Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
347
 
Allohni bilmog‘i – Uni oshkora va yashirin hollarda tanimog‘i. Chunki Undan boshqa 
beruvchi va man’ qiluvchi yo‘qdir. 
Alloh amalini bilish – Alloh taolo ixlos bi lan qilingan amalnigina qabul etishini bilishdir. 
 
Nafsini bilish – o‘zinining zaifligini, Alloh taolo unga hukm qilgan narsani qaytarishga 
qodir emasligi bilish. Ya’ni, Alloh qilgan taqsimga rozi bo‘lish. 
 
Allohning va o‘zining dushmanini bilish – uni zimdan bilishi, toki yakson qilguncha 
ma’rifat bilan jazolashidir”. 
 
Aytishlaricha, Odam farzandi tong ottirsa, Alloh unga o‘nta narsani farz qiladi: 
1)   turgan vaqtida Allohni zikr qilish. Bu ish Allohning so‘ziga muvofiqdir: 
“Va (tongda uyqudan) turgan paytingizda, Parvardigoringizga hamdu sano 
aytish bilan (U zotni barcha ayb nuqsonilardan) poklang” (At-tur, 48-oyat); 
 
“Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar va ertayu kech U zotni poklab tasbeh 
aytinglar” (Al-azhob, 40 – 41-oyatlar); 
 
2)   avratni bekitish, bu ham Alloh taoloning so‘ziga muvofiq: 
 
“Ey Odam bolalari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaninglar (ya’ni, toza libosda 
bo‘linglar)” (A’rof, 31-oyat). Ziynatning eng kam darajasi avratni berkitishdir; 
 
3)   tahoratni vaqtida, mukammal qilish, bu ham Alloh taoloning so‘ziga muvofiq: 
 
“Ey mo‘minlar, namozga turganlaringizda....” (Moida, 6-oyat); 
 
4)   namozlarni vaqtida va mukammal o‘qish. Alloh taoloning oyati bor: 
 
“Albatta, namoz mo‘minlarga (vaqti) tayinlangan farz bo‘ldi” (Niso, 103-oyat); 
 
5)   rizq borasida Alloh bergan va’daga ishonish. Alloh taolo aytadi: 
 
“O‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir” (Hud, 6-
oyat); 
 
6)   Allohning taqsimotiga qanoat qilish. Alloh aytadi: 
 
“Ularning hayoti dunyodagi tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida biz O‘zimiz 
taqsimlaganmiz” (Zuxruf, 32-oyat); 
 
7)   Alloh taologa tavakkul qilish. Bu ham Allohning so‘ziga muvofiq: 
 
“Va o‘lmaydigan tirik Zotga tavakkul qiling” (Furqon, 58-oyat)  
 
“Agar mo‘min bo‘lsangiz, yolg‘iz Allohgagina suyaninglar” (Moida, 23-oyat); 
 
8)   Allohning amriga va taqdiriga sabr qilish. Bu ish ham Alloh so‘ziga muvofiqdir: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
348
 
“Bas (ey Muhammad), siz Parvardigoringizning hukmiga sabr qiling” (Qalam, 
48-oyat); 
 
“Ey mo‘minlar, sabr qilinglar va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun 
bo‘linglar” (Oli Imron, 200-oyat); 
 
9)   Allohning ne’matiga shukr qilish. Alloh taolo aytadi: 
 
“Agar Allohga ibodat etuvchi bo‘lsangizlar, U zotning ne’matlariga shukr 
qilinglar!” (Nahl, 114-oyat). Allohning ne’matlari ko‘p: salomatlik, farzand, boylik... 
Ne’matlarning eng ulug‘i Islom ne’matidir. Alloh kitobida aytadi: 
 
“Va agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar” 
(Nahl, 18-oyat);  
 
10) haloldan yeyish. Alloh taolo bu haqda aytadi: 
 
“Sizlarga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar” (Baqara, 57-oyat), ya’ni, halol 
yenglar. 
 
__________________ 
Kishining qanday tong ottirishi to‘g‘risidagi bob hadislari 
 
918-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan. 
 
 
 
SAKSON BESHINCHI BOB 
TAFAKKUR QILISH 
 
919. Faqih Abu Lays Samarqandiy Ato ibn Abu Rabohdan rivoyat qiladilar: “Ibn Umar va 
Ubayd ibn Umayr bilan birga Oyishaning (r.a.) oldiga kirdik. Hammamiz salom berdik. 
Oyisha: “Ular kim?” deb so‘radilar. “Abdulloh ibn Umar, Ubayd ibn Umayr”, dedik. 
Onamiz aytdilar: “Xush kelibsiz, ey Ubayd ibn Umayr, nima uchun bizni ziyorat qilmay 
qo‘ydingiz?” Ubayd aytdilar: “Kam ziyorat qil, sevgi ziyoda bo‘ladi, deyishadi”. Ibn Umar 
so‘ngra: “Bu gaplarni qo‘yib turaylik, bizga Payg‘ambardan (s.a.v.) ko‘rgan ajoyib 
narsalaringizni gapirib bering”, dedilar. Oyisha onamiz aytdilar: “U kishining hamma 
ishlari ajoyib edi. Bir kechasi mening oldimga keldilar va to‘shagimga kirdilar, hatto 
badanlari badanimga tegdi. So‘ngra aytdilar: “Ey Oyisha, Rabbimga ibodat qilishimga 
ruxsat berasanmi?” “Allohga qasamki, sizga yaqin bo‘lishni hamda siz hohlagan narsani 
yaxshi ko‘raman”, dedim. So‘ng o‘rinlaridan turib, tahorat qildilar. Keyin qiyomda turib 
yig‘ladilar. Ko‘z yoshlari ko‘kraklariga tushdi. So‘ng o‘ng taraflariga suyanib, o‘ng 
qo‘llarini o‘ng yuziga qo‘ydilar. Yana yig‘ladilar. Yig‘laganlaridan ko‘z yoshlari yerga 
tushganini ko‘rdim. Bir ozdan keyin bomdodga azon chaqirgani Bilol keldi. Bilolni ko‘rib 
ham yig‘layverdilar. Bilol: “Ey Rasululloh, nimaga yig‘layapsiz? Alloh sizning oldingi va 
keyingi gunohlaringizni kechirgan-ku?!” dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Bilol! 
Shukr qiluvchi banda bo‘lmayinmi? Nima uchun yig‘lamay, bu kecha ushbu oyat tushdi”, 
dedilar va: 
“Osmonlar va yerning yaralishida...” jumlasidan 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
349
“O‘zing bizni jahannam azobidan asragil”, jumlasigacha (Oli Imron, 190 – 191-
oyatlar) o‘qidilar. Keyin aytdilar: “Kim bu oyatni o‘qib, tafakkur qilmasa, vayl azobi 
bo‘lsin”. 
  
Ba’zi xabarlarda rivoyat qilinadi: “Kim yulduzlarga qarab, uning ajoyibligini va Allohning 
qudratini fikr qilib: 
 
“Parvardigoro, bu (borliqni) behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish 
qilish aybidan) poksan. O‘zing bizni jahannam azobidan asragil”, degan oyatni 
o‘qisa, unga osmondagi yulduzlar sanog‘icha yaxshilik yoziladi”. 
 
Omir ibn Qaysning bunday deganlari rivoyat qilinadi: “Oxiratda odamlarning ko‘proq 
xursand bo‘lishlari, ularning dunyoda xafachilikni uzun qilganlari sabablidir. Oxiratda 
ko‘p kuluvchilar odamlar dunyoda ko‘p yig‘laganlardir. Odamlarning qiyomat kunida 
iymon jihatidan ixlosmandlari dunyoda ko‘proq tafakkur qilganlaridir”. 
 
920. Abu Dardo (r.a.) aytadilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: “Insonlar 
orasida shundaylari borki, ular yaxshilikka kalit, yomonlik uchun qulfdirlar. Shu tufayli 
ularga ajr yoziladi. Insonlardan yana ba’zilari borki, ular yomonlikka kalit, yaxshilikka 
qulfdirlar. Shu tufayli ularga gunoh yoziladi. Yaxshilik uchun kalit bo‘lgan va yomonlik 
uchun qulf bo‘lgan kishilar qanday ham yaxshi. Bir soatlik tafakkur men uchun bir 
kechalik ibodatdan yaxshidir”. 
 
921. A’mash Amr ibn Murradan rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) tafakkur 
qilayotgan qavmning oldidan o‘tayotib, ularga: “Yaratilgan narsalar haqida fikr qilinglar. 
Yaratuvchi haqida fikr qilmanglar”, dedilar”. 
 
922. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Shayton birontangizga kelib: “Osmonni kim 
yaratdi?” deb so‘raydi. U: “Alloh taolo”, deydi. “Yerni kim yaratdi?” deb so‘raydi keyin. 
Yana: “Alloh taolo”, deydi. “Allohni kim yaratdi?” deydi keyin. Agar birortalaringiz o‘sha 
narsani sezsa, Allohga va Uning payg‘ambariga iymon keltirdim, desin”. 
 
923. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadi. Aytdilar: “Bir soat fikrlash bir yillik 
ibodatdan afzaldir”.  
 
Faqih aytadilar: “Agar inson fikrlash fazilatiga yetishni xohlasa, besh narsa to‘g‘risida fikr 
qilsin: 
1) Allohning mo‘’jiza va alomatlari to‘g‘risida; 
2) Allohning botiniy va zohiriy ne’matlari to‘g‘risida; 
3) Uning savobi to‘g‘risida; 
4) Uning azobi to‘g‘risida; 
5) Uning yaxshiligi va o‘zining jafosi to‘g‘risida. 
 
Alloh taoloning mo‘’jiza va alomatlarini tafakkur qilish Alloh taoloning qudratiga 
qarashdir. Alloh taolo osmonni va yerni qanday yaratganiga, quyoshni sharqdan 
chiqarib, g‘arbga botirayotganiga, kecha-kunduzni almashadigan qilib qo‘yganiga va 
o‘zining xilqatiga nazar qilishdir. Alloh taolo aytadi:  
 
“(Ey mo‘minlar,) yerda (undagi tog‘u toshlar va vodiy dalalarda, dengizlar va 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
350
daryolarda, hayvonot va nabotot olamida) hamda o‘zlaringizda (ushbu hayotga 
kelib-ketishingizdan tortib vujudlaringizdagi har bir a’zolaringizda balki har bir 
hujayralaringizning naqadar nozik tartib-intizom bilan yaratilib, o‘z o‘rniga 
joylashtirilganida va o‘z zimmasidagi Yara tuvchi buyurgan vazifani quloq 
qoqmasdan ado etib borishida) ishonuvchi zotlar uchun (Allohning qudratiga 
dalolat qiladigan) oyat-alomatlar bordir. Axir ko‘rmaysizlarmi?” (Zoriyot, 20 – 
21-oyatlar). 
 
Agar banda oyat-alomatlarga tafakkur bilan qarasa, ishonchi va ma’rifati ziyoda bo‘ladi. 
 
Xudoning marhmati va ne’mati haqida fikrlash Uning ne’matlariga e’tibor qilishdir. 
Hakimlardan ne’mat bilan marhamat orasidagi farqni quyidagicha belgilaganlar: 
“Ne’matlarning ko‘rinib turgani marhamat, ko‘rinmagani esa ne’matdir. Buning oddiy 
misoli – ikki qo‘l, ular Allohning marhamati, undagi quvvat esa, ne’mat. Yuz ham 
Allohning marhamati, undagi chiroy – ne’mat. Og‘iz – marhamat, taomning ta’mini his 
qilish – ne’mat. Agar kishida ikki oyoq bo‘lib, yurishga quvvat yetmasa, unga Alloh 
marhamat qilibdi, lekin ne’mat bermabdi. Tomir va suyaklar marhamat. Ularning 
sihatligi ne’matdir”. 
 
Ba’zilar:  ”Ne’matning yetishi – marhamat. Musibatni daf bo‘lishi esa, ne’mat”, 
deyishadi. Ba’zilar buning ziddini aytishadi.  
 
Yana aytilishicha, ne’mat va marhamat bitta narsa. Alloh taolo aytadi: 
“Va agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar” 
(Ibrohim, 34-oyat). Xullas, inson ne’mat va marhamatlar to‘g‘risida fikr qilsa, muhabbati 
ziyoda bo‘laveradi.  
 
Uning savobi to‘g‘risida fikr qilish esa, Alloh taolo o‘z valiy-do‘stlari uchun jannatda 
qanday karomatlar tayyorlaganining savobini fikrlashdir. Alloh, Uning savobi haqida fikr 
qilish jannatga rag‘batni, uning talabida harakat qilishni, Rabbining toatida quvvatni 
ziyoda qiladi.  
 
Azobi haqida fikrlash esa, Alloh taolo dushmanlari uchun do‘zaxda tayyorlab qo‘ygan 
azoblar va xorliklarni fikrlashdir. Bu narsa unda qo‘rqinchni va gunohlardan tiyilish 
quvvatini ziyoda qiladi. Unga qilingan yaxshiliklar to‘g‘risida fikrlash Alloh taoloning 
ehsoni haqida fikr etishdir. Alloh uning gunohlarini berkitdi, azoblamadi va tavbaga 
chaqirdi. O‘zining jafosini fikr qilish esa, Allohning amrlarini tark etib, ma’siyatlar sodir 
qilganiga nazar solishdir. Bunday tafakkur qilish hayo va xijolatni ziyoda etadi. 
 
Qachon shu beshta narsa to‘g‘risida fikr qilsa, u Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan yaxshilikka 
erishadi. 
 
924. “Bir soat tafakkur qilish bir yillik ibodatdan yaxshidir”.  
 
Bundan boshqa narsa to‘g‘risida fikr qilinmaydi, agar fikr qilinsa, u vasvasadir.  
 
Hakimlarning ba’zilari aytishadi: “Uch narsada fikr qilib bo‘lmaydi: Kambag‘allik 
to‘g‘risida. Chunki, u g‘amni, xafalikni ko‘paytiradi va boylikka hirsni ziyoda qiladi; birov 
zulm qilgan bo‘lsa, u to‘g‘rida ham fikr qilinmaydi, chunki qalbni qo‘pol qiladi, adovatni 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
351
kuchaytiradi, g‘azabni ziyodalashtiradi; ko‘p umr ko‘rish haqida fikr qilinmaydi. Chunki u 
o‘limni unuttiradi, boylik to‘plashni sevdiradi, amal qilishni ortga surdiradi”. 
 
Aytishlaricha, taqvoning asosi bema’ni narsalar haqidi fikrlamaslikka qalbida ahd 
qilmoqdir. Har safar qalbga bema’ni o‘ylar kelganida, uni haydab, ma’noli narsalarni fikr 
qilish lozim. Bu ish jihodning asli va mashaqqatlisidir. 
 
 Hakimlarning ba’zilari aytadi: “Ibodatning mukammal bo‘lishi, niyatning to‘g‘riligiga 
bog‘liq, solih amalning to‘kis bajarilishi esa, tavoze’ga. Bu ikkalasining kamoloti 
dunyodan zuhd qilishdadir. Ularning kamoloti oxirat ishiga qayg‘urish va xafa bo‘lish 
dadir. Qayg‘urish va xafalikning mukammal bo‘lishi doimo o‘limni eslash va gunohlar 
to‘g‘risida ko‘p tafakkur qilishdadir”. 
 
Aytilishicha, abdollarning (evaz oluvchilarning) axloqlari o‘nta: qalbning salomatligi, 
moldagi saxovat, tilning rostgo‘yligi, nafsning tavoze’ligi va qiyinchilikka sabr etish, xoli 
qolib yig‘lash, odamlarga nasihat qilish, mo‘minlarga marhamatli bo‘lish, o‘lim to‘g‘risida 
fikrlash va narsalardan ibrat olish. 
 
Mahkul Shomiy (r.a.) aytadilar: “Kim to‘shagiga yotmoqchi bo‘lsa, avval shu kunda 
qilgan ishlarini fikrlashi lozim. Agar yaxshi amal qilgan bo‘lsa, unga qodir qilgan Allohga 
hamd aytadi. Agar gunoh amal qilgan bo‘lsa, istig‘for aytib, yaxshilikka qaytadi. Agar 
shunday qilmasa, molini hisob-kitobsiz sochaverib, so‘ng singanini sezmay qolgan 
savdogar kabi bo‘lib qoladi”.  
 
Ba’zi hakimlar aytadi: “Hikmat to‘rt narsa sababli kuchayadi: 
1) badan dunyo ishlaridan ozod bo‘lganida; 
2) qorin harom taomdan xoli bo‘lganida; 
3) dunyo qo‘l matolaridan bo‘shaganida; 
4) ishlarining oqibati haqida fikr qilganda. Chunki hech kim ishining oqibati nima 
bo‘lishini, amallari qabul qilinadimi yoki yo‘qmi, bilmaydi. Holbuki, Alloh taolo faqat 
amallarning yaxshisini qabul qiladi”. 
 
925. Faqih aytadilar: “Olimlar jamoasidan ushbu hadisni eshitdim. Maoz ibn Jabalga: 
“Har kuni eslab turadigan hadisingizni aytib bering”, deyishdi. Maoz (r.a.) yig‘ladilar, 
hatto to‘xtamaydi, deb o‘ylashdi. Keyin aytdilar: “Ota-onam Rasulullohga (s.a.v.) fido 
bo‘lsin. Men u zot bilan birga ulovga mingashib olgan edim. Boshlarini shunda osmonga 
ko‘tarib: “ Maxluqotlariga yaxshi ko‘rgani bilan hukm qiladigan Zotga hamd bo‘lsin”, 
dedilar. So‘ng: “Ey Maoz!” deb chaqirdilar. “Labbay, ey Allohning elchisi, 
payg‘ambarlarning sayyidi”, dedim. So‘ng yana: “Ey Maoz!” dedilar. Men: “Labbay, 
Allohning elchisi, yaxshilik imomi va rahmat payg‘ambari”, deb javob berdim. “Senga 
hech bir payg‘ambar ummatiga aytmagan hadisni aytaman, agar yod olsang, senga 
foyda keltiradi. Agar yodlamay, faqat eshitsang, Alloh huzurida hujjating kesiladi. Alloh 
taolo osmonlarni yaratmasidan oldin, yetti farishtani yaratdi. Har bir osmonda bir 
farishta, har bir eshikda bir darvozabon bor edi. Kotib farishtalar bandaning ertalabdan 
kechgacha qilgan amallarini yozadi. So‘ng kech bo‘lgach, ko‘tariladi. Dunyo osmoniga 
yeganida, uni poklaydi va ko‘paytiradi. Shu yerda boshqa farishta aytadi: “To‘xta, bu 
amali bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Men g‘iybat egasiman, 
u musulmonlarni g‘iybat qilardi. Uning amali mendan yuqoriga oshib o‘tishiga yo‘l 
qo‘ymayman”.  

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
352
 
So‘ng kotib farishta bandaning boshqa bir amalini olib ko‘tariladi. Unda nur charaqlaydi. 
Ikkinchi osmonga yetganida, o‘sha yerning farishtasi aytadi: “To‘xta, bu amali bilan 
egasining yuziga ur va unga Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Chunki u bu amali bilan 
dunyo matohini xohlagan edi, men ana shu dunyo amalining egasiman. Uning amali 
mendan nariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymayman”.  
 
Kotib farishta keyin bandaning sadaqa va namozlar bilan bezalgan amalini olib, osmonga 
ko‘tariladi. Uchinchi osmonga yetganida, bir farishta aytadi: “To‘xta, bu amal bilan 
egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi deb ayt. Men kibrlarning egasi bo‘lgan 
farishtaman. U amal qilib odamlarning majlislarida kibrlanardi. Menga Rabbim uning 
amalini o‘zimdan yuqoriga o‘tkazmaslikka buyurdi”. 
 
Kotib farishta yana bir bandaning amalini olib ko‘tariladi. U tasbehlar, ro‘zalar bilan 
yulduzdek porlab turadi. To‘rtinchi osmonga yetganda qo‘riqchi farishta unga aytadi: 
“To‘xta, bu amal bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Men 
nafsiga ajablanganlarning egasi bo‘lgan farishtaman. Kim amal qilib, faxrlansa, Rabbim 
uning amalini o‘zimdan boshqaga o‘tkazmasligimni buyurdi”. 
 
Kotib farishta maloikalar bilan bandaning amalini olib, to‘y kuni yori uchun tayyorlagan 
kelinchak kabi holida ko‘tariladi. Jihod va ikki namoz orasida o‘qilgan namozlari bilan 
beshinchi osmonga yetib borganida, farishta aytadi: “To‘xta, bu amal bilan egasining 
yuziga ur va yelkasiga yuklab qo‘y. Chunki kim ilm o‘rgansa va Alloh uchun amal qilsa, 
unga hasad etardi. Uning amali gardaniga yuklanadi va modomiki, u hayot ekan, amali 
uni lan’atlaydi”.  
 
Kotib farishta so‘ngra bandaning mukammal tahoratli, kechasidagi ko‘p namozdan iborat 
amalini ko‘taradi va oltinchi osmonga yetganida, qo‘riqchi aytadi: “To‘xta, bu amali bilan 
egasining yuziga ur. Men rahmat egasi bo‘lgan farishtaman. Sohibing hech narsaga 
rahm qilmadi. Agar Alloh bandalaridan biriga gunoh yoki yomonlik yetsa, u bilan xursand 
bo‘lardi. Rabbim menga uning amalini o‘zimdan boshqaga o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligimni 
buyurdi”.  
 
Farishta bandaning rostgo‘ylik, ijtihod, chaqmoq kabi nurli taqvodan iborat amali bilan 
ko‘tariladi va yettinchi osmonga yetadi. Yettinchi osmon farishtasi aytadi: “To‘xta, bu 
amali bilan egasining yuziga ur va qalbini qulfla. Men hijob farishtasiman. Alloh uchun 
bo‘lmagan har bir amalni berkitaman. U bu amalini yuqori ko‘tarilishni, majlislarda yod 
olinishni, shaharlarda ovoza bo‘lishni xohlab qilgan edi. Rabbim menga uning amali 
mendan nariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligimni buyurdi”. 
 
Farishta bandaning ko‘p zikr va yaxshi xulq bilan bezalgan amalini ko‘taradi. Osmon 
maloikalari uni kuzatib, arshning tagiga kelib to‘xtaydilar. So‘ngra u uchun guvohlik 
beradilar. Alloh taolo aytadi: “Sizlar bandamning amalini saqlovchi-yozuvchisizlar. Men 
uning o‘zidagi narsaga kuzatuvchiman. U bu amalini xolis Men uchun qilmadi. Unga 
Mening la’natim bo‘lsin”. Farishtalarning hammasi: “Unga Sening va bizning la’natimiz 
bo‘lsin”. 
 
Keyin Maoz (r.a.) yig‘lab aytdilar: ”U zotdan: “Ey Rasululloh, nima amal qilay?” deb 
so‘ragan edim, “Payg‘ambaringga iqtido qil, ishonchni mahkam tut. Agar amali kam 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
353
bo‘lsa ham, birodaringdan tilingni tiy. Gunohlaring o‘z yelkangda bo‘lsin. Uni birodaring 
ustiga yuklama. Birodaringni yomonlab, o‘zingni maqtama. Birodalaringni pastga urib, 
o‘zingni ko‘tarma. Amaling bilan odamlarga riyo qilma”, dedilar”. 
 
__________________ 
Tafakkur qilish bobi hadislari 
 
919-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 
920-hadis. Hasan-marfu’. Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
921-hadis. Hasan. Abu Na’im rivoyat qilgan. 
922-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
923-hadis. Tahriji avval o‘tgan. 
924-hadis. Tahriji avval o‘tgan. 
925-hadis.Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang. 
 
 
 
SAKSON OLTINCHI BOB 
QIYOMAT ALOMATLARI 
 
926. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) 
aytdilar: “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib, “Ey Rasululloh, qiyomat qachon 
bo‘ladi?” deb so‘radi. Aytdilar: “So‘ralgan kishi so‘rovchidan biluvchiroq emas, lekin 
uning alomatlari bor. Bozorlaring kasod bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ammo o‘simlik 
unmaydi, ribo yeyish avj oladi, zinodan bo‘lgan bolalar ko‘payadi, boy odamlar 
ulug‘lanadi, masjidlarda fosiqlarning ovozlari baland bo‘ladi, munkar ahli haqiqat 
ahllaridan ustun keladi”. Keyin: “Ey Rasululloh, menga qanday yo‘l tutishni buyurasiz?” 
deb so‘radi hali gi odam. “Diningni olib qoch yoki uyingdan chiqma”, dedilar Nabiy 
(s.a.v.)”. 
 
927. Iso ibn Abu Iso Asfahoniy aytadilar: “Rasulullohdan (s.a.v.): “Ey Rasululloh, 
qiyomat kuni qachon bo‘ladi?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “U narsa haqida so‘ralgan odam 
so‘rovchidan biluvchiroq emas. Lekin qiyomatning o‘nta sharti bor: qiyomatga yaqin 
qurg‘oqchilik bo‘ladi, fojirlar ko‘payadi, haqni aytuvchilar ojiz bo‘ladi, namoz minnat 
bilan qilinadi, zakot talofat hisoblanadi, omonatlar o‘lja qilinadi, qorilar mag‘rur, bolalar 
amir bo‘ladi, sultonlar zulm qiladi, xotinlarning so‘ziga yuriladi”. 
 
928. Amr aytadilar: “Madinada uchta kishi Marvonning oldida o‘tirishardi. Shunda u 
zotning qiyomat alomatlaridan Dajjolning chiqishi to‘g‘risida gapirayotganini eshitishdi. 
Keyin ular u yerdan chiqib, Abdulloh ibn Umarning oldlariga borishdi va Marvon aytgan 
gapni so‘zlab berishdi. Abdulloh aytdilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.) bunday deganlarini 
eshitganman: “Alomatlarning birinchisi quyoshning g‘arb tomondan yoki yer hayvonining 
chiqishi. Bittasi chiqqandan keyin boshqasi ham tezda ro‘y beradi. Quyosh botganda, 
arshning tagiga keladi, sajda qiladi va qaytishga izn so‘raydi. Alloh uning mag‘ribdan 
chiqishini xohlaydigan kungacha uning uchun izn beradi. Qachon Alloh uni mag‘ribdan 
chiqarishni hohlasa, arsh ostiga kelib, sajda qilganidan keyin qaytishga izn so‘raganida, 
unga hech qanday javob berilmaydi. So‘ng qayta so‘raydi, yana javob berilmaydi. Keyin 
quyosh biladiki, agar endi unga izn berilganda ham, mashriqqa yetolmaydi. “Ey Rabbim, 
mashriq naqadar uzoq, mensiz odamlarga nima bo‘ladi?” deydi. Hattoki, kechasi 
bo‘lganida, gardish kabi bo‘lib kelib, yana izn so‘raydi. Unga: “Turgan makoningdan 
chiq”, deb aytiladi. Keyin Abdulloh ibn Umar ushbu oyatni o‘qidilar: 
 
“Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa, ilgari iymon 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
354
keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan) 
iymoni foyda bermas. Ayting: “Kutaveringlar. Biz ham kutguvchilarmiz!” 
(An’om, 158-oyat). 
 
929. Ubayd ibn Umayr rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Dajjolni qavmlar 
do‘st tutishadi, holbuki, ular: “Uning yolg‘onchiligini bilamiz. Lekin biz taom va 
daraxtlarning mevalaridan yeyish uchun unga do‘st bo‘lamiz”, deyishadi. Qachon 
Allohning g‘azabi tushsa, hammalariga birday tushadi”. 
 
930. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Dajjol aniq chiqadi. Uning chap ko‘zi ko‘r. U soqov, 
peslarni davolaydi. O‘liklarni tiriltiradi. Odamlarga: “Men rabbingizman”, deydi. Kim uni 
rabbim desa, fitnalanibdi. Kim rabbim Alloh, deb, keyin shu holda o‘lsa, Dajjolning 
fitnasidan saqlanibdi. U yer yuzida Alloh xohlaganicha turadi. Keyin Iso ibn Maryam 
(alayhissalom) mag‘rib tomondan Muhammadni (s.a.v.) tasdiqlagan holatda keladi. 
So‘ngra Dajjolni o‘ldiradi va: “Bu kun qiyomat kunidir”, deydi”. 
 
Abdulloh ibn Umar aytadilar: “Qiyomat ahli bayt bir idishda jam bo‘lmaguncha qoim 
bo‘lmaydi. Ular kofirlarni ham, mo‘minlarni ham biladi”. U kishidan: “Bu ish qanday 
bo‘ladi?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Yer hayvoni chiqadi. U har bir insonning sajda 
qiladigan a’zolarini silaydi. Ammo mo‘min bo‘lsa, nuqtasi oq bo‘lib, yuziga yoyiladi, uning 
yuzi oqarib ketadi. Agar kofir bo‘lsa, uning nuqtasi qora bo‘lib, yuzi qorayib ketadi. “Ey 
mo‘min, buni qanday sotasan? Ey kofir buni qanday olasan?” deb aytishadi, ammo bir-
biriga javob qaytarishmaydi”. 
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Yer hayvonining yumshoq-qattiq patlari bor, to‘rt oyog‘i bor. 
U Tuhoma tog‘larining vodiylaridan chiqadi”. 
 
Ibn Umar (r.a.) Alloh taoloning:  
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling