Фармон тошев, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган


X. UMAROVA. Kattaqo’rg’on Abu Ali ibn Sino


Download 68.41 Kb.
bet7/10
Sana18.10.2023
Hajmi68.41 Kb.
#1707599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
29-сон 023 октябрь (3)

X. UMAROVA.
Kattaqo’rg’on Abu Ali ibn Sino
nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
I toifali pediatriya fani o’qituvchisi.


ТЕМИРЙЎЛ ХАВФСИЗЛИК ҚОИДАЛАРИГА
АМАЛ ҚИЛАЙЛИК

Самарқанд вилояти Каттақўрғон шахар, Каттақўрғон тумани ва Нуробод тумани ҳудудидан жами 70 км темирйўл излари ўтган бўлиб, шундан Каттақўрғон шаҳарчаси “Яккабоғ”, “Ғарбмачит” маҳаллалари ҳудудидан 3 км темир йўл излари ўтган. Бир неча бор ўтказилган профилактик тушунтириш ишлари олиб борилишига қарамасдан ҳали ҳамон фуқаролар томонидан темирйўл атрофидаги сим тусиқларига шикаст етказиб, темир йўлларни белгиланмаган жойларидан кесиб ўтиш ҳолатлари учраб турибди.


Масалан, жорий йилнинг ҳозирги кунига қадар жами 481 нафар фуқаролар ИИБ хизмат хонасига олиб келиниб профилактик суҳбатлар ўтказилиб шундан 258 нафарига Ўз. Рес. МЖтКнинг 113-моддаси 4-қисмига асосан мамурий баённома расмийлаштирилган. Келгусида ана шундай ҳолатларнинг олдини олиш юзасидан Каттақўрғон шаҳар ҳудудидан ўтувчи темирйўл изларига яқин жойлашган маҳалла ҳамда ўқув муассаларида ҳафтанинг чоршанба ва пайшанба кунлари кенг миқёсда профилактик тушунтириш ишлари олиб борилмоқда.
Аброр ҚАЮМОВ,
Самарқанд вилояти Транспортда ХТБ
Каттақўрғон бекатидаги ХТБ ХПГ
катта инспектори, катта лейтенант.


VIRUSLI GEPATIT “A”DAN HIMOYALANING!

Virusli gepatit “A” (VGA) - yuqumli kasallik bo’lib, bunda virus jigar hujayralarini zararlaydi. Kasallik virus bilan zararlangan suv va oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida og’iz orqali yuqadi. Kasallik shaxsiy gigiyena va sanitariya-gigiyena qoidalarini buzilishi bilan bog’liq.


VGA virusi qulay sharoitlarda atrof-muhitda bir necha oy yashashi mumkin. Odamga kasallik yuqqandan keyin kasallik belgilari paydo bo’lguncha 14-21 kun juda yuqumli hisoblanadi, kasalllikni yashirin davri 35-50 kun.
Kasallikning yuzaga kelishiga tozalikka rioya qilmaslik, ya’ni ovqatlanishdan oldin qo’llarni sovunlab yuvmaslik, meva va sabzavotlarni yuvmasdan iste’mol qilish hamda qaynatilmagan suvni ichish sabab bo’ladi. Shuning uchun kasallik ko’proq bolalarda uchraydi. Pashshalar tanasida millionlab kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarni, shuningdek, gepatit viruslarini (turli xil axlat va najaslarga qo’nishi oqibatida) tashiydi.
Kasallik yuqqanidan birinchi belgilari paydo bo’lguncha ikki haftadan olti haftagacha, o’rtacha 28 kun o’tadi. VGA kasalligi 14-yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’proq uchraydi.
Kasallik alomatlari;
Dispeptik alomatlari bilan boshlanganida bemor ko’ngli aynib qusadi, me`da sohasida biroz og’riq bo’ladi, ba’zan ichi ketadi. Bemorning madori qurib, ishtahasi pasayadi, o’ng qovurg’asi ostida og’riq paydo bo’ladi. Astenovegetativ alomatlar bilan boshlanganda boshi aylanadi, og’riydi, ko’p terlaydi, o’ta injiq, ig’loqi bo’lib qoladi, bemorda holsizlik, darmon qurishi, ishtaha pasayishi kuzatiladi.Virusli gepatit A ning boshlang’ich davri qanday sindrom bilan kechishidan qat’iy nazar, shu kasallikka xos uchta belgi kuzatiladi:
1-Siydikning pivo rangida bo’lishi:
2-Axlat rangining oqarishi:
3-ko’pchilik (deyarli 90%) holda jigarning kasallashishi.
Kasallikning sariqlik davri ham o’ziga xos tarzda kechadi. Ko’z oqi sarg’ayishi bilan virusli gepatitning avj olgan davri boshlanadi.
6 yoshgacha bolalarga kasallik yuqqanda, kasallikning sezilarli alomatlari kam kuzatiladi, faqatgina 10 % bolalarda sariqlik paydo bo’ladi. Katta yoshdagi bolalar va kattalar o’rtasida gepatit A og’ir alomatlari bilan kechib, 70 % holatlarda sariqlik paydo bo’ladi.
Ko’pgina virusli kasalliklar kabi, VGAning oldini olishning eng samarali usuli bu emlashdir. Emlash VGAdan o’zini himoya qilishni eng oddiy tez ta’sirchan usuli hisoblanadi. Agar Siz bolangizning virusni yuqtirib olishidan qo’rqsangiz, zudlik bilan tegishli emlashni oling. Emlash natijasida immunitet paydo bo’lib, u 15-20 yilgacha saqlanadi va kasallik tarqalishining oldini oladi. Bundan tashqari kasallikning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga bekam-u ko’st amal qilish, kasallikni o’z vaqtida aniqlab bemorni kasalxonaga yotqizish va u bilan yaqin bo’lganlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish hamda u tutgan idish-tovoq va buyumlarni dezinfeksiya qilish muhim hisoblanadi.

Download 68.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling