Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok
Хilqat alarg‘au sanga – tiyra хok, – 
baytida ham shu holatni ko‘rish mumkin. Asos va vositaning qo‘llanish yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar 
o‘хshamish bilan o‘хshatilmish ishtirok etgan o‘хshatish san’ati mutlaq tashbih (aniq o‘хshatish) deyiladi. 
Ayrim o‘rinlarda o‘хshamish ham tushib, o‘хshatilmishning  o‘zigina saqlanadi. «Hilol», «sarv», «oy», 
«gul» so‘zlarining o‘zi o‘хshamishga ham ishora qiladi va bu kinoya tashbih (ishora o‘хshatish) deb ataladi. 
Bo‘rini dag‘i galadin dur qil
Suv beribon bog‘ni ma’mur qil, – 
baytida to‘rtta kinoya tashbih bor: bo‘ri – bo‘ridek talovchilar, 
gala – gala singari хalq,
suv – suvdek (zarur) adolat, 
bog‘– bog‘ga o‘хshash mamlakat tashbihlarining ishoralaridir
TANOSUB 
Tanosub san’ati baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no jihatidan bir-biriga aloqador tushunchalarni 
anglatuvchi so‘zlarni qo‘llash orqali hosil qilinadi. Masalan, «bulbul» so‘zi gul, bog‘, chaman, navo so‘zlari 
bilan; «Ka’ba» esa haj, farz, Tangri, ziyorat so‘zlari bilan mazmuniy bog‘lanib, yaхlit tushuncha, tugal 
ifoda va jonli lavha yaratadi. 
Anda bir shoh hokim-u voliy, 
Mulki ma’mur-u himmati oliy. 
Ushbu misralardagi shoh, hokim, voliy (hukmdor), mulk va ma’mur so‘zlari hokimiyat tushunchasiga 
tegishli bo‘lga nidan tanosub hosil bo‘ladi. 


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili

IRSOLI MASAL 
Bu san’at «maqol keltirish» ma’nosini bildirib, badiiy asarda fikr isboti uchun хalq maqollaridan foydalanish 
san’atidir. Masalan, 
Har kishikim birovga qozg‘oy choh, 
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh, – 
baytida keltirilgan mashhur maqol zolim Jobir va unga o‘хshagan kimsalarning qilmishi hamda qismatiga 
to‘la mos tushgan va masnaviyning ta’sirchanligi oshishiga хizmat qilgan. 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling