Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

HISSIY ZO‘RIQISH 
Hissiyotlarni ichki ehtiyojlarning paydo bo`lishi yoki tashqi ta‘sirotlar, jumladan 
xotiradagi ma‘lumotlarni eslash uyg‘otadi. Hissiyotlar odam kayfiyatini o

zgartirishdan 
tashqari, bir qator ichki a‘zolar faoliyatiga sezilarli ta‘sir ko

rsatadi: qonda adrenalin 
miqdori ortadi, yurak faoliyati kuchayib, qon bosimi kolariladi, gazlar, modda va 
energiya almashinuvi jadallashadi. Skelet muskullari faoliyati o

zgaradi. Oddiy sharoitda 
muskullar birin-ketin ishga tushrilsa, his-hayajon vaqtida hammasi birdan faol holatga 
kelishi mumkin. Muskullarda charchash jarayoni sekinlashadi. Bundan tashqari, 
ta‘sirotlarga sezgirlik ortadi. Demak, his-hayajon qo

zg

alish 
organizmning 
foydalanilmagan 
imkoniyatlarini 
yuzaga 
chiqaradi 
va 
maqsadga 
erishishini 
yengillashtiradi. 
Bir tomondan, ehtiyojning paydo bo`lishi, ikkinchi tomondan bu ehtiyojni qondirish 
uchun zarur bo`lgan omil va imkoniyatlarning yetishmovchiligi hissiy zo

riqishga olib 
keladi, Maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan omillarni bilim, ko'nikmalar, tajriba, 
energiya va vaqt tashkil qiladi. Bu omillardan biriga organizm yetarli miqdorda ega 
bo`lmasa, zo

riqish holati rivojlanadi. Ehtiyoj, maqsadning ahamiyati qanchalik katta 
bolsa omil yetishmovchiligi qanchalik ko

p bo`lsa, zo

riqish darajasi shunchalik yuqori 
bo`ladi. 
Zo

riqish ma‘lum darajaga yetganda hissiyotni uyg‘otadi. Uning ‗ darajasi tafovut 
qilinadi.Zo

riqishning birinchi darajasi organizmning diqqat-e‘tibori, ish qobiliyati ortishi 
bilan ifodalanadi. Odam oldida turgan vazifa yangi bolsa, unga nisbatan qiziqish ortadi, 
ruhiy va jismoniy imkoniyatlarini ishga soladi. Bunday holat organizmni chiniqtiradi, ish 
qobiliyatini oshiradi, foydali bo`ladi. 
Ehtiyojni qondirish, maqsadga erishish uchun birinchi darajadagi zo

riqish holatida 
ishga solingan imkoniyatlar yetarli bo‗lmasa, zo

riqishning ikkinchi darajasi rivojlanadi, 


291 
manfiy hissiyot paydo bo`ladi. Odam norozi bo`ladi, jaxli chiqadi. Ammo, u 
imkoniyatlarini iloji boricha ishga solib, oldida turgan masalani yechishga harakat qiladi. 
Agar qondirilishi zarur bo`lgan ehtiyoj omillarni organizm ega bolganidan ko


miqdorda talab qilsa, organizmning imkoniyatlari turgan masalani yechish uchun yetarli 
bo`lmasa, zo

riqishning uchinchi darajasi rivojlanadi. Maqsadiga erishishga ko

zi 
yetmagan odam siqilib, eziladi, Zo

riqishning bu darajasida organizm a‘zolari va 
tizimlarining faoliyati keskin salbiylashadi. 3 AqUy va jismoniy imkoniyatlari kamayadi, 
odam hech bir ishga qol urgisi kelmaydi, zarar yelicazuvchi omillarga qarshiligi 
susayadi. Bunday holatning uzoq davom etishi organizmga ziyon qilib, turli kasalliklar 
rivojlanishiga olib keladi. Shu sababdan, zo

riqishning uchinchi darajasini astenik 
zo

riqish deydilar. 
Zo'riqislining uchinchi darajasini organizmning o

ziga xos himoya reaksiyasi desa 
bo`ladi. Imkoniyatlari yetarli emasligini bilgan organizm maqsadga erishishdan voz 
kechishga majbur bo`ladi. Ammo, maqsadning ahamiyati, unga erishish zamriyati 
saqlanib qolsa, organizm mushkul axvolga tushadi, endi zo

riqish to

rtinchi darajaga 
o

tadi, Bunda nevroz holat ro

y berib, bazi boshqaruv mexanizmlarining shikastlanishiga 
olib keladi. 
Zo'riqish darajalarining biri ikkinchisiga osoyishta o‘tishi shart emas. Sharoitga 
qarab; birdan ikkinchi yoki uchinchi darajadagi zo

riqish holati yuzaga chiqishi mumkin. 
Nerv tizimi birinehi galda organizm yechishi zarur bo`lgan masalaning ahamiyati va 
murakkabligi, bu masalani hal qilish uchun zarur omillar miqdorini va shu vaqtda 
organizmda mavjud bo`lgan omillar miqdorini belg‘liaydi. Zarur miqdor bilan bor 
bo`lgan miqdorlar o‗rtasidagi munosiblik qancha kam bo`lsa, taraqqiy etgan zo

riqish 
darajasi shuncha yuqori bo`ladi. 
Zo

riqishning bu ‗ darajasi sof holda kam uchraydi. Ko

pincha oraliq darajalar 
kuzatiiadi. Masalan, ikkinchi va uchinchi darajalar oralig‘idagi , bo`lgan zo

riqishi 
holatida organizmning aqliy imkoniyatlari pasayib ketgan bir vaqtda, uning energetik 
imkoniyatlari saqlanib qoladi, ortib ketishi ham mumkin. Bunday aql-idrokni yo'qotgan, 
vaziyatga tushgan odam bema‘ni ishlarni qilib qo'yadi. Zo

riqishning oraliq darajalari 
boshqa bir shaklda namoyon bo`lishi ham mumkin: odamning aql-idroki o

zgarmaydi, 
o'z holatini va tevarak atrofdagi xavfhi to

g‘ri baholash qobiliyati saqlanib qoladi, ammo 
energiya manbalari kamayib ketganidan, o

zini xavf-xatardan saqlashga kuchi yetmaydi. 
Maium sharoitda rivojlangan zo'riqish darajasi past yoki yuqori bo`lishi odamning 
hayotiy tajribasiga ham bog‘liq. 0

xshash sharoitni boshidan kechirgan tajribali odam 
unga iztirob chekmaydi. Qiyinchiliklarni yengishga o

rganmagan, tajribasiz, kuehsiz 
odamlarda zoiiqish juda kuchli bo`ladi. Odam zo

riqishlarni ishg

ol qilish uchun zarur 
bo`lgan omillarga—bilim, ko'nikmalar, vaqt, energiyaga yetarli miqdorda ega bo

hshiga 
harakat qilishi kerak. 
XOTIRA 
Xotira— tirik organizmning muhim xususiyati. Xotira tufayli organizm tashqi 
ta‘sirotlarni .qabul qilib, olingan ahborotni o

zida saqlaydi va kerak bo`lganda uni qayta 
tiklaydi, ya‘ni eslaydi. Xotira — markaziy nerv tizimining asosiy vazvfalaridan biri. Har 
lahzada organizm o

z o

tmishidan kelajakka qadam qo'yadi va uning hozirgi va 
kelajakdagi xatti-harakatlari boshdan kechirgan tajribasiga ko

p jihatdan bog

liq bo`ladi. 
Hayot davomida orttirilgan tajriba bilimlarni xotirada saqlanishini markaziy nerv 
tizimida yuzaga chiqadigan tuzilma — faoliy o

zgarishlar ta‘minlaydi. 


292 
Ba ‘zi olimlar xotirada saqlanadigan axborotlar genetik kabi DNK yoramida kodga 
solinadi, degan fikmi aytadilar. Lekin, bu taxminni isbot qilishga qaratilgan tadqiqotlar 
ijobiy natija bermadi. Olingan ma‘lumotlar xotira mexanizmlarida RNk maium 
ahamiyatga ega bo`lsa kerak degan fikrga olib keldi. RNK sintezini tezlashtiradigan 
moddalar, masalan, fenamin o

rganish jarayonini jadallashtiradi. O‘rgatish davomida 
hayvonlarning miyasida RNK sintezlanishi tezlashadi. Ayni vaqtda miyada kichik 
peptidlar 
miqdori 
oshadi, 
Bu 
peptidlar 
postsinaptik 
membrananing 
ion 
o'tkazuvchanligiga ta‘sir qiladi. 
Xotira mexanizmlari miya neyronlarining o`zaro bogianishlari takomillashishi, ular 
o
s
rtasidagi sinapslar faohyatining faollashishiga. ham bog‘liq. Xususan, o`zgamvchan 
sharoitda o

stirilgan hayvonlarda (ko

p narsaga o

rganib, o

zgaruvchan sharoitga 
moslashishga majbur bo`lgan hayvonlarda) miya neyronlari o'rtasidagi sinapslar soni 
ko'payadi, postsinaptik membrana qalinlashadi, sinaptik tugmachalar kattalashadi va 
boshqa o'zgarishlar ro‗y beradi. 
Ma‘lumotni esda saqlash vaqtiga qarab bevosita xotira, qisqa va uzoq vaqtli xotiralar 
tafovut qilinadi. Avtobus oynasidan koMb ketilayotgan narsalar ‗00-500 millisekund 
davomida esda turadi. Agar yaqqol, ko

zga tashlanadigan narsa bo'lmasa, ular darrov 
esdan chiqadi. Bu juda qisqa muddatli bo`lgan bevosita xotira. Ammo, shu payt nimadir 
bizni eliborimizii o

ziga tortsa, shu axborot qisqa muddatli xotiraga o

tkaziladi. 
Qisqa muddatli xotirada axborot bir necha lahza saqianadi. Masalan, siz kimdandir 
tanishingizning telefon raqamini so

radingiz, ammo yozib olishga hog

oz-qalarn yo'q. Bu 
raqamni dilda takrorlab, telefon, apparatiga yetib borguncha esda saqlaysiz, keyin unutib 
yuborasiz. Ammo, telefon izlab yurganingizda nimadir diqqatingizni bolsa, raqam esdan 
chiqadi. Bu misol qisqa muddatli xotira uzoq vaqt davom etmasligini, juda nozik 
bo`lishini ko'rsatadi. Uni narkoz, miyaga elektr toki bilan ta‘sir qilish, gipoksiya va 
boshqalar shikastlaydi. 
Chamasi qisqa muddatli xotiraning elektrofiziologik mexanizmlari impulslarning 
halqa hosil qilib ulangan neyronlari o

rtasida aylanib yurishidan iborat bolsa kerak. 
Qisqa muddath xotiradan ba‘zi ma‘lumotlar uzoq vaqtH xotiraga o

tkaziladi. Bu 
tizimda axborot oylab yillab, ko‗pincha bir umrga saqianadi. 
Hozir sodir bo`lgan voqealarni eslash bilan uzoq olmishdagi voqealarni eslash 
o

rtasida juda katta farq bor. Birinchisi juda tez esga keladi, o‘tmishdagi voqealarni 
eslash esa ancha qiyin bolib, vaqt talab qiladi.Axborotlarni uzoq vaqtli xotiraga olkazish 
murakkab. mashaqqatli jarayon. Qisqa muddatli xotiraning hajmi juda oz, bir necha 
saqlanish birligini tashkil qiladi xolos. Uzoq muddatli xotirada saqlanadigan axborot 
hajmi chegarasiz. Shuning uchun ham kerakli axborotni izlab topish uzoq muddatli 
xotiraning asosiy muammalaridan hisoblanadi. Hayotda orttirilgan tajriba, bilimlar (ona 
va chet tillar alifbosi, so

zlariyu, grammatikasidan tortib, juda murakkab matematik 
formulalargacha) uzoq muddatli xotirada saqianadi. Bu xotiraning hajmi milliard-
milliard saqlash birligiga teng bolishiga qaramay, kerakli axborot ancha tez topiladi. 
Asab kasalliklariga duchor bo`lgan odamlarda o

tkazilgan kuzatishlar yangi 
axborotlarni o

zlashtirish va eski axborotni esda saqlash jarayonlarining msxanizmlari bir 
emasligini ko

rsatdi. Bu jarayonlarning biri yo

qotilganda, ikkinchisi saqlanib qolishi 
mumkin. 
Axborotni xotiradan izlab, yuzaga chiqarish jarayonini axborotni saqlash jarayonidan 
farqlash kerak. 


293 
Biz har qaysi faoliyatning katta yarim sharlar po

stlog

ida o

z «vakolatxonasi» 
bo'lishini aytib o

tdik. Miyaning ensa soxasi ko

rish bilan, chakka sohalar eshitish bilan, 
peshona sohalar hissiyotlar bilan bog‘liq. Xotiraning malum tuzilmalar bilan bog

liqligini 
aniqlashga qaratilgan tekshirishlar natija bemiadi. Axborotni eslab qolish miya ma‘lum 
sohasining emas, balki bir butun miyaning vazifasidir. Miyasi jarohatlangan odamlarni 
kuzatish bu taxminning to

g

riligidan dalolat beradi: miya po

stlog

i to

qimasi qancha ko


yo

qotilsa, xotiraning buzilish darajasi shuncha yuqori bo`ladi. 
Ammo, bosh miya tuzihnalarining ba‘zilari xotira mexanizmlarida, xususan axborotni 
qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o'tkazishda muhim bolsa kerak. Maxsus 
adabiyotlarda tutqanoq kasalini davolash maqsadida gippokampni jarrohlik yo`li bilan 
olib tashlangan odam to

g

risida axborot bor. Operatsiyadan keyin kasal hodisa, jism, 
shaxslarni juda qisqa vaqt eslab qolardi. U bilan suhbatlashib, xonadan chiqib ketib, bir 
necha daqiqadan keyin qaytib kelsangiz, sizni ko

rganini eslay olmasdi. Oilasi yangi 
joyga ko

chganidan bir yil keyin ham yangi manzilini eslay olmadi, yangi uyini 
topoimas, 
doim eski uyiga borardi. Operatsiyadan oldingi hodisalarni unutmagan edi. Demak, 
gippokampni olib tashlash uzoq muddatli xotiraga ta‘sir qihnasdan, axborotlarni qisqa 
vaqtli xotiradan uzoq muddatli xotiraga oikazish jarayonini buzgan Uzoq muddatli xotira 
mexanizmlari sinapslar о

tkazuvchanligiga bog‘liq. 0‗rgatish jarayoni sinapslarda faol 
xohnoretseptorlar sonini oshiradi, po'stloq neyronlarining asetilxolinga sezgirligini 
oshiradi. Bu eslab qolishni yaxshilaydi. Adetilxolhming antagonistlari xotirani 
shikastlab, amneziyaga (xotira yo'qolishiga) olib keladi. 
Katexolarninergik va serotoninergik tizimlar ham uzoq muddatli xotira 
mexanizmlarida ishtirok etadi. Xususan, noradrenalin shartli signal yuzaga chiqargan 
qo'zgalish vaqtini uzaytiradi va shu yoi bilan tezlashtirib, hosil bo`lgan konikmalaraing 
xotirada saqlanishini ta‘minlaydi. 
Xotiralarni tasnif etilishining boshqa tamoyili ham bor. I. G. Beritashvili namoyon 
bo‗lishiga qarab, obrazli, sharth reflektor hissiy va so

z-mantiq xotiralarini ajratgan. 
Obrazh xotira xayotiy aqamiyatga ega bo`lgan oldin uehratilgan obekt qiyofasim esda 
saqlash va qayta tiklash imkoniyatini beradi. 
Sharth reflektor xotira shartli harakat va sekretor reaksiyalar hosil bo`lganidan ancha 
vaqt o

tgach, ularni eslab, takrorlashdan iborat. 
Hissiy xotira boshdan kechirilgan sharoit va hodisalar qayta uchraganida awal shu 
sharoitlarda namoyon bo`lgan hissiyotlarni eslashni ta‘minlaydi, 
So‗z-mantiq xotirasi tashqi jisrn va hodisalarni ham o

z kechinmayu xatti-harakatlarni 
ifodalovchi so'zlarni xotirada saqlash va eslashdir. 
DIQQAT 
Odam va yuqori hayvonlarning ayni paytda ahamiyatga molik narsa yoki hodisaga 
nisbatan bilim orttirish faoliyatini qaratish diqqat deyiladi. Uzoq yillar davomida bir-
birini ko'rmagan sinfdoshlar yig‘ilishini ko

z oldingizga keltiring. Ular guruxlarga 
bolinib, hayajonlanib, suhbatlashmoqdalar. Bir gumxning suhbatiga quloq solsangiz 
hamma gapni bilib olishingiz mumkin. Boshqa guruxlarning gapi esa shu asnoda 
qulogingizga kinnaydi: ulardan kelayotgan tovushlarni eshitgandek bo`lasizu, ammo 
gapning ma‘nosim tushunmaysiz. Demak, diqqat tanlash xususiyatyga ega. Ayni 
vaqtning o'zida bir nechta guruxning suhbatida ishtirok etishga harakat qilish mumkin. 
Ammo, gap jiddiy narsalar ustida ketganda, ular o‗rtasidagi gap- so'zlarning mag‘ziga 
yetohnaysiz. Diqqat bir vaqtning o'zida turli manbalardan, turh kanallar bo`ylab 


294 
kelayotgan va biri ikkinchisiga halaqit berayotgan axborotlar ichidan hoziming o'zida 
kerakli (qiziqarli) bo`lganini ajratib olish imkonini beradi. Agar ajratish qobiliyatimiz 
bo`lmaganida edi, hayot alg

ov- dalg‘ov bo`lib ketardi, chunki sodir bo`layotgan 
hodisalar mohiyatini ular bitta-bitta yuzaga chiqqan taqdirdagina anglash mumkin 
bo`lardi. 
Ikkinchi tomondan, diqqat bir vaqtning o

zida sodir bo`layotgan voqealarni nazorat 
qilish imkoniyatini chegaralaydi. Diqqatni asosan bitta kanaldan kelayotgan axborotga 
qaratsak, boshqa kanallardan kelayotgan, hatto ahamiyatli axborotlar nazoratdan chetda 
qohbketadi. 
Diqqatni bitta hodisaga qaratgan holda qolganlarini ham maium darajada nazorat qilib 
turish qobiliyatini rivojlantirish juda muhim. Bunga axborotni saralash e‘tibomi ayni 
vaqtda muhim bo`lgan axborotga qaratish, boshqa kanallardan kelayotgan axborot 
miqdormi kamaytirish yo`li bilan erishish mumkin. Markaziy nerv tizimining tuzilishi 
faollik ko'rsatish tamoyillari ko

rsatilgan jarayonlarning yuzaga chiqishiga imkoniyat 
tug‘diradi Masalan,retseptorlarning axborotlarni saralashga ixtisoslashgani maium. 
Ikkinchi darajah axborotlarni, MNT ga o

tishini chegaralashda afferent yo`llarning 
tuzilishida uchratiladigan torayuvchi voronka tomoyili katta ahamiyatga ega. Bu tuzilish 
xususiyatlardan tashqari, diqqat-e‘tibor hodisasida markaziy nerv tizimining faoliyat 
ko‘rsatishidagi induksiya, to'nlanish va dominanta tomoyillari katta rol o

ynaydi. Shular 
tufayli, diqqat muhim axborotga qaratiladi, va shu axborotga qiziqish turg

unlashadi 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling