Texnologiyasi
-§. G V zan i almashlab ekish va uning ahamiyati
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
- Bu sahifa navigatsiya:
- G o‘za bilan almashlab ekiladigan ekinlar
31-§. G V zan i almashlab ekish va uning ahamiyati
Sug'oriladigan paxtachilik zonalarida almashlab ekish samarali dehqonchilikning, ya’ni tuproq unumdorligini tiklashgina emas, bal- ki yaxshilashning, agrotexnika va melioratsiya tadbirlari samaradorligini oshirishning, pirovard oqibatda esa, paxta, don va sug'oriladigan yer- lardagi boshqa qishloq ho'jalik mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirishning eng muhim omili bo'lib qoladi. Almashlab ekish deb ekinlami dalalar va yillar bo'yicha navbat- lanishiga aytiladi. Bir yillik o'simliklar bir joyga ekilaversa, tuproqning kuchi ketib, uning fizik xossalari yomonlashadi va dalani begona o'tlar bosib ketadi. Tuproq unumdorligi pasayadi va hosil yildan yilga kamayadi. Tuproq sho'rlashadi, o'simlik ko'p kasallikka uchraydi, zararkunandalar hosilga putur yetkazadi. Almashlab ekishni joriy qilish tuproq unum dorligini oshiradi va begona o'tlarga, o'simliklarga tushadigan zararli hasharotlarga ham da kasalliklarga qarshi kurash tadbirlarining yanada yaxshiroq natija berishiga sabab bo'ladi. 105 G 'o‘za bilan almashlab ekiladigan ekinlar Paxtachilikda asosan g‘o ‘za beda, sebarga, makkajo'xori, oq jo'xori va boshqa dukkakli-donli, yem-xashak o'simliklari bilan almashlab ekiladi. Almashlab ekish tarkibiga kiradigan yo'ldosh ekinlar orasida beda o'simligi eng foydali hisoblanadi. Beda biologik xususiyatlari jihatidan g'o'za uchun eng yaxshi o'tmishdosh ekindir. Kuzatishlardan m a’lumki, almashlab ekish maydonidagi uch yillik beda yuqori agrotexnika sharoitida o'stirilganda, har gektar yeming haydalma qatlamida 10-12 tonna ildiz mahsulotini to'playdi va tuproq ni organik moddalar bilan boyitadi. Buning natijasida beda ildizidan tuproqda 3-4 tonna gumus hosil bo'ladi. Beda ildizlarida hosil bo'ladigan tuganak bakteriyalar havodan azotni o'zlashtiradi, bu bilan tuproqdagi va o'simlik organizmidagi azot miq- dorini ancha ko'paytiradi. Beda ildizi tarkibida esa 2-2,5% azot bo'ladi. Yaxshi agrotexnika sharoitida o'stiriladigan uch yillik beda ildizi tuga- naklarining halok bo'lishi va mayda ildizlar bilan parchalanishi nati jasida bir gektar maydonning haydalma qatlamida (10-30sm) 300- 400 kg biologik azot to'planadi. Beda kimyoviy tarkibi va oziq moddalarga boyligi jihatidan yem- xashak ekinlari orasida birinchi o'rinda turadi, uning pichani karotin, vitaminlar va oson o'zlashtiriladigan oqsillarga boy. Beda, shuningdek, chorva mollari uchun to'yimli ozuqa hisobla nadi. Beda sho'rlanishga moyil yerlar uchun muhim meliorativ chora hisoblanadi. Beda ildizi qatlam chuquriga va yon tomonlarga o'sib ketganligi uchun ular chiriganda tuproqda ko'plab g'ovaklik paydo bo'ladi. G'ovak tup roqning xususiyati, unda havo va namlik o'tishi osonlashadi. Beda il- dizining chirindisi tuproq zarrachalari ni o'zaro qovushtiradi va tarki- bini yaxsliilaydi. Beda o'stirilgan yerlarda tuproq sho'rianishining oldini olish jarayoni shundan iboratki, beda ildizi chuqur qatlamga kirib borib, namni o'zi orqali bug'lantiradi. Beda poyalari esa barglari bilan yer betini qoplab soyalaydi, bu bilan tuproqdan namlik bug'lanishi, ya’ni tuproqning pastki qatlamidagi tuzlarning yuqoriga ko'tarilishi kamayadi. Beda sug'orilganda, tuproq sho'ri pastga tushib ketadi. G 'o 'z a beda bilan almashlab ekilganda, kasalliklar, ayniqsa, vilt kasalligi kamayadi. Chunki vilt kasalligining qo'zg'ovchisi havoli sharoit- 106 da yaxshi rivojlanadi. Ammo havo almashinuvi yomonlashadigan be- dapoyalarda noqulay sharoitga tushib qolib, halok bo‘ladi. Beda buzilib, qayta-qayta paxta о‘stiriIsa, vilt bilan zararlanishi ortib boradi. Masalan, tajribada bedapoya buzilgandan keyin birinchi yili o ‘stirilgan g‘o ‘za 9- 10%, ikkinchi yili 12%, uchinchi yili 30-35%, to ‘rtinchi yili 38- 39%, beshinchi yili 41-64% vilt bilan kasallangan. G ‘o ‘za beda bilan almashlab ekilganda, o‘g‘itlarning samarador- ligi ham oshadi. Sababi, beda ekilgan yerda tuproq unumdorligi tabi- iy ravishda oshgani holda bedapoyadan bo‘shagan yerlarga mineral o ‘g‘itlar kamroq solinadi. Shuningdek, beda ildizi chirib, tuproqda harakatchan fosfor miqdori ortadi. Beda ekilgan yerda begona o ‘tlar kamayib ketadi. Bedaga makkajo'xori, sudan o‘ti, oq jo'xori va boshqa donli ekin lar qo'shib ekilishi bilan don va chorva uchun ko‘p miqdorda yem- xashak yetishtiriladi. Almashlab ekish joriy etilishida xo'jalikning paxta, don va boshqa mahsulotlarini yetishtirish va tayyorlash rejalarini, chorva hayvon- lariga zarur yem-xashak tayyorlash kabi qator tashkiliy tom onlar hisobga olinadi. Almashlab ekish paxtachilikda hosildorlikni ko'tarishning eng zarur chorasi hisoblanadi. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling