Фармон тошев, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган


Download 68.41 Kb.
bet2/10
Sana18.10.2023
Hajmi68.41 Kb.
#1707599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
29-сон 023 октябрь (3)

Тоҳир ҲАМИДОВ,
Ўзбекистон Журналистлар
уюшмаси аъзоси.
TIL-MILLAT KO’ZGUSI”
Ko’ngil maxzanining qulfi til
Va ul maxzanning kaliti so’z bil.
( Alisher Navoiy)
Bundan 34 yil muqaddam yurtimiz tarixida olamshumul voqea sodir bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda bo’lib o’tgan sessiyasida ona tilimizga Davlat tili maqomini berish to’g’risidagi Qonun qabul qilindi. Bu kun tarixga zarhal harflar bilan yozildi. Shu kundan boshlab har yili bu kunni ’‘Til bayrami’’ sifatida keng nishonlab kelmoqdamiz. Ona tilimizga Davlat tili maqomining berilishi bizning qalbimizni g’urur va iftixorga to’ldirdi.
Ma’lumki, ma’naviy boylik jamiyat taraqqiyotiga garov bo’la oladi. Millat tili ham shu jamiyat ma’naviy boyligining asosiy qismini tashkil etadi. Uzoq yillar sobiq ittifoq qaramog’ida yashaganimizda xalqimiz uchun rus tili birinchi o’ringa qo’yib qo’yilgan edi. Barcha hujjatlar rus tilida yuritilar edi. Bu ishlar rus tilini bilmagan kishilar uchun ancha qiyinchiliklar tug’dirar edi.
O’sha davrlarda barcha noyob kitoblarimiz dunyoning mashhur kutubxonalarida saqlanar edi. Ota-bobolarimizga esa ularni o’qish armon bo’lgan. Chunki ularga bunday kitoblarni o’qishga ruxsat berilmagan.
Mustaqillik sharofati bilan haq-huquqimiz qo’lga tegib, o’zbegimning barcha nodir va o’lmas asarlarini o’z ona tilimizda o’qib, o`rganmoqdamiz. Ona tilimizning naqadar boy ekanligini his qilib, o’zimizni haqiqiy beklardek tutmoqdamiz. Darhaqiqat, tilimizning so`zga boyligi bilan dunyo tillari o’rtasida bellasha oladigan qudratga ega ekanimizga ishonib bormoqdamiz. Chunki, bugun ona tilim jahon tillari bilan yuzlasha oldi. Ishonchim komilki, shunday ravon va boy til bilan jamiyatimiz yuksaklikka intilishga haqlidir. O’zbek tili, albatta, buyuklik darajasiga ko’tarilib olishi shubhasiz. Illo, til jamiyat taraqqiyotining kaliti sanaladi.
O’zbek tili mustaqil O’zbekistonning Davlat tili sanalib , o`z o`rnini topdi. Bugun barcha Davlat hujjatlari o’zbek tilida yuritilmoqda. Jahon arenalarida o’zbekcha “kurash”, “halol”, “yonbosh” so’zlari o’zbek tilida yangramoqda. O’zbekistonlik g’oliblar sharafiga O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o’zbek tilida yangramoqda. Bugun ona tilimiz dunyo tillari orasida o’z mavqeyini tiklab oldi. O’zbek tili dunyo tillari bilan bellashib, o’z o’rniga ega bo’lmoqda. Biz yoshlar esa ona tilimizni asrab-avaylamog’imiz va uning kelajagi uchun kurashmog’imiz lozim. Niyatimiz yoshlarimiz yangi-yangi kashfiyotlarni yaratib, jahon xalqlari tilida o’zbekcha so’zlar ko’plab jaranglasin, o’zbegimni butun dunyo tanisin. Zero, shoir aytganidek:
Asragin, sen tilni har nedan ortiq,
Yagona zaminni asragin simon.
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq,
Toki avlodlarga yetolsin omon!!!



Download 68.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling