Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/50
Sana25.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#23055
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50

Kalsiy  guruhchasi.  Bu guruhchaga kalsiy, stronsiy, bariy   va  radiyni  kiritish mumkin. 
Yer po‘stlog‘da kalsiy miqdori 3 %. Tabiatda  ohaktosh, marmar- CaCO
3
, gips   -  CaSO
4

2H
2
O, 
fosforitlar   - Ca
3
(PO
4
)
2
 ma‘lum.  Kalsiy ftoridlar va apatitlar holida ham keng tarqalgan. Kasiy 
gidrokarbonat Ca(HCO
3
)
2
, magniy gidrokarbonat Mg(HCO
3
)
2
 va kamroq  Fe(HCO
3
)
2
  tabiiy suv 
tarkibidagi  muvaqqat qattiqlikni hosil qiladi. 
Yer  qobig‘ida  kalsiyning  oltita,  stronsiyning  to‘rtta  va  bariyning  ettita  turg‘un  izotopi 
bor. Eng ko‘p tarqalgan izotoplarga: 
20
40
Ca (96,97%), 
38
88
Sr (82,56%)  va 
56
138 
Ba (71,66%). 
Ishqoriy  yer  metallarining  galogenidlari,  nitratlari  va  boshqa  tuzlari  deyarli 
gidrolizlanmaydi. 
Bariy tabiatda og‘ir shpat BaSO
4
   holida, viterit holida BaCO
3
 uchraydi. 
Stronsiyning muhim minerallari stronsianit SrCO
3
 va selestin SrSO
4
 hisoblanadi. 
Galogenidlar  ammiak  ta‘sirida  ammiakatlar  hosil  qiladi.  Ammiakatlarda  ishqoriy-yer 
metallarining k.s. 8 ga teng. [Ca(NH
3
)
8
]Cl
2
; [Sr(NH
3
)
8
]Cl
2
  va [Ba(NH
3
)
8
]Cl
2
. Ammiakatlarning 
barqarorligi kalsiydan bariyga  qarab zaiflashadi. 
Ca-Sr-Ba qatorida  metallarning  suv bilan ta‘siridagi faolligi ortib boradi. 
Olinishi.  Kalsiy,  stronsiy  va  bariy  asosan  suyqlanmalar  elektrolizi  orqali  olinadi.  Bu 
metallar erkin holda alyuminotermiya usulida ham  elektr pechlarda vakuumda olinishi mumkin: 
          3MeO+2Al=Al
2
O
3
+3Me 
Metallarning    faolligi  yuqori.  Shuning  uchun  bu  metallar  ishqoriy  metallarga  o‘xshash 
saqlanadi. 
Xossalari.  Erkin  holda  kalsiy,  stronsiy,  bariy  oq  kumushsimon  metallardir.  Havoda 
ularning  sirti  tezda  oksid  parda  bilan  qoplanadi.    Kalsiy  anchagina  qattiq.  Stronsiy  va  bariy 
qattiqligi qo‘rgoshinga o‘xshab ketadi. 
Metallarning faolligi Ca-Sr –Ba-Ra qatorida ortib boradi. 

 
 
150 
Kalsiy va uning analoglari  peroksidlar  (MeO
2
)  va superoksidlar (MeO
4
) hosil qiladi.  
  Kalsiy.  Havoda  kalsiy  sirti  oksid  parda  bilan  qoplanadi.  Bunda  uning  oksidi  hosil 
bo‘ladi: 
    2Ca+O
2
=2CaO 
CaO oq qattiq modda  suvda kam eriydi. Sanoatda ohaktoshni parchalab olinadi: 
CaCO
3
=CaO+CO
2
 
Kalsiy  oksidi  kuydirilgan  ohak  yoki  so‘ndirilmagan  ohak  nomi  bilan  ma‘lum.  Kalsiy 
oksidi suv bilan ta‘sirlashib so‘ndirilgan ohakni hosil qiladi. 
CaO+H
2
O=Ca(OH)
2
 
Qizdirilganda kalsiy oksidi ta‘sirida kalsiy karbidi hosil bo‘ladi: 
CaO+3C=CaC
2
+CO 
Kalsiy karbidi gidrolizlanganda asetilen ajralib chiqadi: 
 CaC
2
+2H
2
O=Ca(OH)
2
+C
2
H
2
 
Bu reksiyadan texnikada asetilen olish uchun ishlatiladi. 
Vodorod atmosferasida  qizdirilsa kalsiy gidridini hosil qiladi: 
   Ca+H
2
=CaH
2
 
Kalsiy gidridi oson gidrolizga uchraydi hamda kalsiy gidroksidi va vodorod hosil qiladi: 
CaH
2
+2H
2
O=Ca(OH)
2
+2H
2
 
Kalsiy kislotalar va suv bilan shiddatli ta‘sirlashadi, va bu jarayonlarda vodorod ajraladi: 
Ca+2HCl=CaCl
2
+H
2
 
Ca+2H
2
O=Ca(OH)
2
+H

Kalsiy gidroksidi kuchli asos. Bir litr suvda 1,56 g kalsiy gidroksidi eriydi. Bu asosning 
to‘yingan  eritmasi  ohakli  suv  deyiladi  va  qurulishda  ishlatiladi.Agar  ohakli  suvdan  karbonat 
angidrid CO
2
 o‘tkazilsa oq cho‘kma hosil bo‘ladi: 
  Ca(OH)
2
+CO
2
=CaCO
3

+H
2

Agar CO
2
 o‘tkazish davom ettirilsa cho‘kma erib, kalsiy gidokarbonat hosil bo‘ladi: 
  CaCO
3

+CO
2
+H
2
O=Ca(HCO
3
)
2
 
Kalsiy silikat va kalsiy alyuminatlar asosida sement hosil bolib,bulardan portlandsement 
quyidagi tarkibga ega: Ca 58-66%; SiO
2
 18-26%; SO
3
 0,5-2,5 %; MgO 1-5%, Fe
2
O
3
 2-5%, Na 
va K 2% gacha. 
Kalsiyning  eng  muhim  tuzlari  qatoriga  kalsiy  karbonat    CaCO
3
  kiradi.  Kalsiyning 
sulfidlari, fosfatlari yomon eriydi. 
II  A  guruh  elementlarining  tibbiyotdagi  ahamiyati.  Organizmda  magniy  ioni 
etishmasa  yurak- qon tomirlar faoliyati buzilib, kasallikka chalinish ehtimolligi ortadi.Tarkibida 
magniy  tutgan  ko‘pdan–ko‘p  moddalar  tibbiyotda  dori  sifatida  ishlatiladi.  Magniy  sulfati 
(MgSO
4

7H
2
O)  tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi  hamda surgi sifatida buyiriladi. Magniy 
oksidi(MgO) va magniy karbonat i(MgCO
3
) meda-ichak kasalliklarida  dori sifatida qo‘llaniladi. 
Magniy ayniqsa  o‘simliklar hayotida muhim rol o‘ynaydi. Magniy o‘simliklardagi yashil 
modda  xlorofil  tarkibiga  kiradi.  Xlorofil  yordamida  o‘simliklarda    fotosintez  jara‘yoni  ro‘y 
beradi. 
Kalsiyning  tirik  organizm  uchun  o‘rni  beqiyos.  Odam  organizmida  1,4  %  gacha  kalsiy 
bo‘ladi.  (70  kg  ga  1400  g.).  Organizmdagi  kalsiyning    99%  suyak  to‘qimalarida    joylashgan. 
Suyuakda  kalsiy  asosan  Ca
3
(PO
4
)
2
  va  CaCO
3
  holatida  bo‘ladi.Odam  organizmini  kalsiyga 
bo‘lgan ehtiyoji kuniga 1 g ni tashkil etadi. 
Kalsiy  to‘qima  membranalari  va  mushaklarning  normal  ishlashi  uchun  zarur,  u  qonnig 
ivishiga ta‘sir etadi. 
Qondagi kalsiy miqdorini  gormonlar tartibga solib turadi. 
Tarkibida  kalsiy  bo‘lgan  ko‘p  dori  moddalari  bor.  Kalsiy  xlorid  (CaCl
2

6H
2
O)  allergik, 
raxit, shamollash va teri kasalliklarida buyuriladi. Bundan tashqari, kalsiy glukonat, kalsiy laktat, 
kalsiy gliserofosfat  va boshqalar tibbiyotda dori modda sifatida keng qo‘llanilmoqda. 
Bariy sulfati BaSO
4
  rentgen kontrast modda sifatida ishlatiladi. 
MgO va  (MgOH)
2
CO
3
  oshqozonnig kislotaligi ortib ketganida ichish uchun buyuriladi. 

 
 
151 
MgSO
4*
7H
2
O  –  aciq  tuz  yoki  inglizlar  tuzi  nomi  bilan  mashur.  Bu  modda 
tinchlantiruvchi,  qaqshasga  qarshi,  spazmolotik  ta‘sirga  ega  bo‘lib,  surgi  sifatida  ham  tavsiya 
etiladi. 
Kalsiy va stronsiyning xossalari juda yaqinligi tufayli suyak to‘qimalaridagi almashinish 
reaksiyalarida  kalsiy  o‘rniga  stronsiy  qoladi.  Bu  borada  ayniqsa  stronsiyning    radioaktiv 
izotoplari juda xavfli bo‘lib, ular yadro reaksiyalarida hosil bo‘ladi.  
 
                    15.6. Suvning qattiqligi va uni yo‟qotish usullari 
Tabiatdagi  suv  tarkibida  kalsiy  va  magniy  tuzlarining  mavjudligi  suvni  qattiqligini  
yuzaga keltiradi. Suvning qattiqligi ikkiga bo‘linadi: vaqtinchalik qattiqlik  va doimiy qattiqlik.  
Vaqtinchalik  qattiqlik  sababi  suvda  gidrokarbonatlarning  borligidir.  Doimiy  qattiqlikka  sabab 
kalsiy va magniy sulfatlari va xloridlarining suv tarkibida bo‘lishi hisoblanadi. 
Suvning qattiqligi bir litr suvdagi erigan Ca
2+
 va Mg
2+ 
ionlarining mg-ekv. (milligramm 
ekvivalent) miqdori bilan o‘lchanadi.  Suvning qattiqligi quyidagicha hisoblanadi: 
                                   m(Ca
2+
)        m(Mg
2+

            [Qattiqlik]= ----------   +  --------------. 
                                 20,04*V     12,16*V 
m(Ca
2+
)-kalsiy    ionlarining  massasi,  mg;        m(Mg
2+
)-  magniy  ionlarining  massasi;V- 
suvning etitmadagi hajmi. 
Agar suvning qattiqligi 4-7 mg
*
ekv/l  bo‘lsa yumshoq suv deyiladi. Bunday suv iste‘mol 
qilish  uchun  yaroqlidir.  Agar  qattiqlik  7-14  mg
*
ekv/l  orasida  bo‘lsa  bunday  suv  ichish  uchun 
ham texnologik jarayon uchun ham yaroqsiz bo‘ladi. 
Suvning 
vaqtinchalik 
qattiqligi 
qaynatish 
orqali 
yo‘qotiladi.Bu 
jarayonda 
gidrokarbonatlar erimaydigan karbonatlarga o‘tib cho‘kmaga tushadi: 
Ca(HCO
3
)
2
=CaCO
3

+CO
2

+H
2

Mg(HCO
3
)
2
=Mg(OH)
2

+2CO
2

 
Qattiqlik  kimyoviy  ishlov  berish  orqali  ham  yo‘qotiladi.  Buning  uchun  qattiq  suvga 
so‘ndirilgan ohak yoki soda qo‘shiladi. Ohak asosan suvning vaqtinchalik qattiqligini yo‘qotadi: 
Ca(HCO
3
)
2
+Ca(OH)
2
=2CaCO
3

+2H
2

Mg(HCO
3
)
2
+2Ca(OH)
2
=Mg(OH)
2

+2CaCO
3

+2H
2

Agar doimiy qattiqlikka ega bo‘lgan suvga soda qo‘shilsa quyidagi reksiya sodir bo‘ladi: 
CaSO
4
+Na
2
CO
3
=CaCO
3
+Na
2
SO
4
 
MgSO
4
+Na
2
CO
3
=MgCO
3

+Na
2
SO
4
 
Ca
2+
  va Mg
2+
 ionlarini yo‘qotish uchun bura, potash va natriy fosfati ham ishlatiladi. 
Hozirgi  paytda  suvni  qattiqligini  yo‘qotish  uchun    tabiiy  va  sun‘iy  ionitlar  keng 
qo‘llanilmoqda.  Ionitlar  alyumosilikatlar  toifasiga  kirib,  quyidagi  formulaga  ega 
Na
2
[Al
2
Si
2
O
8
]
*
nH
2
O.  Alyumosilikatlar  tarkibidagi  Na
+
  ionlari  Ca
2+
  yoki  Mg
2+
  ionlariga 
almashadi. 
Na
2
R+Ca(HCO
3
)
2
= CaR+2NaHCO
3
 
Na
2
R+  CaSO
4        
= CaR+ Na
2
SO
4
 
Suvni yumshatish uchun yuqori molekuyar ionitlar ham ishlatilib, ular ion almashinuvchi 
smolalar  deyiladi.  Bunday  ionitlar  tarkibida  –SO
3
H,    -SO
3
Na,-COOH,-OH,  -COONa  guruhlari 
bo‘lib  ular  o‘z  tarkibidagi  kationlarni  almashtiradi.Anionitlar  tarkibida    harakatchan  asos 
guruhlar  bo‘lib,  ular  anionlarni  almashtiradi.  Bu  ionitlarda  faol  guruhlar  –NH
2
;  -N(CH
3
)
2
,  -
NH
3
Cl hisoblanadi.Shunday ionitlardan suvni o‘tkazib juda toza suv, hatto distillangan suv olish 
mumkin. Ionitlar qo‘llash kam xarj, arzon va samarali usul hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 

 
 
152 
 
 
 
 
 
      16- bob. III-Y B guruh elementlari va ularning xossalari 
Davriy jadvaldagi III B qo‘shimcha guruhda  skandiy, ittiriy va ulardan keyin bu guruhda  
lantan  va  aktiniy  keladi.  Bu    elementlar  tashqi  qavatida  2  tadan  elektronga  ega.  Tashqaridan 
ikkincha qavatda bo‘lsa 9 tadan elektron bor. 
Jadvalda lantandan(
57
140
La) keyin yana 14 ta element kelib, ularning tartib nomeri 58-71 
orasidagi qiymatga ega. Bu elementlarning ko‘p xossalari lantanga o‘xshash, shuning uchun ham 
ular latanoidlar yoki siyrak -yer elementlari  ham deyiladi.  
33- jadval. III B guruh elementlarining eng asosiy kattaliklari    
Asosiy kattaliklar 
    Skandiy 
  Ittiriy 
 Lantan 
Actiniy 
Atom massa 
Elektron formulasi 
Atom radusi,nm 
Ion radiusi,nm(E
3+

Suyuql. harorati,
o

Zichligi,g/sm
3
 
Ionlanish energiyasi       
         M

Me
+
 
       Yer 
po‘stlog‘ida 
tarqalishi,mol qism % 
  44,956  
3d
1
4s
2
 
0,164 
0,083 
1539 
3,0 
 
6,56 
 
3
*
10
-4
 
      
88,905  
4d
1
5s
2
 
0,181 
0,097 
1525 
4,47 
 
6,21 
 
2,6
*
10
-4
 
 
     
 138,91 
5d
1
6s
2
 
0,187 
0,104 
920 
6,16 
 
5,57 
 
2,5
*
10
-4
 
 
 
227 
6d
1
7s
2
 
0,203 
0,111 
1040 
10,1 
 
5,10 
 
5
*
10
-15
 
Lantandan  keyingi    element  aktiniy  hisoblanib  (Ac
89
227 
),  unga  ham  xossalari  o‘xshash 
bo‘lgan  14  ta  elementlar  bor.  Bu  elementlarning  tartib  nomeri  90-103  orasida  bo‘lib,  ular 
aktinoidlar deb ataladi. Bu guduh elementlarining eng asosiy kattaliklari  33-jadvalda keltirilgan. 
Skandiy  va  uning  analoglari  aktivligi  jihatidan  ishqoriy  va  ishqoriy  –yer  metallaridan 
zaifroq xolos. Skandiydan actiniyga borgan sari elementlarning faolligi ortib boradi. Bu metallar 
aktivlik qatorida vodoroddan ancha oldinda turadi. Skandiy passiv holatda bo‘lgani uchun  suv 
bilan ta‘sirlshmaydi. Ammo lantan odatdagi sharoitdayoq suv bilan ta‘sirlashadi: 
             2La+6H
2
O=2La(OH)
3
+3H
2
 
Metallar suyult. HNO
3
 bilan faol metallarga o‘xshash ta‘sit etib, anionni NH
4
NO
3
 gacha 
qaytaradi.  
Me
2
O

- qiyin suyuqlanuvchan oq rangli moddalar.Ularning asoslik xossalari Sc dan Ac 
ga  qarab  ortib  boradi.  Me(OH)
3
  larning  asoslik  xossalari  ham  Ac(OH)
3
  da  eng  kuchlidir. 
Sc(OH)

da amfoterlik xossa kuzatilsa, La(OH)
3
 ancha kuchli asos.  
ScCl
3
-YCl
3
-LaCl
3
-AcCl
3
 qatorida asoslik xossalar ortib boradi. 
 Odatdagi  holatda  bu  metallar  suyuqlanmalar  elektrolizi  yoki  metallar  bilan  qaytarish 
reaksiyasi orqali olinadi. 
 
 
 
 
                            16.1 Skandiy birikmalari 
Tabiatda  uchrashi.    Bu  elementlar  tarqoq  holda  uchraydi.    Ularning  o‘ziga  xos 
minerallari  yo‘q.      Bu  elementlar    tabiatda  qalay,  toriy,  gafniy,    uran,  sirkoniy  va  lantanoidlar 
bilan birga uchraydi. 
Skandiyni o‘zi bo‘lsa Sc
2
Si
2
O
7
 tortveytit, ScPO
4*
2H
2
O sterettit holatida uchraydi.  

 
 
153 
Fizik  xossalari.  Skandiy  oqish  kul  rang  metal.  Bu  guruhda  skandiy  eng  yuqori 
suyuqlanish haroratiga ega. Juda mo‘rt metal.Suyuqlanish harorati 1539
o
S.  
Kimyoviy  xossalari.  Skandiy  ko‘p  metallmaslar  bilan  ta‘sirlashadi.  Suyltirilgan  xlorid, 
sulfat  va  nitrat  kislotada  yaxshi  eriydi.  Uning  oksidi    Sc
2
O
3
  formulaga  ega.  Gidroksidi  bo‘lsa 
Sc(OH)
3
  tarkibli.  
Skandiy oksidi va gidroksidi amfoter xossaga ega: 
           Sc
2
O
3
+2NaOH=2NaScO
2
+H
2

NaScO
2
  natriy metaskandatlar hosil bo‘ladi.  
ScF
3
  kompleks  anion  hosil  qilish  qoliliyatiga  ega  bo‘lib,  bunday  komplekslar 
ftorskandatlar deyiladi: 
 ScF
3
+3NaF=Na
3
[ScF
6

Eritmada juda oson gidrolizga uchraydigan akva –ion hosil bo‘lishi ma‘lum: 
[Sc(H
2
O)
6
]
3+

Skandiy  gidridi  ScH
2
  formulaga  ega  bo‘lib,  qora  kukun,  metallsimon  tarkibli  gidrid  . 
ScF
3
  suvda  erimaydi.  Skandiyning  xlorodlari,  bromidlari  bo‘lsa  suvda  yaxshi  eriydi.  Suvdagi 
eritmalardan kristallogidratlar holida ajraladi Sc
2
(SO
4
)
3*
5H
2
O. 
Skandiy oson qo‘sh tuzlar hosil qiladi, masalan, Sc
2
(SO
4
)
3*
K
2
SO
4

Xossalari jihatidan skandiy s elementlarga o‘xshab ketadi, d- va s- elementlar orasidagi 
holatni egallaydi. 
Ishlatilishi.Skandiy  metllarni    sifatini  yaxshilash  uchun  ishlatilib,  yadro  texnikasida 
neytronlar harakatini sekinlashtiruvchi modda sifatida qo‘llaniladi. 
Skandiy guruhi elementlarining amaliy ahamiyati hali batafsil o‘rganilmagan. 
 
                            16.2.Lantanoidlar va aktinoidlar 
Latanoidlar oilasiga 14 ta f element kirib, ular lantandan keyin keladigan elementlardir. 
Bu elementlar yadro zaryadining ortishi bilan  oxirgi elektron  tashqaridan uchinchi qavatning  f-
pog‘onachasiga joylashadi,   tashqi va tashqaridan ikkinchi qavat o‘zgarishsiz qoladi. Ularning 
tashqi  qavatida  ikkitadan  elektroni  bor.  Shuning  uchun  ham  latanoidlar  kimyoviy  xossalari 
jihatidan bir-biriga o‘xshash xossalarga ega. 
Lantanoidlarning  xossalari  La  va  Y  ga  oxshab  ketadi.  Ularning  oksidlanish  darajasi  +3. 
La, Gd va Lu  o‘zgaruvchan valentlikka ega. Ce bo‘lsa uch va to‘rt valenlikni namoyon etadi. 
Ba‘zi lantanoidlar ikki valentlikli holatga ham ega. 
Lanatanoidlarda  yadro  zaryadi  ortgani  bilan  Ce  dan  Lu  ga  qarab  ion  radiusi 
kamayib(lantanoidlar siqilishi) borishi kuzatiladi. 
Fizik xossalari. Ular odatdagi sharoitda oq kumush rang metallardir. 
Kimyoviy xossalari. Faolligi jihatidan  lantanoidlar ishqoriy yer metallariga yaqin turadi. 
Ular kislotalarda eriydi. Suv bilan ta‘sirlashadi. Odatdagi sharoitda oson oksidlar hosil qiladi. 
Ular yuqori haroratda galogenlar bilan ta‘sirlashadi. Lantanoidlarning oksidlari, ftoridlari, 
sulfidlari suvda qiyin eriydigan va qiyin suyuqlanadigan birikmalardir. 
Bu metallar xossalari bir-biriga juda yaqin bo‘lgani uchun ularni toza holda ajratib olish  
ancha mushkul. 
Ishlatilishi.  Bu  metallar  rangli  metallar  olishda,  elektron  asboblar  yaratishda,  po‘lat 
ishlab chiqarish va akkumulyatorlar tayyorlashda qo‘llanilishi ma‘lum. Alyuminiy va magniyga  
lantanoidlar qo‘shilishi ularni yuqori haroratda chidamli bo‘lishiga olib keladi. 
Aktinoidlar.  Bu  elementlar  aktiniydan  keyin  keladigan  o‘n  to‘rtta    f  elementlardir.  Bu 
elementlarda ham   tashqaridan uchunchi  elektron qobiq‘ini  elektronlarga  to‘lishi  kuzatiladi(5f). 
Bu elementlar kimyoviy xossalardagi oxshashlik ularning tashqi qavatidagi elektron tuzilish bir 
xilligidan  kelib  chiqadi.  Aktinoidlar  lantanoidlardan  oksidlanish  darajasi  har  xilligi  bilan  farq 
qiladi. 
Aktinoidlarning  barchalari +3 oksidlanish darajasiga ega. Bu jihatdan ular lantanoidlarga 
o‘xshab  ketadi.Th,  Pa,  U,  Np  (III)  holatda  ancha  kuchli  qaytaruvchilardir.  Ular  eritmada  oson 
oksidlanadi. 

 
 
154 
Aktonoidlarning(III)  gidroksodlari  asoslik  xossaga  ega,  lekin  suvda  kam  eriydi.  Ular 
kislotalar bilan oson ta‘sir etadi. 
          Aktinoidlar  uchun  (IY)  birikmalar  ham  k‘op  uchraydi.  Th,  Pu,  Pa,  U,  Np,  Am  va  
Cm(Kuriy)  uchun  ana  shunday  birikmalar  ko‘p.  Bu  elementlarning  oksidlari  qiyin 
suyuqlanuvchan  va  suvda  erimaydigan    moddalardir.  Ular  hatto  kislotalar  bilan  ham 
ta‘sirlashmaydi.  Ishqorlarning  suyuqlanmalarida  ham  erimaydi.  Me(OH)
4
  birikmalari  kuchsiz 
asosli  xossalarga  ega.  Aktinoidlar  tuzlari  tarkibida  4-12  molekula  suv  ushlaydi.  MeF
4
  suvda 
qiyin  eriydigan  qiyin  suyuqlanuvchi  birikmalarga  kiradi.ThCl
4
,  UCl
4
,  PaCl
4
,  NpCl
4
  birikmalar 
olingan. UBr
4
 va UI
4
 ham ma‘lum. 
Aktinoidlar  ichida  +5  birikmalar  Pa,  Np  va  Pu  da  uchraydi.  Bu  birikmalarda  asoslik 
xossalar kuchli. 
U, Np, Pu va Am da +6 birikmalar uchrab, bunday birikmalar xrom hosilalariga o‘xshab 
ketadi.  UO
2
2+
  uranil,  NpO
2
2+
-neptunil,  PaO
2
2+ 
prataktanil  deyiladi.  Masalan,  UO
2
(NO
2
)
2*
6H
2
O, 
uranil  nitrat  uranning  eng  k‘op  tarqalgan  birikmasidir.  Na
2
UO
4
  uranat  va  Na
2
U
2
O
7
  diuranat 
tuzlari ma‘lum. Bu tuzlardan rangli shisha olishda foydalaniladi. 
+6  birikmalar  uchun  UO
2
(OH)
2
  ga  o‘xshash  asos  turdagi  birikmalar  ma‘lum.  Bunday 
birikmalar kislotalar bilan ta‘sirlashadi. Masalan, UO
2
Cl
2- 
uranil xlorid. 
U-Np-Pu-Am  qatorida  +6  birikmalarning  barqarorligi  kamayadi.  Uranning  barqaror 
oksidi UO
3
 olingan. UF
6
 dan UCl
6
 barqaror hisoblanadi.  
Np,  Pu  va  Am  da  oksidlanish  darajasi  +7  birikmalari  ham  uchraydi.  Me
3
NpO
5   
va   
Me
3
PuO
5
  birikmalari ma‘lum bo‘lib, NpO
2
(OH)
3
 – qora qo‘ngir gidroksid olingan.  
 
                        16.3. IY B guruh elementlari 
Bu  guruh  elementlariga  Ti,  Zr,  Hf  va  Rf(  Rezerfordiy)  kiradi.    Titan  guruhi 
elementlarining tashqi  qavatida 2 tadan  elektron  bor. Tashqaridan ikkinchi  qavatda bo‘lsa  yana 
ikkitadan elektronlar bor(d
2
). 
Titan  ,  Zr,  Hf  qiyin  suyqlanuvchan  metallar.  Bu  guruh  metallarining  eng  asosiy 
kattaliklari  34-jadvalda keltirilgan. 
34-jadval. Titan guruhi elementlarining eng asosiy kattaliklari 
Asosiy kattaliklar 
    Titan 
 Sirkoniy 
 Gafniy 
Rezerfordiy* 
Atom massa 
Elektron formulasi 
Suyuql. harorati,
o

Zichligi,g/sm
3
 
  47,88  
3d
2
4s
2
 
1668 
 4,50      
91,224 
4d
2
5s
2
 
1855 
6,45     
 178,49 
5d
2
6s
2
 
2220 
13,1 
[261] 
6d
2
7s
2
 
2100 
18 
*taxminiy ma‘lumotlar 
 Bu  metallar    korroziyaga  chidamli.  Metallar  ustuni  MeO
2
    tarkibli  oksid  pardasi 
qoplagan.  Bu  metallar  kons.  HNO
3
  da  passivlashadi.  Sulfatlar,  xloridlar,  dengiz  suvi  ta‘siriga 
chidamli. Qizdirilganda xlorid kislotada eriydi. Bunda titanning akva komplekslari hosil bo‘ladi: 
            2Ti+6HCl+12H
2
O= 2[Ti(H
2
O)
6
]Cl
3
+3H
2
 
Ti, Zr  va Gf ning gidridlari kul rang yoki qora rangli metallga o‘xshaydigan kukunlardir. 
Shu metallarning gidridlaridan kukun holatdagi metallar olinadi. 
TiO
2
 kovalent birikma, lekin Ti
6
O va Ti
3
O- metallik birikma hisoblanadi. 
Bu  guruh  metallarining  karbidlari  va  nitridlari  juda  yuqori  haroratda  (3000-4000
o
S) 
suyuqlanadigan birikmalarga kiradi. Karbidlar, nitridlar, silitsidlar o‘zgaruvchan tarkibga ega. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling