Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

312


Toqi axzar bila bu gunbadi miyno erdi. 

Arg‘anun savtiyu noqus uni birla har yon,

Yuz mug‘ona amalu qavl ila g‘avg‘o erdi. 

Kofiri ishq xarobot eli ollinda turub,  

So‘ngi saflar bori gabru, mug‘u tarso erdi. 

Bir-birin chorlabu aylab yangi zunnor ehson,  

Jomi may berganidin kufrga ihyo erdi. 

Kim mug‘ona may ichnb bog‘ladi zunnorp rust,  

But xud ul aylagali sajda muhayyo erdi. 

Men dog‘i soldim o‘zumni orog‘akim, manga ham  

Rishtai qurbu mayi vasl tamanno erdi. 

Rishtasi habli matin, bodasi mir’oti safo,  

Ikisidin manga maqsud huvaydo erdi. 

Belima bog‘ladi zunnoru qadah tutti manga,

Dami jon berdi xamonki, Masiho erdi. 

Yodima keldi, Navoiy kebi chun mast o‘ldum  

Ki, azalda manga mug‘ kulbasi ma’vo erdi. 

613

Har o‘q ul qoshi yo ko‘ksumga otsa, bexato yetgay,  

Va gar xud o‘zgalarg‘a otsa ham so‘ylab, mango yetgay. 

Tegar so‘ylab, demay har yergakim, zaxm aylabon ul o‘q,  

Necha manzilda orom istagay ko‘nglumga to yetgay. 

Vafoyu mehr istarga ne had, billahki, rozimen

Ki, bori gah-gahe ul sho‘xdin javru jafo yetgay. 

Chu kuydum hajr o‘tidin, kulumni yo‘lidin olmang  

Ki, shoyad eltkay ko‘yiga, ul yonkim, sabo yetgay. 

Ko‘zi hajrida, tong yo‘q, butsa qabrimdin qora nargis,  

Ki, qo‘yg‘ay ko‘z ayog‘ig‘a, chu ul ko‘zi qoro yetgay. 

Desa mingdin birin, vah, ne balo sust o‘lg‘ay, ul oshiq  

Boshig‘a ishq aro har lahza gar yuz ming balo yetgay. 

Junun ko‘r g‘urbat icharkim, tanishmoq mumkin ermastur,  

Diyorimdin agar sarvaqtima bir oshno yetgay. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling