Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Xotinning eri ustidagi haqlari bobi hadislari


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


Xotinning eri ustidagi haqlari bobi hadislari 
 
817-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang. 
818-hadis. Muttafiqun alayh. 
819-hadis. Zaif. “Al-majma’”ga qarang. 
820-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
821-hadis. Isnodi noma’lum. 
822-hadis. Sahih. Muslim, Bag‘aviy rivoyat qilgan. 
 
 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
318
YETMISH BESHINCHI BOB 
NIZOLASHGANLAR O‘RTASINI ISLOH QILISH VA ARAZLASHISHDAN 
QAYTARISH 
 
823. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: “Abu Ayyub Ansoriy 
(r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilarki: “Musulmon kishining birodari bilan 
uch kundan ko‘proq gaplashmay yurishi halol emas. Uchrashib qolishganda, bittasi 
yuzini bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga qilganlarning  yaxshisi  birinchi salom 
berganidir“. 
 
824. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: 
“Arazlashmanglar. Agar arazlashsanglar, uch kundan oshirmanglar. Agar ikki muslim 
arazlashgan holda vafot etsa, ular jannatda jam bo‘lmaydi”.  
 
825. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Allohning 
shunday bandalari borki, ularga qiyomat kuni nurdan minbarlar qo‘yiladi. Ular 
payg‘ambar ham, shahid ham emaslar. Payg‘ambar va shahidlar ularga havas qiladilar”. 
Sahobalar: “Ular kim, ey Rasululloh?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Ular Alloh yo‘lida do‘st 
tutinganlardir”. 
 
826. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar:  “Jannat eshiklari 
seshanba va payshanba kunlari ochiladi. Shunda  Allohga shirk keltirmagan har bir 
musulmon bandaning gunohi kechiriladi. Faqat birodari  bilan  o‘rtasida adovati bo‘lgan 
kishiniki kechirilmaydi. “Bu ikkalasi yarashguncha  kutinglar”, deb to‘xtatib turiladi va 
uch kundan ortiq arazlashganlarning amali ko‘tarilganda, ortga qaytariladi”. 
 
827. Abu Amomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “ Sha’bon oyi  
yarmiga yetganida kechasi  Alloh dunyo osmoniga tushadi va yer ahliga qaraydi. So‘ngra 
yer ahlining, hammasini kofir va arazlashib gaplashmay yurganlardan boshqalarini 
kechiradi”. 
 
Faqih aytdilar: “Allohning tushishi amrining tushishidir. Alloh taolo:  “Bas, Alloh ular 
hisobga olmagan tomondan keladi”, deganida ularga buyrug‘i kelgani kabi”. 
 
 
828. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Besh 
kishining namozi qabul emas: erining g‘azabini olgan xotinning, xo‘jayinidan qochgan 
qulning, birodariga uch kundan ortiq gapirmay, arazlashib yurgan kishining, davomli 
aroq ichuvchining va qavmi yoqtirmagan imomning”.  
 
829. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sizlarga  Alloh yaxshi ko‘radigan va yengil bo‘lgan sadaqani 
aytaymi?” dedilar. Sahobalar: “Ha, ey Rasululloh”, deyishdi. Nabiy (s.a.v) aytdilar: “Bu 
ish birovlarning orasi uzilgan bo‘lsa, isloh qilib qo‘yishdir”. 
 
830. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.): “Namoz, ro‘za va 
sadaqaning darajasidan-da ulug‘roq narsaning xabarini beraymi?” dedilar. “Ha”, 
deyishdi. “Orasi uzilganlarni isloh qilish”, dedilar Nabiy (s.a.v.). 
 
Sahobalardan biri (r.a.) aytgan ekan: “Kim sakkiz narsadan ojiz bo‘lsa, o‘rnini to‘ldirish 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
319
uchun unga sakkizta narsa vojib bo‘ladi: 
– kim kechasi namoz o‘qishni niyat qilsa-yu, uxlab qolsa, kunduzi gunoh qilmasin; 
– kim nafl ro‘zani tutishni xohlasa-yu, tutolmasa, tilini saqlasin; 
– kim ulamolar fazliga yetishishni xohlasa, tafakkur qilsin; 
– kim dushman bilan urushish savobini umid qilsayu, uyida o‘tirib qolsa, shaytonga 
qarshi jihod qilsin; 
– kim sadaqa berib fazilatga erishishni  xohlasayu, ojiz bo‘lsa, odamlarga eshitgan 
narsasidan ta’lim bersin; 
– kim haj yaxshiligini  xohlasayu,  qodir bo‘lmasa, juma namozidan qolmasin; 
– kim obidlarning fazliga yetishishni xohlasa, odamlar orasini isloh qilsin, ularning 
orasiga dushmanlik va adovat urug‘ini  tashlamasin; 
– kim abdollarning fazilatini hohlasa, qo‘li ko‘kragida bo‘lsin va  nafsiga rozi bo‘lgan 
narsasini birodariga ham ravo ko‘rsin”. 
 
831. Ali ibn Husayn (r.a.) aytadilar: “Alloh avvalgiyu oxirgilarni to‘plaganida, nido 
qiluvchi: “Fazilat egalari qaerda?” deb nido qiladi. Jannatni xohlagan odamlardan bir 
to‘dasi o‘rnidan turadi. Farishtalar ularga ro‘baro‘ bo‘lib: “Nimani  xohlaysizlar?” deydi.  
“Jannatni xohlaymiz”, deyishadi. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?!” deb so‘raydi. Ular: 
“Ha, oldin”, deyishadi. So‘ngra “Sizlar kimsizlar?” deb so‘raydi farishtalar. Ular: “Bizlar 
fazilat egalarimiz”, deyishadi. Farishtalar: “Dunyodagi  fazilatingiz nima edi?” deb savol 
qiladi. Ular: “Agar bizlarga johillik qilinsa, halim bo‘lardik. Agar  yomonlik kelsa, uni 
kechirib yuborardik”, deb aytishadi. Farishtalar shunda deydiki: “Jannatga kiringlar. 
Amal qiluvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi nido qiladi: “Sabr ahllari 
qaerda?” Jannatni umid qilganlardan  bir to‘dasi  turadi. Ularga farishtalar: “Nimani 
xohlaysizlar?” deydi. Ular: “Jannatni xohlaymiz”, deb aytishadi. Farishtalar: “Hisobdan 
oldin-a?” deydi. Ular: “Ha”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. “Bizlar 
sabr egalarimiz”, deya javob qilishadi. Farishtalar aytadi: “Sabrlaringiz nima edi?” Ular 
aytishadi: “Allohga ibodatda va ma’siyatlardan tiyilishda sabr qildik”. Farishtalar aytadi: 
“Jannatga kiringlar. Amal qilguvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi yana 
nido qiladi: “Uyida turib, Allohga qo‘shni bo‘lganlar  qaerda?” Bir to‘da jannatni 
xohlaganlar turadi. Farishtalar: “Nimani xohlaysizlar?” deb so‘raydi. Ular aytishadi: 
“Jannatni xohlaymiz”. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?” deydi. Ular “Ha”, deyishadi. 
Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. Ular: “Biz Allohning  yeridagi qo‘shnilarimiz”, 
deyishadi. Farishtalar: “Sizlarning qo‘shnichiliklaringiz nima edi?” deb so‘raydi.  “Bizlar 
Alloh yo‘lida do‘st tutinar, Alloh yo‘lida bir-birlarimizga sarflar va Alloh yo‘lida bir-
birovlarimizni ziyorat qilar edik”, deyishadi. Farishtalar aytishadi: “Jannatga kiringlar. 
Amal qiluvchilarning ajri naqadar yaxshi”. 
 
832. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Alloh taolo qiyomat kuni aytadi: “Men uchun 
bir-birini yaxshi ko‘rganlar qani? Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, Mening soyamdan 
boshqa soya bo‘lmaydigan bugungi kunda ularni O‘z soyam bilan soyalantiraman”. 
 
Abu Umoma (r.a.) aytadilar: “Bir mil yurib borib,  kasalni ko‘r, ikki mil yurib borib, 
birodaringni ziyorat et, uch mil yurib, ikki kishi orasini isloh qilib qo‘y”. 
 
Anas (r.a.) aytadilar: “Kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh har bir kalimasiga qul ozod 
qilganlik   savobini beradi”.       
Abu Bakr Varroq aytadilar: “Alloh o‘z payg‘ambarini odamlarni Allohga ibodat qilishga 
chaqirish uchun yubordi va ulardagi to‘rtta narsa–qalb, til, a’zolar  va xulqning har 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
320
biridan ikkita narsani talab qildi. Qalbdan Allohning ishlarini ulug‘lash va Uning 
maxluqlariga shafqatli bo‘lish; tildan Allohni har doim zikr qilish va xalqqa xushmuomala 
bo‘lish; a’zolarlardan Alloh taologa ibodat qilish va musulmonlarga yordam berish; 
xulqdan  taqdirga rozi bo‘lish va odamlar bilan yaxshi hayot kechirish”. 
 
833. Sahl ibn Abu Solih Ato ibn Yaziddan, u Tamim Doriydan (r.a.), u 
Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy: “Ogoh bo‘linglarki, din nasihatdir”, 
deb uch marta aytdilar. “Kim uchun, ey Rasululloh?” deyishdi. “Alloh uchun, payg‘ambari 
uchun, kitobi uchun, mo‘minlarning imomlari  uchun va ularning hammalari   uchun”, 
deb javob qildilar. 
 
Faqih Abu Lays Samarqandiy  (r.a)  aytadilar: “Alloh taolo uchun nasihat”, degani 
Allohga iymon keltirish, Unga sherik qilmaslik, U  buyurgan narsani bajarish, 
qaytarganidan qaytish va odamlarni ham shu narsaga chaqirish va ularga uni dalolat 
qilishdir. “Payg‘ambar uchun  nasihat” – u zotning  sunnatlariga amal qilish va odamlarni 
unga chaqirish. “Uning kitobi uchun nasihat” esa, Qur’onga iymon keltirish, uni tilovat 
qilish, undagi bor narsaga amal qilib, odamlarni ham unga amal qilishga chaqirishdir. 
“Imomlar uchun nasihat” degani ularga qilich bilan qarshi chiqmaslik, ularni insof va 
adolatga chaqirish,  odamlarni ham shunga da’vat qilish degani. “Hamma uchun nasihat” 
degani esa, o‘zi yaxshi ko‘rgan  narsani  boshqalarga ham ravo ko‘rish, oralarni isloh 
qilish, odamlar bilan arazlashmaslik va ularni Islomga chaqirish, deganidir». 
 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Mag‘firatni vojib qiluvchi narsalardan biri musulmon 
birodaringiz ko‘ngliga xursandchilik kirg‘izmog‘ingizdir”. 
 
834. Muammar Zuhriydan, u kishi Humayddan, u kishi onasi Ummu Gulsum binti 
Uqbadan, u esa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.): “Yaxshi gap 
aytib yoki yaxshi gapni qo‘shib, odamlarning orasini isloh qilgan kishi yolg‘onchi 
emasdir”, dedilar. 
 
Odamlar orasini isloh qilish payg‘ambarlik ishidan bir bo‘lakdir. Odamlarning orasini 
buzish esa, sehrgarlik ishidan bir parchadir. 
 
835. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Alloh nazdida qiyomat kunida savob jihatidan 
odamlarning afzali, Allohga yaqinrog‘i va dunyoda odamlar uchun foydalirog‘i odamlar 
orasini isloh qilguvchilardir”. 
 
_________________ 
Nizolashganlar o‘rtasini isloh qilish va arazlashishdan qaytarish bobi hadislari 
 
823-hadis. Muttafaqun alayh. 
824-hadis. Zaif. 
825-hadis. Zaif. 
826-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
827-hadis. Hasan. Ibn Hibbon, Bayhaqiy, Tabaroniy rivoyat qilgan. 
828-hadis. Hasan-sahih. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
829-hadis. “Kanzul-ammol”da keltirilgan. 
830-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
831-hadis. Juda zaif. Ibn Abud Dunyo, Bayhaqiy, Asbahoniy rivoyat qilgan.  
832-hadis. Sahih. Muslim, Molik, Ahmad rivoyat qilgan. 
833-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
834-hadis. Muttafaqun alayh. 
835-hadis. Isnodi noma’lum. “Al-majma’”ga qarang. 
 
 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
321
YETMISH OLTINCHI BOB 
SULTONLARGA ARALASHISH 
 
836. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat 
qilinishicha,  Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlar: “Olimlar sultonlarga aralashmasalar va 
dunyoga kirmasalar, payg‘ambarlarning omonatdorlaridir, agar sultonga qo‘shilsalar, 
dunyoga kirishib ketsalar, bas, ulardan uzilinglar va ehtiyot bo‘linglar”.  
 
837.   Ubayd ibn Umayr rivoyat qiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kishi sultonga 
qancha ko‘p yaqinlashsa, Allohdan shuncha ko‘p uzoq bo‘ladi. Agar unga ergashuvchilar 
ko‘paysa, demak, uning shaytonlari ko‘payadi, moli ko‘paysa, demak, hisobi 
qattiqlashadi”. 
 
Huzayfa (r.a.): “Fitnalarga muvofiq bo‘lib olishdan saqlaninglar”, dedilar. “Fitnaga 
muvofiq bo‘lish nima?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Amirlarning eshigiga borish”. Ibn 
Umarga: “Biz sulton oldida bir so‘zni  gapiramiz, chiqqandan keyin esa, uning teskarisini  
gapiramiz”, deyishdi. U kishi: “Biz bu narsani munofiqlik deb sanaymiz”, dedilar. 
 
Ibn Mas’ud  (r.a.): “Agar dindor kishi  saltanat egasi oldiga kirsa, dinsiz bo‘lib chiqadi”, 
dedilar. “Qanday qilib?” deb so‘rashdi. “Allohning g‘azabini keltiradigan narsalar bilan uni 
rozi qiladi”, dedilar Ibn Ma’sud (r.a.).  
 
Oldingilardan biri aytgan ekan: “Agar qorining boylar bilan aralashganini ko‘rsang, 
bilginki, u  riyokordir. Agar olimning amrilar bilan aralashganini ko‘rsang bilgilki, u 
o‘g‘ridir”.  
 
Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Bu ummatga uch narsadan zararliroq narsa yo‘qdir: pulni 
yaxshi ko‘rish, boshliq bo‘lishga intilish va sultonlar eshigiga qatnash. Batahqiq, Alloh 
taolo ulardan chiqish yo‘llarini ko‘rsatib qo‘ygandir”. 
 
Makhul (r.a.) aytadilar: “Kim Qur’onni o‘rganib, din ilmida faqih bo‘lganidan keyin sulton 
eshigiga xushomadgo‘ylik qilib kelsa va uning boyligidan tama’  qilsa, jahannamga  
g‘arq  bo‘libdi”. 
 
Maymun ibn Mahron aytadilar: “Sultonning suhbati xatarlidir. Agar unga itoat qilsang, 
diningda xatar bo‘ladi, osiylik qilsang, nafsingga zarar. Yaxshisi, seni u tanimagani 
ma’qul”. 
 
Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Agar kishi sultonlar bilan aralashmasa va farzlari ustiga 
farz qo‘shmasa, kunduzi ro‘za tutib, kechalari namoz o‘qib, haj va jihod qilib, ammo 
sultonlarga qo‘shilib yurgan kishidan yaxshidir”. 
 
838. Hasan Basriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Modomiki, 
abrorlari fojirlarini ulug‘lamasa, yaxshilari yomonlarga do‘st bo‘lmasa, qorilari amirlariga 
mayl qilmasa, Allohning qo‘li  bu ummatning ustida davomli bo‘ladi. Agar aksincha 
bo‘lsa, Alloh ulardan barakani ko‘taradi va ularga zolimni bosh qilib, qalblariga qo‘rqinch 
soladi va ularni kambag‘allashtirib qo‘yadi. 
 
Iso ibn Maryam (u zotga va onalariga Allohdan salovot va salomlar bo‘lsin) aytganlar: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
322
“Ey ulamolar, podshohlar hikmatni sizlarga tashlab qo‘yganidek, sizlar uning mulkini 
o‘zlariga qoldinglar”. 
 
839. Shaqiq ibn Salama rivoyat qiladilar: “ Umar ibn Xattob (r.a.) Bashr ibn Osim 
Saqafiyni Havozin qabilasining zakotiga bosh qilib tayinladilar. Ammo u rozi bo‘lmadi. 
Umar (r.a.): “Nimaga rozi bo‘lmaysan, sen bizga itoat qilishing shart ekanini 
bilmaysanmi?” dedilar. Shunda Bashr aytdi:  “Bilaman, lekin men Payg‘ambarning 
(s.a.v.): “Qaysi kishi odamlarga boshliq qilib tayinlansa, qiyomat kuni u keltiriladi-da, 
jahannam ko‘prigi ustida to‘xtatiladi. Agar yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, najot topadi, agar 
yomon bo‘lgan  bo‘lsa, ko‘prikdan yetmish yillik pastga qulaydi”, deganlarini 
eshitganman”. Keyin Umar (r.a.) xafa bo‘lib  chiqdilar. U kishiga Abu Zarr (r.a.) duch 
kelib: “Nima bo‘ldi, xafa ko‘rinasiz?” deb so‘radilar. Hazrati Umar Bashr ibn Osimning 
gapini aytdilar.  Abu Zarr: “Bu hadisni ilgari  eshitmaganmidingiz?” dedilar. Umar: “Yo‘q” 
deb aytdilar. Abu Zarr shunda: “Guvohlik beramanki, men Nabiyning (s.a.v.): “Kim 
odamlardan loaqal bittasiga boshliq qilib tayinlansa, qiyomat kuni keltirilib, jahannam 
ko‘prigi ustiga to‘xtatiladi. Agar yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, najot topadi va agar yomon bo‘lsa, 
ko‘prikdan  yetmish yillik pastga qulaydi. U joy qop-qorong‘i zulmatdir”, deganlarini 
eshitganman”, dedilar”. 
 
840. Oyisha onamiz (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilarki: 
“Qiyomat kuni adolatli qozi keltirilib, qattiq hisob qilinganidan so‘ng, hecham ikki kishi 
orasida hukm qilishni istamay qoladi”. 
 
841. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim hukm 
chiqarishga  tayinlansa,  pichoqsiz so‘yilibdi”. 
 
Abu Hanifa (rahmatullohi alayh)  Abu Jafar oldiga kirganlarida u: “Ey Abu Hanifa, bizning 
ishimizga yordam bering”, dedi. U zot  aytdilar: “Men sizga yordam berishga qodir 
emasman”. Xalifa yana: “Subhonalloh, bizning ishimizga yordam bering”, dedi. Abu 
Hanifa aytdilar: “Ey mo‘minlarning amiri, agar meni rostgo‘y bilsangiz, demak haqiqatda 
qodir emasman, mabodo yolg‘on aytyapti, deb o‘ylasangiz, yolg‘onchini bu ishga 
tayinlashingiz halol emas”, deb javob qildilar. 
 
842. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar. Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kirdim, men 
bilan yana ikki kishi kirib: “Ey Rasululloh, bizlarga bir vazifa  bering, ishlaymiz”, 
deyishdi.  Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: “Biz vazifa talab qilib kelgan kishiga 
vazifa bermaymiz”. 
 
843. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinishicha,  u zot Ka’b ibn Ujraga: “Ey Ka’b, Alloh 
senga ahmoqlarning amirligidan panoh bersin”, deb uch marta aytdilar. Keyin davom 
etdilar: “U amirlar mendan keyin keladi. Kim ularning yolg‘on so‘zlarini to‘g‘ri desa va  
qilayotgan zulmlariga yordam bersa, ular mendan uzoqdirlar, men ulardan bezorman. Ey 
Ka’b, har bir go‘shtki, harom yo‘l orqali topilgan narsa bilan o‘sgan bo‘lsa, undan o‘t 
yaxshidir. Ey Ka’b, ro‘za to‘siqdir, sadaqa xatolarni o‘chiradi. Namoz yaqinlikdir. Ey Ka’b, 
odamlar ikki sinf bo‘ladi: nafsini sotib olib, so‘ngra ozod qilganlar va  nafsini sotib
halokatga tushuvchilardir” 
 
844. Muso ibn Abdusamad Zazzondan rivoyat qiladilar: “Biz Abdulloh ibn Abbos (r.a.) 
bilan birga u kishiga qarashli  tepalikda edik. U kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
323
sahobalaridan. O‘shanda odamlar  narsalarini ko‘tarib, ko‘chib ketayotganini ko‘rdilar va 
“Ularga nima bo‘ldi?” deb so‘radilar. “Ular vabodan qochib ketyapti”, deyishdi. Ibn  
Abbos (r.a.) aytdilar: “Ey vabo, meni ol, meni ol”. “Nima uchun o‘limni so‘rab duo 
qilyapsiz? Siz Rasulullohning sohibisiz, o‘ziga o‘lim tilashdan qaytarganlarini eshitgansiz-
ku?” deyishdi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) ummatlariga kelishidan 
qo‘rqqan olti narsa uchun Allohdan o‘lim so‘rayman”. Biz: “U nima edi?” deb so‘radik. 
“Bolalarning  boshliq bo‘lishi, shartlarning ko‘payishi, hukmga poraning aralashishi, 
qarindoshlarchilikning uzilishi, qon to‘kishning yengil bo‘lishi va bu Qur’onni mazomir 
(surnay kuyi) kabi qilib olishlari. Bunda afzal yoki faqih kishini emas, balki faqatgina 
Qur’onni kuy qilib o‘qib beradigan kishini oldinga qo‘yadilar”, dedi Ibn Abbos. 
 
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “U kishi ibn Hubayraning eshigi oldidan o‘tayotganlarida  
(u kishi boy bo‘lgan), qori kishilardan bir nechalarini ko‘rib, aytibdilar: “Ey qorilar! Nima 
deb o‘ylaysizlar? Bu taqvodorlarning majlisidan emas”. 
 
845. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Boylarning qo‘shnisi, amirlarning olimi  va 
bozorlarning  qorisi bo‘lishdan saqlaninglar”. 
 
Zihhok ibn Muzohimdan aytadilar: “Men har kecha  to‘shagimda to‘lg‘onib, sultonimni 
rozi qiladigan hamda Rabbimni g‘azabini keltirmaydigan kalimani izlayman, lekin 
topolmayman”. 
 
Zikr qilinishicha, Iso ibn Muso Amir ibn Shubrimaga uchrab qoldi. Unga Amir: “Nimaga 
biznikiga kelmaysan?” dedi. Iso aytdi: “Siznikiga borib nima qilaman? Agar 
yaqinlashsangiz, meni fitnaga solasiz, agar uzoqlashtirsangiz, aziyat berasiz. Sizda men 
qo‘rqadigan va menda siz umid qiladigan narsa yo‘q”.  
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Podshohlarning eshigiga borishdan saqlaninglar. Ularning 
dunyosidan sizlarga biron  narsa yetmaydi, lekin undan afzal bo‘lgan oxiratlaringizni ular 
barbod etadilar”.  
 
Oldingi olimlarning biri aytadi: “Podshohning oldiga kirishingiz sizni uch narsaga 
chaqiradi: ularni rizoligini ustun qo‘yishga, ularning dunyosini ulug‘lashga,  yomon 
amallarini poklashga. Agar o‘shalarni qilsangiz, aniq halok bo‘lasiz. La-a havla va la-a 
quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘azim”. 
 
_________________ 
Sultonlarga aralashish bobi hadislari 
 
836-hadis. Juda zaif. “Al-mavzu’ot”ga qarang. 
837-hadis. Zaif. “Za’iful-jome’”ga qarang. 
838-hadis. Zaif. 
839-hadis. Juda zaif. Haysamiy, Tabaroniy rivoyat qilgan. 
840-hadis. Zaif. Ibn Hibbon, Uqayliy rivoyat qilgan. 
841-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
842-hadis. Muttafaqun alayh. 
843-hadis. Sahih. Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. 
844-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan. 
845-hadis. Isnodi noma’lum. 
 
 
 
 
 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
324
YETMISH YETTINCHI BOB 
KASALLIK VA KASALNI KO‘RISHLIK FAZILATI 
 
846. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Ato ibn Yasor 
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlarini naql qilganlar: “Agar banda kasal 
bo‘lsa, Alloh: “Bandam kelib ketguvchilarga nima deyapti ekan?” deb unga ikki farishatni 
yuboradi. Agar u ziyoratchilar kelganida Allohga hamd aytsa, hamdini farishtalar Allohga 
yetkazishadi, holbuki, Alloh o‘zi bilib turibdi”. So‘ng: “Bandamga aytinglar, agar Men uni 
vafot ettirsam, jannatga kirgizaman, agar shifo bersam, uning  go‘shtidan yaxshiroq 
go‘shtni beraman (ya’ni kasal bo‘lmaydigan) va qonini yaxshiroq qonga almashtiraman 
hamda gunohlarini kechiraman”. 
 
Said ibn Vahb aytadilar: ”Salmon Forsiy bilan birga u kishining do‘stinikiga  kirdik. 
Salmon aytdilar: “Albatta,  Alloh taolo mo‘min bandaga bir kasallik bersa, so‘ng unga 
salomatlik beradi. U kasallik o‘tgan ayblariga kafforat, keyingilariga rozilik bo‘ladi. Alloh 
fojir bandani bir kasallikka duchor qilib, so‘ng salomatlik beradi. U kasallik bog‘lab 
qo‘yilgan tuyaga o‘xshaydi. So‘ng uni qo‘yib yuborishadi. Ular nimaga bog‘lashdi, 
nimaga qo‘yib yuborishdi, bilmaydi”, dedilar. 
 
847. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: ”Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kirdim. U kishi 
darmonsizlikdan xasta edilar. Shunda qo‘llaridan tutib: “Sizga darmonsizlik va lohaslik 
qattiq tegibdi”, dedim. “Ha, – dedilar, – sizlardan ikki kishining kasali bilan kasallandim”. 
“Sizga ikki baravar ajr bor”, dedim. U zot: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yer 
yuzida qaysi muslimga kasallik yetsa, Alloh taolo uning xatolarini daraxt barglari 
to‘kilganidek to‘kadi”, dedilar. 
 
848. Payg‘ambar (s.a.v) aytadilar: “Agar mo‘min nafsga isitma qelsa, nafsning ichidan 
ruh nido qiladi: “Ey isitma, bo‘ mo‘min nafsdan nima xohlaysan?” Isitma: “Ey yaxshi 
ruh, bu nafsing pok edi. Uni gunohlar va xatolar iflos qildi. Men uni o‘shalardan 
poklayman”, deb javob beradi. Shunda ruh aytadi: “Unday bo‘lsa, yaqin kel, yaqin kel, 
yaqin kel va uni pokla”. 
 
Ibn Ashja’ aytadilar: “Muhojirlardan bittasi kasal bo‘ldi. Shunda: “Menga yetdiki, 
kasalning kasalligida to‘rtta xislat bordir: undan qalam ko‘tariladi, ajr sog‘ paytida amal 
qilganidek oqib kelaveradi va hamma xatolari bo‘g‘imlaridan ketadi, agar vafot etsa, 
kechirilgan holda vafot etadi, agar yashab ketsa, kechirilgan holda yashaydi”. 
 
Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: ”Agar Alloh taolo mo‘min  bandani kasallikka duchor 
qilsa, chap tomon farishtasiga: “Undan qalamni  ko‘tar”, deb,  o‘ng tomon farishtasiga: 
“Bandamga  sog‘liq vaqtidagi amalidan ham yaxshirog‘ini yoz”, deb buyuriladi. 
 
849. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Isitma Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga qora ayolga 
o‘xshab keldi. Undan: “Sen kimsan?” deb so‘radilar. “Maldamning onasiman”, dedi. 
“Nima ish bilan shug‘ullanasan, ey Maldamni onasi?” deb so‘radilar so‘ng. “Go‘sht 
yeyman, qon hidlayman, issiqligim jahannam issig‘idandir”, deb javob qildi. Payg‘ambar 
(s.a.v) uning isitma ekanini bildilar. 
 
So‘ng isitma aytdi: “Ey Rasululloh, meni o‘zingiz yaxshi ko‘rgan ahlingizga  yuboring”. 
Nabiy (s.a.v.) uni  ansorlarga yubordilar. Ularni yetti kun isitma  oldi. Oh-vohlari  

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling