Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Solib borma meni, ey Yusufi husn


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda.
(Atoyi) 
Bu yerdagi talmeh «Yusuf va Zulayxo» turkumidagi dostonlardan xabardor bo‘lishni taqazo etadi. 
Ma’lumki, Yusuf Ya’qub payg‘ambarning sevimli farzandi bo‘lgan. Ammo taqdir ayni mana shu 
farzandidan muayyan muddat ayrilib yashashini ravo ko‘radi. Natijada ota g‘am uyi (bayt ul-hazan)da 
yashashga majbur bo‘ladi. Yusuf o‘zining tashqi ko‘rinishi – go‘zalligi bilan ham boshqalardan ajralib turar 
edi.
Demak, lirik qahramonning o‘z mahbubasiga «Yusufi husn» deb murojaat etishi bejiz emas ekan.
TAJOHIL UL-ORIF 
Bu san’at mohiyatini bilib bilmaslikka olish tashkil etadi.
Adib o‘zi bilgan narsani yana boshqalardan so‘rab turgandek bo‘ladi.
Atoyining:
Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu?
Og‘iz yo g‘unchai xandonmidur bu?
bayti bilan boshlanadigan g‘azali boshdan-oyoq shu san’at bilan ziynatlangan.
Lutfiyning quyidagi baytida ham shu san’at qo‘llangan:
Xo‘blarda seningdek bir mahbub qani nozuk?
Boshdin oyoqi zebo, bel-u badani nozuk.
Aslida, bu she’r ma’shuqa madhiga bag‘ishlangan. Lutfiy «mahbub» ning «xo‘blar» orasidagi eng a’lo 
mavqe tutishini biladi. Asl maqsad ham ana shu haqiqatni ta’kidlash. Bu maqsadga erishish uchun esa 
bilmaslikka olish, bilib turib yana so‘rash usuli qo‘l kelgan.
HUSNI TA’LIL 
Husni ta’lil fikrni asoslash san’atidir. Ammo bu asoslash real, hayotiy bo‘lmasdan faqat shoirona asoslash 
bo‘ladi.
Quyosh oydek yuzungning xijlatidin
Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur.
Lutfiy bu o‘rinda yor – ma’shuqa yuzini ta’riflamoqda.
Uning yuzi quyoshdan ham, oydan ham go‘zal. Biz oy va quyoshning yerdan tepada – ko‘kda turishini 
bilamiz, ammo shoir bunga boshqacha izoh bermoqda. Uning nazarida quyosh


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
11 
yor yuzining go‘zalligi tufayli yer yuzidan qochib ketgan va to‘rtinchi ko‘k(osmondan) makon topgan. 
Lutfiy yana bir she’rida yozadi:

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling