Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Giperbola (grekcha „huperbole" – mubolag‘a) – mubolag‘a


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Giperbola (grekcha „huperbole" – mubolag‘a) – mubolag‘a (arabcha – lof urish, bo‘rttirish)da 
san’atkor tasvirlanayotgan shaxs, predmet, voqea-hodisalarni boshqalaridan ajratib ko‘rsatish, diqqatini jalb 
qilish maqsadida judayam bo‘rttirib tasvirlaydi. Masalan, shu vosita asosida yaratilgan mifologik 
(afsonaviy) obrazlarni ko‘plab uchratish (Dev, Ajina, Iblis; Gerakl, Prometey, Ram, Ilya Muromes) mumkin. 
Ular shu qadar bo‘rttirilgan mubolag‘a bilan tasvirlanadiki, ularning real qiyofasini shartli suratda tasavvur 
qilish mumkin. „Alpomish"da: 
Shomurti yoqalab har yoqqa ketgan,
Ichida sichqonlar bolalab yotgan,
Izidan tushgan pishak oltoyda yetgan.. (Qushquloq) 
Odam tushmas uning aytgan tiliga,
Besh yuz quloch arqon yetmas beliga.
Bu qalmoqdir Qalmoqlarning ravishi,
Oh ursa olamni buzar tovushi,


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
17 
To‘qson molning terisidan kovushi... (Ismi aytilmagan) 
Adabiyotshunoslikda bu san’atning uch xil ko‘rinishi borligi qayd qilingan: 
1. Tasvirdagi bo‘rttirishni aql qabul qilsa-da, lekin hayotda u uchramaydi. Bu tablig‘ (arabcha katta, 
kuchli ma’nosini beradi) deb yuritiladi: „Olganing oltin, ko‘zlaganing kumush bo‘lsin", „Tuproq olsang – 
oltin bo‘lsin" kabi. 
Masalan,
Qamarg‘a buyla tosh o‘lg‘och havola,
Bo‘lub qalqon aning olida hola. 
Ko‘rub anjum yog‘arni ul ushoq tosh,
Taharrukdin o‘g‘irlab har taraf bosh. 
Ushoq tosh aylabon gardun yuzin resh,
Nechukkim qullalar hamun yuzin resh. 
Falak har lahza garchi bosh o‘g‘urlab,
Yer uzra yog‘dururg‘a tosh o‘g‘urlab. 
Jafo toshiki holo charx etar fosh,
Hamonokim tuganmaydur hamul tosh. 
Izohi: Farhod tog‘ning toshlarini yo‘nar ekan, uning metinidan uchgan toshlar borib oyga tegarkan. Oyga 
toshlar shu xilda otilavergach, u atrofdagi gardishini o‘ziga qalqon qilib oladi. Yulduzlar bunday ushoq 
toshlarning yog‘ishini ko‘rib o‘z boshlarini har tarafga olib qochar edilar. Cho‘qqilardan sahroning yuzi 
ilma-teshik bo‘lganday, ushoq toshlar ham osmon yuzini g‘alvir qilib yuborgan edi. Ayni vaqtda osmon har 
nafas boshini olib qochgani bilan yer yuziga qayta yog‘dirish uchun tosh o‘g‘irlar edi. Taqdir – falak jafo 
toshini yog‘dirishdan haligacha to‘xtamaganining sababi ham hali o‘sha yig‘ib olgan toshlarning 
tugamaganidir. 
2. Tasvirdagi aqlga sig‘maydigan, behad orttirish, inson tafakkuri mantig‘iga to‘g‘ri kelmaydigan 
mubolag‘a ig‘roq yoki ifrot (arabcha – haddan oshish, chegaradan tashqariga chiqish) deb yuritiladi: „Sar 
hovuzdan katta edi kosasi..." („Alpomish"), Semurg‘ uchganda bo‘ron qo‘zg‘oladi, yashin uchganday 
bo‘ladi, qanoti ko‘kni qoplaydi (H. Olimjon, „Semurg‘") kabi. 
Ul sanamkim suv yaqosinda 
paritek
o‘ltirur,
G‘oyati nozuklugindin suv bila yutsa bo‘lur. 
Atoiyning tasviricha, bu sanam juda go‘zal, go‘yo nurdan yaratilgan, bir so‘z bilan aytsak, parining o‘zi, 
shunchalik nozikki, bir qultum suv bilan yutib yuborish mumkin. Bu aqlga sig‘maydi, hayot mantig‘iga 
tamoman zid keladi. 
3. Tasvirdagi tasavvur qilib bo‘lmaydigan, haddan ziyod mubolag‘ani hayotda hech kim ko‘rmagan. Bu 
g‘uluv (arabcha – 1. Qiy-chuv; 2. Haddan oshmoq) deb yuritiladi: „Go‘ro‘g‘li qilichining har hamlasi qirq 
ming lashkarning bo‘ynini uzardi..." yoki „Ko’kan yig‘layverib shudgorni ko‘l qilibdi" (G‘. G‘ulom) kabi. 
„Jangchi Tursun’’da ona – Vatan tuprog‘ining har qarichini asrash lozimligini uqtirar ekan, „Qayoqqa 
chekinasan? Bormi keraksiz yering? Ne uchun odam bo‘lding, kelmasang dushmanga teng?" deya hayqiradi: 
Sening uchun butun elni
Ko’zing tushganda Amu
Og‘ir uyat tutsinmi? 
Ilondek to‘lg‘onsinmi?
Seni ko‘rganda quyosh
Zarafshon uyatingdan
Yuzini bekitsinmi?..
Yantoq kabi yonsinmi?.. 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling