi, sulfati, tiosulfati, nitriti va b.) hamda kaliyning (xloridi, bromidi, iodidi va b.) keng qo‘llaniladi. Natriy xloridning (NaCl) suvdagi 0,9%li eritmasi izotonik eritma deyiladi. U organizm ko‘p suyuqlik yo‘qotganda quyiladi. 3-5-10%li eritmalari gipertonik eritma deyiladi va yaralarga yiring tortuvchi vosita sifatida qo‘yiladi.2-5% li NaCl AgNO 3 bilan zaharlanish sodir bo‘lganda buyuriladi,shunda AgCl cho‘kmasi hosil bo‘lishi hisobiga zaharlanish oqibatlari tezda so‘nadi. Natriy bromid (NaBr) va kaliy bromid (KBr) tibbiyotda tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.Ular bosh miya qobig‘idagi qo‘zg‘alish va tinchlantirish jarayonlarini me‘yoriga keltiradi. Natriy yodid (NaI) bo‘qoq va endokrin kasalliklarini davolashda tavsiya etiladi. 15.5. II A guruh elementlari Bu guruh metallari qatoriga berilliy, magniy, kalsiy, stronsiy, bariy va radiy kiradi. Ular erkin holatda ishqoriy mettalarga nisbatan qattiqroq. Ular engil metallar, ammo ishqoriy metallardan suyuqlanih harorati balandroq. Xossalari jihatidan berilliy alyuminiyga o‘xshab ketadi. Ularda diagonal o‘xshashlik kuzatiladi.. Bu guruh elementlarining eng asosiy ko‘rsatkichlari 32-jadvalda keltirilgan. 32-jadval. II A guruh elementlarining asosiy kattalilari Asosiy kattaliklar Be Mg Ca Sr Ba Ra Atom massa Elektron formulasi Atom radusi,nm Me 2+ ion radiusi,nm 9,01 2s 2 0,113 0,034 12,31 3s 2 0,160 0,074 40,08 4s 2 0,197 0,104 87,62 5s 2 0,215 0,120 137,34 6s 2 0,221 0,193 [226] 7s 2 0,235 0,194 147 Suyuql. harorati, o S Zichligi,g/sm 3 Ionlanish energiyasi, v M Me + Er po‘stlog‘ida tarqalishi,mol qism 1283 1,85 9,323 1,2 * 10 -3 650 1,74 7,645 2,0 847 1,54 6,133 2,0 720 2,63 5,695 1 * 10 -2 718 3,76 5,212 5,7 * 10 -3 - - 5,28 1 * 10 -10 Bu guruh elementlarining oksidlanish darajasi +2. Ularning sirtqi qavatida ns 2 holatda 2 tadan elektron bor. Bu guruh metallarining xossalari ishqoriy metallarnikiga qaraganda kuchsiz. Atom radiusi kattalashgan sari qaytaruvchi xossalari kuchayib boradi. Be 2+ , Mg 2+, Ca 2+ , Sr 2+ , Ba 2+ , Ra 2+ qatorida ionlarning radiusi ortib shu metallar gidroksidlarining asoslik xossalari kuchayadi. Bariy, strontsiy va bariy qadimdan ishqoriy yer metallari nomi bilan mashhur. Bunday nom metallarning gidroksidlarini ishqoriy xossaga egaligidan kelib chiqqan. Berilliy. Berilliyni 1827 yilda Veller berilliy xloridni kaliy bilan qaytarib olgan. Er sharida kam tarqalgan. Asosan berill minerali holatida uchraydi [Be 3 Al 2 (SiO 3 ) 6 ], uning tarkibida 14% BeO mavjud. Aleksandrit (xrizoberill) minerrali quyidagi tarkibga ega BeO Al 2 O 3 (Fenakit) minerali ham bor bo‘lib uning formulasi 2BeO SiO 2 . Metall holatdagi berilliy uning birikmalarini elektroliz qilib olinadi. Elektroliz uchun olingan suyuqlanma 50% BeCl 2 va 50% NaCl (mass. %) bunda aralashmaning suyuqlanish harorati 300 o S ga kamayadi(BeCl 2 niki 440 o S). Tabiatda uchraydigan berilliy izotopining massa soni 9 ga teng. Xossalari. Berilliy kul rang tusli engil metall. Qattiq va mo‘rt modda. Metallning sirti oksid parda bilan qoplangani uchun kimyoviy faolligi kam. Qizdirilganda kislorod va havoda berilliy oksidini hosil qiladi: 2Be+O 2 =2BeO Bir oz isitilganda galogenlar, oltingugurt va azot bilan ta‘sirlashib ancha barqaror birikmalar hosil qiladi: Be+F 2 =BeF 2 Be+Cl 2 =BeCl 2 Be+S=BeS 3Be+N 2 =Be 3 N 2 Suyultirilgan sulfat va xlorid kislotada eriydi. Issiq nitrat kislotada eriydi, lekin soviq nitrat kislotada passivlashadi. Be+H 2 SO 4 =BeSO 4 +H 2 Berilliy ishqorlarda eriydi va gidroksoberillatlar hosil qiladi: Be+2NaOH+2H 2 O = Na 2 [Be(OH) 4 ]+ H 2 BeO (t syuq. 2560 o S) va Be(OH) 2 ham amfoterlik xossasiga ega. BeF 2 ishqoriy metallar ftoridlari bilan ftor berillatlar hosil qiladi. BeF 2 suvda yaxshi eriydi. BeF 2 +2 KF= K 2 [BeF 4 ] BeO+2NaOH = Na 2 [Be(OH) 4 ] Be(OH) 2 +2NaOH = Na 2 [Be(OH) 4 ] Berilliy tuzlari oson gidrolizga uchraydi, bu tuzlar zaharli, lekin shirin ta‘mli bo‘ladi. Kislotali muhitda [Be(H 2 O) 4 ] 2+ akva kompleks hosil bo‘ladi. Ishqoriy muhutda bo‘lsa [Be(OH) 4 ] 2- gidrokso komplekslar barqaror bo‘ladi. Berilliy va unung birikmalari chang holatda atmosferada tarqalgani juda xavfli. BeH 2 polimer strukturali qattiq modda. U berilliy xloridning efirdagi eritmasiga litiy gidridi ta‘sir qilib olinadi: BeCl 2 +2LiH =BeH 2 +2LiCl Berilliy karbidlari o‘zgaruvchan tarkibga ega(Be 2 C va BeC 2 ). 148 2Be+C=Be 2 C Yuqori haroratda berilliyga asetilen ta‘siridan olinadi: Be+C 2 H 2 =BeC 2 +H 2 BeC 2 gidrolizida asetilen hosil bo‘ladi.Agar Be 2 C ga suv ta‘sir ettirilsa: Be 2 C+4H 2 O=2Be(OH) 2 +CH 4 BeCl 2 suvda yaxshi eriydigan. O‘ziga suv tortuvchi rangsiz modda. Berilliy ko‘p metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Berilliy asosida inter metall birikmalar berillidlar olingan. Bu qotishmalar yuqori haroratda suyuqlanadi. Bunday qotishmalar samolyotsozlikda ishlatiladi (TiBe 12 , MoB 12 , NbBe 12 va boshqlar). Berilliy birikmalari o‘simliklar uchun xavfsiz, lekin tirik organizm uchun zaharli. Organizmda berilliy eruvchan fosfatlar hosil qilgani uchun ham suyuakni bo‘sh va mort qilib qo‘yadi. Berilliy birikmalari teriga ta‘sir etadi. Magniy. Magniy tabiatda keng tarqalgan. Uni 1808 yilda Devi magniy sulfatini elektroliz qilib olgan. Asosiy minerallari magnezit MgCO 3 ; dolomit MgCO 3 CaCO 3 ; karnallit KCl MgCl 2 6H 2 O. Dengiz suvida MgCl 2 ning miqdori 0,38 % ga boradi, lekin ba‘zi ko‘llarda uning miqdori 30% ga ham etadi. Magniyning yer po‘stlog‘idagi miqdori 2 % atrofida. Tabiatda magniyning uchta izotopi bor: 12 24 Mg (78,6%), 12 25 Mg (10,11%), 12 26 Mg (11,29%). Uning uchta sun‘iy izotopi ham olingan. Olinishi. Magniy MgCl 2 yoki suvsizlantirilgan karnallitni elektroliz qilib olinadi. Magniy oksidi yuqori haroratda ko‘mir bilan qaytarilishi orqali ham olinishi mumkin: MgO+C=Mg+CO Magniy olish uchun yuqori haroratda (1200-1300 o S) elektr pechlarda va vakuumda dolomitni parchalab unga kremniy ta‘sir ettiriladi: 2CaO MgO+Si= Ca 2 SiO 4 +2Mg Xossalari. Magniy oq, kumushsimon, engil metal. Havoda kam o‘zgaradi, unung ustini oksid pardasi qoplagan. Magniy kislotalardan oson vododorodni siqib chiqaradi. Suv bilan qaynatilganda oson tasir etadi. Havoda qizdirilganda MgO va ozgina Mg 3 N 2 hosil qiladi. Magniy gidridi MgH 2 kumush rang qattiq modda. U 175 o S da magniy dimetilning parchalanishidan hosil bo‘ladi: Mg(CH 3 ) 2 =MgH 2 +C 2 H 4 Magniyga vodorod ta‘sir etilganda ham agar katalizator sifatida magniy iodid ishlatilsa magniy gidridi hosil bo‘ladi. MgO MgCO 3 dan olinadi . U kuydirilgan magneziy deyiladi. Magniy oksidi 2800 o S da suyuqlanadigan kristall modda. Undan o‘tga chidamli buyumlar, idishlar va tugel yasaladi. Mg(OH) 2 suvda kam eriydigan ,o‘rtacaha kuchli elektrolit. EK=1,2 1O -11 . Mg(OH) 2 magniy tuzlariga ishqorlar ta‘sir ettirilib olinadi. Magniy tuzlariga soda qo‘silganda gidroksikarbonatlar hosil bo‘ladi. Bu tuz oq magneziy nomi bilan tibbiyotda ishlatiladi.Tabiatdagi silikatlardan talk 3MgO 4SiO 2 H 2 O bolalar upasi tarkibiga kiradi. Asbest CaO 3MgO 4SiO 2 issiq saqlovchi material sifatida ishlatiladi. MgCl 2 6H 2 O dengiz suvidan olinadi. Uni asosida magnezial sement tayyorlanadi. Magniy sulfat- MgSO 4 7H 2 O gepta gidrat, taxir tuz deyiladi. Magniy karbid MgC 2 asetilenidlar jumlasiga kiradi. Magniyning suvda yomon eriydigan tuzlari qatoriga Mg 3 (PO 4 ) 2 , MgCO 3 , MgF 2 kiritish mumkin. Magniyning kompleks birikmalari o‘simliklar va hayvonlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Magniy o‘simliklarda yashil rang beruvchi xlorofildagi asosiy kompleks hosil qiluvchi ion hisoblanadi (33 –rasm). Bu kompleksda Mg 2+ markaziy ion unung koordinatsion soni 4 ga teng. Ligand sifatida turli guruhlar bilan bog‘langan pirrol halqalari turadi. II A guruhdagi barcha kationlar ichida Mg 2+ ionida azot atomi tutgan birikmalar bilan koordinatsion bog‘ hosil qilishga moyillik kuchli bo‘lsa, bu guruning qolgan elementlarida bo‘lsa kislorod bilan koordinatsiyalanishga moyillik yuqoridir. 149 33-rasm. Magniyning kompleks birikmasi xlorofilning tuzilishi. R 1 -gidrofil radikal; R 2 -gidrofob radikal; Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling