Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- maydon
- [Co(CN) 6 ] 3
- 26-jadval.
- Kompeks birikmalarning farmatsiyadagi ahamiyati.
- Azizov Manon Azizovich-(1913-1987)
- Parpiyev Nusrat Ag‟zamovich(1931 yilda tug‟ilgan).
- F.Klark
- Yer yuzasining o‟simliklar va tirik organizmlar bilan egallangan qismi biosfera deyiladi.
- 13.1. Tabiatda biogen elementlarning tarqalishi
- Tabiiy tanlanish natijasida tirik organizmlarning asosini 6 ta element tashkil qiladi
- 13.2. Odam organizmida makro- va mikroelementlar
- O, H, C, N, P, S, Ca, Mg, Na, K va Cl
- C, H, N, P, S, Ca, Mg, Na, K, Cl, I, Fe
CO,CN - En NH 3 CSN - H 2 O OH - F - Cl - Br - J - Kucli o‟rtacha maydon kuchsiz maydon maydon [CoF 6 ] 3- paramagnit kompleks hosil qilishi va [Co(CN) 6 ] 3- ning diamagnit kompleks hosil qilish sabaini ligandlarning spektrokimyoviy qatori asosida tushuntirish mumkin. CN - ioni kuchli maydon hosil qiluvchi ligandlar qatorida joylashganligi uchun uning parchalanish energiyasi anchagina yuqori bo‘ladi. [CoF 6 ] 3- yuqori spinli kompleksga kirib paramagnit xossaga ega. [Co(CN) 6 ] 3- da bo‘lsa elektronlarning joylashuvi boshqacha yuzaga keladi. 124 F - ioni kuchsiz maydon hosil qilganligi sababli kompleks hosil qiluvchi d- orbitallarning ajralish energiyasi kichik bo‘ladi. Shuning uchun elektronlar Xund qoidasiga binoan dastlab bo‘sh orbitallarga bittadan joylashadi. CN - ioni kuchli maydon hosil qilganligi sababli kompleks hosil qiluvchi d-orbitakllarning ajralish energiyasi katta bo‘ladi, shuning uchun elektronlar dastlab energiyasi kichik bo‘lgan d ε orbitallarga joylashadi, natijada unda juftlashmagan elektronlar qolmaydi. 26-jadval. Kristall maydon nazariyasini [CoF 6 ] 3- va [Co(CN) 6 ] 3- ionlari uchun qo‘llanilishi 2. Valent bog‟lanishlar usuli. Bu nazariyaga binoan kompleks hosil qiluvchi va ligandlar orasida kovalent bog‘ donor-akseptor mexanizm bo‘yicha sodir bo‘ladi. Kompleks hosil qiluvchining bo‘sh orbitallari bor, ya‘ni u akseptor bo‘ladi. Ligandlarda esa bo‘linmagan elektronlar jufti bo‘lib uni kompleks hosil qiluvchining bo‘sh orbitallariga joylashtiriladi, ya‘ni ligandlar elektronlar donoridir. Ammiak molekulasida azot atomi sp 3 gibridlangan holda bo‘lib, gibrid orbitallaridan birida bo‘linmagan elektron jufti bor. Shu tufayli ammiak molekulasi H + ioni bilan NH 4 + ni hosil qiladi va u tetraedrik konfiguratsiyaga ega. [NiCl 4 ] 2- ioni ham xuddi shunday tuzilishga ega. Bunda Cl - ioni elektrondonor, Ni 2+ ioni akseptor bo‘ladi. Cl- ioning elektronlari (x) 4s4p gibrid orbitallarga joylashuvi oqibatida [NiCl 4 ] 2- ionida sp 3 gibridlanish yuzaga kelib, markaziy atom va uning atrofida ligandlarning joylanishi tetraedrik qurshovga ega bo‘lib qoladi. 3 d orbitallardagi ikkita juftlashmagan elektron hisobiga bu kompleks birikma magnit xossaga ega. [Zn(NH 3 ) 4 ]Cl 2 kompleks birikma ham tetraedrik tuzilishga ega: 125 Bu holatda Zn 2+ ioni uchun 3d orbitallar band, shuning uchun gibridlanish sp 3 hisoblanadi. Agar atomdagi d- orbitallarning to‘rttasi band bo‘lgan ionlarda, koordinatsion soni 4 ga teng bo‘lsa, bitta d, bitta s va ikkita p-orbital ishtirok etadi. Bunda dsp 2 gibridlanish bo‘lib, molekula tekis kvadrat shakliga ega bo‘ladi. Markazda kompleks hosil qiluvchu ion, ligandlar bo‘lsa kvadratning uchlarida joylashadi: Koordinatsion son 6 ga teng bo‘lganda d 2 sp 3 gibridlanish bo‘ladi. Kompleks birikma oktaedr shaklida bo‘lib, ligandlar oktaedr uchlarida joylashgan: Shunga o‘xshash konfiguratsiya [Co(NH 3 ) 6 ] 3+ , [Fe(CN) 6 ] 3+ larda ham kuzatiladi. Agar koordinatsion son 2 ga teng bo‘lsa, sp gibridlanish kuzatiladi, chiziqli konfiguratsiya amalga oshib: 126 Bu misollarda valent bog‘lanish usuli kompleks birikmalarning koordinatsion soni, geometrik shakli va magnit xossalarini to‘g‘ri tushuntiradi. Lekin yutilish spektrlarini valent bog‘lanish usuli bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Shunday ligandlar borki, ular metaldagi elektronlarni o‘zining vakant orbitallariga qabul qila oladi. PF 3 yoki SnCl 4 ioni o‘zining bo‘shashtiruvchi orbitallariga CO, NO kabi molekulalarni qabul qila oladi. Bu kompleks birikmalarning tuzilishini molekulyar orbitallar nazariyasi tushuntirib beradi. Odam organizmida 100 mg atrofida siankobalamin ( yog‘da eriydigan vitamin B 12 ) uchraydi. Bu modda gemlarga o‘xshash makrosiklik kompleks birikmadir (26-rasm). Bu birikmada makrosiklik ligand sifatida tetradentant azot tutgan ligand porfin turadi. B 12 vitamini eritrositlarninig shakallanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. B 12 etishmasligi og‘ir kasallik - kamqonlikka olib keladi. 26-rasm. Vitamin B 12 yoki siankobalamin molekulasining tuzilishi. Kompeks birikmalarning farmatsiyadagi ahamiyati. Odam organizmida 3% atrofida metallar borligi ma‘lum. Ana shu metallar inson hayot faoliyatini to‘la ta‘minlaydi. Isqoriy va ishqoriy – yer metallari kaliy, natriy, kalsiy, magniy eritmada akva ionlar hoatida uchraydi. Ular qon, limfa, to‘qimalardagi suyqliklarda nerv impulslari harakatini ta‘minlaydi. d- elementlarning organik ligandlar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari organizmdagi oksidlanish –qaytarilish jarayonlarida katalizator sifatida ishtirok etadi. Bu metallardan odam organizmida eng ko‘p tarqalgani temirdir. Liganlar tabiatiga qarab, temir +2 osidlanish darajasiga ega bo‘lgan kompleks birikmalar (mioglobin, gemoglobin) va +3 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan katalaza va oksidazaga o‘xshash komleks fermentlar hosil qilgan. O‘simliklar hayotidagi muhim modda xlorofil ham tuzilishi jihatidan gemoglobinga o‘xshab ketadi, lekin bu birikmada kompleks hosil qiluvchi ion Mg 2+ hisoblanadi. Saraton kasaligidagi xavfli o‘smalarning o‘sishini platina(II) kompleks birikmalari sekinlashtirishi aniqlangan (sis-[Pt(NH 3 ) 2 Cl 2 ]). Iridiyning kompleks birikmalaridan (NH 3 ) 2 [IrCl 6 ] ham saraton kasalligida foyda beradi. Oltinnig -tiospirtlar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari esa sil va moxov kasaligini davolshda qo‘llaniladi. Kompleks birikmalar holatida juda ham ko‘p dori moddalari ma‘lum. Ulardan vitamin B 12 , feramid, koamid, krizanol, temir(III) gliserofosfati, temir(II) laktati va boshqalar kompleks 127 birikmalar holatidagi dorilarga kiradi. Ayniqsa temir yetishmaydigan anemiya kasalligida ishlatiladigan feramid Toshkent farmatsevtika institutining markaziy ilmiy laboratoriyasida ishlab chiqazilgan. O‘zbekistondagi Toshkent kimyo-farmatsiya zavodida ishlab chiqariladi. Kompleks birikmalar faramatsevtik tahlilda keng qo‘llaniladi. Nesler reaktivi, vismut birikmalarini, temir birikmalarini aniqlashda ishlatiladi. Kompleks birikmalar yordamida platina metallari, oltin, kumush, mis, xrom, nikel va kobalt olinadi va tozalanadi. Siyrak-yer elementlarini ajratishda ular juda qo‘l keladi. Azizov Manon Azizovich-(1913-1987) -O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor. U Toshkent farmatsevtika institutida yangi koordinatsion birikmalar olish va ular orasidan istiqbolli fiziologik faol moddalar yaratish borasida dunyoga mashhur maktab yaratgan olimdir. Hozirgi kunda M.A.Azizov maktabi tomonidan koamid, kobalt-30, feramid, kupir va boshqa preparatlar anemiya, qon kasalliklari, gepatit, vitiligo, sil, radoiprotektor preparatlar sifatida keng qo‘llanilmoqda va turli kasalliklarda tavsiya etilgan. Parpiyev Nusrat Ag‟zamovich(1931 yilda tug‟ilgan). O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining haqiqiy a‘zosi, kimyo fanlari doktori, professor. Mamlakatimizda anorganik kimyo fanining koordinatsion birikmalar sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi yirik olim. Kompleks birikmalarning tuzlishi, fiziko-kimyoviy xossalari, biologik xossalari, katalitik ta‘sirini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi yirik maktab yaratgan. N.A. Parpiev yaratgan koordinatsion birikmalar xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng qo‘llanilmoqda. II QISM. ANORGANIK KIMYO. 13-bob. Biogen elementlar kimyosi Yerning kimyoviy tarkibini , kimyoviy elementlarning yerda tarqalish va taqsimlanish qonuniyatlarini hamda ularning o‘zgarish sharoitlarini geokimyo fani o‘rganadi. Bu fan geologiya va mineralogiya kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan. U kimyoviy qonunlarga tayangan holda yer qobig‘idagi foydali qazilmalarni aniqlashda katta ahamiyatga ega. Geokimyo fanining shakllanishida amerikalik olim F.Klark(1847-1931), Rus olimlari V.I.Vernadsky(1863-1945), A.E.Fersman(1883-1945), o‘zbek olimi H.A. Abdullayev katta hissa qo‘shganlar. Yer qobig‘ida tirik organizmlar ishtirokida sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarni o‘rganadigan geokimyoning bo‘limi biogeokimyo deyiladi. Yer yuzasining o‟simliklar va tirik organizmlar bilan egallangan qismi biosfera deyiladi. V.I.Vernadskiy ta‘rifiga ko‘ra , biosfera – tirik organizmlar va kosmik nurlar bilan qayta ishlangan ma‘lum darajada ta‘mirlangan muhit bo‘lib hayotga moslasgandir. Uning yuqori chegarasi (troposfera) 12-15 km balandlikda, quyi chegarasi (litosfera)- 5 km chuqurlikda joylashgan. Biosfera o‘z ichiga atmosferaning quyi qismini, gidrosferaning hammasini, litosferaning yuqori qismini oladi. 13.1. Tabiatda biogen elementlarning tarqalishi Kimyoviy elementlarning yer qobig‘ida tarqalishi turlicha. Yer qobig‘ini nisbatan kam elementlar hosil qilgan. Yer qobig‘ining 50% ni kislorod, 25% ni kremniy tashkil etadi. O‘n sakkizta element – kislorod, kremniy, alyuminiy, temir, kalsiy, natriy, kaliy, magniy, vodorod, titan, uglerod, xlor, fosfor, azot, oltingugurt, marganes, ftor, bariylar yer qobig‘i massasining 99,8% ni tashkil etadi. Qolgan barcha elemetlarning massa ulushlari birgalikda 0,2 % ga teng. Tirik organizmlar yer qobig‘ida kimyoviy elementlarning qayta taqsimlanishida faol qatnashadi. Yer yuzasida tirik organizmlar faoliyati natijasida turli miqdorda minerallar, tabiiy kimyoviy moddalar hosil bo‘ladi. Masalan, suyakli tirik organizmlar atrof – muhitdan kalsiyni 128 ajratib olib o‘z tanasiga yig‘adi. Tog‘ jinslari, masalan temir rudasi hosil bo‘lishida mikroorganizmlar faoliyati natijasi ekanligi aniqlangan. O‘z navbatida yer qobig‘ining ustki qismida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar tirik organizm kimyoviy tarkibiga ham ta‘sir qiladi. Yer qobig‘i, tuproq, dengiz suvi, o‘simliklar, hayvonlar kimyoviy tarkibini o‘rganish (27-jadval) shuni ko‘rsatadiki, yer qobig‘i va dengiz suvi tarkibidagi barcha kimyoviy elementlar tirik organizmlarda ham uchraydi. Demak, yer qobig‘i va tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi bir-biriga o‘xshashdir. 27.Jadval. A.P.Vinogradov bo‘yicha kimyoviy elementlarning(mass. %) yer qobig‘ida,tuproqda, dengiz suvida, o‘simliklar va hayvonlar tarkibidagi miqdori Element Yer qobig‘i Tuproq Dengiz suvi Osimliklar Hayvonlar O 49,4 49,0 85,82 70,0 62,4 Si 27,6 33,0 5 10 -5 O,15 1 10 -5 Al 7,45 7,12 1 10 -6 0,02 0,01 Fe 5,0 3,8 5 10 -6 0,02 0,01 C 0,15 2,0 0,02 18 21 Ca 3,5 1,37 0,04 0,3 1,9 K 2,5 1,36 0,038 0,3 0,27 Na 2,6 0,63 1,06 O,o2 0,1 Mg 2,0 0,6 0,14 0,07 0,03 Cr 0,02 O,019 - 5 10 -4 1 10 -5 F 0,027 0,02 1 10 -4 1 10 -5 1 10 -4 -1 10 -5 Ti 0,6 0,46 1 10 -7 1 10 -7 1 10 -7 -1 10 -7 N 0,02 0,1 1 10 -5 0,3 3,1 H 1,0 - 10,72 10 9,7 P 0,08 0,08 5 10 -6 0,07 0,95 S 0,05 0,05 0,09 0,05 0,16 Mn 0,09 0,085 4 10 -7 1 10 -3 1 10 -5 Zr 0,04 0,62 - 5 10 -4 - Sr 0,04 0,03 1 10 -3 10 -4 1 10 -3 Ba O,04 0,04 5 10 -6 10 -4 10 -5 Cl 0,048 0,01 1,89 10 -2 0,08 Zn 5 10 -3 5 10 -3 5 10 -6 3 10 -4 1 10 -3 Ni 1 10 -2 5 10 -3 3 10 -7 5 10 -5 1 10 -6 Cu 1 10 -2 2 10 -3 2 10 -6 2 10 -4 1 10 -4 B 3 10 -4 5 10 -4 5 10 -4 1 10 -4 1 10 -5 Li 5 10 -3 3 10 -3 1,5 10 -5 1 10 -5 1 10 -4 I 3 10 -5 5 10 -4 1 10 -6 1 10 -5 10 -5 -10 -4 Mo 1,5 10 -2 3 10 -4 1 10 -7 2 10 -5 10 -6 -10 -5 As 5 10 -4 4 10 -4 1,5 10 -6 3 10 -5 10 -6 -10 -5 Br 1,5 10 -4 2 10 -4 7 10 -3 - 1 10 -4 Se 6 10 -5 1 10 -6 4 10 -7 1 10 -7 - Hg 7 10 -6 1 10 -6 3 10 -9 1 10 -7 10 -6 -10 -7 Ag 1 10 -5 - 10 -9 - 3 10 -6 -5 10 -5 Au 5 10 -7 - 4 10 -10 - 1 10 -7 129 Biomolekulalarning organik qismi bilan kovalent bog‘langan kimyoviy elementlarning organizmdagi miqdori davriy jadvalning II A-IY A guruhlarida yadro zaryadi ortishi bilan kamayib boradi( masalan, O, S, Se, Te qatorida). Organizmda ion holatida mavjud bo‘ladigan elementlar (I A,II A guruh elementlari, s-elementlar, YII A guruh p-elementlari) miqdori esa yadro zaryadi ortishi bilan dastlab ortadi, so‘ngra kamayadi. Masalan, II A guruhda, berilliydan kalsiygacha elementning organizmdagi miqdori ortadi, so‘ngra bariydan radiygacha kamayadi. Shunga o‘xshash YII A guruhda ftordan xlorgacha elementning organizmdagi miqdori ortadi, so‘ngra bromdan yodgacha kamayadi. Kimyoviy elementlar odam organizmiga turli yo‘llar bilan kiradi.Tirik organizmdagi mavjud elementlar yer qobig‘ida ham ko‘p tarqalgan. Lekin ba‘zan chetlanish ro‘y bergan. Masalan, yer qobig‘ida kremniyning massa ulushi 27,6% bo‘lsa, tirik organizmda uning miqdori 1 10 -5 % ga teng. Alyminiy ham yer qobig‘ida 7,45% bo‘lgan holda tirik organizmda juda kam(1 10 -5 %). Kimyoviy elementlarning organizm tomonidan o‘zlashtirilishi, shu element tabiiy birikmasining suvda eruvchanligiga bog‘liqdir. Kremniy va alyuminiyning tabiiy birikmalarining suvda erimasligi, ularning o‘zlashtirilishiga to‘sqinlik qilsa kerak. Aksincha uglerodning yer qobig‘idagi miqdori kam bo‘lishiga qaramay (0,15%) organizmdagi miqdori ikkinchi o‘rinda (21%) turadi. Tabiiy tanlanish natijasida tirik organizmlarning asosini 6 ta element tashkil qiladi: uglerod, kislorod, vodorod, azot, fosfor, va oltingugurt. Bu elementlar organogenlar deb ataladi. Ularning organizmdagi massa ulushi 97,4% ni tashkil etadi. Shubhasiz, eng muhim organogen ugleroddir. Uglerod mustahkam kovalent bog‘lar hosil qilish xossasiga ega. Kislorod va vodorod organik birikmalarning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalirini mujassamlashtiradi. Biomolekuladagi kislorod va vodorodning nisbati moddaning disproporsialanishga va tirik organizm muhiti bo‘lmish suv bilan ta‘sirlashishga moyilligini belgilaydi. Organogenlar suvda yaxshi eriydigan birikmalar hosil qiladi. Bu ularning organizmda konsentrlanishiga imkoniyat yaratadi. Organogenlar va ba‘zi metallar ham (temir, magniy) turli xil bog‘lar hosil qila oladi. Bu esa tirik organizmdagi biomolekulalarning turli tuman bo‘lishiga olib keladi. 13.2. Odam organizmida makro- va mikroelementlar Odam organizmidagi kimyoviy elementlarni sinflarga ajratishning bir necha turlari mavjud. V.I.Vernadskiy kimyoviy elementlarni tirik organizmdagi massa ulushlariga binoan quyidagi uch guruhlarga(28-jadval) bo‘ldi: - makroelementlar. Ularning organizmdagi massa ulushi 10 -2 % dan yuqori. Ularga O, H, C, N, P, S, Ca, Mg, Na, K va Cl kiradi; - mikroelementlar. Ularning organizmdagi massa ulushi 10 -5 % dan 10 -2 % gacha boradi. Bu elementlarga Fe, I, Cu,As, F, Br, Sr, Ba, Co kiritiladi; - ultramikroelementlar. Ularning organizmdagi miqdori 10 -5 % dan kam bo‘ladi. Bu elementlarga Hg, Au, U, Th, Ra kabi elementlar kiritiladi. Hozirgi paytda ultramikroelementlarni ham mikroelementlar jumlasiga kiritilmoqda. Quyidagi jadvallarda odam organizmidagi kimyoviy elementlarning massa ulushlari keltirilgan.Bunday sinflash organizmdagi kimyoviy elementlarning faqat miqdorinigina ifodalaydi, lekin ularning biologik ahamiyatini ko‘rsatmaydi. 28-jadval. Odam organizmidagi kimyoviy elementlarning miqdori Elementlarning massa ulushlari,% Kimiyoviy elementlar( mass. %) 10 va undan ko‘p 1-10 0,01-1,0 10 -3 -10 -2 O(62), C(21), H(10) N(3), Ca(2), P(1) K(0,23), S(0,16), Cl(0,1), Na 0,08),Mg(0,027) Fe(0,01) 130 10 -4 -10 -3 10 -5 -10 -3 10 -5 -10 -4 10 -6 -10 -3 10 -7 -10 -4 10 -8 -10 -5 10 -7 -10 -5 10 -7 -10 -6 10 -12 -10 -4 Zn,Sr Cu,Co,Br, Cs, Si I Mn, V, B, Cr, Al, Ba Mo, Pb, Ti Be, Ag Ni,Ga, Ge, As, Hg, Bi Th Ru V.V. Kovalskiy kimyoviy elementlarni ularning hayot uchun muhimligi jihatidan uch guruhga bo‘ldi: - hayot uchun eng zarur elementlar. Ular odam organizmida doimo mavjud. Ular fermentlar, gormonlar, vitaminlar tarkibiga kiradilar: C, H, N, P, S, Ca, Mg, Na, K, Cl, I, Fe, Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling