FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
9
«
La’l» tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil
tosh ayni paytda, yor labidan chiqadigan
iliq so‘zni ham
anglatadi. Yorning labi qon kabi qip-qizil bo‘lgani uchun ham la’lga o‘xshatiladi. U ko‘chma ma’noda
so‘zni ham anglatadi. Modomiki, la’l qimmatbaho tosh ekan, u so‘zni anglatganida nihoyatda mo‘tabar va
qadrli so‘z nazarda tutiladi. Demak, bu yerda o‘zi ishlatilmagani holda so‘zning inson ko‘ngli
uchun
naqadar aziz va qadrli ekanligi ta’kidlanmoqda. Matnda lirik qahramon ayni mana
shunday noyob va nodir
qadr-qimmatga mushtoq kishi sifatida ko‘rsatilgan. La’l – oshiq uchun kutilgan so‘zning qayerga ketib
qolganini hech kim bilmaydi.
Ehtimolki, «so‘z»ning o‘zi qo‘llanganida bayt bunchalik ta’sirli va yoqimli
bo‘lmagan bo‘lar edi.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg‘a (qaddingga demoqchi) banda.
Ushbu baytdagi istora «sarvi ozod» birikmasi orqali aks etgan. U yor qaddini, qomatini nazarda tutadi.
Mazkur ifoda yor qaddining go‘zalligini, o‘ziga yarashib turishini to‘la va ta’sirchan ifoda etishi bilan
kitobxon uchun ham manzur va ma’qul bo‘laveradi.
Alisher Navoiyning quyidagi misralarida qo‘llangan istiora yanada go‘zal va ta’sirchandir:
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
Aslida, bu baytda bir necha istioralarning ketma-ket qo‘llanganini kuzatishimiz mumkin: «oy», «muhabbat
tuxmi», «o‘t» so‘zlari shu vazifani bajarib kelgan. Oy – yuzi oyga o‘xshaydigan yor timsoli. Faqat
o‘xshatish qo‘shimchalari bo‘lmagani uchun u dabdurustdan tushunilmasligi mumkin. Ammo «oy»ning
osmon
jismi emas, balki insonni, alohida shaxsni anglatib kelayotgani sezilib turibdi. Shuning uchun
adabiyotshunoslar istiorani
qisqartirilgan o‘xshatish deb ham
aytishadi. «Muhabbat tuxmi» «muhabbat» degan abstrakt(mavhum)ot bilan «tuxum» («urug‘ donasi»)
konkret (aniq) otining birikuvidan hosil bo‘lgan. U insondagi nozik va qadrli bir tuyg‘uni anglatib turibdi.
Ammo shu holatida u «ishq» yoki «muhabbat» so‘zlariga qaraganda yoqimliroq va go‘zalroqdir.
«O‘t» bu yerda «olov» so‘zi bilan sinonim tarzda qo‘llanmoqda. Uning asosiy vazifasi ma’shuqa yuzidagi
rangni ko‘rsatishdan iborat. Bu «olov rangi»dir. Yuzdagi qizillikning mana shu tarzdagi ifodasi
go‘zallikning ham o‘ziga xos ifodasi sifatida ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: