Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
325
Payg‘ambarga (s.a.v.) yetdi. Keyin duo qildilar, Alloh ulardan isitmani ko‘tardi. Shundan 
so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) ularni ko‘rgan vaqtlarida:  “Xush kelibsizlar, ey  Alloh taolo 
pok qilib qo‘ygan qavm” der edilar. 
 
850. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Kasallaringizni 
taom va suvga majburlamang. Chunki Alloh taolo ularni ovqatlantirib  sug‘oradi”. 
 
851. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kasalning ingrashi – tasbeh, ohi – tahlil, nafasi – 
sadaqa, uyqusi – ibodatdir, bir tomondan ikkinchi tomonga ag‘darilishi – Alloh yo‘lida 
jihoddir. Unga sog‘liq vaqtidagi amalidan yaxshiroq amal yoziladi” (Bu hadisni Vahabiy  
botil degan). 
 
852. Payg‘ambar (s.a.v.)  aytadilar: “To‘rt kishi hayotni qayta boshlaydi: kasaldan 
turgan kishi, Islomga kirgan mushrik, mo‘min holatida savob umidida juma o‘qib 
qaytgan kishi va halol kasbdan haj qiluvchi”. 
 
853. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytadilar: “Uchta narsa yaxshilik xazinasidandir: 
kasallikni yashirish, sadaqani maxfiy qilish va  musibatini berkitish”. 
 
854. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)  Solmon Forsiyning  oldlariga kirdilar. 
U kishi kasal edilar. Shunda Nabiy: “Sening bu yotishingda uchta xislat bordir: 
Robbingdan eslatma, poklik va oldingi gunohlaringga kafforat, kasal kishining duosi 
mustajobdir, qodir bo‘lganingcha, Allohga duo qil”, dedilar. 
 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Kasallikka ajr yozilmaydi. Ajr amaldadir. U xatolarga 
kafforat qilinadi”. 
 
Faqih aytadilar: “Ajr kasallik uchun yozilmaydi. Lekin sog‘lom bo‘lganida qiladigan amali 
mislicha ajr yoziladi, chunki hozir bundan ojiz, agar salomat bo‘lganida, oldin amal 
qilganidek amal qilishini Alloh taolo biladi va unga o‘sha amallarning savobi yozadi. 
Kasalligi uning gunohlari uchun kafforatdir. Ya’ni, qilgan gunohlariga tavba qilsa, 
kafforat, agar tavba qilmay sog‘aysa, oldingi yomon amallariga qaytishni niyat qilsa, 
unga kafforat bo‘lmaydi”. 
 
855. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi.  Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Isitma har bir 
mo‘minning   do‘zaxdan (bo‘lgan) nasibasidir”. 
 
856. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar:  “Rabbiingiz: “ 
Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, rahm qilishni hohlagan bandamni hamma xato amallari 
uchun jasadiga yoki yashashiga bir tanglik berish bilan uni poklamagunimcha  dunyodan 
chiqarmayman. O‘shalardan ham qolsa, unga o‘limini qattiq qilaman, toki Mening 
oldimga onadan yangi tug‘ilgandek keladi. Agar azob berishni xohlasam, hamma 
yaxshiliklarning ajrini  jasadini sog‘lom qilish yoki rizqini keng qilish bilan 
bermagunimcha dunyodan chiqarmayman. Shunda ham qolsa, unga o‘limni yengil 
qilaman, hattoki mening oldimga yaxshiligi yo‘q holda keladi”, dedi”. 
 
Osim ibn Ahval Abul Oliyaning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Bizlar ellik yildan 
beri, bir kishi kasal bo‘lsa, onadan yangi tug‘ilgandek, gunohlardan pok bo‘ladi, der edik. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
326
Alloh taolo ham aytadi: “Bandamga uning jonini olgunimcha yoki shifo bergunimcha 
sog‘ligida qilgan amallari kabi(ajr) yozinglar”. 
 
857. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kim kasal ko‘rgani borsa, u rahmat hovuzida 
suzadi. Agar kasalning oldida  o‘tirsa, uning ichiga cho‘kadi”. 
 
858. Ibn Umar (r.a.)  Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim kasalni ziyorat 
qilsa, go‘yoki Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutgandekdir. Bir kuni yetti yuz kunga teng”. 
 
Rivoyat qilinishicha, bir kishi Ummu  Dardoning  oldida keldi va qalbining qattiqligidan 
shikoyat qildi. Aytdilar: “Uning eng katta davosi kasallarni borib ko‘rish, janozaga 
qatnashish va qabristonga chiqib turish”. U keyin shunday qildi va ichida bir 
xursandchilik tuydi, so‘ng uning oldiga kelib: “Sizni Alloh mukofotlasin”, dedi. 
 
________________ 
 
Kasallik va kasalni ko‘rishlik  fazilati bobi hadislari 
 
846-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Molik, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
847-hadis. Muttafaqun alayh. 
848-hadis. Doruqutniy uni zaif sanagan. 
849-hadis.  Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
850-hadis. Uqayliy, Doruqutniy rivoyat qilgan. 
851-hadis. Botil. Xatib, Ibn Javziy rivoyat qilgan. 
852-hadis. Daylamiy rivoyat qilgan. 
853-hadis. Juda zaif. Tabaroniy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 
854-hadis. Zaif. Ibn Abud Dunyo, Ibn Asokir rivoyat qilgan. 
855-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. “As-sahiha”ga qarang. 
856-hadis. Munzariy rivoyat qilgan. 
857-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 
858-hadis. Izohi keltirilmagan. 
 
 
 
YETMISH SAKKIZINCHI BOB 
NAFL NAMOZLARINING FAZILATI 
 
859. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: ”Hasan Basriy (r.a.) 
Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilarki: “Namoz o‘qiydigan kishi uchun uch xislat 
bordir: farishtalar uning oyog‘idan to osmonning oxirigacha o‘rab oladilar; unga  
osmonning oxiridan boshidagi farqiga qadar yaxshilik tushadi; farishta: “Agar bu 
namozxon kim bilan suhbatlashayotganini bilganida, namozini tugatmas edi”, deb nido 
qiladi. 
 
860. Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) qo‘shin jo‘natdilar. Qo‘shin 
g‘animga  tezlikda  hujum qilib, katta o‘ljani  qo‘lga kiritdi. Shunda: “Ey Rasululloh, 
sizning qo‘shiningizdek tezkor hujum qilib, katta o‘ljani qo‘lga kiritgan  qo‘shinni 
ko‘rmaganmiz”, deyishdi. Nabiy (s.a.v.): “Sizlarga tezkor hujum qilib, katta o‘ljalar 
oladigan qo‘shinimdan ham yaxshi bo‘lganlarning xabarini beraymi?” dedilar.  “Ha, 
ayting,  ey Allohning elchisi!” deyishdi. Aytdilar: “Bir qavmki,  bomdodni o‘qiydi. Keyin 
joylarida o‘tirib, Alohni zikr qiladi. Quyosh chiqqandan so‘ng ikki rak’at namoz o‘qiydi. 
Keyin ahllarining oldiga qaytadi. Ana o‘shalar tez hujum qilib, katta o‘ljalar 
oladiganlardir”. 
 
861. Abu Zarrdan rivoyat qilinadi.  Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Odam bolasi 
tanasining har bir bo‘g‘ini uchun har kuni sadaqa qilishi shart. Yaxshi ishga chaqirishing 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
327
– sadaqa, yomon ishdan qaytarishing – sadaqadir, Allohni zikr qilishing – sadaqa va 
ahling bilan jimo’ qilishing ham sadaqa”.  “Ey Allohning elchisi, agar kishi shahvatini 
qondirsa, u ham sadaqa bo‘ladimi?” deb so‘radik. “Agar shu ishni Alloh harom qilgan 
tomonda bajarsa, gunohkor  bo‘ladimi?” deb so‘radilar. “Gunohkor bo‘ladi dedik”, dedik. 
“Demak, agar uni Alloh halol qilgan  o‘rinda qilsa, u sadaqadir. Ammo bularning 
hammasidan ham ikki rak’atli zuho namozi ustundir”, dedilar Nabiy (s.a.v.). 
 
862. Abu Rofi’ rivoyat qiladi. Nabiy (s.a.v.) Abbosga (r.a.): “Ey amaki, sizga silai rahm 
qilaymi, hadya beraymi, yo sizga manfaat keltiraymi?” deb so‘radilar.  “Ota-onam  fido 
bo‘lsin sizga, manfaat bering”, dedilar Abbos. Nabiy (s.a.v.): “Turib to‘rt rak’at namoz 
o‘qing, har bir rak’atda Fotiha bilan bitta sura o‘qing.  Qiroat tamom bo‘lsa: 
“Subhonallohi  valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar”,  deb o‘n besh marta 
ayting, keyin ruku’ qiling va shu kalimani  o‘n marta ayting. Boshingizni ko‘tarib, uni 
yana o‘n marta ayting, keyin sajdada ham o‘n marta ayting, so‘ng boshingizni ko‘tarib 
sajda qilib, yana o‘n marta ayting. Boshingizni sajdadan ko‘tarib, turishingizdan oldin 
tag‘in o‘n marta ayting. Bular har rak’atda  yetmish beshta, to‘rtta rak’atda esa uch 
yuzta bo‘ladi. Agar gunohingiz cho‘lning qumichalik bo‘lsa ham, Alloh taolo sizni 
kechiradi”, dedilar. Abbos aytdilar: “Agar uni banda har kuni qilishga qodir bo‘lmasa-
chi?” “Har oyda qilsin”, dedilar Nabiy (s.a.v.). “Har oyda ham  qodir bo‘lmasa-chi?” 
dedilar. Aytdilar: “Bir yilda bir marta qilsin”. 
 
Ka’bul Ahbor aytadilar (r.a.): “Agar birontangiz ikki rakkat nafl namozining savobini  
ko‘rolganida edi, uning tog‘dan ham balandroq ekanini bilardi. Farzlar esa,  bu  
aytilganlardan-da  ulug‘roqdir”. 
 
863. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Uylaringizda namoz o‘qib turinglar, qabristonga 
aylantirib qo‘ymanglar”. 
 
864. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytadilar: “Kishining uyida o‘qigan nafl namozi odamlar 
oldida o‘qigan nafl namozlaridan afzaldir. Bu jamoat bo‘lib o‘qilgan namoz  kishining  
yolg‘iz o‘qigan namozidan  afzal  bo‘lgani kabi”. 
 
865. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kishining uyida o‘qigan  nafl namozi nurdir va 
uylaringizni nurga to‘ldirinlar”. 
 
866. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim shom va 
xufton namozi orasida yigirma rak’at nafl  namoz  o‘qisa, Alloh u uchun ahlini, molini, 
dinini, dunyosi va oxiratini saqlaydi. Kim bomdodni o‘qib, keyin joynamozida quyosh 
chiqquncha o‘tirsa, so‘ng ikki rak’at namoz o‘qisa, Alloh taolo qiyomat kuni uning uchun  
do‘zaxdan saqlovchi bir hijob paydo qiladi”. 
 
867. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: “Abu Zarrga (r.a.): “Menga vasiyat qiling, ey amaki”, 
deb aytdim. Aytdilar: “Kim ikki rak’at zuho namozini o‘qisa, g‘ofillardan deb yozilmaydi. 
Kim to‘rt raka’t o‘qisa, obidlardan deb yoziladi. Kim olti raka’t o‘qisa, unga o‘sha kuni 
gunoh ergashmaydi. Kim sakkiz rak’at o‘qisa, xudojo‘ylardan, deb yoziladi. Kim o‘n 
rak’at namoz o‘qisa, unga jannatda uy quriladi. 
 
868. Payg‘ambarimiz (s.a.v)  aytadilar: “Jannatda zuho degan eshik bor. Qiyomat kuni 
nido qiluvchi: “Qani zuho namozini doim o‘qiganlar? Bu eshik sizlarga, qani kiringlar”, 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
328
deb nido qiladi. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Kishining namozda bardavom 
bo‘lishi, xuddi podshoh  eshigini taqillatganga o‘xshaydi. Chunki kim pldshoh  eshigini 
taqillatsa,  eshik ochilishi shubhasiz. Kechasi o‘qilgan namozning kunduzi o‘qilgan 
namozdan ortiqligi yashirin sadaqaning oshkor sadaqadan afzalligi  kabidir”. 
 
869. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi.  Payg‘ambar (s.a.v. aytdilar: “Alloh zikr 
etilgan yoki namoz o‘qilgan bir parcha yer yetti qavat yergacha xursandligini bildiradi va 
atrofdagi yerlar oldida faxrlanadi. Banda yerning qay bir  sahrosida namoz o‘qishni 
xohlasa, yer unga ziynatlanadi. 
 
870. Xolid ibn Ma’don (r.a.) aytadilar: “Eshitishimcha, Parvardigor  uch kishi bilan 
farishtalariga faxrlanadi: bir kishiki, saxrosida yolg‘iz o‘zi azon, takbir aytib, namoz 
o‘qiydi. Shunda Alloh aytadi: “Qaranglar, bandamning bir o‘zi namoz o‘qiyapti, uni 
mendan boshqa hech  kim ko‘rmaydi”. So‘ngra yetmish ming farishta tushib, uning 
orqasida namoz o‘qishadi. Yana bir kishiki, kechasi namoz o‘qiydi, sajda qiladi, so‘ngra 
uxlaydi. Alloh shunda aytadi: “Sajda qiluvchi bandamga qaranglar, xayoli Menda, jasadi 
Menga sajda qilyapti”. Yana  urushda  o‘lgunicha sobitqadamlik bilan jang qilgan kishi 
bilan faxrlanadi”. 
 
871. Mu’ofiy ibn Imron (r.a.) aytadilar: “Mo‘minning izzati, odamlardan behojat bo‘lish,  
sharafi kechasi turib namoz o‘qishdir”. 
 
____________________ 
Nafl namozlari fazilati bobi hadislari 
 
859-hadis. Juda zaif. 
860-hadis. Zaif. Termiziy rivoyat qilgan. 
861-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
862-hadis. Sahih. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
863-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan. 
864-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang. 
865-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
866-hadis. Mavzu’. “Tanzixush-shari’a”ga qarang. 
867-hadis. Munkar. Ibn Hibbon sahih emas, degan. 
868-hadis. Juda zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 
869-hadis. Zaif. Abu Ya’lo rivoyat qilgan. 
870-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Abu Dovud rivoyat qilgan. 
871-hadis. Hasan. Qazoiy, Hokim rivoyat qilgan. 
 
 
 
YETMISH TO‘QQIZINCHI BOB 
NAMOZNI MUKAMMAL O‘QISH VA UNDA XUSHU’ QILISH 
 
Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Namoz 
tarozi-o‘lchovdir. Kim vafo qilsa, unga ham  vafo qilinadi. Kim urib qolsa, Alloh taolo urib 
qoluvchilar to‘g‘risida nima deganini bilasizlar”. 
 
Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi bir odamning  ruku’ va sajdalarni 
mukammal qilmay namoz o‘qiyotganini ko‘rib: “Agar shu holda o‘lsang, fitratdan 
boshqasida o‘lasan”, dedilar. 
 
872. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sizlarga o‘g‘irlikda 
insonlarning eng yomonini aytaymi?” dedilar. “Ha, ayting, ey Rasululloh”, deyishdi. “U 
odam namozidan o‘g‘irlagan odamdir”, dedilar. “Namozdan qanday o‘g‘irlaydi?” deb 
so‘rashdi.  Aytdilar: “Uning ruku’ va sajdalarini mukammal  qilmasdan”.  

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
329
 
Ibn Mas’ud (r.a.): “Kimni namozi yaxshilikka buyurmasa, yomonlikdan qaytarmasa, u 
bilan Allohga yaqinlashmaydi, balki, uzoqlashadi”, dedilar. So‘ngra ushbu oyatni 
o‘qidilar: 
“Namozni to‘kis ado qiling! Albatta, namoz buzuqlik va yomonlikdan qaytarur”  
(Ankabut, 45-oyat). 
 
Hakam ibn Utayba (r.a.) aytadilar: “Kim namoz vaqtida o‘ng va chapga qarasa, uning 
namozi namoz emas”. 
 
Muslim ibn Yasor (r.a.) ahllariga aytar edilar: “ Agar men namoz o‘qiyotgan bo‘lsam, 
gaplashaveringlar. Chunki men gaplaringni eshitmayman”. 
 
Yoqub Qori’dan zikr qilinadi: U kishi namoz o‘qiyotgan paytlarida o‘g‘ri kelib, 
yelkalaridagi ridolarini yulib olib qochdi. So‘ng o‘rtoqlarining oldiga bordi, ular rido 
shayxniki ekanini bilishdi va unga: “Uni  qaytarib ber. Biz solih kishining duosidan 
qo‘rqamiz”, deyishdi. O‘g‘ri kelib yelkalariga ridoni qo‘ydi va qilgan  ishiga uzr so‘radi. 
Namozdan keyin u kishiga bu hodisani gapirib berishdi. U zot: “Men uning olganini ham, 
qo‘yganini ham sezmadim”, dedilar.  
 
Zikr qilinishicha, Robiatul Adaviya (Alloh uni rahmat qilsin) namozda sajda qilayotgan 
edilar, nogoh ko‘zlariga qamishning bir parchasi kirib ketdi. Ammo buni faqat namozdan 
chiqqanlaridan so‘ng sezdilar. 
 
Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi tahorat qilmoqchi bo‘lganlarida ranglari 
o‘zgarar edi. Sababini so‘rashganida, aytdilar: “Men ulug‘, jabbor Allohning qudrati 
oldida qoim bo‘lmoqchiman”. Agar masjid eshigi oldiga kelsalar, boshlarini ko‘tarar va: 
“Ey Parvardigor, bandang  eshiging oldidadir. Ey Muhsin, oldingga gunohkor keldi. 
Bizning yaxshilarimizga yomonni kechirishga  buyurgansan. Sen Muhsinsan, men 
gunohkorman. O‘zingdagi yaxshilik sababidan mendagi yomonlikni kech, ey Karim”,  deb 
keyin masjidga kirar edilar. 
 
873. Payg‘ambar (s.a.v.) bir odamning namozida soqolini o‘ynab turganini ko‘rdilar. 
So‘ng: “Agar qalbi qo‘rqsa, albatta, a’zolari ham qo‘rqar edi”, dedilar. 
 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) namoz vaqti kirsa, ko‘kraklari qaltirar, ranglari o‘zgarar edi. Bu 
haqda so‘rashganida: “Alloh taolo yer, osmon va tog‘larga taklif  qilgan, ammo ular bosh 
tortgan, inson esa, qabul qilgan omonatni ado qilish vaqti keldi. Bilmaymanki, bo‘ynimga 
olgan vazifamni  yaxshi ado qildimmi yoki yo‘q!” deb javob berdilar.  
 
Bu kalom Zaynul Obidin Ali ibn Husayn ibn Abu Tolibdan (r.a.) ham rivoyat qilingan. 
 
Said ibn Jubayr (r.a.) aytadilar: “Biz Toifda ibn Abbos huzurida  masjidda edik. Men, 
Ikrima, Maymun ibn Mahron, Abul Oliya va boshqalar bor edi. Shu payt muazzin 
mezanaga ko‘tarilib, “Allohu akbar, Allohu akbar”, deb azonni boshladi. Ibn Abbos (r.a.) 
shunda yig‘ladilar. Yig‘laganlaridan ridolari ho‘l bo‘lib ketdi. Bo‘yin tomirlari shishib,  
 ko‘zlari qizarib ketdi. Abul Oliya: “Ey Rasululloh amakilarining o‘g‘li, bu yig‘i qanday 
yig‘i? Bu qo‘rqinch nima qo‘rqinch? Bizlar ham azonni eshitayapmiz, yig‘lamayapmiz-ku, 
faqat siz yig‘laganingiz uchun yig‘layapmiz”, dedi. Ibn Abbos (r.a.): “Agar odamlar 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
330
muazzin nima deb aytayotganini bilganlarida edi,  uxlamas, dam olmas edi”, dedilar. 
“Bizga muazzin nima deganini bildiring”, dedik. U zot “Muazzinning “Alloh akbar, Allohu 
akbar” degani, ey mashg‘ullar, to‘xtanglar,  badanlarga dam beringlar va 
amallaringizning yaxshisiga kirishinglar, deganidir. Agar muazzin: “Ashhadu alla ilaha 
illallloh”, desa, osmonlaru yerdagi barcha maxluqot qiyomat kunida sizlarni chaqirganim 
haqida Alloh huzurida men uchun guvohlik beradi, deb tushuninglar. “Ashhadu anna 
Muhammadar rosululloh”, degani esa, qiyomat  kuni barcha payg‘ambarlar va 
Muhammad (s.a.v.) men sizlarni har kuni besh marta namozga chaqirayotganimga 
guvohlik berishadi, deganidir. “ Hayya ‘alassolah”, degani,  Alloh taolo bu dinni sizlarga 
qoim qildi, endi siz uni qoim qiling, deganidir. “Hayya ‘lal falah” deganda esa, rahmatda 
suzinglar va hidoyatdagi nasibangizni olinglar, degan ma’noni tushuninglar. “Allohu 
akbar, Allohu akbar” degani, namozdan oldingi ishlar harom bo‘ldi”, ma’nosidadir. “La-a 
ilaha illalloh” degani, yetti qat yer va yetti qavat osmon omonatini yelkalaringizga 
qo‘ydim, hohlasangiz kelinglar, hohlasanglar, burilib ketinglar” deganidir. 
 
874. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Ikki kimsa namozda turadi, ikkalasining ruku’ va 
sajdasi bir xil. Lekin namozilari orasidagi farq yer va osmon orasichadir”. 
 
Aytishlaricha, mehrob quyidagi sababga ko‘ra mehrob (lug‘aviy ma’nosi “harb maydoni” 
degani) deb nomlandi. Ya’ni, u jang maydoni, qalbni mashg‘ul qilib qo‘ymasligi uchun 
shayton bilan jang qilinadi. Zikr qilishlaricha, Hotam Zohid (r.a.) Isom ibn Yusufning 
oldlariga kirdilar. Isom u kishidan: “Ey Hotam, namozni chiroyli o‘qiysizmi?” deb 
so‘radilar. “Ha”, dedilar. “Qanday o‘qiysiz?” “Agar namoz vaqti yaqinlashsa, tahoratni 
mukammal qilaman, keyin namoz o‘qiydigan o‘rinda hamma a’zolar bilan to‘g‘ri 
turaman. Ka’bani ikki qoshim orasida,  Ibrohim maqomini qalbimda, Alloh taolo tepamda 
qalbimdagi hamma narsani bilib turibdi, degan o‘yda bo‘laman. Go‘yoki qadamim sirot 
ustida, jannat o‘ng tomonimda, do‘zax chap tomonimda, o‘lim farishtasi orqamda va bu 
namoz oxirgi namozim deb gumon qilaman. Keyin qo‘rqinch bilan takbir aytaman va 
tafakkur bilan o‘qiyman. Ruku’ni tavoze’ bilan,  sajdani yolborgan holda qilaman. 
Xotirjam o‘tirib, qo‘rqinch bilan tashahhud o‘qiyman va sunnatga binoan ixlos bilan 
salom beraman. Xavf va umid bilan turaman. Keyin sabrda davomli bo‘laman”, dedilar 
Hotam. Isom: “Ey  Hotam, namozingiz shundaymi?” deb so‘radilar. “Ha, shunday”. “Bu 
sifat bilan necha yildan beri namoz o‘qiyapsiz?” “O‘ttiz yildan beri”. Isom shunda: 
“Bunaqa  namozni hech o‘qimaganman”, deb yig‘ladilar. 
 
Zikr qilinishicha, Hotam (rohmatullohi alayh) bir marta jamoat namozini o‘qishni 
qoldirdilar. U kishiga shunda ba’zi do‘stlari ta’ziya bildirdilar. Hotam qoldirgan namozi 
uchun yig‘lab: “Agar  o‘g‘lim o‘lganida, Balxning yarmi ta’ziyaga kelardi. Hozir jamoatni 
o‘tkazib yubordim, faqat ayrim do‘stlarim ta’ziya izhor etishdi. Agar o‘g‘illarim o‘lsa ham, 
bu musibat menga jamoatni tark qilishimdan yengilroq bo‘lar edi”, dedilar. 
 
Hakimlardan biri aytadi: “Namoz  ziyofatdir. Alloh taolo uni muvahhidlar* uchun har 
kuni besh marta tayyorlaydi. Ziyofatda taomlar xilma-xil bo‘lib, har bir taomning lazzat 
va rangi bo‘lgani kabi, namozda ham turli zikr, amallar, amallarga savob va gunohlarga 
kafforat bordir”. 
 
Aytadilarki, namozxonlar ko‘p, namozni qoim qiluvchilar kamdir. Alloh taolo namozni 
qoim qilgan mo‘minlarni  kitobida vasf qilib: 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
331
“Namozni to‘kis ado etadiganlar” (Haj surasi, 35-oyat), deb aytgan. Munofiqlarni 
sifatlab, ularni namozxonlar degan: 
 
 “Bas, namozlarini “unutib” qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan “namozxon”larga 
halokat bo‘lg‘ay” (Mo’uvn,  4 – 5-oyatlar). Mo‘minlarni esa: 
 
“Namozlari ado qiladilar”  (Baqara, 3-oyat) deb sifatlagan. Namozni  ado qilish uni 
davomli o‘qish,  vaqtlariga rioya etish, ruku’ va sajdalarini maromida bajarishdir.  
Hakimlardan biri aytadi: “Odamlar namozga hozir bo‘lishda ikki sinf: xos va om. Xos 
odamlar  namozga hurmat bilan keladi, ishonch va qo‘rqinch bilan turadi, ta’zim bilan 
ado qiladi, xavf bilan qaytadi. Omlar esa,  g‘aflat bilan keladi,  jahl bilan turadi, vasvasa 
bilan ado qiladi va xotirjam qaytadi”.  
 
Hakimlar aytishadi: “To‘rt narsa to‘rt o‘ringa qadalib, to‘rt o‘rinda bosh ko‘taradi: 
1. Allohning rizoligi toatga tushib,  saxiylar uyida  bosh ko‘taradi. 
2. Allohning g‘azabi xatolarga qadalib, baxillarning ustidan chiqadi. 
3. Yaxshi yashash, keng rizq savoblarda yashirinadi va namozxonlar uyida chiqadi. 
4. Xarob yashash azoblarga qadalib, namozga beparvolar uyidan chiqadi”. 
 
Ba’zi hakimlar aytishadi: “Odamlar olti narsa bilan shug‘ullanganida, sizlar boshqa olti 
narsa bilan shug‘ullaninglar. 
1. Odamlar ko‘p amal bilan shug‘ullansa, sizlar yaxshi amallar bilan shug‘ullaninglar. 
2. Odamlar fazlatlar bilan shug‘ullansa, sizlar farzlarni mukammal bajarish ila 
shug‘ullaninglar. 
3.  Odamlar tashqi ko‘rinishni isloh qilish bilan shug‘ullansa, sizlar botinni isloh qilish 
bilan shug‘ullaninglar. 
4.  Odamlar odamlarning ayblari bilan shug‘ullansa, sizlar o‘zlaringning ayblaring bilan 
shug‘ullaninglar. 
5.  Odamlar dunyosini obod etish bilan  shug‘ullansa, sizlar oxiratingizni obod etish 
bilan   shug‘ullaninglar. 
6.  Odamlar bandalarning rizosini qozonish bilan shug‘ullansalar, sizlar Alloh roziligini 
olish bilan mashg‘ul bo‘linglar”. 
 
___________________ 
Namozni mukammal o‘qish va unda xushu’ qilish bobi hadislari 
 
872-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Xuzayma rivoyat qilgan. 
873-hadis. Mavzu’. “Az-za’ifa”ga qarang. 
874-hadis. Mavzu’. 
 
 
 
SAKSONINCHI BOB 
DUO VA TASBEHLAR 
 
875. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Abu Avfa 
aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga bir a’robiy kishi keldi va aytdiki: “Ey 
Allohning payg‘ambari, menga Qur’ondan yetarlichasini o‘rgating. Men undan hech narsa 
yodlamaganman”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Subhonallohi valhamdulillahi va la-a ilaha 
illallohu vallohu akbar va la-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘liyyil ‘azim”, deb ayt”, 
dedilar. A’robiy qo‘llari bilan u beshtasini sanab ko‘rdi. Bir ozdan keyin haligi a’robiy 
qaytib kelib: “Ey Rasululloh, ular Allohim uchun, men uchun  nima bor?” deb savol berdi. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling