Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


Hayo bobi hadislari 
 
740-hadis. Muttafaqun alayh. 
741-hadis. Ziaf. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
296
742-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan. 
743-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
744-hadis. Sahih. Termiziy rivoyat qildilar. “Sahihul-jome’”ga qarang. 
745-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan. 
746-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilgan. 
747-hadis. Botil, asli yo‘q. “Al-mavzu’ot”ga qarang. 
748-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
 
 
 
OLTMISH YETTINCHI BOB 
AMAL VA NIYAT BIRLIGI 
 
Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Zayd ibn Maysaradan rivoyat qiladilar: “Alloh taolo: 
“Men hamma hakim bandaning kalomini qabul qilavermayman, uning g‘ami va xohishiga 
qarayman. Agar g‘ami va xohishi Menga bo‘lsa, sukutini tafakkur, so‘zini, gapirsa-
gapirmasa, zikr qilib qo‘yaman”, deydi”. 
 
Ibrohim Naxa’iy (r.a.) aytadilar: “Kishi g‘azab bilan bir gap gapiradi va undan yaxshilikni 
niyat qiladi, Alloh shunda unga nisbatan odamlarning qalbiga uzr soladi. Hatto ular, 
faqat yaxshilikni xohlagan edi, deyishadi. Yana bir kishi yaxshi so‘zni gapiradi, lekin 
yaxshilikni niyat qilmaydi. Alloh buni odamlarning qalblarida bildiradi. Hatto, ular, bir 
kalomida yaxshilikni iroda qilmadi, deyishadi”. 
 
Avn ibn Abdulloh (r.a.)  aytadilar: “Yaxshilik ahllari bir-biriga uch kalimani yozib turishar 
edi: kim oxirat uchun amal qilsa, Alloh uning dunyo amallarini to‘g‘irlab qo‘yadi. Kim 
ichini isloh qilsa, Alloh tashqarisini ham isloh qilib qo‘yadi. Kim Alloh bilan o‘zi orasini 
isloh qilsa, Alloh  u bilan odamlar orasini isloh qilib qo‘yadi”.  
 
Hasan (r.a.) Alloh taoloning: 
“Ayting: har kim o‘z holicha amal qilur” (Isro, 84-oyat), degan so‘zini niyatiga ko‘ra, 
ya’ni amalning sihhati niyat bilan, deb tushuntirganlar. 
 
749. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning niyati uning amalidan yaxshidir”. 
 
Ahli ilmlarning ba’zilari bu hadis haqida shunday deyishadi: “Chunki kishi niyatining 
yaxshiligi uchun savob olaveradi, garchi amal qilmagan bo‘lsa ham. Amaliga esa niyatsiz 
savob ololmaydi”. 
 
Bir olim kishi aytadi: “Mo‘minning niyati amalidan yaxshidir. Chunki niyati ko‘p amali 
kam. U tirik ekan yaxshi amal qilishni niyat etadi, ammo u o‘lgunicha, yaxshi amalni 
davom ettira olmaydi”. 
 
Ba’zilar deyishadi: “Chunki niyat qalbning amalidir. Qalb ma’rifatning makoni. Nimaiki 
ma’rifat makonidan bo‘lsa, boshqasidan afzaldir”. 
 
750. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini rivoyat 
qiladilar: “Qiyomat kuni bir bandani keltirishadi. Uning yaxshiliklari katta tog‘lar kabi 
bo‘ladi. Keyin nido qiluvchi: “Kim mana bu odamdan zulm ko‘rgan bo‘lsa, kelib, undan 
haqqini olsin”, deb nido qiladi. Odamlar kelib, uning yaxshiliklaridan olishadi. Hattoki 
yaxshiliklaridan hech narsa qolmaydi. Banda hayron turganida, Rabbi unga: “Mening 
oldimda sening bir xazinang bor. Uni farishtalarimga ham, maxluqlarimga ham 
ko‘rsatmaganman”, deydi. Banda: “Ey Rabbim, u nima?” deb so‘raydi. Alloh taolo 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
297
aytadi: “U sening niyatlaring. Sen bir yaxshilikni niyat qilsang, unga yetmishdan oshirib, 
(savob) yozar edim”. 
 
Xabarda rivoyat qilinadi: “Bani Isroil obidlari ichida bir kishi bor edi. Bir kuni u katta qum 
uyumi oldidan o‘tdi. Shunda ko‘ngliga, agar bu qum uyumi unga aylanib qolsa, och 
yotgan Bani Isroil xalqini to‘yg‘izardim, degan o‘y keldi. Shunda Alloh taolo ularning 
payg‘ambariga: “Bu obidga ayt, Men unga unni sadaqa qilgandek ajr berdim”, deb vahiy 
qildi”.  
 
751. Yana bir xabarda rivoyat qilinishicha, qiyomat kuni banda keltiriladi va oldiga nomai 
a’moli qo‘yiladi. Amal kitobida haj, umra, jihod, zakot va sadaqani ko‘rib, banda o‘zicha, 
bulardan hech birini qilgan emasman-ku, bu mening kitobim emas, deydi. Shunda Alloh 
taolo aytadi: “O‘qi, bu sening kitobing, sen bechora holda yashab, agar menda mol 
bo‘lganida, albatta, haj qilardim, agar menda mol bo‘lganida, zakot berardim, deb aytar 
eding. Men sening niyatingda sodiqligingni bildim va bularning hammasini savobini 
berdim”. 
 
 Faqih Abu Lays aytadilar: “Kishi ozgina narsasini qizg‘onmasa, niyatining to‘g‘riligi 
ma’lum bo‘ladi. Masalan, yo‘lda qolgan hojini ko‘rib, menda ham mol bo‘lganida, haj 
qilardim, ammo imkoniyatim yo‘q, faqat ikki dirhamimgina bor, ularni shu kishiga beray, 
desa, yoxud qiynalib qolgan g‘oziyni ko‘rib, menda ham mol bo‘lganida, albatta, 
shunday qilardim, ammo imkonim yo‘q, faqat ozgina pulim bor, ularni mana shu muhtoj 
g‘oziyga yoki miskin qo‘shnimga beray, desa va bersa, niyatining xolisligi ko‘rinadi. 
Ammo ozgina narsasini ham qizg‘anib, baxillik qilsa (oziga baxillik qilgan kishining 
ko‘piga ham baxillik qilishini Alloh biladi), uning uchun haj qilay, yordam beray, degan 
niyatlarida savob yo‘q. Bir kishi: “Agar Qur’onni yodlaganimda, kechayu kunduz o‘qir 
edim”, desa va yodlagan bittagina surasini kechayu kunduz o‘qisa, Alloh taolo uning 
Qur’onni to‘la yod olganida, hammasini o‘qishini biladi va Qur’onning qolganini ham 
yodlashni nasib qiladi. Agar o‘zida bor narsani ham o‘qimasa, o‘z-o‘zidan uning niyati 
xolis emasligi bilinadi”. 
 
752. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning niyati amalidan yaxshi, munofiqning 
amali esa, niyatidan afzal”. 
 
753.  Muhammad ibn Ali Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilar: “Kim bir 
kishini, garchi uning do‘zaxi ekani Allohning ilmida bitilgan bo‘lsa ham, adolatliligi uchun 
Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rsa, Alloh taolo uni sevganga ahli jannatni sevgandek ajr beradi. 
Kim bir kishini Allohning ilmida jannati bo‘lsa ham, zolimligi uchun yomon ko‘rsa, Alloh 
taolo uni yomon ko‘rishiga xuddi ahli do‘zaxni yomon ko‘rgandek ajr beradi”. 
 
Xabarda rivoyat qilinadi: Alloh taolo Musoga (alayhissalom) dedi: “Ey Muso, Men uchun 
biror amal qildingmi?” Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Allohim, Sen uchun namoz 
o‘qidim, Sen uchun ro‘za tutdim, Sen uchun sadaqa qildim va Seni zikr qildim”. Alloh 
taolo dedi: “Namozing sen uchun dalil, ya’ni hujjatdir, ro‘za – to‘siq, sadaqa – soya, zikr 
nurdir. Ammo Men uchun biron kishini do‘st tutdingmi yoki Men uchun biron kishini 
dushman bildingmi?” Shundan keyin Muso (a.s.) amallarning afzali Alloh yo‘lida yaxshi 
ko‘rish va Alloh yo‘lida yomon ko‘rish ekanini bildilar. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
298
754. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) 
aytdilar: “Alloh taolo sizlarning suratlaringizga, mollaringizga va ahvollaringizga 
qaramaydi. Balki amallaringizga va qalblaringizga qaraydi”. 
755. Oyisha onamiz ham (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot 
(s.a.v.) aytdilar: “Kim odamlarning g‘azabidan (qo‘rqmay) Allohning roziligini izlasa, 
Alloh ham, odamlar ham undan rozi bo‘ladi. Kim Allohning g‘azabidan (qo‘rqmay) 
odamlarning rizoligini izlasa, Alloh taolo ham, odamlar ham unga g‘azab qiladi”. 
756. A’mash Abu Amr Shayboniydan, u kishi Abu Mas’ud Ansoriydan (hammalaridan 
Alloh rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga urushga 
chiqishni xohlagan bir kishi kelib, shunday dedi: “Ey Rasululloh, menga ulov bering”. 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Falonchiga bor, senga ulov beradi”. O‘shanga borgan edi, 
tuya berdi. So‘ngra Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib, buning xabarini aytdi. Shunda Nabiy 
(s.a.v.): “Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga uni qilgan kishining ajri kabi ajr bor”, 
dedilar. 
 
Boshqa bir hadisda: “Yaxshilikka dalolat qiluvchi uni bajaruvchi kabidir”, deyilgan. 
 
757. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida  bir tilanchi 
kelib, narsa so‘radi. Qavm jim qoldi. Keyin bir kishi unga bir narsa berdi. Keyin 
boshqalar ham unga berdi. Nabiy (s.a.v.) shunda aytdilarki: “Kim bir yaxshilikni joriy 
qilsa yoki unga sabab bo‘lsa, u ishning savobi va unga ergashganlarning savoblari hech 
kamaytirilmasdan unga ham beriladi. Kim bir yomonlikni joriy qilsa yoki unga sabab 
bo‘lsa, uning gunohi va unga ergashganlarning gunohi hech kamaytirilmagan holda unga 
ham yoziladi”. 
 
758. Tamim Doriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim qiyomat kuni beshta 
xislat bilan kelsa, jannatdan adashmaydi. Alloh uchun, rasuli uchun, kitobi uchun, 
musulmonlarning imomlari uchun va butun omma uchun samimiy-beg‘araz bo‘lgan 
(holda kelsa)”. 
 
759. Boshqa xabarda rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ogoh bo‘linglarki, din 
samimiyatdir”, dedilar. “Ey Rasululloh, kim uchun samimiyat?” deb so‘rashdi. Alloh 
uchun, rasuli, kitobi va jamiki musulmonlar uchun samimiyat”, deb javob qildilar. 
 
Faqih aytadilar: “Alloh uchun samimiyat Allohga iymon keltirmog‘ing, odamlarni ham 
iymonga chaqirmog‘ing va odamlarning hammasini mo‘min bo‘lishini orzu qilmog‘ing. 
Payg‘ambar (s.a.v.) uchun samimiy bo‘lish esa, u kishiga Alloh taolo tomonidan nima 
kelgan bo‘lsa, tasdiqlashing, sunnatlarga amal qilishing va odamlarni ham bu ishga 
boshlashing. Kitobi uchun samimiyat – uni o‘qimog‘ing, unda bor narsalarga amal 
qilmog‘ing va odamlarning hammasi o‘qishini hamda amal qilishini orzu etmog‘ing. 
Musulmonlarning imomlariga samimiyat – ularning buyurganlariga itoat qilishing, 
qaytarganlaridan qaytishing, ularni yaxshilikka undab, yomon ishlardan qaytarishing va 
ularga qilich bilan qarshi chiqmasligingdir. Musulmonlar uchun samimiy bo‘lish – o‘zing 
yaxshi ko‘rgan narsalarni ularga ham yaxshi ko‘rmog‘ing, o‘zing yomon ko‘rgan narsani 
ularga ham ravo ko‘rmasliging, ular orasida do‘stlik va inoqlik bo‘lishini xohlamog‘ing”. 
 
Faqih (r.a.) yana aytadilar: “Qancha uxlayotganlar bor, ularga namoz o‘qiyotganning ajri 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
299
beriladi. Qanchalab uyg‘oq namozxonlar bor, ular uyquda, deb yoziladi. Kishi sahar 
vaqtida turib, tahorat qilib, so‘ng bomdod vaqti chiqqunicha namoz o‘qishga odatlangan 
bo‘lsa, ammo bir kecha o‘sha niyat bilan yotib, ertalabgacha uxlab qolsa, keyin uyg‘onib 
ketib, namozni o‘tkazib yuborganiga xafa bo‘lsa va istirjo’ aytsa, uni namozni vaqtida 
o‘qigan, deb yoziladi va niyati bilan uning savobiga erishadi. Yana bir kishi kechasi turib, 
namoz o‘qishga odatlanmagan, ammo kechasida tong otdi, deb gumon qilib, turib 
tahorat olib, masjidga kirsa, hali tong otmagan bo‘lsa, so‘ng bomdod namozi vaqti 
kirishini kutib, o‘ziga-o‘zi, hali bomdod namozi vaqti bo‘lmaganini bilganimda, o‘rnimdan 
turmasdim, desa, shu niyati uchun uyg‘oq bo‘lsa ham, uxlovchilardan deb yoziladi”. 
 
________________ 
Amal va niyat birligi bobi hadislari 
 
749-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan. 
750-hadis. Avvali Buxoriy va Muslimning hadislarida kelgan. So‘ngining isnodi noma’lum. 
751-hadis. Isnodi noma’lum. 
752-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan. 
753-hadis. Isnodi noma’lum. 
754-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
755-hadis. Sahih. Termiziy, Ibn Hibbon, Abu Na’im rivoyat qilgan. 
756-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
757-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 
758-hadis. Ibn Najjor rivoyat qilgan. 
759-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan. 
 
 
 
OLTMISH SAKKIZINCHI BOB 
MAG‘RURLANISH 
 
Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): “Najot ikki 
narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik ila 
mag‘rurlanishda”, dedilar. 
 
Vahb ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Sizlardan avvalgilarning ichida Allohga yetmish yil 
ibodat qilgan kishi bor edi. Haftada bir kun, ya’ni shanbada og‘zi ochiq bo‘lardi. Qolgan 
kun ro‘zador edi. U Allohdan bitta hojatini so‘radi. Ammo hojati ravo bo‘lmadi. Shunda 
nafsiga, agar senda yaxshilik bo‘lganida, hojating bajarilar edi, ammo oldin gunoh ishlar 
qilgansan, dedi. Shu zahoti bir farishta tushib: “Ey odam farzandi, o‘zingni haqir 
hisoblaganing oldin qilgan yetmish yillik ibodatingdan yaxshidir”, dedi. 
 
Sha’biy aytadilar: “Bir kishiga bulutlar soya solib yurardi. Buni ko‘rgan boshqa bir kishi: 
“Albatta, uning soyasida yuraman”, dedi. Shunda haligi birinchi kishi g‘ururlanib: “Mana 
bunga o‘xshashlar mening soyamda yuradi”, deb o‘yladi. Vaqti yetib, ular ajralishganida 
esa, soya ikkinchi kishi bilan ketdi”. 
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: Tavbangning to‘g‘ri bo‘lishi gunohingni bilish, 
amalingning to‘g‘ri bo‘lishi mag‘rurlikdan voz kechishing bilandir”. 
 
Umar ibn Abdulazizdan (r.a.) zikr qilinadi. U kishi xutba qilayotganlarida mag‘rurlanib 
qolishdan qo‘rqsalar, xutbalarini to‘xtatardilar, yozayotganlarida ham mag‘rurlanishdan 
xavfsirasalar, varaqni yirtib tashlardilar va: “Ey Parvardigor, Sendan nafsimning 
yomonligidan panoh tilayman”, derdilar”. 
 
Mutarrif ibn Abdulloh aytadilar: “Kechasi uxlab qolib, pushaymon holda tong ottirishim 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
300
kechani uxlamay o‘tkazib, mag‘rurlanib tong ottirishimdan yaxshiroqdir”. 
 
Oyishadan (r.a.) bir kishi: “Muhsin bo‘lganimni qachon bilaman?” deb so‘radi. Qachon 
gunohkorligingni bilsang”, deb javob qildilar. Kishi: “Qachon gunohkorligimni bilaman? 
deb savol qildi. Oyisha onamiz aytdilar: “Qachonki, o‘zingni muhsin bilsang”. 
Zikr qilinadiki, Bani isroillik bir yigit dunyodan yuz o‘girdi, odamlardan uzoqlashdi, chet 
joylarda ibodat qila boshladi. Bu yo‘ldan qaytarish uchun qavmining ikki ulug‘i uning 
uyiga kelishdi. Keyin: “Ey yigit, sabring yetmaydigan qattiq ishni ushlading”, deyishdi. 
Yigit: “Odamlarning Alloh huzurida turishi mening bu turishimdan qattiqroqdir”, deb 
javob qildi. So‘ng: “Qarindoshlaring bor, ibodatingni ularning orasida qilganing afzal”, 
deyishdi. Yigit aytdi: “Agar mendan Alloh rozi bo‘lsa, boshqa hamma do‘st-qarindoshlar 
rozi bo‘lishadi”. Ikki shayx: “Sen hali yoshsan, ko‘p narsani bilmaysan, bizlar bu ishda 
tajriba orttirganmiz va sening bu yo‘lda mag‘rurlanib ketishingdan qo‘rqamiz”, deyishgan 
edi, yigit: “Kim o‘zini bilsa, mag‘rurlanish unga zarar qilmaydi”, deb javob berdi. 
Shayxlar shunda bir¬-biriga qarab: “Turdik, ketamiz. Bu yigit jannatning hidini topibdi. 
Endi bizning so‘zimizni qabul qilmaydi”, deyishdi.  
 
Xabarda zikr qilinishicha, Dovud (alayhissalom) dengiz bo‘yiga chiqib, Parvardigorga 
to‘la bir yil ibodat qildilar. Bir yil o‘tganidan so‘ng: “Ey Rabbim, qaddim bukildi, ko‘zlarim 
zaiflashdi, diydamda yosh qolmadi. Mening bu ibodatim nima bo‘lishini bilmayman”, 
dedilar. Alloh taolo qurbaqaga: “Bandam Dovudga javob bergin”, deb vahiy qildi. 
Qurbaqa aytdi: “Ey Allohning payg‘ambari, siz bir yil Allohga ibodat qilganingizni minnat 
qilyapsizmi? Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, men o‘ttiz-oltmish 
yildan beri qamishlar orasida yashab, Unga tasbeh, hamd aytaman. Muskullarim 
Allohdan qo‘rqqanimdan qaltiraydi”. Dovud (alayhissalom) bu gaplarni eshitib yig‘ladilar. 
 
Zikr qilinishicha, ushbu holat Muso (alayhissalom) bir qibtiyni o‘ldirib qo‘yganlarida ham 
yuz bergan ekan. 
 
Faqih  aytadilar: “Kim g‘ururini sindirmoqchi bo‘lsa, to‘rtta narsa qilishim kerak bo‘ladi: 
1. Tavfiqni (muvaffaqiyatni) Alloh taolodan bilish. Shunda shukr qiladi, nafsiga 
mag‘rurlanmaydi. 
2. Alloh taolo bergan ne’matlarga ibrat ko‘zi bilan qarash. Bunda ham shukr bilan 
mashg‘ul bo‘ladi, amalini kam sanaydi va qilgan ishiga mag‘rurlanmaydi.  
3. Amalining qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqish. Shunda xavfi kuchayadi, nafsiga 
mag‘rurlanmaydi. 
4. Oldingi qilgan gunohlariga qarash. Agar gunohlarining yaxshiliklaridan og‘ir kelishidan 
qo‘rqsa, nafsiga bo‘lgan g‘ururi sinadi. Inson qiyomat kuni nomai a’molidan nimalar 
chiqishini bilmay turib, qanday g‘ururlanadi?! Albatta, g‘ururlanish va xursandchilik amal 
kitobini o‘qigandan keyin aniq bo‘ladi”. 
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Alloh taoloning: 
“Mana, Mening kitobimni o‘qinglar” (Al-haqqa, 19-oyat), degan oyatini eshitardim, 
lekin uning kim uchun aytganini bilmasdim. Bir kuni biz Umarning (r.a.) oldilarida 
o‘tirganimizda Ka’b (rahmatullohi alayh) kelib qoldi. Umar unga: “Ey Ka’b, bizlarga hadis 
aytib ber. Aytsang, faqat Allohning kitobiga mosini ayt”, dedilar. Ka’b (r.a.) aytdilar: 
“Alloh taolo qiyomat kuni barcha maxluqlarni katta bir vodiyda tiriltiradi. U yerda 
chaqiruvchi hammalarini eshitib, ko‘rib turadi. Keyin har bir qavm imomi bilan 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
301
chaqiriladi. Ya’ni, hidoyatga yoki zalolatga boshlovchi olimlari bilan chaqiriladi. Hidoyatga 
boshlovchi imom qavmidan oldin keltiriladi. Kelganidan so‘ng unga kitobi o‘ng tomonidan 
beriladi. Unda gunohlari yashiringan bo‘ladi, faqat o‘zi o‘qiydi. Bu ish, amalim bilan 
jannatga kirdim, demasligi uchundir. Odamlarga esa, uning yaxshiliklari ko‘rsatiladi. 
Ular: “Falonchi qanday yaxshi, yaxshiliklari ko‘rinib turibdi”, deyishadi. Uning o‘zi 
gunohlarini o‘qiyotib, halok bo‘ldim, endi, deb o‘ylaydi. Kitobining oxiriga kelganida, 
gunohlaringni kechirdim degan so‘zni o‘qiydi. Keyin unga nurdan bo‘lgan toj kiydiriladi. 
Nurlari yaltirab turadi. So‘ng unga: “Birodarlaringga borib, ularga ham senikiga o‘xshash 
ish bo‘lishini aytib xursand qil”, deb turishadi. Keyin u: “Mana, mening kitobimni 
o‘qinglar. Gunohlarimni kechirdi. Xursand bo‘linglar. Hammalaringiz men kabi 
bo‘lasizlar”, deydi. 
 
Agar zalolatga chaqiruvchi imom bo‘lsa, u ham olib kelinadi. Keyin kitobi beriladi. O‘ng 
qo‘li bilan ushlayman, desa, o‘ng qo‘li bo‘yniga o‘ralib qoladi. Bo‘yniga o‘girib, yolg‘iz o‘zi 
yaxshiliklarini o‘qiydi. Bu ish, faqat gunohlarim saqlanib, yaxshiliklarim yozilmabdi, 
demasligi uchundir. So‘ng unga aytiladi: “Falon amalni qilding va o‘sha ishga yarasha 
mukofotlaringni olding”. Shunday qilib, yaxshiliklari tugaydi. Gunohlari esa, odamlarga 
ko‘rinib, ma’lum bo‘ladi. Shunda ular: “Falonchiga vayl bo‘lsin, yomonliklari ko‘rinib 
turibdi”, deydi. U kitobini o‘qiy-o‘qiy oxiriga yetadi va eng so‘nggi sahifada: “Albatta, 
senga azob kalimasi haqdir”, degan so‘zni o‘qiydi. Yuzi qorong‘i kechadek qop-qora 
bo‘lib ketadi, keyin boshiga o‘tdan bo‘lgan toj kiydiriladi, tojning tutunlari yaltiraydi. 
So‘ng unga: “Borib qavmingga xabarini ber. Ularning hammasi uchun mana shunday 
narsa tayyorlab qo‘yilgan”, deyiladi. Vodiy ahliga yetib kelganida, ular hammasi faqat: 
“Ey Parvardigor, buni biz bilan, bizni  u bilan birga qilma”, deyish bilan ovora bo‘ladi. 
Qaysi qavm o‘tsa, unga la’nat o‘qiydi. Keyin do‘stlari kelib, ular ham la’nat aytadilar. 
hamma undan bezor bo‘ladi. Alloh taolo: 
 
“Hali qiyomat kunida ayrimlaringiz (ya’ni peshvolaringiz) ayrimlaringizdan 
(ergashuvchilaridan) tonur, ayrimlaringiz ayrimlaringizni la’natlar” (Ankabut, 
25-oyat), deb aytgani kabi u ham qavmini la’natlaydi. So‘ngra ularga: “Bilib qo‘yinglar, 
hammalaringiz xuddi mana shu holga tushasiz”, deb aytadi”. 
 
Masruq (r.a.) aytadilar: “Kishining olim bo‘lishiga Alloh taolodan qo‘rqishi, ilmsiz 
qolishiga esa, amaliga mag‘rurlanishi kifoya qiladi”. 
 
760. Mujohid (r.a.) aytadilar: “Said ibn Os Usmonning (r.a.) huzurlariga bir qavmni 
yubordi. Ular kelib Saidni maqtashdi. Shunda ularning yuziga tuproq sochdilari va: “Men 
Payg‘ambarning (s.a.v.): “Agar maddohlarni ko‘rsanglar, ularning yuziga tuproq 
sochinglar”, deganlarini eshitganman”, dedilar”.  
 
_____________ 
Mag‘rurlanish bobi hadislari 
 
760-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
 
 
 
OLTMISH TO’QQIZINCHI BOB 
HAJNING FAZILATI 
 
761. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar: "Bizlar Payg‘ambar (s.a.v.) 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
302
bilan birga edik. Yamandan bir toifa kelib: "Ota-onamiz sizga fido bo‘lsin, bizga hajning 
fazilatlarini aytib bering", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Kim yurtidan haj yoki 
umra qilish uchun chiqsa, har bir qadamini ko‘tarib bosganida, badanidan gunohlari 
daraxg yaproqlari to‘kilgandek to‘kildi. Agar Madinaga kirib, men bilan salomlashsa, 
maloikalar unga salom berishadi. Agar Zul Hulayfaga tushsa va yuvinsa, Alloh taolo uni 
gunohlardan poklaydi. Qachon ikki yangi kiyim kiysa, Alloh taolo unga yaxshiliklarni 
yangilaydi. "Lab-baykallohumma, labbayk", desa, Alloh taolo: "Bi-labbayka va sa’dayka. 
So‘zingni eshityapman. Seni ko‘rib turibman", deydi. Agar Makkaga kirib tavof qilsa, 
Safo va Marva orasida sa’y qilsa, Alloh unga yaxshiliklarni yog‘diradi. Agar hojilar 
Arafotda to‘xgasalar, hojatlarini so‘rab, ovozlari ko‘tarilsa, Alloh taolo yetga osmon 
farishtalariga faxrlanib aygadi: ' Farishtalarim va osmonda turuvchilar, Mening 
bandalarimni ko‘rmaysizlarmi? Ular Menga turli yo‘l va daralardan o‘tib, chang-
g‘uborlarni bosib, mollarini sarflab, tanalarini charchatib kelshtsdi. Izzatim va 
ulug‘llgimga qasamki, ularning yaxshilari sababli yomonlariga ham yaxshilik beraman va 
ularni onasidan yangi tug‘ilganidek, gunohlaridan poklayman". Agar tosh otsalar, 
sochlarini oldirsalar, Baytullohni ziyorat qilsalar, nido qiluvchi arshdan nido 
"Gunoharingiz kechirilgan holda qaytib, amallaringnzni yangidan boshlanglar". 
 
762. Ali ibn Abu Tolib (karramallohu vajhahu) aytadilar: "Allohning uyini Paygambar 
(s.a.v.) bilan birga tavof qilayottan edim. Shunda u zotdan: "Ota-onam sizga fido 
bo‘lsin, bu uy qanaka uy?" deb so‘radim. Nabiy (s.a.v.): "Ey Ali, Alloh taolo bu dunyo 
hovlisida ummatimning gunohlariga kafforat bo‘lish uchun bino qildi", dedilar. "Ota-
onam fido bo‘lsin, Hajarul asvad nima?" deb so‘radim keyin. "Bu tosh jannatda javhar 
edi. Alloh taolo uni yer yuziga quyosh shu’lasi kabi shu’lali holda tushirdi. Mushriklar 
qo‘llari bilan ushlagani uchun u qorayib, rangi o‘zgarib ketdi", dedilar Rasululloh 
(s.a.v.)". 
 
763. Abbos ibn Mardos rivoyat qiladilar: "Nabiy(s.a.v.) arafa kuni oqshomida ummatga 
rahmat va mag‘firat so‘rab, Alloh taologa uzoq vaqg duo qildilar. Alloh taolodan: "Men 
shunday qiltanman (yabnii, rahmat va mag‘firat etganman), ammo ular bir-birlariga 
zulm qiladilar", degan javob keldi. Payg’ambar (s.a.v.) aytdilar: "Ey Rabbim, sen 
mazlumga zulm ko‘rgani uchun savob berishta, shuningdek, zolimni ham kechirishga 
qodir zotsan". O’sha kecha Allohstaolo javob bermadi. 
Ergasi kuni Nabiy (s.a.v.) Muzdalifada shu duni yana takrorladilar. Keyin Alloh: "Men 
ularni kechyardim", deb javob qildi. So‘ngra Payg‘ambar (s.a.v.) tabassum qildilar. 
Sahrbalarning ba’zilari: "Yo Rasulalloh, oldinlari hech tabassum qilmagan soatda 
tabassum qildingiz?" deb savol so‘rashdi. Rasululloh: “Allohning dushmani shaytonga 
kuldim. U mening ummatim uchun qilgan duoim mustajob bo‘lg‘anini bilib, o‘zini yerga 
otdi, nafsimga vayl va halokat bo‘lsin, deb boshiga tuproq sochdi", dedilar. 
 
764. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdal (s.a v) rivoyag qiladilar. U kishi (s.a.v.) 
aytdilar: "Kim Alloh uyini hij qilsa, haj davomida yomon gaplarni gapirmasa, fosiqdik 
qilmasa, (uyiga) onasidan yangi tug‘ilgandek (pok holda) qaytadi" 
 
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Kim bu uyga Allohni xohlab kelsa va tavof qilsa, 
onasidan yangi tug‘ilgandek pok bo‘ladi". 
 
765. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Shaytonni arafa kunidagidek zaifroq, haqirroq, 
g‘azablanganroq xolda hech qachon ko‘rmagan. Buning sababi faqatgina Allohning 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling