Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Qo‘limdagi sharob to‘la piyola


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Qo‘limdagi sharob to‘la piyola,
Qip-qizildir go‘yo bahorgi lola.
Qip-qizildir botayotgan kun kabi,
Qip-qizildir go‘yo qizlarning labi.  
(H. Olimjon) 
O‘xshatishlarning hamma vaqt mukammal bo‘lishligini talab etish noo‘rin, chunki bu vosita ham asar 
g‘oyasining talabiga binoan turli-tuman (to‘liq, to‘liqsiz, vositasiz, sodda, murakkab, tarkibli, ketma-ket 
darajali va h. k.) bo‘ladi. 
Darvoqe, Zulfiya bilan bo‘lgan muloqotlarning birida shoiradan so‘rashadi: 
– Suhbatimiz she’riyat haqida bo‘layotgani uchun H. Haynening bir gapini esladim: „Ayolni ilk bor 
gulga o‘xshatgan odam buyuk shoir bo‘lgan. Uni ikkinchi martaba gulga qiyoslagan shoir esa oddiy laqma, 
xolos". Sizning-cha, shoir haqmi? 
Shoira bu savolga: „Yuz foiz. Chunki taqlid she’riyatning dushmani. Undan qochish kerak, deyishadi 
ba’zan. Yo‘q, uni butunlay yo‘qotish kerak",– deya qat’iy va asosli javobni beradi. 
Tashbeh san’atini yuzaga keltirish uchun shoir biror narsani ikkinchi biror narsaga o‘xshatadi. „Tashbehdan 
maqsad: o‘sha o‘xshatilgan narsani aniqroq tasavvur etish; butun ta’sirchanligi bilan ko‘z oldiga keltirish; 
o‘xshatib suydirish va o‘xshatib bezdirish; o‘xshatib maqtash va o‘xshatib rasvoyi jahon qilish". (V. 
Rahmonov) Tashbehning xillari ko‘p, uning ba’zilari quyidagicha nomlanadi: tashbehi mutlaq, tashbehi 
kinoyat, tashbehi mashrut, tashbehi izmor, tashbehi musalsal va h. k. (7-sinfdagi tashbehni 
yaxshilab,tushunib oʻqib va takrorlab oling.) 
Osh yesalar o‘rtada sarson ilik, 
Xo‘ja – chiroq yog‘i, Hakimjon – pilik. 


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
19 
Sifatlash – tasvir etilayotgan inson, predmet, narsa, hodisaning muhim belgisi (xislati, xususiyati, o‘ziga 
xosligi)ni ko‘rsatuvchi (izohlovchi, xarakterlovchi, ajratuvchi) so‘z bo‘lib, u aniqlanmishga sifatlovchi 
belgisini ko‘chiradi: 
Xalqim deb yugurar hovuchlab jonin,
Xalqiga bag‘ishlar shavkatin-shonin.
Lekin shu chopishda keta-ketguncha,
Tozalab boradi xalqning hamyonin. 
Abdulla Oripovning ushbu to‘rtligida xalqni bahona qilib, jonini hovuchlab, tinimsiz yuguruvchi, go‘yo 
unga shavkat-u shonini bag‘ishlovchi odamlar tipi umumlashtirilganki, ularning bosh xislati xalqning 
hamyonini o‘pirishdir. 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling