Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


yillikda ko‘chib borgan to‘xar qabilalari va keyinchalik Shartli 
ravishda xotan-saklar deb nom olgan qabilalardan tashkil topgan edi. 
Bundan tashqari Sharqiy Turkistonda so‘g‘dlarning katta guruhlari, 
Markaziy Osiyoning boshqa qabilalari hamda hindlar yashardi. 
Mintaqa tarixida xun-nu yoki xunlar, shuningdek, boshqa 
ko‘chmanchi qabilalar o‘ziga xos iz qoldirganlar. 
Ilk tarixiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy va Hindiston o‘rtasida 
savdo yo‘llari miloddan avvalgi II asrda paydo bo‘lgan. Oradan bir 
asr o‘tib, ular yanada rivojlangan. Quruqlikdan o‘tgan asosiy yo‘l - 
Buyuk ipak yo‘li bo‘lgan. Birma va Sichuan orqali o‘tgan yo‘llar 
keyinroq paydo bo‘lgan. Sichuanda budda ibodatxonalari qurilib, 
turli-tuman Budda haykallari bunyod etilgan. 
Fa Syan so‘zlariga ko‘ra, u 414-yilda Hindistondan Xitoyga 
dengiz orqali qaytadi. Bu yo‘l Lanka oroli va Katanga orqali o‘tgan. 
Tarixchilarning fikricha, ikkinchi asrda xitoyliklar ekspansiyasi 
G‘arbga qaratilgan. Ayni shu sabab ikkala mamlakat orasidagi 
aloqalarni muvofiqlashtirish talab etilgan. Biroq mamlakatlar 
o‘rtasidagi munosabatlar Kushonlar davrida ancha yomonlashgan. 
Xan imperiyasining parchalanishi (II asr oxiri - III asr boshi), 
mamlakatdagi iqtisodiy tanglik va siyosiy tarqoqlik bu mamlakatlar 
o‘rtasidagi aloqalarni tiklashda muammolar paydo qildi. 
Parfiya davlati hozirgi Turkmaniston janubida, Eronning 
shimoli Sharqida joylashgan edi. 
V asrga kelib Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi aloqalar kuchaya 
boshladi. 70 yil davomida Hindistondan Xitoyga sakkiz nafar elchi 
tashrif buyurdi. Madaniy aloqalar kuchayishi natijasida Xitoyga 
buddizm kirib keldi. VI-asrdagi Xitoy imperatori Mindi taklifiga 

 
 
241
ko‘ra, ikki buddaviy kohin - Dxarmaratna va Kashyapa Matanga 
Xitoyning Chanan shahriga kelgan (603-yil). O‘sha vaqtda bu 
shaharda ilk budda ibodatxonasi qurilgan. Buddizm tarixi bo‘yicha 
mutaxassis  E.Syurix bu din Xitoyga 65-yildan boshlab kirib kelgan 
deb aytadi. Biroq III asrdagina chuqur ildiz otdi. Buddizm Xitoyda 
keng rasm bo‘lishi natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy 
aloqalarda yangi davr boshlandi. Xitoy sayyohlari Fa Syan,  Syuan 
Szyan budda dini targ‘ibotchisi bo‘lish bilan cheklanmay, qadimgi 
Hindiston tarixiga oid qimmatli asarlar qoldirdilar. O‘sha vaqtda 
ko‘plab buddaviy kitoblar hind tilidan xitoy tiliga o‘girildi. Keyinroq 
mashhur hind olimlari Buddabxadra, Kumarajiva, Paramartxa va 
Badxidxarmalar bir guruh shogirdlari va rohiblari bilan birga Xitoyga 
safar qilganlar. Ular Xitoyga o‘zlari bilan birgalikda sanskritdan xitoy 
tiliga tarjima qilingan budda ta'limotiga oid kitoblar keltirganlar. Hind 
olimlari keyinroq xitoy tilida ham original asarlar bitganlar. Ular 
Xitoy adabiyoti, xususan, she'riyatiga ham katta hissa qo‘shganlar. 
Ikki xalq orasidagi bunday aloqa tufayli xitoyliklar hind astronomiyasi 
va matematikasini o‘zlashtirdilar. Xitoy amaldorlari hind olimlaridan 
saboq oliWar, ibodatxonalar qurishda hind uslubidan keng 
foydalanishardi. Xuddi shu jarayon asosida Xitoyga hind musiqasi 
ham kirib keldi. 
Xitoy hududida rasm bo‘lgan budda ta'limoti tez orada Koreya va 
Yaponiyaga ham tarqaldi. 
 
Orolga ilk hindu-oriylar kelishi bilan, Hindistonning Shri-Lanka 
madaniy aloqalari ham rivojlandi. Ular hind madaniyati, singal 
adabiyoti va san'atiga katta ta'sir ko‘rsatdilar. Bu ikki mamlakat 
o‘rtasidagi aloqalarning naqadar tutash ekanligini ularning jug‘rofiy 
va etnik yaqinligidan ham bilish mumkin. Bu ikki mamlakat deyarli 
bir xil tarixiy jarayonlarni boshidan kechirgan. Taxminlarga ko‘ra, 
hindlar paleolit davridayoq bu orolga kelganlar. Arxeolog olimlar bu 
mamlakatlarning neolit davrini o‘rganib, ular madaniyatining turli 
jihatlari o‘zaro o‘xshashligini aniqlaganlar. To‘plangan ma'lumotlarni 
qiyoslash asosida miloddan avvalgi minginchi yillarda Shri-Lankada 
tili hinduoriylarga o‘xshagan qabilalar paydo bo‘lganligi aniqlandi. 
Miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Shri-Lanka 
Hindiston xalqlaridan biri - cholalar bosqinini boshidan kechirdi. 
Lanka hukmdori Gajabahu (113-135) cholalarga qarshi kurash olib 

 
 
242
bordi. Natijada Hindistonning janubiy hududlarida singal hukmdorligi 
yuzaga keldi. Bu hol orolda mahalliy va hind madaniyati rivojiga ta'sir 
ko‘rsatdi. 
Ikki buyuk o‘lka - Hindiston va Markaziy Osiyo dunyo 
sivilizatsiyasi beshigi hisoblanadi
1
. Hindiston va Turkiston kabi buyuk 
o‘lka xalqlari orasida doimo siyosiy, madaniy va iqtisodiy aloqalar 
mavjud bo‘lib, ular hozir ham davom etib kelmoqda. Bu ikki yurt ko‘p 
jihatdan o‘xshash, har ikkisi ham Buyuk ipak yo‘lida joylashgan. 
Neolit davrida Markaziy Osiyo va Hindiston shimolida bir-biriga 
yaqin dehqonchilik ekinlari ekilgan. Oltintepada (Janubiy 
Turkmaniston) olib borilgan qazishma ishlari natijasida Hind vodiysi 
xalqlari bilan Janubiy turkman qabilalari orasida bronza, ya'ni 
Xarappa madaniyati gullagan bir davrda mustaqil aloqalar o‘rnatilgani 
ma'lum bo‘ldi. Professor M.Ye.Massonning fikricha, Xarappa 
madaniyatiga oid fol ochish uchun ishlatilgan fil suyagi topilgan. 
Xuddi shunday o‘yinchoq suyaklar Xarappa va Moxenjo Darodan 
ham topilgan. Markaziy Osiyo savdogarlari ushbu buyumni 
Hindistondan olib kelganligi haqiqatdan uzoq emas. Janubiy 
Turkmanistondan topilgan uch boshli mahluq ko‘rinishidagi 
muhrlarda xuddi Xarappa muhrlari kabi ikki echki boshi va baliq 
tasvirlangan.  
Oltintepada topilgan yana bir noyob buyum bu ikki belgili 
qadimiy hind yozuvidir. M.Ye.Masson unda jonivorlar rasmi emas, 
balki piktografik matn mavjud ekanligiga e'tiborini qaratgan. Uning 
fikricha, Oltintepada yashagan biron bir kimsa hindcha matnni o‘qiy 
olmagan. Bundan kelib chiqib, muallif Markaziy Osiyo janubidagi bir 
necha qabilalar dravid tillari oilasiga mansub degan fikrni o‘rtaga 
tashladi. 
Kushonlar davrida Gandxara maktabi va uning buddaviy shakli 
Tohariston madaniyatiga ham ma'lum ta'sir o‘tkazdi. Buni 
Dalvarzintepada olib borilgan qazish ishlari natijalari ham tasdiqlaydi. 
Bu yerda miloddan avvalgi III-II asrda yunon-baqtriya shaharlari 
bo‘lib, ular, ayniqsa, miloddan avvalgi I asrda-milodiy I asrda 
yuksalganlar. Aynan shu vaqt - Kadfiz I va Kadfiz II hukmronligi 
davrida Baqtriyaga budda dini kirib keldi. Mazkur maskanda ehrom, 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
243
hamda unda bir qancha haykal va supachalar bor edi. U yerdagi loy va 
chinnidan yasalgan haykalchalar devorga osilgan. Haykalchalar 
an'anaviy hind san'atiga oid bo‘lsa-da, ularda mahalliy urf-odatlar 
aksini ko‘rish mumkin.  
Xalchayon va Dalvarzintepa haykallarini taqqoslash oqibatida shu 
ma'lum bo‘ldiki, har ikki madaniyat turli yo‘ldan borgan. Masalan, 
Xalchayon haykallari portret ko‘rinishida, real va budda an'analaridan 
ancha yiroq, Dalvarzintepadagi suratlar esa ancha keyin ishlangan. 
Shuningdek, bu san'at Baqtriya maktabini ellin hind-budda an'analari 
bilan bog‘lagan. 
Shuni ham ta'kidlash lozimki, qadimgi Hindistonning jahon 
madaniyati, xususan, Sharq madaniyatiga qo‘shgan hissasi ulkan. 
Qadimgi Hindiston asrlar mobaynida G‘arb va Sharqni ko‘plab 
mamlakatlari bilan aloqalarni kengaytirgan. Ular bilan turli jabhalarda 
aloqalarni mustahkamlash bilan birga, o‘z madaniyati va urf-odatlarini 
ham saqlab qolishga erishdi. Qadimgi hind madaniyati hind xalqining 
bo‘lg‘usi madaniyatiga asos bo‘ldi. Bu madaniyat shu darajada keng 
qamrovli, rang-barangki, jahonning istalgan burchagida uning ta'siri 
sezilib turadi. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
 
1. Qadimgi Hindiston manbashunosligi va 
tarixnavisligi.  
2. Mauriylar davrida madaniyat.  
3. Mauriylar davrida me'morchilik va 
haykaltaroshlik.  
4. Kushonlar va Guptalar davri madaniyati.  
5. Qadimgi Hindistonning tashqi aloqalari.  
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
244
13-mavzu. Eronda ilk yirik davlatlarning vujudga kelishi: 
Ahamoniylar davlati. Yirik istilochilik urushlari 
 
Reja: 
1. Ahamoniylar davlati.  
2. Doro I ning davlat tepasiga kelishi.  
3. Ahmoniylar davlatida satrapliklar va savdo - sotiq.  
4. Doro I ning tashqi siyosati.  
5. Qadimgi Eron dini va madaniyati. 
 
Tayanch iboralar: Kayxisrav, Ashshurbanipal, Nineviya, “Anshan 
shohi”, “Parsu”, “shahanshohi”, Nabonid, Marduk, Smerdis, 
Samosskiy, Siloson, Anis, Ujagoresent, Bardiya, Kir II, Doro I, Oliy 
davlat noziri, “shoh hakamlari”, “darik”, “o‘lmas” piyoda, satrap, 
Nexo, Yaksart, Behistun yozuvi, “Avesto”, “Gatlar”, Axuramazda, 
“saoshiant”, Mitra, Anaxita, dualism, gnostitsizm  
 
 Kayxisrav II yurishlari. Eron hududiga 
midiyaliklar bilan birga boshqa qabilalar ham kirib 
kelgan. Qabilalardan biri Ossuriya yozuvlarida parsua nomi bilan 
atalib, ular qadimgi eroniylarning ajdodlari deb taxmin qilinadi. 
Ossuriya shohlari bu qabilalar bilan kurash olib borganlar. Parsualar 
Elam o‘lkalaridan biri - Anshanda mustahkam o‘rnashib, bu yerda 
qabilalarning yirik ittifoqini tashkil qilganlar. Elamning vayron etilishi 
to‘g‘risidagi rivoyatda Ossuriya shohi Ashshurbanipal  “Parsuash 
shohi Kayxisrav”ni eslatib, Kayxisrav Ossuriya shohiga bo‘ysungani 
va o‘zining katta o‘g‘lini sovg‘a-salomlar bilan Nineviya shahriga 
yo‘llaganini aytadi. Ossuriylarga, so‘ngra midiyaliklarga qarshi 
kurashda Eron qabilalari ittifoqi kuchayib, mustahkamlangan. 
Miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida ancha yirik Eron shohligi 
tashkil topgan.  
Tarixiy an'analar va antik mualliflar ushbu davlat shohi 
Kayxisrav II Ashurbanipalga zamondosh - Kayxisrav I vorislaridan 
biri ekanligini bir ovozdan ta'kidlaydilar. Kayxisrav II qadim va 
qudratli Elamning yuksak madaniyatining azaliy an'analariga tayanish 
niyatida, o‘zini “Anshan shohi”, shuningdek “Parsu”, ya'ni Eron 
shohi deb ataydi. Gerodot asarida Kayxisravning bolalik, o‘spirinlik 
Ahamoniylar 
davlati. 

 
 
245
yillari va faoliyati tasvirlangan bir qancha rivoyatlar saqlanib qolgan. 
Ulkan davlatga asos solgan buyuk shaxs hayotini tasvirlagan bu 
rivoyatlar zamonasiga xos, afsona shaklida berilgan. Kayxisravning 
faoliyati o‘z zamondoshlariga kuchli ta'sir ko‘rsatgani va o‘z 
davrining buyuk arbobi Kayxisravning obrazi haqida xalq ijodi, 
qisman kohinlar madhida shunday hikoya bor: shoh Sargon I kabi 
Kayxisrav ham asrandi bola bo‘lib, uni bir cho‘pon tarbiyalab 
o‘stirgan. Boshqa bir hikoyaga ko‘ra esa, Rimga asos solgan Romul 
va  Rem singari Kayxisravni ham bir jonivor boqib katta qilgan 
emish. Eron shohligiga asos solgan bu mashhur shaxsning sirli kelib 
chiqishi, uning dunyoga ilohiy tarzda kelganligi haqidagi afsonalarga 
hatto Gerodot ham tanqidiy nazar bilan qaragan. Bunday afsonalar 
Eron shohlari qadimgi Sharq dunyosini qurol bilan bo‘ysundirib, istilo 
qilingan ko‘plab mamlakatlar ustidan Eron “shahanshohi” 
hokimiyatini o‘rnatish maqsadida keyingi zamonlarda yaratilgan 
bo‘lishi ham mumkin.  
Tarixiy solnomalarda Kayxisrav Midiya shohi Astiagni asir qilib 
olgandan keyin, unga o‘z davlatidan o‘rin berganligi rivoyati bor. Bu 
rivoyat Midiya zodagonlari Eronda fors zodagonlari bilan bir xil 
imtiyozga ega bo‘lganlari to‘g‘risidagi fakt bilan bog‘liq bo‘lishi ham 
mumkin.  
Kayxisrav Midiyani istilo qilganidan keyin ham istilochilik 
siyosatini davom ettiradi. Kayxisrav qisqa vaqt ichida Armaniston, 
Kappadokiya, Lidiya (miloddan avvalgi 547 - 546 yillar) va nihoyat 
Bobilni  (miloddan avvalgi 538 yil) istilo qiladi. Navuxodonosor II 
zamonida yuksak taraqqiy etgan yangi Bobil shohligi savdo sohasida 
yetakchi bo‘lib, poytaxti Bobil shahri qudratli, yengilmas va 
mustahkam qal'a edi.  
Kayxisrav Bobilni osonlik bilan qo‘lga kiritgani va o‘z davlatiga 
qo‘shib olgani barcha manbalarda tasdig‘ini topadi. Bunday muhim 
siyosiy hodisa to‘g‘risida Nabonidning Bobil solnomasi, Bobil kohini 
Berosning tarixiy asari, yunon tarixchisi Gerodot asarlari va nihoyat 
Kayxisrav farmonlarida ham ma'lumot saqlangan. Kayxisrav 
farmonlarining mixxat bilan yozilgan matni hozirga qadar saqlangan. 
Unda eroniylarning ko‘p sonli qo‘shini “Bobilga qarshiliksiz kirib 
keldi” deyiladi. Bu yerda Kayxisrav o‘zini Bobil, uning madaniyati 
va dini homiysi qilib ko‘rsatadi. Kayxisrav Bobilni istilo qilishda shu 

 
 
246
yo‘sinda mahalliy kohinlar ko‘magiga tayangani shubhasiz. 
Kayxisrav o‘z manifestida - “Hamma muqaddas joylarga g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatdim, binobarin, Bobil xalqi ham ko‘nglidagi tilak-orzulariga 
erishdi, uni berahm zulmdan qutqardim... biz ulug‘ tangri Mardukning 
yuksak nomiga atab chin qalbimizdan quvonch to‘la madhiyalar 
o‘qiganimizdan keyin, uni izzat qiluvchi men, ya'ni shoh Kayxisravga 
va o‘g‘lim Qambizga va barcha qo‘shinimizga fotiha berdi” deydi. 
Butun qadim Sharqni o‘z qo‘l ostida birlashtirishga da'vo qilgan 
Eron davlatiga Bobilning qo‘shib olinishi Bobilning savdo va quldor 
zodagonlariga tashqi savdoni rivojlantirish uchun keng yo‘l ochib 
berdi. Shu sababdan, Bobilning zodagon savdogarlari Eron davlati 
tarkibiga kirish tarafdori bo‘lib, savdo ko‘lamini kengaytirishdan 
manfaatdor edilar. Bobil kohinlari ham istilochilarni qo‘llab-
quvvatlaganlar.  
Kayxisrav Bobilni istilo qilish bilan cheklanmadi. U istilochilik 
siyosatini davom ettirib, Bobil g‘arbidagi mamlakatlar bilan savdo 
aloqalarini kengaytirishga intilib kelgan zodagonlarning yakka 
hokimiga aylandi. 
Qambiz  (miloddan avvalgi 529 - 523 yillar) va eroniylarning 
Misrni istilo qilishi. Qambizning shohlik tarixi bizga yunon 
tarixchilari hikoyalari va eroniylarning Misr istilosi davriga oid Misr 
yozuvlaridan ma'lum. Kayxisrav vafotidan keyin uning katta o‘g‘li 
Qambiz qonuniy vorisi sifatida taxtga o‘tiradi. Biroq bu davrga kelib, 
mamlakatda ola-g‘ovur boshlanadi. Kayxisrav tomonidan 
bo‘ysundirilgan, ammo iqtisodiy jihatdan Eronga qaram bo‘lmagan 
ayrim mamlakatlar davlat tarkibiga hali butkul kirib ulgurmagan 
edilar. Kayxisrav bo‘ysundirgan ayrim xalqlar mustaqillikka erishish 
uchun bosh ko‘tarib chiqishlari tayin edi. Ba'zi xalqlar Kayxisrav 
o‘limidan foydalanib, Erondan ajralib chiqdilar. Qo‘zg‘olonlarni 
bostirish uchun Qambiz ko‘p kuch sarflashiga to‘g‘ri keldi. Bu 
qo‘zg‘olonlarga Kayxisravning ikkinchi o‘g‘li ham aralashgan bo‘lsa, 
ehtimol. Behistun yozuvida uning ismi Bardiya, Gerodotning asarida 
esa, Smerdis deb berilgan. Ksenofont aytishicha, “Kayxisrav vafot 
etishi bilan uning o‘g‘illari o‘rtasida nizo kelib chiqdi, shahar va 
qabilalar Eron tarkibidan chiqa boshladi”Qambiz Eron davlatining 
to‘laqonli shohi sifatida o‘z mavqyeini mustahkamlash maqsadida 
ukasi Bardiyani qatl qildiradi, ammo Behistun yozuvlarida qayd 

 
 
247
qilinishicha,  “Kambujiy Bardiyani o‘ldirganida xalq bundan 
bexabar qolgan”. 
G‘oyat katta qo‘shinini va ittifoqchilari - finikiyaliklar, kiprliklar 
va samosliklarning kuchli flotiga tayanib, Qambiz miloddan avvalgi 
526 yilda Misrga qarshi yurish boshlagan. Bu yurishda Lidiyaning 
sobiq shohi, keksa Krez va Polikrat Samosskiyning akasi Siloson 
Qambiz bilan birga ishtirok etgan. Qambiz arab qabilalari 
yo‘lboshchisi bilan bitim tuzishga muvaffaq bo‘lib, unga ko‘ra, u 
Sinay ko‘lidan o‘tayotgan Eron qo‘shinlarini suv bilan ta'minlagan. 
Yunon tarixchilari, Qambizning Misrda juda shafqatsiz tartib 
o‘rnatganligini so‘zlaydilar. Strabon Qambiz tomonidan Memfis 
yoqib yuborilganligi haqida yozadi; Diodor esa “Qambiz Ramesseyni 
talon-taroj qildi” deydi. Gerodot Qambiz yovuzliklarini tasvirlar 
ekan, uni “aqlsiz va tentak odam” deb ataydi. Gerodot, Qambiz 
g‘azabi qo‘zg‘ab, o‘zini bilmay qolgan paytda qadimgi misrliklarning 
muqaddas buqasi - Anisni nayza bilan o‘ldirganidek, homilador xotini 
Raxshonani o‘ldirgan va umuman Qambiz “telbalik kasaliga” 
mubtalo bo‘lgan odam edi, deb hikoya qiladi. Qambizning 
shafqatsizligi va Misrni boshqarishdagi zolimligi haqida yunon 
tarixchilari so‘zlarini Elefantin papiruslaridagi yozuvlar ham qisman 
tasdiqlaydi. Papirusda: “Qambiz Misr xudolarining barcha 
ibodatxonalarini buzib tashladi”, deyiladi. Shu davrga oid Misr 
yozuvlaridan birida: “butun mamlakat boshiga bu qadar og‘ir kulfat 
tushgan emas”, deyiladi.  
Qambizning istilochilik siyosati Midiya va Eron davlati 
tarkibidagi bir qancha mamlakatlarda norozilik kelib chiqishiga, 
Misrda vatanparvarlik ruhi kuchayib, yunon olami junbushga 
kelishiga sabab bo‘ldi. Misrda g‘alayonlar boshlanib, eroniylar jazo 
choralarini qo‘llaydilar, jumladan, XXVI sulolaga mansub so‘nggi 
Misr fir'avni Psametix III ni o‘ldiradilar: Gerodot guvohligicha, u 
“misrliklarni qo‘zg‘olonga chaqirishda ayblanadi”. Shuning uchun 
Qambizning shafqatsiz va mustabidligi haqida afsonalar to‘qilgan. Bu 
afsonalar yunon tarixchilari, jumladan Gerodot asarlarida aniq aks 
etgan. Nasihatgo‘y yunon tarixchilari “insonparvar va odil” 
Kayxisravni “rahmsiz va farosatsiz” Qambizga qarshi qo‘yadi, lekin 
har ikkovining xislatlari ham mubolag‘alashtirib yuborilgan. Masalan, 
Gerodot eroniylar “Qambizni xoja, Kayxisravni ota deb ataydilar, 

 
 
248
chunki Qambiz “shafqatsiz va takabbur”, Kayxisrav esa “shafqatli 
va fuqaro foydasini ko‘zlaydigan odam edi” deydi. 
Qambiz Misr dinini tahqirlamagan, aksincha, Ujagoresent 
guvohligicha
1
, Misr kohinlarining eroniylarga tarafdor doiralariga 
tayanib ish ko‘rgan. Masalan, uning hikoya qilishicha, Qambiz 
Saisdagi ma'buda Neyt ibodatxonasini tiklagan, qadimgi Misr ismini 
va Misr fir'avni unvonini qabul qilgan va hatto ma'buda Neyt 
Sharafiga uyushtirilgan diniy marosimlarda qatnashib turgan. 
Binobarin, yunon tarixchilari yozganidek, Qambiz misrliklar diniga 
tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lmagan. Ruhoniyning faxr bilan 
aytishicha,  Qambiz uning iltimosiga ko‘ra “Neyt ibodatxonasiga 
kirib olgan osiyoliklarni haydab chiqarish, ularning ibodatxona 
ichidagi uylarini buzib tashlash... Ibodatxonani poklash, uning 
barcha xizmatchilari va soqchi kohinlarini qaytarish” to‘g‘risida 
buyruq bergan. “Shoh hazratlari Saisda ilgarigidek, buyuk xudolar 
onasi - ulug‘ Neyt Sharafiga nazr-niyoz berish va qurbonlik 
keltirishga buyruq berdi”. 
 
 
Behistun 
yozuvida: 
“Qambiz Misrga jo‘nab ketganidan so‘ng xalq unga 
yov bo‘lib, mamlakatda hamda Eron va Midiyada, 
shuningdek, boshqa mamlakatlarda unga qarshi gap-
so‘z ko‘paydi” deyiladi.  
 
Qambizning Misrda uzoq vaqt qolishi, uning Efiopiyaga 
yurishining muvaffaqiyatsiz chiqishidan foydalanib, Midiya 
kohinlaridan Gaumata o‘zini Eron shohining o‘ldirilgan ukasi 
Bardiya deb atab, Qambizga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Bu 
qo‘zg‘olonni Midiya mustaqilligini tiklash va zodagonlarining 
ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini tiklash niyatida Midiya zodagonlari hamda 
kohinlari tashkil qilganlar. Gaumata xalqqa murojaat qilib, ularni 
harbiy majburiyatdan uch yilgacha ozod qilishi va soliqlarni 
kamaytirishi to‘g‘risida va'dalar berib, atrofiga ko‘pgina kuch 
to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Qambiz vafotidan keyin ko‘pgina tobe 
mamlakatlarda Eron hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. 
Ulkan Eron davlati tezda parokandalikka uchraydi. 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
249
Doro I ning davlat tepasiga kelishi. Davlat apparati. Miloddan 
avvalgi 523 yil boshlarida Qambiz Efiopiya yurishidan qaytib, Misr 
poytaxti Memfisda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostiradi. Miloddan 
avvalgi 522 yilning bahorida esa ukasi Bardiya Eronda qo‘zg‘olon 
ko‘tarib, o‘zini shoh deb e'lon qilganligi ma'lum bo‘ladi.  
Ammo u yo‘lda Bardiya tarafdorlari tomonidan o‘ldirildi. Bardiya 
aslida kimligi to‘g‘risida turli ma'lumotlar mavjud. Mashhur Behistun 
yozuvlari, shuningdek, Esxil,  Gerodot,  Ktesiy,  Pompey Trog
Poliyen kitoblarida u to‘g‘rida turlicha faktlar keltirilgan. 
Behistun yozuvlarida Qambiz Misr yurishidan oldin Bardiyani 
o‘ldirganligi haqida aytiladi. Gerodot guvohligicha, Bardiya (ya'ni 
Smerdis) Misr yurishidan keyin o‘ldirilgan. Boshqa mualliflar ham 
Yuqoridagi ma'lumotni takrorlaydilar. Gaumata davlat to‘ntarishini 
amalga oshirgach, mamlakatni yetti oy davomida boshqargan. U 
Bardiya o‘limidan xabar topib, o‘zini Kir II o‘g‘li deb atab, 
mamlakatni idora qila boshlagan. Gaumata davlat boshiga kelishi 
bilan mamlakatni turli hududlarida qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. 
Qo‘zg‘olonlar Midiya, Marg‘iyona va boshqa viloyatlarga yoyilgan. 
Gaumataga yetti qabila oqsoqollari kengashi norozilik bildiradi. 
Keyinroq Gaumata miloddan avvalgi 522 yil dekabr oyida  Doro I 
tomonidan o‘ldirilgan. 
Eron shohligi viloyatlari o‘rtasida aloqalar yo‘qligi, Qambiz 
shohligining oxirida va Doro I shohligining dastlabki davrida keskin 
sinfiy kurash islohotlar o‘tkazishni talab qilgan. Bu islohotlar Eron 
davlatining ichki ahvolini mustahkamlashi kerak edi. Yunon 
tarixchilari aytishicha, Doro butun Fors davlatini bir qancha viloyatlar 
(satrapliklar)ga bo‘lib, har bir o‘lkaga muayyan miqdorda xiroj 
solgan. Bu xiroj muntazam ravishda shoh xazinasiga jo‘natilgan. 
Bundan tashqari, Doro pul islohoti o‘tkazib, davlat uchun yagona oltin 
tanga - darik joriy qildi (darik - 8,416 gramm oltinga to‘g‘ri kelgan). 
So‘ngra Doro yo‘l qurish ishlarini avj oldirib, davlatning eng muhim 
iqtisodiy, ma'muriy va madaniy markazlarini yo‘llar orqali bir-biriga 
bog‘lagan, aloqa ishlarini yo‘lga qo‘ygan, va nihoyat, qo‘shin hamda 
harbiy ishni qaytadan qurgan. Doro I islohotlari va undan keyingi 
hukmdorlar faoliyati natijasida Eron davlati monarxiya tarkibiga 
kirgan xalqlarning madaniy yutuqlaridan samarali foydalanib, 
yangicha davlat tashkilotiga ega bo‘lgan. 

 
 
250
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling