Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

310


To ne afsun qildi ul sohirki, dilkash nomasi

Oldi ham jismim qarori, ham ko‘ngul oromini. 

Jomi ishrat tortmoqdin yaxshiroq ish topmadim,  

Chunki bu davr ichra topmas kimsa ish anjomini. 

Bu kecha qosid malolidin agar vahm etmasam,

Ey Navoiy, kim topa olg‘ay so‘zum itmomini. 



609

Ul oykim shomdin to subhgah masti xarob o‘lg‘ay,  

Ajab yo‘q, subhdin to shom gar ham masti xob o‘lg‘ay. 

Ko‘ngullarni siyosat qilg‘alidur, yo‘q esa nevchun

Yuzi suyida ikki toblig‘ mushkin tanob o‘lg‘ay. 

Ko‘ngul zulfung aro talpinsa, hayrat qilmakim, qushning  

Ishi chun dom aro bo‘ldi giriftor, iztirob o‘lg‘ay. 

Yuzung mehri shuoyi birla ashkim ham erur moni’, 

Emas ulkim, jamoling moni’i yolg‘uz niqob o‘lg‘ay. 

Labing hajrinda ashk o‘rnida qon yog‘dursam, ermas ayb,  

Qizorg‘an  ko‘zlarim chun uylakim, rangin sahob o‘lg‘ay. 

Qani rangin qadah, chun ko‘nglum o‘lmish dahrdin mahzun  

Ki, g‘am daf’ig‘a yoquti mufarrih la’li nob o‘lg‘ay. 

Mening umrum sen, ey soqiy, erur chun umr ishi ta’jil,

Sanga ham o‘z ishingda avlo uldurkim, shitob o‘lg‘ay. 

Ne bo‘lg‘il tiyra, ne ravshan zamonekim, gari qilmas  

Zamon ahli agar xud soya, yoxud oftob o‘lg‘ay. 

Navoiy, dayr piri birla bo‘lsun mug‘bacha yeri,  

Jununungg‘a gahikim, hazl etar el shayxu shob o‘lg‘ay. 

610

Asrading kuydurgali ushshoqi muztar ko‘nglini,  

Bog‘bondekkim, o‘tun qilg‘ay sanavbar ko‘nglini. 

Otqan o‘qni, bilki, qaytarmaqchadur paykon bila  

Javrdin qaytarmaq ul sarvi sitamgar ko‘nglini. 

Gulbunungda g‘uncha ko‘nglumdek emas, ey bog‘bon,  

Ochilurdektur,  xayol etsang aning har  ko‘nglini. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling