www.ziyouz.com kutubxonasi
318
Soldi tig‘i furqating bag‘rimg‘a andoq chokkim,
Bag‘ri bo‘lg‘ay chok-chok, ulkim ko‘rar ul chokni.
Hajr o‘ti jonimg‘a ortuqdur, anga bas bir sharar,
O‘rtamak do‘zax bila ya’ni ne bir xoshokni.
Otlanibtur mast ko‘nglokchan, chekib tig‘i jafo,
To ne o‘t solg‘ay jahong‘a, ko‘rgil ul bebokni.
Ishq o‘ti birla ko‘ngul su birla ko‘zni qildi pok,
Pok manzillarda mehmon qilg‘ali ul pokni.
Dayr aro davron g‘amidin qochmisham, ey mug‘bacha,
Bir mug‘ona jom ila shod ayla bu g‘amnokni.
Boda birla yung Navoiyni, xumor etsa halok,
Bog‘langiz tobuti uzra naxli bargi tokni.
625
Ne o‘qkim, jismi uryonimg‘a otti,
Tanimg‘a tortibon, jonimg‘a otti.
Hadangekim, nihoni otti ul ko‘z,
Hadafdek dog‘i pinhonimg‘a otti.
Tikan jonimg‘a urdi gulshan ichra
Raqib, ul gulki, jononimg‘a otti.
Ne ko‘nglum qoldi, ne bag‘rim yarasiz,
Falak toshiki, har yonimg‘a otti.
Sarosar yog‘di boshim uzra tufrog‘,
Qazo toshlarki, vayronimg‘a otti.
Sipehr anjumni ul yanglig‘ki, jola,
Xarob aylarga bo‘stonimg‘a otti.
Navoiy ko‘ngli holin ko‘rdi Majnun,
Junun ta’ni bu nodonimg‘a otti.
626
Menkim itimen, bo‘lsa meni yitkali ori,
Solsa rasanin bo‘ynuma o‘lturgali bori.
Har tong boshi mehrin yuzunga o‘tru tutar charx,
Mashshota kebi bo‘ldi yuzung oyinadori.
Yuz mil yiroq sursa otin, surma masallik
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |