Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Kechasi (yotoqxonada) yangi oy tug'ildi, uni yangi oy demaki, olamni yorituvchi quyosh edi


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Kechasi (yotoqxonada) yangi oy tug'ildi, uni yangi oy demaki, olamni yorituvchi quyosh edi. Ko'rinadiki, 
shabiston so'zi orqali iyhom (lutf) san'ati (bir so'zni bir o'rinda ikki ma'noda qo'llash) yuzaga kelgan. 
"Shabiston" va "yangi oy" so'zlari orasida mantiqiy aloqadorlik bor: oy tunda (shabistonda) chiqadi. Ayni 
paytda bu ikkisida istiora san'ati ham qo'llangan. Istiora shunday she'riy san'atki, misralarda o'xshayotgan 
narsa ishtirok etib, o'xshatilayotgani tushib qoladi. Misolimizdagi baytning birinchi misrasi to'liq holda 
quyidagi fikrni nazarda tutadi: Shabiston (tun)dek xoqonning hayotida yangi oy kabi Farhod tug'ildi. 
Xoqonning hayoti (o'xshatilayotgan narsa) Farhod tug'ilgunga qadar farzandsizlik tu- fayli qorong'u 
kechadek qayg'uli bo'lganligi shabistonga o'xshaydi. Ana shu o'xshatilayotgan narsa tushib qolib, uning 
ma'nosi o'xshayotgan (shabiston)ga, misra davomida Farhod so'zi tushib qolib, uning ma'nosi yangi oyga 
yuklangan va istiora orqali go'zal badiiy ifoda yuzaga kelgan. 
KITOBOT 
Navoiy chaqaloqqa nega "Farhod" ismi qo'yilganligini ikki yo'l bilan kitobat san'ati orqali izohlaydi. Kitobat - arab alifbosi 
harflari, yozuvi asosida o'ziga xos tashbih (o'xshatish) yaratishni yoki ayti- layotgan fikrni ifodalashni ko'zlaydigan she'riy 
san'at. Adibning birinchi izohi shunday: 
Qo'yib yuz himmatu iqbol-u davlat, Hamul far soyasidin topdi ziynat. 


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili

"Himmat"dan "h", "iqbol"dan "alif" (uni "i" deb ham, "o" deb ham, "a" deb ham ishlatish mumkin), "davlat"dan "d"ni olib, 
qo'shsak, " - hod" paydo bo'ladi, buni "far"ning "soyasi", ya'ni keyiniga olsak, "Farhod" so'zi hosil bo'ladi. 
Farhod ismining ikkinchi izohi: Anga farzona Farhod ism qo'ydi, Hurufi ma'xazin besh qism qo'ydi: Firoq-u rashk-u hajr-u oh 
ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard. 
"Firoq" so'zidan "f", "rashk" so'zidan "r", "hajr" so'zidan "h", "oh"dan "o", "dard" so'zidan "d" harflarini jamlab, donolar 
chaqaloqqa "Farhod" ism berdilar. Qo'yilgan ismda Farhodning ma'naviy va jis- moniy fazilatlari aks ettirilgan. 
TAMSIL 
Ey shah, karam aylar chog'i teng tut yamon-u yaxshini
Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina
Bu o'rindagi shohga murojaatni Ogahiyning davr hukmdoriga qarata qo'llagan. Ogahiyning yuqoridagi satrlarda tasvirlangan 
ma'shuqadan chekkan sitamlari, muayyan darajada, davrdan tortgan sitamlari timsoli ham edi. Demak, tushunish mumkinki
shoir izhori dard vositasida ko'nglini bo'shatib olgach, shohni adolatga chorlab, unga purhikmat pand aytadi. Nasihati quruq 
bo'lmasligi uchun
 tamsil
san'atini qo'llaydi. (Tamsil she'riy san'atlardan biri bo'lib, unga ko'ra bildirilayotgan fikr hayotdan 
yoki tabiatdan olingan misollar yordamida dalillanadi, tasdiqlanadi, izohlanadi). Marhamat va muruvvat ko'rsat- ganingda, 
yomon-u yaxshiga teng munosabatda bo'lgin, degan fikrni chiroyli she'riy asoslash uchun oftob o'z nurini vayrona va obod yer- 
larga teng sochishini misol qilib keltiradi. Quyoshdek yuksak marta- bada o'tirgan amaldorni Sulaymonshohdek taxtini shamol 
ustiga qo'ndirib, bu olamdan yeldek sayr etib o'tsa ham oxir-oqibatda tanasi tuproqqa aylanishi va yelga sovurilishidan 
ogohlantiradi. Ogahiyning bu saboqlari umrboqiy mohiyatga ega. 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling