FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
18
tasvirlanayotgan narsa, hodisa ulkan va ulug‘vor ko‘rinadi. Shu sababga ko‘ra, ko‘pincha, litota mubolag‘a
bilan birga ishlatiladi.
Xorazmiyning ushbu baytiga diqqat qilaylik:
Bo‘ying
sarv-u sanobartek,
beling qil,
Vafo qilgan kishilarga vafo qil.
Baytda yorning qad-qomatini tasvirlar ekan, bo‘ychanligini, bo‘yining tikligini – xushqadligini (sarv-
qarag‘ayga) o‘xshatib bo‘rttirish maqsadida belini judayam ingichka qilib kichraytirmoqda.
O‘xshatish – tashbeh (arabcha –
o’xshatish) muayyan bir predmet, hodisani aniq tasavvur qilish uchun
uni boshqa tanish bo‘lgan predmet, hodisalarga solishtirishdir. O‘xshatishlar „dek", „day", „o‘xshash",
„xuddi", „simon", „deganday", „taxlit", „yangligʻ", „misli", „go‘yo" kabi qo‘shimchalar,
leksik vositalar,
ko‘makchilar yordamida yaraladi.
La’li labing qand-u asal, qildi
tamannosi kasal,
Kom olmaganda filmasal, men mubtalo qayga boray.
Muqimiyning ushbu baytida ma’shuqa labi ham la’lga,
ham qandga, ham asalga „tashbehi jam’" qilinyapti.
Oy deganda yuzi bor,
Kun deganda ko‘zi bor...
Qaldirg‘och qoshlaridan,
To‘lib qarashlaridan
Hayot
sochilar edi,
Gullar ochilar edi.
Bu parchada H. Olimjon Oygulning yuzini oyga, ko‘zini kunga, qoshini qaldirg‘ochga,
qarashlarini gul
ochilishiga o‘xshatib, uning go‘zalligini ta’riflaydi va Oygul qiyofasini jonlantiradi.
O‘xshatish mukammal bo‘lishi uchun unda to‘rt unsur qatnashishi lozim. 1. Birlamchi
(o‘xshatilmoqchi
bo‘lgan) predmet
(sharob to‘la piyola); 2.
Ikkilamchi
(o‘xshatilayotgan) predmet
(go‘yo bahorgi lola); 3.
O‘xshatilmoqchi va o‘xshatilayotgan predmetlarning o‘xshashlik alomati
(botayotgan kun kabi; go‘yo
qizlarning labi – „qizil rang"); 4. O‘xshatish qo‘shimchasi yoki ko‘makchisi
(kabi, go‘yo):
Do'stlaringiz bilan baham: