Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili
BADIIY-TASVIRIY VOSITALAR (Hotam Umurov)
Download 455.48 Kb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trop – majoz
BADIIY-TASVIRIY VOSITALAR (Hotam Umurov)
Badiiy asarda so‘z yoki so‘z birikmasining ko‘chma ma’noda qo‘llanishi – trop (grekcha „tropos" – ko’chim)lar deb yuritiladi. FAZLIDDIN O‘TAGANOV Davlat_tili_uzbek_tili 16 Trop – majoz (arabcha – so‘z yoki iboraning ko’chma ma’noda ishlatilishi va shunday ma’noda ishlatilgan so‘z, ibora), tashbeh (arabcha – o’xshatish; majoz), ko‘chim (trop, oborot ma’nosini beradi) deb ham ataladi. Badiiy-tasviriy vositalarning hammasi ham ikki vazifani o‘taydi: 1. Badiiy asarda ifodalangan g‘oyani, shu g‘oyani tashuvchi obrazlarni hayotiyroq va ta’sirliroq ifoda qiladi. Bu mazmuniy vazifa. 2. Misralar, baytlar, bandlarning (demakki, badiiy asarning) lafziy musiqiyligini, jilosini, jozibadorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu shakliy vazifa. Jonlantirish – odamlarga xos xususiyatlarni jonsiz predmetlarga, tabiatning turli hodisalariga ko‘chirish orqali, to‘g‘rirog‘i, ularni insoniylashtirish orqali paydo bo‘ladigan tasvirdir. Bu tasvirning ikki xil ko‘rinishi mavjud: Birinchisi, tashxis (shaxs bilan bog‘liq) jonsiz narsalarni jonlantirish usulidir; masalan, badiiy asarda quyosh yuguradi, daryo shoshadi, samo (yulduzlar) ko‘z yosh to‘kadi, harsang (tog‘) bardosh va sabr ko‘rsatadi, gul kuladi, bulutlar xo‘mrayadi, qovoq osadi, yig‘laydi, tun uxlaydi, oy yuradi, yulduzlar guvohlikka o‘tadi, qashshoqlik kuladi... „Zoriqtirmay kelsang-chi bir, Agar shamol qo‘zg‘ab qolsa, Intizor qilding buncha...", Titrashadi keldi deb, Deb yaproqlar tebranadi, Yerga qadar egiladi, To charchab uxlaguncha. Aytganlarim bo‘ldi, deb. Quyosh chiqib isitsa ham, Noyob yigit, bosib o‘t, deb Sendursan deb o‘ylaydi. To‘kiladi yo‘lingga. Tun oy kezib o‘tsa ham, Gul barglari uchishadi, Sendursan deb o‘ylaydi. Tushayin deb qo‘lingga. Yori o‘tkazib ketgan nihol – judayam intiqqan, beadad sog‘ingan, sadoqatli dildor, „ko‘zlariga surtmoq uchun erining gardi (changi, zarrasi)ga zor o‘zbek ayolining qalbi bo‘lib so‘zlaydi. Bu qalbning yorga bunchalik intizorligini faqatgina jonlantirish san’ati, bu san’atning ustamoni Hamid Olimjongina g‘oyatda ta’sirli qilib, zarur milliylikka o‘rab tiriltira oladi. Bu san’atkorlikdir, bu insoniylikdir, bu ibratomuz darslikdir. Ikkinchisi, intoq (nutq bilan bog‘liq) nutqi yo‘q narsa va predmetlarni nutq egasi sifatida jonlantirish usulidir; masalan, badiiy asarda ot ham so‘ylaydi („Alvido, Gulsari", Ch. Aytmatov), Qo‘zichoq va bo‘ri bahs yuritadi („Bo‘ri bilan qo‘zichoq", ertak). Erkin Vohidovning „Aruz va barmoq" she’rida ular o‘rtasidagi nifoq jonlantirishning ikkinchi usuli vositasida quyidagicha badiiylashtiriladi; ular o‘zlarining “jonli qiyofalari" bilan jonlanadi: Aruziy barmoqni Barmoq uni ko‘hna – To‘pori, deydi. Xarobasan, der, Sen pastsan, men sendan – Arobasan, der, Yuqori, deydi. Parvozlar asrida. Download 455.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling