Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Misollar:  Xunob ichar vaqtimda xush kelding, ko‘ngulkim, xalq aro,  Yaxshi masaldurkim: «Kelur yaxshi kishi osh ustina»


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Misollar: 
Xunob ichar vaqtimda xush kelding, ko‘ngulkim, xalq aro, 
Yaxshi masaldurkim: «Kelur yaxshi kishi osh ustina». 


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
23 
Tajohul-u orif (arabcha – bilib-bilmaslikka olish) „Andin iboratturkim, so‘zlaguvchi bir nimani bilur, 
bir nuqta bila o‘zni bilmagandek ko‘rsatur" (Atoulloh Husayniy). Ushbu san’at qo‘llanilgan baytning 
mazmunida gumonsirash, ikkilanish, shubhalanish, hayratlanish, ajablanish tuyg‘ulari yaqqol ko‘zga 
tashlansa-da, shu hissiyotlar orqali haqiqat, asos jonli va go‘zal tarzda gavdalanadi. Mashrabning quyidagi 
g‘azalida tajohul-u orif san’atining dilbar ijrosini ko‘rish mumkin: 
Malaksan yo bashar yo hur-u g‘ilmonsan, bilib bo‘lmas,
Bu Lutf-u bu nazokat birla sendin ayrilib bo‘lmas. 
Ajab berahm dilbarsan, ajab sho‘xi sitamgarsan,
Charog‘i husni ro‘yingdin ko‘ngulni ham uzib bo‘lmas. 
Yuzing oftobini ko‘rib hayron bo‘lib qoldim,
Falakka qo‘l uzotib shamsi anvarni olib bo‘lmas. 
Yuzing misli qizil guldir, ko‘ngul chun bulbuli shaydo,
Bu gulni ishqidin bulbul chamondin ayrilib bo‘lmas. 
Kel, Ey Mashrab, agar oshiq bo‘lubsan bo‘lmag‘il g‘ofil,
Bu g‘aflat uyqusidin, ey yoronlar, uyg‘onib bo‘lmas. 
“Namasan” 
Asli seni ko
ʻ
rmaganman, nigorim! 
Qumrimisan, bulbulmisan, namasan? 
G

amgin dilni xayolingda aldarman
Bog

ichinda bir gulmisan, namasan?.. 
Yo mushkmisan, yoki jambil, yo anbar.
Aytolmayman, yo charxmisan, yo chambar.
Daryomisan, yo mavjmisan, yo savsar, 
Girdobmisan, to'lqinmisan, namasan?.. 
Maxtumquli, kechgin kibr-u oringdan, 
Qo

lingni tort bu befavo koringdan
Jahon to

la, sen g

ofilsan Yoringdan, 
Yo mastmisan, shaydomisan, namasan? 
Talmeh
(arabcha – nazar solmoq, ko’z qirini tashlash) san’atida „shoir qahramon siymosini 
gavdalantirishda uni o‘tmishdagi mashhur adabiy, diniy yoki tarixiy qahramonlar bilan qiyoslaydi, 
o‘xshatadi; goho o‘sha o‘
tmish qahramonlari ism-shariflari aytilmay, ular bilan bog‘liq voqealar esga 
olinishi ham mumki
n. Har ikki holda ham talmeh san’ati sodir bo‘ladi" (V. Rahmonov): 
Ko‘p o‘qurdum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin,
O‘z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim.
(Alisher Navoiy) 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling