Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5,01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Y1 B guruh elementlarining farmatsiyadagi ahamiyati. X
- 18- bob.VII B guruh elementlari 18.1. VII B elementlarining umumiy tavsifi
- 18.2. Marganes birikmalari Marganesning tabiatda tarqalishi.
- Metall marganesning qo‟llanilishi.
- Marganesning (II) birikmalari.
- Marganes(III) birikmalari.
Xrom(V1) birikmalari. Xrom (VI) oksidi, xromat kislotasining angidridi – to‟q qizil rangli ignasimon kristallga ega. (suyuql. harorati 197 o S). Suvda oson eriydi. Bunda xromat kislotasi hosil bo‘ladi. K 2 Cr 2 O 7 +H 2 SO 4 =K 2 SO 4 +2CrO 3 +H 2 O CrO 3 +H 2 O=H 2 CrO 4 Bu kislota erkin holda olinmagan. Ortacha kuchli kislota. Xromat angidridiga xromat kislota va dixromat kislota to‘g‘ri keladi. 2H 2 CrO 4 = H 2 Cr 2 O 7 + H 2 O Suyultirish ortishi bilan muvozanat H 2 CrO 4 tarafiga qarab suriladi. Xrom (VI) oksidi zaharli. Natriyli yoki kaliyli xromat texnikada xromli temirtoshni soda, potash yoki ohak bilan kuydirib olinadi. 4Cr 2 FeO 4 + 7O 2 + 8Na 2 CO 3 = 8Na 2 CrO 4 + 2Fe 2 O 3 + 8CO 2 Na 2 Cr 2 O 7 + Na 2 CO 3 =2 Na 2 CrO 4 + CO 2 160 Agar xrom (III) oksidiga ishqor va oksidlovchi qo‘shilsa, xromatlarga o‘tadi: Cr 2 O 3 +3 NaNO 3 + 4NaOH = 2Na 2 CrO 4 + 3NaNO 2 + 2H 2 O Agar natriy xromatga kislota qo‘shilsa, muvozanat chapga suriladi. Agar ishqor qo‘shilsa, muvozanat o‘ngga suriladi: 2Na 2 CrO 4 + H 2 SO 4 = Na 2 Cr 2 O 7 + H 2 O + Na 2 SO 4 Na 2 Cr 2 O 7 + 2NaOH =2Na 2 CrO 4 + H 2 O Dixromat kislota tuzlari ayniqsa kislotali muhitda juda kuchli oksidlovchidir: 3H 2 S + K 2 Cr 2 O 7 + 4H 2 SO 4 = S + Cr 2 (SO 4 ) 3 + 7H 2 O + K 2 SO 4 H 2 S orniga KJ,Na 2 SO 3 ,NaNO 2 olish mumkin. Xromatlar xromning (III) tuzlarini ishqoriy sharoitda oksidlab oson olinadi: 2CrCl 3 + 3H 2 O 2 + 10KOH = 2K 2 CrO 4 + 6KCl + 8H 2 O H 2 O 2 o’rniga boshqa oksidlovchilar NaNO 3 ,KClO 3 ishlatish mumkin.. Bixromatlar olish uchun xrom (III) tuzlariga kislotali muhitda kuchli oksidlovchilar PbO 2 , KMnO 4 , NaBiO 3 ta‘sir ettiriladi.. 2Cr(NO 3 ) 3 + 3NaBiO 3 + 6HNO 3 = H 2 Cr 2 O 7 + 3NaNO 3 + 3Bi(NO 3 ) 3 + 2H 2 O Xromning peroksid shaklidagi birikmalari ma‘lum. Ular peroksikislotalar deyiladi. 4CrO 3 + 2H 2 O 2 +3 H 2 SO 4 = H 2 Cr 2 O 8 + Cr 2 (SO 4 ) 3 + 4H 2 O + 2O 2 H 2 Cr 2 O 12 - ko’k rangli efirda barqaror. H 3 CrO 8 -qizil rangli. efirda K 2 Cr 2 O 7 +4H 2 O 2 +H 2 SO 4 =2CrO 5 +K 2 SO 4 +5H 2 O Reaksiya paytida efir qavatining siyoh rangga bo‘yalishi kuzatiladi. Xromning birikmalaridan CrO 2 Cl 2 qizil qo‘ng‘ir rangli suyuqlik( suyuq. harorati -96,5 o S, qaynash harorati 117 o S). CrO 2 Cl 2 +2 H 2 O = H 2 CrO 4 + 2HCl K 2 CrO 4 kaliy xromat suvsiz kristallanadi.Suvda yaxshi eriydi (20 o S da 100 g suvda 62,9 g tuz eriydi). Na 2 CrO 4 kristallari tarkibida 4, 6, 10 molekula suv ushlaydi. Uning suvda eruvchanligi yaxshi. Natriy dixromatga kaliy xlorid ta‘sir ettirilib kaliy dixromat olinadi. Suvda yomon eriydigan xromatlar qatoriga PbCrO 4 va BaCrO 4 kiradi. Ular sariq bo‘yoq sifatida ishlatiladi. CrF 6 - kam o‘rganilgan, beqaror, sariq, limonga o‘xshash rangli kukun. MoF 6 va WF 6 ham ma‘lum. Xrom va uning analoglari geksakarbonilli neytral komplekslar hosil qiladi [E(CO) 6 ]. Geksakarbonilxrom [Cr(CO) 6 ] rangsiz kristall modda. Metallarning karbonillaridan toza metallar olish ucun foydalaniladi. MoO 3 oq-sarg‘ish modda (syuql.harorati 795 o S), suvda kam eriydi.Bu oksid ishqorlarda erib molibdatlar hosil qiladi. Molibdatlarga nitrat kislotasi ta‘sir ettirilsa H 2 MoO 4 ning ignasimon kristallari hosil bo‘ladi. Tabiatda FeWO 4 va MnWO 4 , CaWO 4 volframat kislotasining tuzlari uchraydi. WF 6 , WO 3 , WCl 6 sof holda barqaror moddalardir. Qo‟llanilishi. Kaliy dixromat terichilik, tekstil, lak bo‘yoq va farmatsevtika sanoatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin xromat sariq bo‘yoq tayyorlashda ishlatiladi. Kaliy dixromatni to‘yingan eritmasi hamda konsentrlangan sulfat kislota teng hajmda aralashtirilsa, xrompik deyiladi. Bu aralashma juda kuchli oksidlovchi u bilan kimyoviy idishlarni yuviladi. Y1 B guruh elementlarining farmatsiyadagi ahamiyati. Xrom va molibden muhim biologik ahamiyatga ega elementlar qatoriga kiradi. Protein va nuklein kislotalari tarkibida xrom borligi aniqlangan. Xrom organizmda glukoza o‘zlashtirilishi uchun zarur moddadir. Odam organizmida 6 g.ga yaqin xrom bor. Yurakning ishemik kasalliklarida, surunkali xolesistitda, jigar xastaligida xrom etishmasligi aniqlangan. Molibden o‘simlik va hayvon organizmlari tarkibiga kiradi. To‘qimalarda molibden azot almashinuvi jarayonlarida (ksantin va purinning sut va jigarda oksidlanishi) katalizator vazifasini bajaradi. Mis, rux, marganes va temir bilan birga molibden ham ―hayotiy metallar‖ deb ataladi. Molibden organizmda turli komplekslar hosil qiluvchi moddalar sifatida ishtirok etadi. 161 18- bob.VII B guruh elementlari 18.1. VII B elementlarining umumiy tavsifi Marganes, texnitsiy va reniy YII guruh qo‘shimcha guruhini tashkil etadi. Bu guruhcha elementlarining asoiy xossalari 37-jadvalda keltirilgan. Metallarning atom radiusi marganesga qarab kamaygan. Ularning elektron tuzulishi (n-i)d 5 ns 2 elektron konfiguratsiyaga ega. 37- jadval.YIIB guruh elementlarining eng asosiy kattaliklari Asosiy kattaliklar Marganes Texnitsiy Reniy Suyuql. harorati, o S Zichligi,g/sm 3 Atom massa Elektron formulasi Atom radusi,nm Ionlanish energiyasi M Me + ,ev Yer po‘stlog‘da tarqalishi, mol qism 1245 7,44 54,93 3d 5 4s 2 0,13 7,44 3,2 * 10 -2 2200 11,49 [99] 4d 5 5s 2 0,136 7,28 juda kam 3190 21,04 186,2 5d 5 6s 2 0,137 7,88 8,5 * 10 -9 Reniy va texnitsiyning o‘xshash xossalari ko‘p. Shuning uchun marganes ulardan farq qiladi. Marganes uchun +2,+4,+7 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikmalari barqarordir. Lekin +3,+5,+6 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikmalar ham uchraydi. Texnitsiy va reniyda +7 birikmalar ancha barqaror. Mn-Te-Re qatorida kimyoviy faollik kamayadi. Marganes 1774 yili Sheele tomonidan ochilgan. 1808 yil ingliz olimi Djon tomonidan toza holda olingan. Re-1925 yili ochilgan nodir element, uning mavjudligini 1871 yil D. I.Mendeleyev oldindan(ekamarganes) aytgan. Te-1937 yil sun‘iy yo‘l bilan olingan, Molibdenni deytronlar bilan bombardimon qilish natijasida sintez qilingan. 42 98 Mo + 1 2 D 43 99 Te + 0 1 n Tabiatda marganesning 25 55 Mn (100%) izotopi uchraydi. Reniyning eng barqaror izotopi 75 185 Re (36,07%) ni tashkil etsa, texnitsiyning 15 ta izotopi borligi ma‘lum. 43 99 Tc eng barqaror izotop(yarim emirilsih davri 2*10 5 yil). 18.2. Marganes birikmalari Marganesning tabiatda tarqalishi. Marganes pirolyuzit - MnO 2 minerali holatida, braunit- Mn 2 O 3 , gausmanit Mn 3 O 4 , manganit- Mn 2 O 3 ·H 2 O, MnSO 3 , gauerit-MnS 2 , marganes yaltirog‘i – MnS holatlarida uchraydi. Xossalari. Marganes qattiq, mo‘rt, temirga o‘xshab ketadi. Suyuql. harorati 1245 o S. Marganes 4 ta allotropik shakl o‘zgarish holatida uchraydi. -Mn, 727 o S gacha barqaror. -Mn 1101 o S (bu ikkala allotropik shakl o‘zgarishlar ham alyuminotermiya usuli bilan olinadi. U mo‘rtligi va qattiqligi bilan tasniflanadi). -Mn 1101-1137 o S haroratda mavjud. -Mn 1137 o Sdan yuqori haroratda hosil bo‘ladi. Marganes va uning analoglari uchun oddiy holda karbonilli neytral komplekslar [Me 2 (CO) 10 ] formulaga ega. Odatdagi sharaitda [Mn 2 (CO) 10 ] sariq qattiq modda suyuql. harorati 155 o S, oson haydaladi. Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda barqaror. Maydalangan holda u oson oksidlanadi. Al, Sb, Cu bilan ferromagnitli qotishmalar hosil qiladi. Qizdirilganda galogenlar, S, N, P, C, Si bilan birikadi: 3Mn + N 2 = Mn 3 N 2 Mn + Cl 2 = MnCl 2 162 Marganes azot, fosfor va kremniy bilan o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar hosil qilishi ma‘lum: MnP, MnP 3 , Mn 2 P, Mn 3 P, Mn 3 C, Mn 5 C 2 , Mn 15 C 4 , Mn 7 C 3 , Mn 8 C 7 , MnSi, Mn 3 Si, Mn 5 Si. Mn + 2HCl+6H 2 O = [Mn(H 2 O) 6 ]Cl 2 + H 2 Eritmada akvakomplekslar hosil bo‘ladi. Qizdirilganda suvni parchalaydi. Konsentrlangan H 2 SO 4 , HNO 3 bilan xona haroratida ta‘sirlashmaydi, qizdirilganda reaksiyaga kirishadi: Mn + 2H 2 SO 4 MnSO 4 + SO 2 + 2H 2 O kons Mn - 2e - Mn 2+ 2 1 SO 4 2- + 4H + + 2e - SO 2 + 2H 2 O 2 1 Mn + 4HNO 3 Mn(NO 3 ) 2 + 2NO 2 + 2H 2 O kons Mn - 2e - Mn 2+ 1 NO 3 - + 2H + + e - NO 2 + H 2 O 2 3Mn + 8HNO 3 3Mn(NO 3 ) 2 + 2NO + 4H 2 O Syul. Ko‘p metallarning tuzlari va oksidlaridan marganes ularni qaytaradi. Mn + CuSO 4 = MnSO 4 + Cu Olinish usullari: Marganes oksidini uglerod bilan qaytarish orqali: MnO 2 + 2C = 2CO + Mn Alyuminotermiya usuli: 3MnO 2 + 4Al = 2Al 2 O 3 + 3Mn + 391 kkal Kremniytermiya: MnO 2 + Si = Mn + SiO 2 Marganes tuzlarining suvdagi eritmalarini elektroliz qilib olinadi: 2MnCl 2 +2H 2 O Mn+H 2 +Mn(OH) 2 +2Cl 2 Metall marganesning qo‟llanilishi. Tarkibida marganes saqlaydigan po‘latlar temir yo‘l strelkalari, o‘q o‘tmaydigan tank korpuslari qurishda ishlatiladi. Uni asosida elektr o‘tkazuvchanligi kam manganat qotishmasi olinadi. (12% Mn, 84% Sn, 4% Ni). Eng asosiy qotishmasi ferromarganes (6O-90% Mn va 40-10% Fe). Oz miqdorda marganes alyuminiyning qotishmalariga qo‘shiladi. U oz miqdorda tuproqda, mineral suvlarda, o‘simlik va tirik organizmlarda bo‘ladi. Texnitsiy korroziyaga chidamli, neytronlar ta‘siriga barqaror, shuning uchun atom reaktorlarida qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Reniy elektrotexnikada va kimyoviy jarayonlarda samarali katalizator sifatida ishlatiladi. Marganes birikmalari. Kislorod bilan quyidagi birikmalari ma‘lum: MnO va Mn 2 O 3 asosli, MnO 2 amfoter, MnO 3 va Mn 2 O 7 kislotali. MnO Mn 2 O 3 MnO 2 MnO 3 Mn 2 O 7 qaytaruvchi amfoter oksidlovchi Mn(OH) 2 Mn(OH) 3 Mn(OH) 4 H 2 MnO 4 HMnO 4 Marganesning (II) birikmalari. Marganes (II) oksidi MnO- yashil kukun, suyuql.harorati 1780 o S, suvda erimaydi. O‘zgaruvchan tarkibga ega(MnO-MnO 1,5 ). Yuqori oksidlarini vodorod bilan qaytarish orqali olinadi: H 2 +MnO 2 =H 2 O+MnO tuzlarni qizdirish orqali: MnCO 3 t MnO + CO 2 MnC 2 O 4 t MnO + CO + CO 2 163 Marganes (II) tuzlari qattiq holda pushti rangli, lekin eritmalari rangsiz. Ular odatda marganes(IY) tuzlariga kislota ta‘sir qilib olinadi. MnO 2 + 4HCl = MnCl 2 + Cl 2 + 2H 2 O 2MnO 2 + 2H 2 SO 4 = 2MnSO 4 + O 2 + 2H 2 O Mn + 2HCl = MnCl 2 + H 2 Mn(NO 3 ) 2 MnO 2 + 2NO 2 Mn(II) tuzlariga ishqorlar ta‘siridan marganes(II) gidroksidi hosil bo‘ladi: Mn(NO 3 ) 2 + 2KOH = Mn(OH) 2 + 2KNO 3 Oq cho‘kma (Mn(OH) 2 ) oksidlanib qorayib qoladi: 2Mn(OH) 2 + 2H 2 O + O 2 = 2Mn(OH) 4 Mn(OH) 2 + 2H 2 O -2e - Mn(OH) 4 + 2H + 2 O 2 + 2H 2 O + 4e - 4OH - 1 6Mn(OH) 2 + O 2 = 2Mn 2 MnO 4 + 6H 2 O Yuqorida keltirilgan reaksiyalar Mn(OH) 2 ning beqarorligini ko‘rsatadi. Kuchli oksidlovchilar ta‘sirida Mn 2+ birikmalari qaytaruvchilik xossasini namoyon qiladi. Ishqoriy muhitda oksidlansa manganatlar, agar kislotali muhitda oksidlansa permanganatlarga o‘tishi ma‘lum: 3MnSO 4 +2KClO 3 +12KOH 3K 2 MnO 4 +2KCl+3K 2 SO 4 +6H 2 O Mn 2+ + 8OH - -4e - MnO 4 2- + 4H 2 O 3 ClO 3 - + 3H 2 O + 6e - Cl - + 6OH - 2 2MnSO 4 + 5PbO 2 + 6HNO 3 = 2HMnO 4 + 3Pb(NO 3 ) 2 + 2PbSO 4 + 2H 2 O Mn 2+ + 4H 2 O -5e - MnO 4 - + 8H + 2 PbO 2 + 4H + + 2e - Pb 2+ + 2H 2 O 5 MnCl 2 - gazlamalarni jigar rangga bo‘yash uchun ishlatiladi. MnS qovoq rangli qattiq modda. Uni olish uchun marganes(II) tuzlariga sulfidlar ta‘sir ettiriladi: MnSO 4 + Na 2 S = Na 2 SO 4 + MnS qora rangli 2MnS + 6H 2 O + O 2 = 2Mn(OH) 4 + 2H 2 S MnS + 4H 2 O - 2e - Mn(OH) 4 + H 2 S + 2H + 2 O 2 + 2H 2 O + 4e - 4OH - 1 MnSO 4 oson qo‘sh tuzlar hosil qiladi: K 2 SO 4 ·MnSO 4 ·6H 2 O Al 2 (SO 4 ) 3 ·MnSO 4 ·24H 2 O gazlamalarni bo‘yashda ishlatiladi. Marganes(II) ning ko‘p tuzlari suvda yaxshi eriydi (MnS, MnF 2 , Mn 3 (PO 4 ) 2 , MnCO 3 lardan tashqari). Suvdagi eritmada akva komplekslar hosil qiladi. [Mn(H 2 O) 6 2+ ] ning hosil bo‘lishi kislotalar ishtirokida tezlashadi. Anion komplekslardan erkin holda K 4 [Mn(OH) 6 ], Ba 2 [Mn(OH) 6 ] ajratib olingan. K 4 [Mn(CN) 6 ], K 4 [MnF 6 ], K 2 [MnCl 6 ] kabi eruvchan komplekslar ma‘lum, ular suyultirilgan eritmalarda oson parchalanadi. 2Mn(OH) 2 + O 2 = 2H 2 MnO 3 -metamanganat kislota Mn 2+ - 2e - Mn 4+ 2 O 2 + 4e - 2O 2- 1 4MnO 2 2Mn 2 O 3 +O 2 6Mn 2 O 3 4Mn 3 O 4 +O 2 164 Mn 2+ Mn 4+ Mn 2+ O=Mn-O-O-Mn=O Mn 2 O 3 -qora rangli MnMnO 3 Mn 2 O 3 *Н 2 О-manganit O O O O Marganes(III) birikmalari. Tabiatda Mn 2 O 3 braunit holatida uchraydi. Qora tusli qattiq modda. Uning suyql. harorati 1650 o S. MnO 2 ni yuqori haroratda (600-900 o S) qizdirib olinadi: 4MnO 2 =2Mn 2 O 3 +O 2 3 MnO 2 =Mn 3 O 4 +O 2 Marganes(III) gidroksid MnO(OH) tarkibga ega deb ham qaraladi. Marganes oksidlari ichida eng barqarori Mn 3 O 4 bo‘lib, bunday tarkib H 4 MnO 4 kislota tuzi Mn 2 MnO 4 sifatida qaralishi mumkin. Download 5,01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling