Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


“Qachon (kofirlarning) ustiga so‘z – azob tushganida (ya’ni qiyomat


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


“Qachon (kofirlarning) ustiga so‘z – azob tushganida (ya’ni qiyomat 
yaqinlashib qolganida), Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga 
odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo‘lib qolganlari haqida so‘zlar” 
(Naml, 82-oyat). 
 
931. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilar: 
“Quyosh g‘arbdan chiqmaguncha qiyomat bo‘lmaydi. Agar quyosh g‘arbdan chiqsa, 
odamlarning hammalari iymon keltiradi. U kunda keltirgan iymonlari foyda bermaydi. 
 
“Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa, ilgari iymon 
keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb etmagan biron jonga (endi keltirgan) 
iymoni foyda bermas. Ayting: “Kutaveringlar. Biz ham kutuvchilarmiz!” (An’om, 
158-oyat) 
 
932. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Yaqinda sizlarga bir kecha keladi. Uning miqdori 
bu kechalaringizning uchtasidek bo‘ladi. Agar o‘sha kecha kelsa, uning kelganini kechasi 
tahajjud o‘qiydiganlar biladi. Kishi turib, darslarini o‘qiydi. Keyin uxlaydi. So‘ng turib, 
yana darslarini o‘qiydi, so‘ng uxlaydi. So‘ng turib, zikr-duolarini o‘qiydi. U shunday bo‘lib 
turganida, to‘satdan insonlar g‘alayon ko‘tarib qolishadi. So‘ng, nima bo‘ldi, deb 
masjidga sho shilishadi. Keyin quyoshni o‘ylab qolishadi, ammo u mag‘ribdan chiqib 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
355
bo‘lgan bo‘ladi. Osmonning o‘rtasiga kelgandan keyin ortiga qaytadi va mashriqdan 
chiqadi. Bu haqda Alloh taoloning: 
 
“Pavardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda...” (An’om, 158-oyat) degan 
so‘zi bor. 
 
933. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambarlar 
onalari boshqa-boshqa bo‘lgan og‘a-inilardir. Dinlari bir xil. Ularning oralarda Iso ibn 
Maryamga eng yaqini menman. U bilan mening oramda payg‘ambar yo‘q. U ummatim 
ichida mening xalifamdir. U aniq tushadi, to‘ng‘izni o‘ldiradi, xochni sindiradi, jizyani 
bekor qiladi, yomonlik urushlarini to‘xtatadi, yer bir paytlar jabr-zulmga to‘lgani kabi 
yaxshilik va adolatga to‘lib ketadi, hatto sher tuya bilan, yo‘lbars sigir bilan, bo‘ri qo‘ylar 
bilan o‘tlab yuradi, kichkina bolalar ilonlar bilan o‘ynaydi”.  
 
Abdulloh ibn Umar aytadilar: “Iso (alayhissalom) tushganlarida, Dajjol u kishini ko‘rib, 
yog‘ erigandek erib ketadi. So‘ngra Dajjolni o‘ldiriladi. Undan yahudlar ajralib qoladi, 
so‘ng ular bilan ham urush bo‘ladi. Hattoki toshlar: “Ey Allohning musulmon bandasi, 
ortimda yahudiy bor, kelib uni o‘ldir”, deydi”.  
 
934. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Ya’juj 
va Ma’juj har kuni o‘ra kovlab, quyosh nurlarni ko‘rishga yaqinlashib qolishganida, 
ularning ustidagilar: “Qaytinglar, ertaga kovlaysizlar”, deydi. Alloh uni asl holiga 
qaytarib qo‘yadi. Vaqti kelganida yana kavlashadi va quyosh nurlari ko‘rinay deb 
qolganida, ularga boshliqlari aytadi: “Qaytinglar, Xudo hohlasa, ertaga kavlaysizlar”. 
Ular kelishganida, kecha qoldirib ketilgan holatlarida turgan bo‘ladi. Uni kavlaydilar va 
insonlar ustiga yopirilib, suvlarini quritadilar. Odamlar ulardan qochib, qo‘rg‘onlariga 
berkinib olishadi. Alloh ularning bo‘yniga qurt yuborib, halok qiladi”. 
 
Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: “Ya’juj-Ma’juj chiqqanidan keyin yana daraxtlar ekilib, 
Baytullohga haj qilinadi”. 
 
Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytadilar: “Ya’juj-Ma’jujdan birontasi o‘lsa, orqasida mingdan 
ortiq bolasi qoladi”. 
 
935. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat 
boshlanishi oldida fitnalar qorong‘i kechaning bo‘lagidek bosadi. U vaqtda badan o‘lgani 
kabi kishining qalbi ham o‘ladi. O‘shanda kishi mo‘min bo‘lib tong ottirsa, kofir bo‘lib 
kech qiladi. Mo‘min bo‘lib kech kirgizsa, kofir bo‘lib tong ottiradi. U vaqtda qavmlar 
dinlarini dunyoning ozgina matosiga sotib yuborishadi”. 
 
936. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomatning 
olti alomati paydo bo‘lmasdan, yaxshi amallarga shoshilinglar. U shartlar quyoshning 
g‘arbdan chiqishi, Dajjol, tutun va yer hayvoni, har biringizga o‘lim kelishi va qiyomat 
kuni”.  
 
937. Abdurahmon ibn Sobitdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Yaqinda 
sizlarga oyning tutilishi, ko‘p narsaning izdan chiqishi, pok insonlarga tuhmat qilish zohir 
bo‘ladi. “Ey Allohning elchisi, ular la-a ilaha illalloh, deb guvohlik beradilar-ku?”, 
deyishdi. “Ha, ammo ularda to‘rtta narsa – qo‘shiqchilar, musiqa asboblari, aroq ichish 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
356
va ipakdan kiyim kiyish ko‘rinsa, o‘sha ishlar bo‘laveradi”, dedilar Nabiy (s.a.v.). 
 
Ubay ibn Ka’b (r.a.) Alloh taoloning: 
 
“Ayting (ey Muhammad), u sizlarga ustingizdan yo oyoqlaringiz ostidan azob 
yuborishga yoki sizlarni guruh-guruh qilib aralashtirib yuborib (jangu 
jadallarda) ayrimlaringizga ba’zilaringizning zararini torttirib qo‘yishga qodir 
bo‘lgan Zotdir” (An’om, 65-oyat), degan oyati haqda aytadilar: “Oyatda aytiladigan 
to‘rtta sifatdir. Ularning bo‘lishi aniq. Ikkitasi Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan yigirma 
besh yil o‘tib keldi: guruh-guruh bo‘lib ketishdi va ayrimlari ba’zilariga zarar yetkazishdi. 
Ikkitasining bo‘lishi ham shubhasizdir. Ular oyning tutilishi va zilzilalar”. 
 
938. Rivoyat qilinishicha, yuqoridagi oyat tushganida Payg‘ambar (s.a.v.) duo qilib, 
ikkitasidan – oy tutilishi va keyingi o‘zgarishlardan salomat bo‘lgan ekanlar.  
 
Masruq aytadilar: “Bir kishi masjidda gapirib turgan edi. U: “Qiyomat kuni bo‘lsa, 
osmondan tutun tushadi. U munofiqlarning quloq va ko‘zlarini oladi. Mo‘minlarni esa 
tumov ko‘rinishida ushlaydi”, dedilar. 
 
Masruq keyin Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.) oldlariga kirib, boyagi gapni aytdilar. 
Abdulloh ibn Mas’ud suyanib turgan edilar, o‘tirib oldilar va: “Ey odamlar, sizlarning 
birontangizdan bilgan narsasi haqida so‘ralsa, uni aytsin. Kimda ilm bo‘lmasa, “Alloh 
biluvchiroq”, deb aytsin. Alloh taolo payg‘ambariga dedi: 
 
“(Ey Muhammad, ularga) ayting: Men (Qur’onni sizlarga yetkazganim uchun) 
sizlardan biron ajr-haq so‘ramayman va men soxtakorlardan (ya’ni, yolg‘ondan 
payg‘ambarlikni da’vo qilguvchi kimsalardan) ham emasman” (Sod, 86-oyat). 
 
939. Quraysh Payg‘ambarni (s.a.v.) yolg‘onchiga chiqarganida, u zot aytdilar: “Ey 
Parvardigoro, zolimlarga bosimingni qattiq qil. Ey Parvardigoro, ularga Yusuf 
zamonlarida bo‘lib o‘tgan qahatchilikni yubor”. So‘ng ularga ochlik keldi. Ular 
qiynalganlaridan suyak, o‘laksalarni yedilar. Hattoki ochlikdan ularga osmondagi narsa 
tutundek ko‘rina boshladi. Alloh taolo aytdi: 
 
“Bas (Ey Muhammad), siz osmon ochiq (ya’ni, barchaga ko‘rinadigan) kunga 
ko‘z tuting. Uning (tutuni barcha) odamlarni o‘rab olur. Bu alamli azobdir” 
(Duxon, 10-oyat). 
 
_________________ 
Qiyomat alomatlari bobi hadislari 
 
926-hadis. Zaif. Termiziy rivoyat qilgan. 
927-hadis. O‘zidan avvalgi hadisga qarang. 
928-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
929-hadis. Zaif. Ibn Hammod rivoyat qilgan. 
930-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan. 
931-hadis. Muttafaqun alayh. 
932-hadis. Zaif. 
933-hadis. Muttafaqun alayh. 
934-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 
935-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 
936-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 
937-hadis. Sahih. Tabaroniy rivoyat qilgan. 
938-hadis. Ibn Kasir tafsirida keltirgan. 
939-hadis. Muttafaqun alayh. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
357
SAKSON YETTINCHI BOB 
ABU ZARR G‘IFORIY (R.A.) HADISLARI 
 
940. Abu Zarr (r.a.) rivoyat qiladilar: “Masjidga kirganimda Payg‘ambar (s.a.v.) yolg‘iz 
o‘tirgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) faqat vahiy tushayotganida yoki biror ish uchun 
shunday yakka o‘tiradilar, deb o‘yladim. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Menga yaqinroq 
o‘tir, ey Jondab”. U kishi bilan yolg‘iz qolganimni g‘animat bilib, yaqinroq o‘tirdim. 
So‘ngra aytdimki: “Ey Rasululloh, bizga tahoratni buyurdingiz. Tahorat nima o‘zi?” “Ey 
Abu Zarr, – dedilar, – namoz tahoratsiz durust emas. Tahorat oldingi gunohlarga 
kafforat bo‘ladi”. Aytdim: “Ey Allohning elchisi, bizlarni namozga buyurdingiz. Namoz 
nima?” “Namoz buyurilgan ishlarning yaxshisidir. Banda xohlasa kamaytirsin, hohlasa, 
ko‘paytirsin”, dedilar Nabiy. So‘ng aytdim: “Ey Allohning elchisi, bizga zakotni 
buyurdingiz, zakot nima?” “Ey Abu Zarr, – dedilar, – omonatdor bo‘lmaganning iymoni 
yo‘q. Zakotni ado qilmaganning namozi yo‘q. Alloh taolo boylarga mollaridan 
kambag‘allarning hojatlariga yarashasini zakot qilib chiqarishni farz etdi. Alloh taolo 
boylardan zakot haqida so‘raydi va ado qilmaganlari uchun ularni azoblaydi. Ey Abu 
Zarr, zakot berish bilan mol kamaymaydi. Mol qurg‘oqchilik yoki sel sababidan emas, 
faqat zakotni man’ qilish sababidan zoe’ bo‘ladi. Ey Abu Zarr, faqat mo‘mingina molining 
zakotini chin ko‘ngildan ado etadi va mushrikkina zakotni man’ qiladi”. Keyin: “Ey 
Allohning rasuli, bizlarni ro‘zaga buyurdingiz, ro‘za nima?” deb so‘radim. Aytdilar: “Ro‘za 
qalqon, Allohning huzurida mukofotdir. Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor: biri iftor 
qilganidagi xursandchiligi, yana biri Rabbiga yo‘liqqanidagi xursandchiligi. Ro‘zadorning 
og‘zidan keladigan hid Allohning nazdida mushkning hididan ham yaxshiroqdir. Qiyomat 
kunida insonlar uchun dastuxon yoziladi. Undan birinchi bo‘lib ro‘zadorlar yeydilar”. 
So‘ngra: “Ey Allohning rasuli, bizni sabrga buyurdingiz, u nima?” deb so‘radim. 
“Sabrning misoli xaltasida mushk solingan kishi kabidir. U odamlar ichida bo‘lgan 
paytida hamma uning hidi kelib turishini yoqtiradi”, dedilar Nabiy. “Ey Allohning rasuli, – 
dedim keyin, – bizlarni sadaqaga buyurdingiz, u nima?” Aytdilar: “Ofarin, ey Abu Zarr, 
maxfiy qilingan sadaqa Parvardigorning g‘azabini ketkazadi. Oshkor qilingan saqada 
sohibidan yetti yuzta yomonlikni o‘chiradi. Sadaqa xatolarni yuvadi. 
 
941. Abu Zarr rivoyat qiladilar: “Masjidga kirsam, Payg‘ambarning (s.a.v.) o‘zlari 
o‘tirgan ekanlar. U kishi yolg‘iz paytlarida foydalanib qolay dedim. Ammo band qilib 
qo‘ymay, deb ham o‘yladim. Oxiri oldlariga kelishga qaror qildim. Kelib salom berdim. U 
zotning huzurlarida o‘tirdim. Menga gapirmadilar, o‘tirishim og‘ir botgan bo‘lsa kerak, 
deb o‘yladim. So‘ng: “Ey Abu Zarr, ikki rak’at namoz o‘qidingmi? dedilar. “Yo‘q, 
o‘qimadim”, dedim. Aytdilar: “Turib rak’at namoz o‘qi. Har narsaning salomi bo‘ladi. 
Masjidning salomi ikki rak’at namoz o‘qishdir”. Turib ikki rak’at namoz o‘qidim. So‘ng 
kelib, u kishining oldlarida uzoq o‘tirdim. So‘ng u zot: “Ey Abu Zarr, toshbo‘ron qilingan 
shaytondan Alloh taolodan panoh so‘ra, inson va jin shaytonlaridan ham (panoh so‘ra)”, 
dedilar. “Ey Rasululloh, insonlarning ham shaytonlari bo‘ladimi?” deb so‘radim. “Alloh 
taoloning: 
 
“Ins va jinlardan bo‘lgan shaytonlar” (An’om, 112-oyat), degan oyatini 
eshitmaganmisan?” dedilar. So‘ng jim qoldilar. U kishi gapirmagani uchun kalomni ko‘p 
qilib yubordim”, deb o‘yladim.  
 
So‘ng yana so‘rashga jur’at qildim: “Ey Allohning payg‘ambari, menga namozni 
buyurdingiz, namoz nima o‘zi?” (Keyin yuqorida zikr qilingan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi). 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
358
Abu Zarr aytadilar: “So‘ng odamlar yig‘ildi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlarga baxil 
kishi kim ekanini aytib berayinmi?” “Ha”, deyishdi. “Men zikr qilinsam, menga salovot 
aytmagan kishi”, dedilar Nabiy (s.a.v.) 
 
942. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga 
chiqqanlarida, munofiqlardan ba’zilari u zotga ergashdilar, ammo bir-ikki kishi qolib 
ketgan edi. Odamlar: “Ey Rasululloh, falonchi qolib ketdi”, deyishdi. Nabiy: “Uni 
qo‘yaveringlar, agar unda yaxshilik bo‘lsa, Alloh taolo yaqinda sizlarga uni ro‘para qiladi. 
Agar boshqa bo‘lsa, Alloh taolo sizlarni undan ozod qilibdi”, dedilar. So‘ng: “Ey 
Rasululloh, Abu Zarr ham qolib ketdi”, deyishdi. “Uni qo‘yinglar, agar unda yaxshilik 
bo‘lsa, Alloh sizlarni yaqinda u bilan uchrashtiradi”, dedilar Nabiy. 
Abu Zarr (r.a.) orqada qolib ketgan edi. Chunki uning tuyasi sekin yurardi. Juda 
sekinlashib qolganida, nar salarini yelkasiga tashlab, Payg‘ambar (s.a.v.) izlaridan 
ergashdilar. Piyoda, orqasida yuki bilan kunning qattiq issig‘ida bir o‘zi kelardi. Odamlar: 
“Ey Rasulluoh, bir piyoda kishi kelyapti”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Abu Zarr 
bo‘lsin-da”, deb qo‘ydilar. Odamlar unga qarab turishardi. Yaqin kelganida: “Ey 
Rasululloh, Allohga qasamki, bu Abu Zarr (r.a.) ekan”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) 
ko‘zlari yoshga to‘ldi va: “Abu Zarrni Alloh rahmat qilsin. Bir o‘zi yuradi, bir o‘zi o‘ladi, 
yakka holatda tiriladi”, dedilar”. 
 
943. Muhammad ibn Ka’b (r.a.) aytadilar: “Abu Zarr (r.a.) Usmon (r.a.) zamonlarida 
Rabzaga bordilar va shu yerda vafot etdilar. U kishining yonida xotini va xizmatkoridan 
boshqa hech kim yo‘q edi. U ikkisiga jasadlarini yuvib kafanlashni, so‘ng yo‘l chetiga 
qo‘yishni va kim birinchi o‘tsa, dafn etishga yordam beringlar, deb aytishni vasiyat 
qildilar. U yerdan Ibn Mas’ud o‘tdilar. Va yig‘lab yubordilar. So‘ng: “Payg‘ambar (s.a.v.): 
“ Yakka yurasan, yakka o‘lasan va yakka tirilasan”, deb to‘g‘ri aytganlar”, dedilar. Keyin 
Abu Zarrni dafn qildilar va yo‘llariga ketdilar. Yonidagilarga Tabuk yurishidagi 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan hadisni gapirib berdilar”. 
 
944. Iyos ibn Salama otasidan, u kishi Abu Zarr G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qiladilar: 
“Payg‘ambar (s.a.v.): “Mendan keyin senga balo keladi”, dedilar. “Alloh yo‘lidami?” deb 
so‘radim. “Alloh yo‘lida”, dedilar. “Marhabo, Allohning amri”, dedim. “Abu Zarr, garchi 
qora odamning orqasida namoz o‘qisang ham, eshit va itoat qil”, dedilar Nabiy (s.a.v.).  
 
Payg‘ambar (s.a.v.) vafot etganlaridan keyin Abu Bakr (r.a.) Abu Zarrni chaqirdilar. U 
kishi salom berdmlvr, so‘ng yig‘ladilar. Abu Bakr (r.a.): “Men Payg‘ambarning (s.a.v.) 
sen haqingda so‘zlaganlarini eshitganman. Senga yetadigan balo mening sababimdan 
yoki mening zamonimda bo‘lishidan Allohdan panoh tilayman”, dedilar. Abu Bakr (r.a.) 
vafot etganlaridan so‘ng Umar (r.a.) xalifa bo‘ldilar. U kishi ham Abu Zarrni chaqirib, 
unga yaxshi gaplar aytdilar. So‘ng: “Men Payg‘ambarning (s.a.v) senga aytgan gaplarini 
eshitganman. Senga men sababli yoki mening zamonimda balo yetishidan Allohdan 
panoh so‘rayman”, dedilar. Umar (r.a.) vafot etganlardan so‘ng Usmon (r.a.) xalifa 
bo‘ldilar. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Men Usmonning (r.a.) oldlarida o‘tirgan 
edim. Abu Zarr kirishga ruxsat so‘radi. Men: “Ey Mo‘minlarning amiri, Abu Zarr ruxsat 
so‘rayapti”, dedim. “Agar xohlasang ruxsat ber”, dedilar. Men u kishiga izn berdim, kirib 
o‘tirdilar. Usmon (r.a.) shunda unga: “Sen Abu Bakr va Umardan (r.a.) o‘zingni 
yaxshiman, deb, o‘ylarkansan”, dedilar. Abu Zarr: “Bu gapni aytmaganman”, deb javob 
berdilar. Usmon (r.a.) aytdilar: “Men senga hujjat keltiraman”. Abu Zarr: “Alloh 
yuzingizni nurlantirsin. Men sizdagi hujjatni bilmayman ammo nima deb aytganimni 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
359
esladim”, dedilar. “Xo‘sh, nima degan eding?” “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Menga 
sevimliroqlaringiz va yaqinroqlaringiz menga uchraguncha menga qoldirgan ahdni 
olganlaringizdir. Darhaqiqat, sizlar dunyoda mendan boshqa hamma narsani topasizlar”, 
degan hadislarini aytgan edim”, dedilar Abu Zarr. Usmon (r.a.): “Muoviyaning oldiga 
bor”, deb u kishini Shomga jo‘natdilar. Shomga kelganlaridan keyin Abu Zarr odamlarga 
din ishlarini o‘rgata boshladilar. O‘quvchilarning ko‘zlaridan yoshlar chiqar, qalblarini 
mahzunlik olar edi. U kishi aytardilarki: “Sizlardan birontalaringiz uyida dinor yoki 
dirham bo‘laturib uxlamasin, agar bo‘lsa, Alloh yo‘lida nafaqa qilsin va qarzdorlarga 
bersin”. Muoviya ham, odamlar ham yig‘lar edi. Keyin Muoviya (r.a.) u kishining o‘zlari 
so‘zlariga amal qilish-qilmasliklarini bilish uchun ming dinor jo‘natdilar. Abu Zarr pulning 
hammasini odamlarga taqsimlab berib, o‘zlariga hech narsa qoldirmadilar.  
 
Ikkinchi kuni Muoviya (r.a.) elchisini chaqirib: “Abu Zarrga bor-da, kechagi ming dinor 
boshqaga berilishi kerak ekan. Men adashib sizga beribman, deb ayt”, dedilar. Elchi 
kelib: “Muoviyaning jazosidan meni qutqaring. Men sizga bergan ming dinor boshqaniki 
ekan, xato qilib sizga berib qo‘yibman”, dedi. Abu Zarr aytdilar: “Muoviyaga mendan 
salom ayt va unga yuborgan dinoridan hech narsa qolmaganini bildir. Agar xohlasa, uch 
kun kutsin, to‘plab beramiz”. Muoviya u kishining so‘zi bilan ishi bir ekanini bildilar va 
Usmonga (r.a.) xat yozib: “Hojatingiz bo‘lsa, Abu Zarrni chaqirib oling”, dedilar. Usmon 
(r.a.) javob xatida: “Abu Zarrni mening oldimga yubor”, deb yozdilar. Abu Zarr (r.a.) 
qaytib kelganlarida Usmon (r.a.) masjidda edilar. Oldlariga borib, salom berdilar. U zot 
alik oldilar va: “Ahvoling qalay, ey Abu Zarr?” deb so‘radilar. “Yaxshi. O‘zingiz qalaysiz?” 
dedilar Abu Zarr. So‘ng Usmon (r.a.) chiqib ketdilar. Abu Zarr qiroat qiladigan joyga 
chiqib, ikki rak’at nkamoz o‘qidilar. Keyin o‘tirdilar. Odamlar ham u kishining oldiga 
o‘tirishdi. Ular: “Ey Abu Zarr, Payg‘ambardan (s.a.v.) hadis aytib bering”, deyishdi. 
“Menga habibim aytdilar: “Tuyada sadaqa bor, ekinda sadaqa bor, dirhamda sadaqa bor, 
qo‘yda sadaqa bor. Kim uyida dirham va dinorlari bo‘lib, qarzdorlarga bermasdan yoki 
Alloh yo‘lida infoq qilmasdan uxlasa, u xazina bilan qiyomat kunida yondiriladi”. 
Odamlar: “Ey Abu Zarr, Allohdan qo‘rqing, nima deb aytayotganingizga qarang, bu 
mollar odamlarda yoyilib ketgan-ku”, deyishdi. Abu Zarr aytdilar: “Qur’onning “Oltin-
kumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli 
azob “xushxabar”ini yetkazing!” (Tavba, 34) degan oyatini o‘qimaganmisizlar?!” 
So‘ng ikki-uch kun turdilar. Usmon (r.a.) chaqirib, Rabzaga bor, dedilar. Rabza xaroba 
qishloq edi. So‘ng chiqib ketdilar. U yerda bir qora kishi imomlikka o‘tar edi. Abu Zarrga, 
o‘ting, deyishdi. U kishi bosh tortdilar. Dedilarki: “Allohning rasuli rostgo‘ydir, menga: 
“Garchi qora odamning orqasida namoz o‘qisang ham, eshit va itoat qil”, deb aytganlar”. 
U yerda ajallari yetgunicha turdilar. Alloh u kishidan rozi bo‘lsin”. 
 
945. Abu Zarrning (r.a.) ayollari aytadi: “Abu Zarrga o‘lim kelganida yig‘ladim”. “Nima 
uchun yig‘laysan?” deb so‘radilar. “Sahroda o‘lyapsiz. Menda sizni kafanlaydigan kiyim 
yo‘q”, dedim. “Yig‘lama, – dedilar u kishi, – aksincha, xursand bo‘l. Nabiyning menga 
bilan yana bir necha kishi haqidaы aytilgan hadislari bor. U zot: “Sizlardan qaysi biringiz 
sahroda o‘lsa, unga mo‘minlardan bir to‘dasi shohid bo‘ladi”, deganlar. Sheriklarimdan 
hech biri sahroda vafot etgani yo‘q, balki qishloq va jamoat orasida o‘ldi. Faqat men 
qoldim. Allohga qasamki, yolg‘on gapirmayapman. Menga ham yolg‘on gapirishmagan. 
Men o‘sha kishiman. Yo‘lga qara”. Hojilar ketishgan, yo‘l kesilgan edi. Men tepalikka 
o‘tirib, yo‘lga qarayman. So‘ng qaytib u kishini davolayman. Shunday qilib turganimda, 
bir necha kishi o‘tib qoldi. Men kiyimimni silkitdim, ular mening oldimga kelishdi. “Ey 
Allohning cho‘risi, senga nima bo‘ldi?” deb so‘rashdi ular mendan. Musulmonlardan 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
360
bittasi o‘lyapti, uni kafanlanglar”, dedim. “Kim u?” “Abu Zarr”. “Payg‘ambarning (s.a.v.) 
sahobalarimi?” “Ha”. Ular: “Unga ota-onalarimiz fido bo‘lsin”, deyishdi, darhol u 
kishining oldiga kirib, salom berishdi. U kishi aytdilar: “Xursand bo‘linglar, 
Payg‘ambarning (s.a.v.) menga va yana bir necha kishiga aytgan so‘zlarini eshitganman. 
“Sizlardan qaysi bir kishi sahroda o‘lsa, unga mo‘minlarning bir to‘dasi shohid bo‘ladi”, 
deganlar u zot. Sheriklarimning hammasi qishloq yoki jamoat orasida vafot etishdi. 
Faqat men qoldim. Men o‘sha kishiman. Sizlar ana shu jamoatsizlar. Agar menda yoki 
xotinimda kafanlikka yaraydigan kiyim bo‘lganida, faqat ana shu bilan kafanlangan 
bo‘lardim. Sizlardan o‘tinaman, meni amir yoki xabarchi yo boshliq yoxud yo‘lboshchi 
kafanlamasin”. Qavm orasida bunday odam topilmadi. Ansoriylardan bir kishi chiqib: “Ey 
amaki, men sizni kafanlayman, chunki men siz aytgan ishlarni qilmaganman. Sizni bu 
ridoimda yoki ikki kiyimda yo onam to‘qigan ikki abo (jundan to‘qilgan to‘n kabi kiyim) 
bilan kafanlayman”, dedi u. Abu Zarr aytdilar: “Siz meni kafanlang”. So‘ngra jon 
berdilar. U kishini o‘sha ansoriy kafanladi. U yerdagilarni hammalari din ahli edilar. U 
kishidan eshitgan narsalariga xursand bo‘lib qaytdilar”. 
 
_______________ 
Abu Zarr G‘ifforiy (r.a.) hadislari 
 
940-hadis. Zaif. Ibn Hibbon, Abu Na’im rivoyat qilgan. 
941-hadis. Isnodi noma’lum. 
942-hadis. Isnodi zaif. 
943-hadis. Zaif. 
944-hadis. Abu Na’im rivoyat qilgan. 
945-hadis. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 
 
 
 
SAKSON SAKKIZINCHI BOB 
TOATDA JIDDU JAHD QILISH 
 
946. Faqih aytadilar. Maoz ibn Jabal (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) bunday 
deganlarini rivoyat qilganlar: “Sizlarga yaxshilik eshiklarini ko‘rsatib qo‘yaymi?” “Ha”, 
dedim. Aytdilar: “Ro‘za qalqondir, sadaqa xujjatdir, bandaning yarim kechada qoim 
bo‘lishi hamma xatolarini o‘chiradi”. 
 
947. Faqih (r.a.) Abu Ubaydadan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ro‘za, 
agar uni buzmasalar, qalqondir”, dedilar. Uni buzish g‘iybat bilan bo‘ladi”. 
 
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “To‘rt narsa oxirat zahiralaridan: nafsning sihhati bo‘lgan 
ro‘za, egasi va do‘zax orasini to‘suvchi sadaqa, bandani Rabbiga yaqinlashtiruvchi 
namoz, xatolarni o‘chiruvchi ko‘z yoshi”. 
 
Faqih (r.a.) aytadilar, “Toatning asli uch narsa- dir: qo‘rqinch, umid va yaxshi ko‘rish. 
Qo‘rqinchning alomati harom qilingan narsalarni tark qilish. Umidning alomati taotga 
rag‘bat qilish, yaxshi ko‘rishning alomati shavq va tazarru’dir. Gunohning asli uchta 
narsadir: kibr, hirs va hasad. Kibr shayton sajda qilishga buyurilganida, bosh tortganida 
ko‘rindi. Keyin u mal’unga aylandi. Hirs Odamning (alayhissalom) ishlarida namoyon 
bo‘ldi. Ya’ni, u kishi jannatda abadiy qolish uchun mevani tanavvul qildilar va jannatdan 
chiqarildilar. Hasad esa, Odamning (alayhissalom) o‘g‘li Qobilning ishida zohir bo‘ldi. 
Ya’ni, u o‘z inisini o‘ldirdi va do‘zaxga kiritildi. Har bir kishi mana shu gunohlardan 
tiyilmog‘i, toatga ko‘p harakat qilmog‘i va toatni Alloh taoloning roziligi uchun xolis 
bajarmog‘i vojibdir”. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling