Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
339
 
 “U kunda molu davlat va bola-chaqa foyda bermas” (Shuaro, 88-oyat) 
Yetkazdimmi? 
 
Ey odamlar! Tillaringizni saqlanglar, ko‘zlaringizni namlanglar, qalblaringizni 
bo‘ysundiringlar, bandalaringizni charchatinglar, dushmanlaringizga qarshi kurashinglar
masjidlaringizni ta’mirlanglar, iymonlaringizda ixlosli bo‘linglar. Birodaringizga nasihat 
qilinglar, o‘zingiz uchun yaxshi amal qilib qolinglar, farjlaringizni saqlangizlar,  
mollaringizdan sadaqa beringlar, hasad qilmanglar. Chunki hasad yaxshiliklaringizni 
ketkazadi. Bir-biringizni g‘iybat qilmanglar, halok bo‘lasizlar....Yetkazdimmi? 
 
Ey odamlar! Qullaringizni ozod etishga harakat qilinglar Kambag‘al va yo‘qsil bo‘ladigan  
kuningiz (ya’ni, qiyomat kuni) uchun yaxshilik qilinglar.  
 
Ey odamlar!  Zulm qilmanglar. Chunki Alloh taolo u zulm qiluvchini ushlovchi zotdir. 
Sizlarning hisob-kitobingiz Uning qo‘lida. Uning huzuriga  qaytajaksiz. Albatta, U zot 
sizlarning gunoh qilishingizga  rozi bo‘lmaydi. 
 
Ey odamlar! Albatta, 
 
“Kim biron yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir. Kim yomonlik qilsa, o‘z ziyoniga 
qilur. Parvardigoringiz bandalariga zulm qiluvchi emasdir” (Fussilat, 46-oyat); 
 
“Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz, so‘ngra har bir 
jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi” 
(Baqara, 281-oyat). 
 
Ey odamlar! Men Rabbimga qaytuvchiman. Umrim poyoniga yetdi. Dinlaringiz va 
omonatlaringizni Alloh taologa topshiraman. Ey ashoblarim, ey ummatim, sizga salom 
bo‘lsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh”. Keyin minbardan tushib  
uylariga kirdilar. Shundan keyin Payg‘ambar (s.a.v.)  boshqa chiqmadilar”. 
 
__________________ 
Muloyimlik bobi hadislari 
 
893-hadis. Muttafaqun alayh. 
894-hadis. Sahih. Qazoiy, Bag‘aviy rivoyat qilgan. 
895-hadis. Zaif. Ibn Abud Dunyo rivoyat qilgan. 
896-hadis. Sahih. Ibn Mojja, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 
897-hadis. Avvalini Ahmad, qolganini Hokim rivoyat qilgan. 
898-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
899-hadis. Juda zaif. 
 
 
 
SAKSON IKKINCHI BOB 
SUNNATGA AMAL QILISH 
 
900. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Molik aytdilar: Menga 
Payg‘ambarning (s.a.v.): “Sizlarga ikki narsani qoldirdim. U ikkovini ushlasanglar, hech 
qachon  adashmaysizlar. Ular Allohning kitobi va mening sunnatimdir”, deganlarini aytib 
berishdi. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
340
901. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Sunnatda ozgina amal qilish, bid’atda ko‘p amal 
qilishdan yaxshi. Har bir bid’at adashish va har bir adashish do‘zaxdir”. 
 
902. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Sunnatda iqtisod qilish, bid’atda ijtihod 
qilishdan yaxshidir”. 
 
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “So‘z amal bilan durust bo‘ladi. Amal va so‘z niyat bilan 
durust bo‘ladi. So‘z, amal va niyat sunnat bilan durust bo‘ladi. 
 
903. Ma’aqqal ibn Yasor (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ikki kishiga 
mening shafoatim yetmaydi. (Boshqa rivoyatda: “Ummatimdan  ikki toifaga”, deyilgan). 
Zolim boshliqqa va din ishida chuqur ketuvchiga, (ya’ni dinda chuqur ketib, sunnat va 
jamoat yo‘lidan chiqqan kishiga). 
 
Ubay ibn Ka’b (r.a.) aytadilar: “Alloh kitobi va sunnatni mahkam tutinglar. Qaysi banda 
Qur’on va hadis yo‘lida Allohni zikr qilib, Allohdan qo‘rqqanidan ko‘zi yoshlansa, unga 
hech qachon do‘zax o‘ti tegmaydi. Qaysi banda Alloh va sunnat yo‘lida bo‘lsa, Rahmonni 
eslab, ko‘ziga yosh kelsa va  terilari qaltirasa, bu hol daraxtning yaproqlari qurib, 
shamol uning yaproqlarini to‘kishiga o‘xshaydi. Albatta, Kitob va sunnat  yo‘lida iqtisod 
Qur’on va sunnat xilofida ijtihod qilishdan yaxshidir. Amallaringiz hoh iqtisod, hoh ijtihod 
bo‘lsin, payg‘ambarlar sunnatlari va yo‘llariga muvofiq bo‘lishiga e’tibor beringlar. 
 
904. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Bani Isroil yetmish bitta firqaga ajralib ketdi va 
mana bu ummat yaqinda yetmish ikki firqaga ajraladi. Yetmish bittasi do‘zaxda va 
bittasi jannatdadir”. “Ey Rasululloh, bu bittasi kimlar?” deb so‘radilar.  Aytdilar: “ Ahli 
sunna va jamoa”. 
 
905. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana aytadilar: “Fasod paytida sunnatimni mahkam 
ushlaydigan ummatlarimning ajri yuzta shahidning ajri kabidir”. 
 
Aytishlaricha, Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) bunday deganlar: “Sizlarni kattalarni 
qaritadigan, kichiklarni katta qiladilan fitna qamrab olsa, odamlar ularga aldansalar, uni 
sunnat qilib olsalar, keyin o‘zgartirsalar va boshqasiga amal qilinsa, bu munkar ish, deb 
aytilsa,  nima qilasizlar?” Bir kishi so‘radi: “Ey Abu Abdurahmon, bu qachon bo‘ladi?” 
“Agar ishonchlaringiz kamaysa, boshliqlaringiz ko‘paysa, faqihlaringiz kamaysa, 
qorilaringiz ko‘paysa,  oxirat amali bilan dunyo qo‘lga kiritilsa, dindan boshqa narsani 
yaxshi tushunsalar, ana shu vaqtda ustlaringizda bir boshliqlar bo‘ladiki, agar ularga 
itoat qilsanglar  adashasizlar, agar  osiylik qilsanglar, sizlarni o‘ldiradilar”, dedilar Ibn 
Ma’sud. “Bizlarga nima buyurasiz, ey Abu Abdurahmon?” deb so‘rashdi. “Uyingda o‘tirib 
amal qil, unday qilmasang, olov yaxshidir”, dedilar. 
 
906. Faqih rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: “Bizlarga 
Payg‘ambar (s.a.v.) xutba qilib dedilar: “Ey odamlar, sahobalarimni hurmat etinglar, 
ularga yaxshilik qilinglar, ularni yaxshi ko‘ringlar. Chunki odamlarning yaxshisi 
sahobalarimdir. Men  ularga  (payg‘ambar qilib) yuborilganimda, ular Allohga iymon 
keltirib, meni tasdiqlashdi, Allohdan nima hukm keltirgan bo‘lsam, hammasiga iymon 
keltirishdi va ularga amal qilishdi. 
 
So‘ngra ulardan keyingi odamlarning yaxshisi ulardan keyingi  asrdagilar. Ular meni 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
341
ko‘rishmasa ham, iymon keltirib, Alloh amriga ergashishadi. So‘ngra (odamlarning 
yaxshisi) ulardan keyingi asrdagilar. Ular ham menga iymon keltirishadi. 
 
So‘ng ulardan keyin shunday kishilar kelishadiki, ular namozlarini zoe’  qiladilar, 
shahvatlarga ergashadilar, buyurgan narsalarimni tashlab, undan qaytarganlarimni 
qiladilar, dinning nafslariga yoqqan tomoninigina oladilar, odamlar orasida amallari bilan 
riyo qiladilar,  so‘ralmasa-da, qasam ichadilar, guvohlik so‘ralmasdan guvohlik beradilar, 
omonat berilsa, xiyonat qiladilar, omonatni ado etmaydilar, gapirganlarida yolg‘on 
gapiradilar, qilmaydigan narsalarini aytadilar, ulardan ilm va hilm ko‘tariladi, ularda 
johillik va buzuq ishlar zohir bo‘ladi, ulardan hayo va omonatdorlik  ko‘tariladi, ularda 
hiyonat va yolg‘onchilik, ota-onaga oq bo‘lish, qarindoshchilikni uzish, uzun-uzun 
orzular, baxillik, dunyoga hirs, ochko‘zlik,  hasad, zulm, yomon xulq, yomon 
qo‘shnichilik  ko‘payib yoyiladi. Ular dindan  kamondan o‘q chiqqanidek chiqib ketadilar, 
qiyomat faqat odamlarning yomonlari qolganda  qoim bo‘ladi. Agar sizlarni jannat 
kengligida va ne’matlarida turish xursand qilsa, sunnat va jamoatni mahkam tutinglar. 
Ishlarning yangilaridan saqlaninglar. Chunki har bir  yangi narsa bid’atdir va har bir 
bid’at zalolatdir. Albatta, Alloh taolo hech qachon Muhammadning ummatini zalolat 
ustiga birlashtirmaydi. Bas, kim toat ipini yechsa, jamoatdan ajralsa, Alloh amrlarini zoe’ 
qilsa va Alloh hukmlariga xilof bo‘lsa, g‘azab qilingan holda Allohga yo‘liqadi va Alloh uni 
do‘zaxga kirgizadi”. 
 
907. Arboz ibn Soriya Salamiy (r.a.) aytadilar: “Bizlarga Rasululloh (s.a.v.) ta’sirchan bir 
xutba  qildilar. Uning sababidan ko‘zlar yoshga to‘ldi, qalblar eridi. Sahobalardan bir 
kishi: “Ey Allohning elchisi, bu vidolashuv mav’izasi bo‘ldi. Bizlarni nimaga buyurasiz?” 
deb aytdi.  Nabiy: “Allohga taqvo qilishga,  eshitish va toatga buyuraman. Chunki 
mendan keyin  ko‘p ixtiloflarni ko‘rasizlar. Ishlarning yangilaridan saqlaninglar. Chunki u 
adashishdir. Kim o‘sha vaqtga yetsa, mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘ldagi 
xalifalarimning yo‘lini mahkam tutsin. Ularni oziq  tishlaringiz bilan tishlanglar”, dedilar. 
 
908. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim halol 
yesa, sunnatga amal qilsa, odamlar uni yomonligidan omon bo‘lsalar, jannatga kiradi”. 
“Ey Alohning elchisi, bunday  kishilar odamlar orasida ko‘p-ku?” deyishdi. Aytdilar: 
“Mendan keyingi asrlarda ular kamayadi”. 
 
909. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) menga bir chiziq chizdilar 
va bu Allohning yo‘lidir”, dedilar. So‘ng uning o‘ng va chapiga qaratib, bir necha chiziq 
chizdilar.  Aytdilarki:  “Bu yo‘llarning ustida shayton bor va o‘zining yo‘liga chaqiradi”. 
So‘ng ushbu oyatni o‘qidilar: 
 
“Albatta, mana shu mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, bu yo‘lga ergashinglar. 
Boshqa yo‘llarga  ergashmangizlar-ki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar, 
shoyad, taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyuradi” (An’om, 
153-oyat) 
 
910. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Har narsaning ofati bordir. Bu dinning 
ofati hoyu havasdir”. 
 
Mujohid (r.a.) aytadilar: “Menga Allohning ikki ne’matidan qay biri Islomga hidoyat 
etganimi yoki hoyu havasdan salomat qilganimi, ulug‘roq ekanini bilmayman”. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
342
 
911. Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytdilar: “Kim  
jamoatga bir qarich xilof qilsa, Islom ahdini bo‘ynidan yechibdi”.  
 
Uvays Qaraniy Xaram ibn Hayyonga vasiyatida aytadilar: “Jamoatdan ajralishdan 
saqlan, chunki o‘zing bilmagan holda diningdan ajralib qolasan.  So‘ngra qiyomat kuni 
do‘zaxga kirasan.  
Alloh biluvchiroqdir. 
 
_________________ 
Sunnatga amal qilish bobi hadislari 
 
900-hadis. Sahih. Molik rivoyat qilgan. 
901-hadis. Zaif. 
902-hadis. Sahih-mavquf. Doramiy, Hokim rivoyat qilgan. 
903-hadis. Hasan. “As-sahiha”ga qarang. 
904-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan. 
905-hadis. Juda zaif. 
906-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Termiziy rivoyat qilgan. 
907-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
908-hadis. Zaif. Termiziy, Hokim rivoyat qilgan. 
909-hadis. Sahih. Ahmad, Hokim rivoyat qilgan. 
910-hadis. Juda zaif. “Za’iful-jome’”ga qarang. 
911-hadis. Sahih. Ahmad va Abu Dovud rivoyat qilgan. 
 
 
 
SAKSON UCHINCHI BOB 
OXIRAT ISHLARIGA QAYG‘URISH 
 
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar. Sobit ibn Xajjoj Umar ibn Xattobning (r.a.) 
bunday deganlarini rivoyat qildilar: “O‘lchanishlaringizdan avval o‘zlaringizni o‘lchanglar, 
hisob  berishingizdan oldin o‘zlaringizni sarhisob qilinglar. Ro‘para bo‘linadigan ulug‘ kun 
uchun ziynatlaninglar. U  kun qiyomat kunidir. 
 
“O‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinasizlar,  sizlarning 
biron siringiz maxfiy qolmas” (Al-Haqqa, 18-oyat). 
 
912. Faqih aytadilar: Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Alloh taoloning 
shunday deganini rivoyat qilganlar: “Ey bandalarim, men zulmni o‘zimga  harom qildim. 
Sizlarning oralaringizda ham harom qildim. Bir-biringizga zulm qilmanglar. Ey 
bandalarim, hidoyat qilganlarimdan boshqalaringiz  adashguvchisiz. Mendan hidoyat 
so‘rangizlar, hidoyat qilaman. Ey bandalarim, men taomlantirganlarimdan boshqalaringiz 
ochsizlar. Mendan taom berishimni so‘ranglar, sizlarni oziqlantiraman. Ey bandalarim, 
hammalaringiz yalang‘ochsiz, faqat men  kiyintirganlar  yalang‘och emas. Mendan kiyim 
kiydirishimni so‘ranglar, kiyintiraman. Ey bandalarim, sizlar kechasiyu kunduzi xato 
qilasizlar. Men hamma gunohlarni kechiraman. Mendan gunohlaringizni kechirishimni 
so‘ranglar, sizlarni  kechiraman. 
 
Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringizning,  insonlaru jinlarning taqvosi  bir 
kishining qalbida bo‘lsa, o‘sha narsa Mening mulkimda hech narsani ziyoda qilmaydi. 
 
Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu  oxirgilaringizning, jinlaru  insonlarning fujuri  bir 
kishining qalbida bo‘lsa, u narsa Mening mulkimdan hech narsani kamaytirmaydi.  Ey 
bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringiz,  insonu  jinlaringiz bir tepalikda turib, 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
343
har biri hojtini Mendan  so‘rasa va ularga bersam, huzurimdagi hech narsani 
kamaytirmaydi. Kamaytirsa ham, bitta igna  dengizga bir botirilib, keyin undagi suvdan 
olib chiqqanchalik kamaytiradi. Ey bandalarim, albatta,  bular sizlarning amallaringiz, 
ularni sizlar uchun saqlab qo‘yaman va qiyomat kuni o‘zingizga qaytaraman. Bas, kim 
yaxshilik topsa, Allohga hamd aytsin, kim undan boshqasini topsa, faqat o‘zini malomat 
qilsin”. 
 
913. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy aytdilar: 
“Kasallarni ziyorat qilinglar, janozalarga qatnashinglar,  u sizlarga oxiratni eslatadi”. 
 
 Hakim zotlardan biri tobut orqasidan mayyit haqqiga rahmat so‘rayotgan  kishilarni 
ko‘rdi. Shunda u: “Agar o‘zlaringizga rahmat so‘rasangiz  yaxshi bo‘lardi. Chunki  u o‘ldi 
va uch narsadan qutildi: o‘lim farishtasini ko‘rishdan, o‘limning  achchig‘idan, yomon 
xotima topish xavfidan”, dedi. 
 
 Aytishlaricha, Abu Dardo (r.a.) tobut  orqasidan bir kishining: “Bu kim edi?” degan 
so‘zlarini eshitdilar. Shunda unga  Abu Dardo: “Bu sensan, agar  karih  ko‘rsang, u 
menman. Alloh taolo: 
  
“(Ey Muhammad) hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham 
o‘lguvchidirlar” (Zumar, 30-oyat), deb aytgan”, dedilar. 
 
Hasan Basriydan rivoyat qilinishicha, u zot bir kishining qabristonda ovqatlanayotganini  
ko‘rdilar. So‘ngra: “Bu odam munofiq ekan, o‘lim ikki ko‘zi orasida bo‘laturib, taomni 
ishtahasi tortyapti”. 
 
Yana Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Ajabo, bir qavm oxiratga 
tayyorgarlik ko‘rishga buyurildi, ammo avvalgilari keyingilariga qarab o‘ynab o‘tirishdi”. 
 
Rivoyat qilinishicha, Hasan Basriy qachon tobutni   ko‘rsalar, onalarining dafnlaridan 
qaytgandek bo‘lar edilar. 
 
Ibrohim Taymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Kim xotirjam  bo‘lsa, jannati 
bo‘lolmay qolishdan xavf qiladi. Chunki,  ahli jannatlar:  
 
“Haqiqatan bizlar ilgari (hayotiy dunyoda) ahli oilamiz orasida (bo‘lgan  
chog‘imizda, oxiratda Allohning azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik” (At-
tur,  26-oyat), deb aytadi».  
 
Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot  aytdilar: “Qur’onni ko‘targan kishi kechqurun 
odamlar uxlaganida bedorligi bilan, kunduzini odamlar  og‘zi ochiq bo‘lganida ro‘zasi 
bilan, odamlar xursand bo‘lganlarida g‘amgin bo‘lish bilan, odamlar kulganlarida  yig‘lash 
bilan, odamlar gapirganida jim turish bilan, odamlar gerdayganlarida xushu’ bilan ajralib 
turishi kerak. Qur’onni ko‘targan kishi g‘amgin, halim, sokin, yumshoq bo‘lishi lozim. 
Dag‘al, g‘ofil, baqiroq va serjahl bo‘lmasligi kerak. 
 
Shaqiq ibn Ibrohim (r.a.) aytadilar: “Banda uchun g‘am va xavfdan  yaxshiroq do‘st 
yo‘qdir. G‘am o‘tgan gunohlar, xavf qachon tushishi noma’lum bo‘lgan gunohlar 
uchundir”. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
344
 
Hakim aytadilar: “Kim uch o‘rindan boshqa payt g‘amgin va xafa bo‘lsa, u xafachilikni 
ham, xursandchilikni ham bilmabdi: iymon g‘ami, chunki umri iymon bilan tugaydimi 
yoki yo‘qmi, bilmaydi;  Alloh amri uchun bo‘lgan g‘am, ularni mukammal qildimi yoki 
yo‘q, buni ham bilmaydi; xusumatchilar g‘ami, ulardan qutuladimi yoki yo‘q, noma’lum”. 
 
914. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi.  Payg‘ambar (s.a.v.)  aytdilar: “Ko‘zdan 
suv tushsa, Alloh uni do‘zaxda yondirishni harom qiladi, agar ko‘z yoshi yuzga  tushsa, u 
musibat va xorlik bilan jabrlanmaydi. Har bir yaxshi amalning savobi bordir. Faqatgina 
ko‘z yoshi olov dengizini o‘chiradi. Agar ummat ichida bir banda Allohdan qo‘qib yig‘lasa, 
Alloh taolo u ummatga o‘sha banda yig‘lagani uchun rahm qiladi”. 
 
Ka’bul Ahbordan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi  aytdilar: “Allohdan qo‘rqib yig‘lashim va 
ko‘z yoshlarimning yuzimga oqishi menga tanam og‘irligicha tilloni sadaqa qilishimdan 
yaxshiroqdir. Qaysi banda  Alloh taolodan qo‘rqib  yig‘lasa,  ko‘z yoshidan bir tomchisi 
yerga oqsa, toki tomchi osmonga chiqib ketmaguncha, unga do‘zax o‘ti tegmaydi. 
Holbuki, osmondan tushgan tomchi qaytmagani singari u ham hech qachon samoga 
qaytmaydi. Dunyoda Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishiga hech qachon do‘zax o‘ti 
yetmaydi». 
 
915. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Bir 
bandaning ko‘zidan pashshachalik yoki pashshaning boshichalik ko‘z yoshi Allohdan 
qo‘rqqani uchun oqsa va yuziga tushsa, unga abadiy do‘zax o‘ti tegmaydi”. 
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Faqat Allohning fazli bilangina ko‘z yosh chiqaradi. Farishta 
kishining qalbini silamagunicha uning ko‘zidan yosh chiqmaydi”. 
 
916. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taologa ikki 
tomchidan-da sevimliroq tomchi yo‘q. Ulardan biri qorong‘u kechadagi ko‘zyoshning 
tomchisi va yana biri Alloh yo‘lida to‘kilgan qon tomchisi”. 
 
Ziyod Namiriydan rivoyat qilinadi.  U kishi aytdilar: “ Alloh taolo ba’zi kitoblarida: “Agar 
bandam Mendan qo‘rqib yig‘lasa, uni intiqomimdan xalos qilaman. Agar bandam Mendan 
qo‘rqib yig‘lasa,   yig‘isini qudsiy nur tabassumlariga almashtirib qo‘yaman, deb aytgan”. 
 
Umar ibn Abdulazizdan rivoyat qilinadi. U kishi bir kechasi namoz o‘qidilar. So‘ngra: 
 
“O‘shanda (ya’ni do‘zaxga tashlanganlarida) ular bo‘yinlarida kishan va 
zanjirlar bilan qaynoq suv tomonga sudralurlar, so‘ngra olovda yondirilurlar” 
(G‘ofir,  71-72) oyatini qiroat qildilar va bomdodgacha takrorlab, o‘qib yig‘ladilar. 
 
Tamim Doriydan rivoyat qilinadi. U kishi Alloh taoloning:  
“Balki yomonlik – gunohlar kasb etgan kimsalar, Biz ularni ham iymon 
keltirgan va yaxshi amal qilgan zotlar kabi qilishimizni o‘ylagan edilar”.  
(Josiya,  21) degan oyatini subhgacha takror-takror o‘qib yig‘ladilar. 
 
917. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “U zot (s.a.v.) 
 
“Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring, agar ularni mag‘firat 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
345
qilsang, albatta, Sen o‘zing qudrat hikmat egasidirsan” (Moida, 118)oyatini 
subhgacha takrorlab yig‘ladilar”. 
 
Xabarlarda kelishicha, Dovud (alayhissalom) bir gunoh qo‘yib, keyin ichimlik ichsalar, 
uni yarmi ko‘z yoshi bilan aralashgan bo‘lar edi. 
 
Bahz ibn Hakim aytadilar: “Biz bilan birga Zirora ibn Ubay Avfiy namoz o‘qidi. So‘ng 
“Qachon (qiyomat qoyim bo‘lgani haqida xabar berib) burg‘u chalinganda” 
(Muddassir, 8) oyatini tilovat qilib  vafot etdi”. 
 
Alloh taolo bizni ham shunday rizqlantirsin. 
 
_________________ 
Oxirat ishlariga qayg‘urish bobi hadislari 
 
912-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 
913-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 
914-hadis. Zaif. Ibn Adiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
915-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Asbahoniy rivoyat qilgan. 
916-hadis. Juda zaif. Asbahoniy rivoyat qilgan. 
917-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ahmad, Nasaiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
 
 
 
SAKSON TO‘RTINCHI BOB 
KISHINING QANDAY TONG OTTIRISHI TO‘G‘RISIDA 
 
918. Faqih Abu Lays Samarqandiy Mujohiddan rivoyat qiladilar. U kishi  aytdilar: “Menga 
Abdulloh ibn Umar (r.a.): “Ey Mujohid, ertalab  tursang, kechgacha yashayman deb 
o‘ylama, kech qilsang,   ertalabgacha umrim bor,  deb o‘ylama. O‘limdan oldin 
hayotingni, kasal bo‘lmasdan oldin salomatligingni g‘animat bil. Chunki ertaga o‘likmi yo 
tirik  bo‘lishingni bilmaysan”, dedilar”. 
 
Hakimlardan biri aytadilar: “Agar kishi ertalab tursa, to‘rt narsani niyat qilmog‘i lozim: 
1) Alloh unga farz qilgan narsalarni ado etishni; 
2) Alloh qaytargan narsalardan qochishni; 
3) muomalada bo‘ladigan kishilarga insof qilishni; 
4) o‘zi bilan xusumatchilari orasini isloh qilishni. 
 
Agar mana shu niyatlar  bilan tong ottirsa, najot topishiga, solihlardan bo‘lishiga  umid 
qilinadi”. 
 
Hakimlarning yana  biriga: “Kishi qaysi niyat bilan to‘shakdan turishi kerak”, deb savol 
berildi. “Avval qanday yotganiga qaraladi, so‘ng turish haqida so‘raladi. Qanday uxlashni 
bilmagan kishi qanday turishni ham bilmaydi”, dedi u. Keyin yana aytdi: “Banda uch 
narsani isloh qilmasdan turib uxlamog‘i durust emas:  
1. Xusumatchisi bo‘laturib, undan  kechirim so‘rab, haqqini halol qilmasdan  yotmog‘i 
durust bo‘lmaydi. Chunki  o‘lim farishtasi  kelib, jonini olsa, Robbiga ro‘baro‘ bo‘lganida  
u uchun hujjat yo‘qdir. 
2. Alloh taoloning farzlarini qoldirib, uxlamog‘i durust emas. 
3. O‘tgan gunohlariga tavba qilmasdan uxlamog‘i ham durust bo‘lmaydi. Chunki kechasi 
o‘lim kelib qolsa, gunohlari bo‘ynida ketadi”.  
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
346
Aytishlaricha, kishilar uch xil tong ottiradi: bir xili mol talabida, bir xili gunoh talabida va 
bir xili yo‘l talabida. Mol talabida tong ottirganlar Alloh taolo rizq qilib berganidan ortiq 
yeya olmaydilar, garchi mol ko‘p bo‘lsa ham. Gunoh talabida tong ottirganlarga xorlik va 
gunoh yopishadi. Kim yo‘l talabida tong ottirsa, Alloh taolo rizqni ham, yo‘lni ham 
beradi”. 
 
Yana bir hakim zot aytadi: “Kim tong ottirsa, unga ikki ish lozim bo‘ladi: qo‘rqinch va 
tinchlik. Tinchlik – Alloh u uchun belgilagan rizq masalasida xotirjam bo‘lmog‘i, qo‘rqinch 
esa, unga buyurilgan ishni tugatguncha qo‘rqinch holatda turmog‘i. Agar bu ikki ishni 
qilsa, Alloh taolo ikki narsa bilan ikrom qiladi: qanoat va ibodatning halovati”. 
 
Robi’ ibn Husaymdan: “Qanday tong ottirdingiz?” deb so‘ralsa, gunohkor, zaif holda tong 
ottirdik. Rizqimizni yeyapmiz va ajallarimizni kutayapmiz”, der ekanlar. 
 
Malik ibn Dinordan ham: “Qanday tong ottirdingiz?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Uydan 
uyga otlanuvchi qanday tong ottirardi. Uning ustiga jannatga boradimi yoki do‘zaxga, 
bilmaydi”. 
 
Zikr qilinishicha, Iso ibn Maryamga ham: “Qanday tong ottrirdingiz, Ey Ruhulloh, deb 
savol qilingan. U kishi shunda: “Umid qilgan narsamga ega bo‘lolmay, qo‘rqqan 
narsamni daf etolmay, amalim bilan majburiyat olgan holda tong ottirdim. Yaxshilik 
mendan boshqaning qo‘lida. Mendan kambag‘alroq inson yo‘q”, deb javob qilgan 
ekanlar. 
Omir ibn Qaysga shu savol berilganida, u zot: “Tong ottirdim. Nafsim gunohlarimni 
ziyoda qildi. Alloh taolo esa ne’matlarini ziyoda etdi. Ibodatlarim gunohlarimni tozalovchi 
bo‘la oladimi, yoki Alloh ne’matlari uchun shukr bo‘ladimi, bilmayman”, deganlar. 
 
Muhammad ibn Sirin bir odamdan hol so‘rabdilar. U: “Besh yuz dirham qarzi bo‘lgan, 
ko‘p bolali odamning holi qanday bo‘lishi mumkin?” debdi. Ibn Sirin uyiga kirib, ming 
dirham olib chiqib unga beribdilar va: “Besh yuz dirham bilan qarzingni uz, besh yuzini 
oilangga ishlat”, debdilar. Shundan keyin Ibn Sirin biron kishidan ahvol so‘ramadilar. 
Agar holati yomon bo‘lsa, uning ishini bitirib berishlari vojib bo‘lib qolishidan qo‘rqar 
edilar. 
 
Ibrohim Adhamdan zikr qilinadi. U kishi aytadilar: “Kim sog‘-salomat tong ottirsa, to‘rt 
narsaga shukr qilsin: 
1) qalbini hidoyat nuri bilan nurlantirgan va mo‘minlardan qilgan ulug‘ Zotga shukr 
aytmog‘i; 
2) hidoyat nuri bilan qalbini nurlantirgan, adashganlardan qilmagan Zotga hamdlar 
aytmog‘i;  
3) rizqini boshqaning qo‘lida qilmagan Zotga hamd aytmog‘i; 
4) ayblarini yopgan Zotga hamd aytmog‘i” 
 
Shaqiq ibn Ibrohim aytadilar: “Agar kishi ikki yuz yil yashasa va ushbu to‘rt narsani 
bilmasa, u do‘zaxdan boshqa narsaga haqli emas: 
1) Allohni bilmog‘i, tanimog‘i; 
2) Allohning amalini bilmog‘i; 
3) nafsini bilmog‘i; 
4) Alloh bilan nafsining dushmanini bilmog‘i. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling