Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili
She᾽riy san᾽atlar (Safo Matjon)
Download 455.48 Kb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alliteratsiya
- Harf san’ati
She᾽riy san᾽atlar (Safo Matjon)
Allegoriya. Allegoriya (majoz) ramzning bir ko‘rinishi bo‘lib, voqea-hodisa yoki narsa buyumning mavhum tushunchasi o‘rnida aniq tasvirni ifodalovchi ramziy so‘z (obraz)ni qo‘llash, ya’ni adabiy asarda o‘quvchiga noaniq bo'lgan tushunchani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash usulidir. Misol: tulki - ayyor va aldamchi kishi, bo‘ri - ochko‘z, chumoli - zahmatkash kishi va hok. (majoziy degani) Anafora-Banddagi misra, gaplarning boshidagi so‘z yoki so‘z birikmasining boshqa misralar boshida ham aynan takrorlanib kelishi anafora(takror)dir. Misol: Endi odam quldek sotilmas, Endi odam o‘tga otilmas. Endi unga qafas bo‘lmas jon, Endi dunyo bo‘lmaydi zindon. (H. Olimjon «Zaynab va Omon»dagi Sobir gapi) Alliteratsiya-Tovushlar ohangdorligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil bo'lgan ohangdorlik alliteratsiya (tavze) bo‘lib, bunda she’rda, jumlada, bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil tovushlar takrorlanadi. Misol: Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing, qiz. Qilur qatlimga qasd, qayrab Qilich qotil qaroshing, qiz... (Erkin Vohidov) Epifora-Bunda she’r misralari oxirida tovush, so‘z va iboralar takrorlanib keladi. Kulgan boshqalardir, yig‘lagan menman, 0‘ynagan boshqalar, ingragan menman. (Cho‘lpon) Harf san’ati-(Kitobat) -badiiy tasvirda arab alifbosidagi harflardan foydalanish sana᾽tidir. Nigoro, bori g‘am birla faqiri notavon aylab, «Alif»dek qomatimni «lom-alif» yanglig' duto qilding. (Huvaydo) Husni ta’lil― (ar.«chiroyli dalillash») adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko'rsatish, she’rda biror voqeani unga daxli bo‘lmagan boshqa hodisa bilan izohlashdir. Uning asosida muayyan bir hodisani real - hayotiy mantiq bilan emas, balki shoirona xayol - badiiy mantiq bilan «isbotlash» yotadi. FAZLIDDIN O‘TAGANOV Davlat_tili_uzbek_tili 25 Garchi shuncha mag‘rur tursa ham//Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun//Kibr-u havo nimaga kerak? (E. Vohidov) Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gisuyi//0‘z haddini bilib belidin o‘lturur quyi (Lutfiy) Istiora-Badiiy asarlarda so‘zni o‘z ma’nosidan boshqa bir ma’noda, ya’ni majoziy ma’noda qo'llash san’ati istiora(tag ma᾽no,metafora)dir. Bu san’at so‘z ma’nolari ko'chishining bir turi bo‘lib, u narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. Shu jihatdan istiora tashbeh (o'xshatish) san’atiga yaqin turadi. «Istiora» arabcha so‘z bo‘lib, «biron narsani omonatga (vaqtincha) olmoq», “Qarzga olish” degan ma’nolarni ifodalaydi. Sher yurakli bu Lochin Qoqib qanot - qulochin, Quzg‘unlardan asradi Elning xotin - xalochin. (M.Shayxzoda «Kapitan Gastello») Bunda Lochin - kapitan Gastello; quzg'unlar - fashistlar ma’nosida ishlatilgan. Download 455.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling