Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
361
 
948.  Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Kim Alloh uchun ibodatni xolis qilsa
qalbidan tiliga hikmatlar oqadi”. 
 
Aytishlaricha, uch nafar kishi o‘zlariga nisbatan odamlarda nafrat uyg‘otadi, g‘azabni 
vojib qiladi va qurgan narsalarini buzadi. Ular: odamlarning ayblari bilan 
shug‘ullanuvchi; o‘z nafsiga mag‘rurlanuvchi; amali bilan riyo qiluvchi. Uch nafar kishi 
qalblarda muhabbat ekib, salomatlik va osmon ahlidan darajalarni meros qilib oladilar. 
Ular: yaxshi xulq egasi; amalida ixlos qiluvchi; mutavoze’. 
 
Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Hisob-kitob qilinmasingizdan 
oldin o‘zlaringizni sarhisob qilinglar. Zero, shu ish (qiyomatda) hisob berishingizni oson 
va yengil qiladi. Amallaringizni o‘lchab ko‘ringlar. Katta namoyish uchun tayyorlaninglar. 
 
 “O‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinursizlar. 
Sizlarning biron siringiz maxfiy qolmas” (Al-haqqa, 18-oyat)”. 
 
Yahyo ibn Maozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Odamlar uch sinfdir. Bir 
kishini oxirati dunyosidan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Bir kishini dunyosi oxiratidan mashg‘ul 
qilib qo‘yadi. Va bir kishi ikkalasi bilan ham shug‘ullanadi. Birinchisi ajr-mukofot 
oluvchilar darajasi. Ikkinchisi halok bo‘luvchilar darajasi. Uchinchisi xatardagilar 
darajasi”. 
 
Hotam Zohid aytadilar: “To‘rt narsaning qadrini to‘rt kishi biladi. Yigitlikning qadrini 
qarilar biladi, ofiyatning qadrini balolanganlar biladi, salomatlik qadrini kasallar biladi, 
hayotning qadrini o‘liklar biladi”. 
 
949. Faqih aytadilar: “Hotamning gapi Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan hadisdan olingan. U 
zot: “Besh narsani beshta narsadan oldin g‘animat bil”, deb aytganlar. 
 
Inson hayotning qadriga yetishi, uning har soatini g‘animat bilishi lozim. “Bir soatdan 
so‘ng holim qanday bo‘ladi?” deb o‘ylashi, o‘tganlarning nadomatlari haqida tafakkur 
qilishi kerak. Axir, ular emasmi ikki rak’at namoz o‘qish yoki “la-a ilaha illalloh” so‘zini 
aytish miqdoricha hayot berilishini orzu qiladiganlar?! Senda shu fursat bor, hasrat va 
nadomat vaqti kelmasidan oldin Allohning ibodatida jiddu jahd qil. 
 
Hotamdan: “Qaysi narsa ustiga amalingizni bino qildingiz?” deb so‘rashdi. Aytdilar: 
“To‘rt narsa ustiga: 
- boshqalarning rizqi menga o‘tmaganidek, mening rizqim ham mendan boshqaga o‘tib 
ketmaydi, deb bildim va shunga ishondim; 
- bo‘ynimda farzlar bor va bu farzlarni o‘zimdan boshqa hech kim ado qilmaydi, deb 
bildim va ularning adosi bilan mashg‘ul bo‘ldim; 
- bildimki, Rabbim meni har vaqt ko‘rib turadi, men Undan uyalaman; 
- ajalim menga shoshib kelayotganini bildim va men ham unga shoshildim”. 
 
Faqih aytadilar: “Ajalga shoshilish – unga solih amallar bilan tayyorlanish, Alloh 
qaytargan ishlardan qaytish, Alloh taolodan shu holatda sobitqadam etishini va uning 
oqibatini yaxshi qilishini so‘rab tazarru’ etishdir”. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
362
Hakimlar aytishadi: “Kishi amalga niyat va shukr bilan kirishmagunicha, qo‘rqinch bilan 
amal qilib, ixlos bilan topshirmagunicha ibodat mazasini topmaydi. Chunki niyat bilan 
kirsa, albatta, Alloh taolo uni ushbu amalga muvaffaq qiladi. Allohga shukr bilan amalga 
kirishsa, Alloh unga yanada ziyoda etadi. Chunki Alloh taolo: 
 
“Qasamki, agar bergan ne’matlarimga shukr qilsangizlar, albatta, ularni yanada 
ziyoda qilurman. Endi agar kufroni (ne’mat) qilsangizlar, albatta, azobim juda 
qattiqdir” (Ibrohim, 7-oyat), deb aytgan. Agar qo‘rqinch bilan amal qilsa, uning savobi 
Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi. Alloh taolo: 
 
“Zotan, Alloh yaxshilik qiluvchilarning amallarini zoe’ qilmaydi” (Tavba, 120-
oyat), deydi. Dunyoda savob ish qilish toatda halovat paydo qiladi, oxiratda esa, 
jannatga olib boradi. Agar uni ixlos bilan qilsa, Alloh qabul etadi. Amalning qabul 
qilinganlik alomati yanada balandroq toatga muvaffaq bo‘lishdir”. 
 
Aytishlaricha, johillik alomati uchta: 
1)   foyda bermaydigan narsalarni yig‘ish; 
2)   halok qilinadigan gunohlarni qilish; 
3)   qutqaradigan amalni tark etish. 
 
Alloh taologa yuzlanuvchining alomati ham uchta: 
1)   qalbini tafakkur uchun
2)   tilini zikr uchun; 
3)   badanini xizmat uchun fido qilmog‘i. 
 
O‘zini aldaydiganlarning alomati uchta: 
1)   xatolardan cho‘chimay, shahvatlarga shoshilish; 
2)   uzoq orzu bilan tavbani kechiktirish; 
3)   oxiratni amalsiz umid qilish”. 
 
Hakimlardan ba’zi biri aytadilar: “Kim uch narsasiz uch narsani da’vo qilsa, bilki shayton 
uni masxara etadi: 
- kim dunyoni yaxshi ko‘rib turib, Alloh zikrining halovatiga yetishishni da’vo qilsa; 
- kim Allohning rizoligini nafsini rozi qilish orqasida da’vo qilsa; 
- kim odamlarning maqtovini yaxshi ko‘rish bilan ixlosni da’vo qilsa”. 
 
Abu Nazra aytadilar: “Kimda to‘rt narsa bo‘lsayu, ular bilan yaxshilikni ziyoda qilmasa, 
Alloh taolo uning amalini qabul etmaydi: 
- kim urushdan omon qaytib, keyin yaxshilikni ziyoda qilmasa, bu hol Alloh taolo undan 
amalini qabul qilmaganining belgisidir; 
- kim ramazon oyida bir oy ro‘za tutsayu, yaxshiliklarini ziyoda qilmasa, bu hol Alloh 
taolo uning amalini qabul qilmaganining belgisidir; 
- kim haj qilsayu, yaxshiliklarini ziyoda etmasa, bu hol ham Alloh taolo undan qabul 
qilmagani belgisi; 
- kim kasal bo‘lsa, so‘ng tuzalib yaxshiliklarini ziyoda qilmasa, bu holat kasallik uning 
gunohlariga kafforat bo‘lmaganining belgisidir”. 
 
Aytishlaricha, oqil kishiga amalini isloh etishi va harakatini zoe’ qilmasligi uchun to‘rt 
narsa kerak bo‘ladi: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
363
1.   Ilm. Unga ilmi hujjat bo‘ladi. 
2.   Tavakkul. Ibodatda forig‘ va odamlarga qaram bo‘lmasligi uchun. 
3.   Sabr. U bilan amalini mukammal qiladi. 
4.   Ixlos. U bilan savobga yetadi. 
 
Hasan Basriy aytadilar: “Kishi jannat talabida tinimsiz harakat qiladi, ozib-to‘zib ketadi. 
Ammo Alloh taologa yo‘liqqunicha, mustaqim bo‘ladi. Allohning: 
“Albatta: “Parvardigorimiz Allohdir”, deb, so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat-
ibodat qilishda) to‘g‘ri – ustivor bo‘lgan zotlar” (Fussilat, 31-oyat), degan oyatini 
eshitmaganmisan?” 
 
Hakimlar aytishadi: “Mustaqim (to‘g‘ri yo‘lda yurgan) kishi toqqa o‘xshaydi. Tog‘da to‘rt 
alomat bor: u issiqda erimaydi;  sovuqda muzlamaydi; shamolda qimirlamaydi; sel 
oqizib ketolmaydi. 
 
Shuningdek, mustaqim kishida ham to‘rtta alomat bordir: unga bir inson yaxshilik qilsa, 
shu yaxshilik sababidan u insonga nohaq narsada moyil bo‘lmaydi; unga bir inson 
yomonlik qilsa, shu yomonlik uni nohaq narsani aytishga olib bormaydi; havoyi nafsi uni 
Alloh taoloning buyrug‘idan chekkaga chiqara olmaydi; dunyo matolari uni Alloh taolo 
toatidan to‘xtatolmaydi”. 
 
Aytishlaricha, yetti narsa yaxshilik xazinasidan. Ularning har biri Alloh kitobi ila vojib 
bo‘lgandir: 
1.   Ibodatda ixlosli bo‘lish. Alloh taolo aytadi: 
“Holbuki, ular faqat yagona Allohga, u Zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri 
yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga buyurilgandirlar” (Bayyina, 5-oyat). 
 
2.   Ota-onaga yaxshilik qilish. Alloh taolo aytadi: 
“Sen menga va ota-onangga shukr qil! Yolg‘iz O‘zimizga qaytajaksan!” 
(Luqmon, 14-oyat). 
 
3.   Qarindoshchilikni bog‘lash. Alloh taolo bu haqda aytadi: 
“Oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi olinadigan Allohdan qo‘rqingiz 
va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz” (Niso, 1-oyat). 
 
4.   Omonatni ado qilish. Alloh taolo aytadi: 
“Albatta, Alloh taolo sizlarni omonatlarni egalariga topshirishga buyuradi” 
(Niso, 58-oyat). 
 
5.   Gunoh ishlarda hech kimga itoat qilmaslik. Alloh taolo aytadi: 
“Bir-birovlarimizni Allohdan o‘zga xudo qilib olmaylik” (Oli Imron, 64-oyat). 
 
6.   Havoyi nafsi bilan amal qilmaslik. Alloh taolo aytadi: 
“Endi kim (hayoti-dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) 
Parvardigorning (huzurida) turishi (va uzoq hisob-kitob berishi)dan qo‘rqqan 
va nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatdagina 
(uning uchun joy bo‘lur)” (Nozi’at, 40 – 41). 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
364
7.   Toatlarda jiddu jahd qilish va Allohdan qo‘rqish. Bu haqda Alloh taolo aytadi: 
“Ular Parvardigorlariga qo‘rquv va umid bilan duo-iltijo eturlar va Biz ularga 
rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar” (Sajda, 16-oyat). 
 
Har bir inson oqibatidan qo‘rqishi, yig‘lashi shunga ko‘ra amal qilishi lozim. Zero, 
qiyomat kunidagi ish og‘irdir. 
 
Rivoyat qilishlaricha, Iso alayhissalom bir qishloqdan o‘tdilar. U yerda bir tog‘ bor edi. 
Tog‘dan yig‘i va ingroq eshitilardi. Iso alayhissalom qishloq ahlidan: “Bu tog‘dagi nima 
yig‘i?” deb so‘radilar. “Ey Iso, biz bu qishloqda turganimizdan beri shu yig‘ini va tog‘ning 
ingrashini eshitamiz”, deyishdi. Iso alayhissalom aytdilar: “Bu yig‘i, bu ingrashlar 
to‘g‘risida xabar ber, ey tog‘”. Tog‘ aytdi: ”Ey Iso, men shunday tog‘manki, toshlarimdan 
sanamlar yasab, ularga ibodat qilishadi. Alloh taolo bu bilan meni do‘zaxga 
tashlamog‘idan qo‘rqaman. Allohning: “Odamlar va toshlardan o‘tini bo‘lgan, 
kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqing”(Baqara, 24-oyat), degan 
so‘zini eshitganman. O‘sha kunda do‘zaxga tashlanadigan toshlardan bo‘lib qolishdan 
qo‘rqaman”. Alloh taolo Iso alayhissalomga vahiy qildi: “Toqqa ayt, turaversin, Men uni 
jahannamdan ozod qildim”. 
 
Tog‘u toshlar og‘irligi, kattaligiga qaramasdan, Allohdan qo‘rqishadi. Qanday qilib zaif, 
kuchsiz, miskin odam farzandi do‘zaxdan qo‘rqmaydi, undan panoh tilamaydi. Ey odam 
farzandi, undan ehtiyot bo‘l. Undan ehtiyot bo‘lish esa, gunohlardan saqlanish bilan 
bo‘ladi. Albatta, gunohlar Alloh taoloning g‘azabini va azobini keltiradi. Allohning azobini 
ko‘tarishga esa, toqat qilolmaysan.  
 
950. Anas ibn Molikdan (r.a) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: ”Allohning: 
“Shuningdek, (ya’ni, haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi) sizlarni boshqa 
odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh 
bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik” (Baqara, 143), degan oyati nozil 
bo‘lganida, Payg‘ambarning (s.a.v.) ko‘zlari yoshlandi. So‘ng aytdilar: “Ey odamlar 
jamoasi, Alloh taolo meni nabiy va rosul qilib qilib yubordi. Sizlarni payg‘ambari uchun 
tanladi. Meni sizlarga guvoh qildi, sizlarni o‘tgan asrlarda o‘tgan ummatlar uchun guvoh 
qildi”. Ansorlardan Qays ibn Urva degan kishi: “Ey Rasululloh, o‘tgan ummatlarga 
qanday guvohlik beramiz, biz ulardan bo‘lmasak, ular bizning zamonamizda bo‘lmasa? ” 
deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v) aytadilar: “Ey Ibn Urva, qiyomat kuni bo‘lsa, yer boshqa 
narsaga aylanadi, osmonlar kitobni yozish uchun yoyilgandek yoyiladi, odamlar 
tiriladilar. Ularning orasida yuzi oq bo‘lganlar ham, yuzi qora bo‘lganlar ham bor. 
So‘ngra ular qirq yil turishadi”. “Ey Rasululloh, ular nimani kutadi?” deb so‘rashdi. “Alloh 
taolo aytgan qichqiriqni. 
 
“U kunda (odamlar mashhargohga) chorlovga (farishtaga) egilmay-burilmay 
ergashurlar, itoat qilurlar. 
 
Ovozlar ham Rahmonga ta’zim qilur. Bas, faqat pichirlashnigina eshitursiz” 
(Toho, 108-oyat) (ya’ni, ikki lab qimirlaydi, lekin ovozlari chiqmaydi). Va ularni hech qon 
to‘kilmagan yerga jo‘natiladi. So‘ng hayvonlar keltiriladi. Ba’zilari ba’zilaridan qasos 
olishadi, so‘ng ularga, tuproqqa aylaninglar, deyiladi. Ular tuproqqa aylanishadi. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
365
 Allohning bu haqda so‘zi bor: 
 
“Kofir kimsa: “Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam”, deb qolur” 
(Naba’, 40-oyat). So‘ng hamma payg‘ambarlar va ummatlar kelishadi, ular orasida haq 
bilan hukm qilinadi. Bas, bir to‘dasi jannatda, bir to‘dasi do‘zaxda bo‘ladi. So‘ng nido 
qiluvchi: “Nuh (alayhissalom) qaerda?” deb nido qiladi. U kishini keltirishadi. Alloh 
aytadi: “Ey Nuh, risolatni yetkazdingmi, omonatni ado qildingmi?” Aytdilar: “Ha, ey 
Allohim, risolatni yetkazib, omonatni ado qildim”. So‘ngra u kishining qavmlarini 
keltirishadi. Alloh aytadi: “Ey Nuhning ummati, Nuhga sizlarni ixlos kalimasiga 
chaqirishni buyurgan edim, sizlarga risolatni yetkazdimi?” “Ey Parvardigorimiz, bizga 
bashorat beruvchi ham, ogohlantiruvchi ham kelmadi”, deydi ular. Alloh taolo aytadi: 
“Ey Nuh, ummating seni inkor qilyapti. Sen uchun guvohlik beradigan kishi bormi?” Nuh 
alayhissalom aytadilar: “Ha, bu Muhammadning (sollallohu alayhi va sallam) ummati”. 
Nido qiluvchi nido qiladi: “Ey odamlar uchun chaqirilgan ummatlarning eng yaxshisi, 
ramazon oyida ro‘za tutuvchilar”. So‘ngra ular saflanishadi. Alloh taolo o‘z kitobida 
aytganidek, 
 
“Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir” (Fath, 29-
oyat). Ular: “Labbay, Allohning da’vatchisi”, deyishadi. Alloh aytadi: “Ey ummati 
Muhammad, Nuhga guvohlik berasizlarmi?” “Ha, biz guvohlik beramiz. U kishi risolatni 
ularga yetkazdilar, omonatni ado qildilar”, deyishadi. Nuhning (alayhissalom) ummati: 
“Nuh avval o‘tgan bo‘lsa, qanday qilib bir zamonda yashamagan kishilariga guvohlik 
berishadi?” deb aytishadi. “Alloh taoloning payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) nozil 
qilgan: 
 
“Darhaqiqat, Biz Nuhni “Qavmingni ularga alamli azob kelib qolishidan ilgari 
ogohlantirgin”, deb qavmiga payg‘ambar qilib yuborganmiz” (Nuh, 1) oyatini 
o‘qiganmiz”, deyishadi. Alloh taolo: “To‘g‘ri aytdinglar, Ey Muhammad ummati. Nafsimga 
qasamki, hech kimni hujjatsiz azoblamayman. Ey Muhammad ummati, oralaringizda 
bo‘lgan zulmlarni bir-biringizdan kechib yuboringlar. Men sizlar bilan o‘zimning oramda 
bo‘lganlarini kechdim”, deydi”. 
 
_________________ 
Toatdda jiddu jahd qilish bobi hadislari 
 
946-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 
947-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Nasaiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
948-hadis. Zaif. Abu Na’im rivoyat qilgan. 
949-hadis. Sahih. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
950-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. 
 
 
 
SAKSON TO‘QQIZINCHI BOB 
SHAYTONNING ADOVAT VA HIYLALARI 
 
951. Faqih (r.a.) aytadilar. Sofiya binti Jahsh (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat 
qildilar: “Shayton odam bolasining qon tomirlarida yuradi”. 
 
Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning: 
“(Ey Muhammad) ayting: Men barcha insonlarning parvardigoridan, barcha 
insonlarning ilohidan (menga) o‘zi, jin va insonlarda bo‘lgan, insonlarning 
dillariga vasvasa soladigan, (Alloh nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
366
vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman” 
(Nos surasi), degan oyati haqida aytadilar: “Shayton insonlarning qalbiga kirganidek, 
jinlarning ham qalbiga kiradi va vasvasa qiladi. Agar Alloh nomi zikr qilinsa, yashirinib 
ularning qalbidan chiqadi”. 
 
952. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Men da’vat qiluvchi va yetkazuvchi qilib yuborildim. 
Mening qo‘limdan hidoyat qilish kelmaydi. Shayton ziynatlovchi qilib yaratildi. Uning 
qo‘lidan adashtirish kelmaydi”. Ya’ni, u faqat vasvasa qilib, gunohni bezaydi. Uning 
qo‘lida ortiq narsa yo‘q. Banda nafsidan vasvasani daf etishda jiddu jahd va dushmanga 
muxolif bo‘lishga harakat qilmog‘i lozim. Chunki Alloh taolo aytganki: 
“Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar” (Fotir, 6-
oyat). Oqil kishi dushmanidan do‘stini ajrata biladi, unga itoat qiladi, dushmaniga 
ergashmaydi. 
 
Aytilardiki, johillikning alomati to‘rtta: 
1.   Bekorga g‘azablanish. 
2.   Nafsning botilga ergashishi. 
3.   Molni o‘rinsiz ishlatish. 
4.   Do‘stini dushmanidan kamroq bilish, ya’ni, shaytonning toati ustiga ixtiyor qilish. 
Shaytonning toatini Allohning toatiga almashtirish naqadar yomon. 
 
Alloh taolo aytadi: 
“Endi sizlar (ey odam farzandlari) Meni qo‘yib, uni (ya’ni, shaytonni) va 
zurriyotlarini do‘st tuturmisiz? Ular sizlarga dushman-ku! U (shayton) zolim 
kimsalar uchun (Allohning o‘rniga ibodat qilinadigan) naqadar yomon 
o‘rinbosardir” (Kahf, 50-oyat). 
 
Oqillikning alomati ham to‘rtta: 
1.   Johilga nisbatan muloyim bo‘lish. 
2.   Botildan nafsini qaytarish. 
3.   Molni loyiq joyga ishlatish. 
4.   Dushmanidan do‘stini ajrata bilish”. 
 
Vahb ibn Munabbahdan zikr qilinadi: “Shayton Yahyo ibn Zakariyo alayhissalomga 
yo‘liqibdi. Yahyo ibn Zakariyo unga: “Menga odam farzandlarining tabiatini qanday 
bilishing haqida xabar ber”, dedilar. Iblis aytdi: “Ularda bir sinf bor, gunohlardan pok, 
senga o‘xshaydi. Ularga hech narsa qila olmaymiz. Ammo ikkinchi sinfi bolalaringizning 
qo‘llaridagi to‘p kabi bizning qo‘limizda. Ularga biz kifoya qilamiz. Ammo, uchinchi sinfga 
kelsak, ular biz uchun eng yomon sinfdir, ularga birortamiz uchraymiz-da, kerakli 
narsamizni olamiz, so‘ng u istig‘forga shoshiladi va biz olgan narsani buzadi. Undan 
noumid ham bo‘lmaymiz, hojatimizga ham erisha olmaymiz”. 
 
Hakimlardan biri aytadi: ”Shaytonning insonga o‘nta eshikdan kelishini ko‘rdim: 
 
1.   Shayton hirs va yomon gumon tomonidan keladi. Uni ishonch va qanoat bilan kutib 
oldim. So‘ng Allohning kitobidan unga qarshi ushbu so‘zni topdim: 
“O‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir”  (Hud, 6-
oyat). Va ushbu oyat bilan uning eshigini sindirdim. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
367
2.   Qarasam, shayton hayot va uzun orzular bilan kelyapti, uni to‘satdan keluvchi o‘lim 
xavfi bilan kutib oldim. So‘ng Allohning kitobidan unga qarshi ushbu oyatni topdim: 
 
“Biror jon qaerda o‘lishini ham bila olmas” (Luqmon, 34-oyat). Va uning eshigini 
sindirdim. 
 
3.   Ko‘rdimki, shayton keyin rohat va ne’mat tomonidan kelyapti. Uni ne’matning zavoli 
va yomon hisob-kitob bo‘lishi bilan kutib oldim. So‘ng uni daf’ qilish uchun Allohning 
ushbu so‘zlarini topdim: 
 
“(Ey Muhammad) ularni qo‘yavering, yeb-ichib, foydalanib qolsinlar...” (Hijr, 3-
oyat), 
 
“(Ey Muhammad) xabar bering-chi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-
salomatlik, molu davlat bilan) foydalantirsak...” (Shuaro, 205-oyat). Shunday 
qilib, bu tomondagi eshigini ham sindirdim. 
 
4.   Ko‘rdimki, so‘ng shayton mag‘rurlanish tomonidan kelyapti. Uni oqibat xavfi va 
minnat bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan uni haydadim: 
 
“Bas, u (kunga hozir bo‘lgan)lar orasida baxtsizi ham bo‘lur, baxtlisi ham..” 
(Hud, 105-oyat). Darhaqiqat, men qaysi toifadan bo‘lishimni bilmayman, shu bilan uning 
bu eshigi ham sindi. 
 
5.   Keyin u birodarlarga e’tiborsizlik va hurmatsizlik tarafidan keldi. Uni 
birodarchilikning haqqini va hurmatini bilish bilan kutib oldim va uni bartaraf qilishga 
Allohning ushbu so‘zini topdim: 
 
“Kuch-qudrati Allohning, Uning payg‘ambari va mo‘minlarnikidir” (Munofiqun, 8-
oyat). Shu bilan yana bir eshigini sindirdim. 
 
6. Ko‘rdimki, u hasad eshigidan kelyapti. Uni adolat va Alloh taoloning maxluqlari 
orasida qilgan taqsimoti  bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan haydadim: 
 
“Ularning hayoti dunyodagi maishat-tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida 
Biz o‘zimiz taqsimlaganmiz” (Zuxruf, 32-oyat) va shu bilan uning eshigi sindi. 
 
7. Keyin u riyo va odamlarning maqtovi bilan keldi. Uni ixlos bilan kutib oldim va ushbu 
oyat bilan daf’ qildim: 
 
“Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishdan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi 
amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biror kimsani (Unga) sherik 
qilmasin” (Kahf, 110-oyat). Ya’ni, qiladigan barcha amallarini ixlos ila qilsin. Va shu 
bilan yana bir eshigini sindirdim. 
 
8. So‘ngra u baxillik  eshigidan keladi, uni bandaning qo‘lidagi bor narsa yo‘q bo‘lishi va 
Alloh taolo huzuridagi narsagina boqiy qolishi bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi 
bilan uni haydadim: 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
368
“Sizlarning huzurlaringizdagi narsalar yo‘q bo‘lur. Alloh dargohidagi narsalar 
boqiydir” (Nahl, 96-oyat). Shu bilan uni sindirdim. 
 
9. Ko‘rdimki, u kibr eshigidan kelyapti. Uni tavozu’ bilan kutib oldim va ushbu oyat bilan 
uni haydashga kuch topdim: 
 
“Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havo)dan 
yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st, birodar 
bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib 
qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz 
taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va ogohdir” (Hujurot, 13-oyat). Va 
uning eshigi shu bilan sindi. 
 
10. So‘ngra ko‘rdimki, u tama’ tomonidan kelyapti. Uni odamlarga qaram bo‘lmaslik va 
Alloh huzuridagi narsaga ishonch bilan kutib oldim. Unga qarshi esa, ushbu oyat bilan 
kurashdim: 
 
“Kim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar 
yo‘lni (paydo) qilur va uni o‘zi o‘ylamagan tomonidan rizqlantirur” (Taloq, 2  3-
oyatlar). 
 
Xabarda zikr qilinishicha, iblis (unga Allohning la’nati bo‘lsin) Muso (alayhissalom) 
Allohga munojot qilib turganlarida, u kishining oldlariga keldi. Farishtalardan biri iblisga: 
“Senga o‘lim bo‘lsin, uning bu holatidan nimani umib qilyapsan?” dedi. Aytdi: “Undan 
uning otasi Odamdan jannatdaligida umid qilgan narsamni umid qilyapman”. 
Aytishlaricha, namoz vaqti kelsa, shayton askarlariga odamlarga borishni, ularni 
namozlaridan mashg‘ul qilib qo‘yishni buyuradi. Shayton namoz o‘qimoqchi bo‘lgan kishi 
oldiga kelib, uni ruku’, sajda, qiroat, tasbeh va duolarni mukammal qilishdan to‘sishga 
harakat etadi. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, uning qalbini dunyo ishlari bilan 
mashg‘ul qilib qo‘yadi. Agar bu narsalardan birortasiga qodir bo‘lmasa, shayton uni 
mahkam bog‘lab, dengizga uloqtirishga shaylanadi. Agar bu ishlardan birortasiga qodir 
bo‘lsa maqtanadi 
 
Alloh taolo Iblisning og‘zidan hikoya qilib aytadi: 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling