Фармон тошев, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган


-бет RAXITNING OLDINI OLISH BO’YICHA OTA – ONALARGA TAVSIYALAR


Download 68.41 Kb.
bet6/10
Sana18.10.2023
Hajmi68.41 Kb.
#1707599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
29-сон 023 октябрь (3)

3-бет
RAXITNING OLDINI OLISH BO’YICHA OTA – ONALARGA TAVSIYALAR.
Farzand oila parvarishida o’sib kelayotgan niholdir. Uning har tamonlama sog’lom va barkamol bo’lishida kattalarning, ayniqsa ota-onaning o’rni beqiyosdir.
Har bir ota-ona farzandining har tomonlama sog’lom va baquvvat, qaddi-qomati chiroyli bo’lishini, unga barchani havasi kelishini istaydi. Bilamizki, bola dunyoga kelishi bilan ota-ona uning sog’ligi haqida qayg’ura boshlaydi. Kichik yoshdagi bolalarda uchraydigan raxit kasalligi organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadi. D vitamini yetishmasligi sababli raxit kasalligi rivojlanadi. Suyaklarning to’g’ri o’sishi uchun D vitamini organizmda kalsiy va fosforning ichakdan so’rilishi, suyak va boshqa to’qimalarga yetib borishini doshqaradi. D vitamin oz miqdorda oziq ovqat bilan kiradi, katta qismi quyosh nurlari ta’sirida terida sintezlanadi. Kasallik bola uyqusining buzilishi, emayotganda ko’p terlashi, tovush va yorug’lik nuridan cho’chishi, boshining ensa qismida soch to’kilishi, immunitet sustlashishi, kam qonlik kuzatiladi. Tez-tez shamollaydi.Vaqtida davolanmasa, bola kattalashgan sari suyaklari qiyshiq o’sish ehtimoli ortadi.
Profilaktikasi. Bola ona qornida rivojlanayotgan paytidayoq homilador ayol uchun yaxshi shart-sharoitlar yaratish, to'la qimmatli xilma-xil taomlar bilan ovqatlanish, gigienik rejimda bekam-u ko'st amal qilish, xususan, sof havoda uzoq yurish, kamida ikki soat, mehnat va dam olishni to'g'ri almashtirib turish yo'li bilan raxit profilaktikasini amalga oshirish lozim. Bu - homilador ayol organizmini vitamin D ga boyitish uchun imkon beradi. Bola tug'ilganidan keyin raxit profilaktikasi imkoni boricha erta boshlanishini zarur. Quydagilarni asosiy profilaktika vositalari deb hisoblash kerak: 1) bolani tabiiy usulda to'g'ri boqish; 2) bolaga gigienik jihatdan yaxshi parvarish qilish, xususan, uni sof havoda uzoqroq olib yurish; 3)havo vannalaridan foydalanish, tarqoq quyosh nuriga solish; 4)gimnastika va massajdan keng foydalanish; 5) yuqumli kasalliklardan, xususan, havo-tomchi yo'li bilan yuqadigan kasalliklardan bolani imkoni boricha ko'proq ehtiyot qilish; 6)dorilar buyurish (vitamin D preparatlari). Ayollar va bolalar konsultatsiyalarining ishi to'g'ri uyushtirilib, muntazam ravishda oilaviy patronaj hamshiralari berib boriladigan maslahatlarni olsa, raxit profilaktikasida juda kata rol o'ynaydi. Yasililar, go'daklar uylari, bolalar bog'chalarida raxitga qarshi profilaktik chora- tadbirlarni ko'rish juda muhim. Kun rejimini to'g'ri tuzib, uyqu , o'yin-kulgi va ovqat vaqtlariga aniq amal qilish kerak. Bolalar uyg'oq yurgan paytidagina emas, balki uxlayotgan paytida ham sof havoda imkoni boricha ko'proq bo'lishiga erishish lozim. Havo vannalari, gimnastika va massaj juda foydalidir. Sun'iy ultrabinafsha nurlaridan ham foydalanish kerak. Bolalarni ovqatlantirishda aniq belgilangan ovqat vaqtiga amal qilishdan tashqari ovqatni vitamin D li masalliqlar (tuxum sarig'i, qaynatilgan va ezilgan jigar, baliq) bilan boyitish, ovqatda sabzavot va mevalarni ko'paytirib, unli ovqatlarni kamaytirish choralarini ham ko'rish kerak. Chaqaloq bolaga vitamin D ning suvdagi eritmasidan bir tomchidan berib borish lozim. Vitaminni nechog'li uzoq muddat berib borish kerakligi bolaning ahvoliga qanday sharoitlarda ekanligiga, yil fasliga bog'liq. Hamma vositalardan kompleks tarzda foydalanilgan taqdirdagina raxit profilaktikasi samarali bo'lishi mumkinligini nazarda tutish lozim. Bolani ovqatlantirish va unga parvarish qilish shu kompleks vositalar orasiga asosiy ahamiyatga egadir. Faqat ultrabinafsha nur yoki vitamin D ning shifobaxsh ta'siriga umid bog'lash yaramaydi. Profilaktika vositalarining yaxshi natija berishi uchun ularni albatta bekam-u ko'st va muntazam ravishda hamda to'g'ri metodika bilan qo'llanish shartdir. Kasallik nechog'li barvaqt aniqlangan va patalogik o'zgarishlar nechog'li kam ifodalangan bo'lsa, raxitning davosi shu qadar samaraliroq bo'ladi. Shunday qilib, yaxshi terapevtik natija olishning zarur shartlaridan biri raxitni barvaqt aniqlashdir.

Download 68.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling