Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


G‘am shomi firoqingda kabob etti falakni


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

G‘am shomi firoqingda kabob etti falakni, (Lutfiyda bu joyi Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey 
moh
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma
Zulfiya ham “O‘rik gullaganda" she’rida 


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
22 
Derazamning oldida bir tup,
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi..."
Gulni ko‘rib ishqparast qalbim,
Ming aytilgan darddan kuyladi, 
deb yozar ekan, sevimli yori Hamid Olimjonning shu nomdagi she’rining birinchi, ikki misrasini aynan 
keltiradi.
Bunchalik mashhur misra va baytlarning shoirlar asarlarida takrorlanishi ayb sanalmaydi, balki uning 
asosida ustoz shoirlarga hurmat yotadi, ularning mahoratlariga qoyil qolishlikni bildiradi. 
Tadrij (arabcha – ketma-ket, peshma-pesh,darajama-daraja) san’atida tasvirga olingan obyekt 
darajama-daraja rivojlantirib boriladi; bu rivojlanish jarayoni o‘xshatish vositasi bilan ketma-ket o‘sib 
boradi. 
Hamid Olimjonning: 
Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam,
Labing yaprog‘idan tomgan ki go‘yo qatra bol bo‘lsam 
matla’li g‘azali ham tadrijga asoslangandir. Shoir mavzu va obrazni asta-sekin rivojlantirib, takomillashtirib 
boradi: 
Butog‘ingga qo‘nib, bulbul kabi xonish qilib tunlar,
O‘pib g‘unchangni ochmoqlikka tong chog‘i shamol bo‘lsam. 
Bu misralardan so‘ng yana rivojlantirish, yana ko‘tarinki tasvirlash mumkin emasday tuyuladi. Lekin Hamid 
Olimjonning mohirligi shundaki, markaziy g‘oya – yorga fidoyilikning takomilini davom ettiradi, oldingi 
baytlardagi fikr, hissiyot oqimini yanada balandroq pog‘onaga olib chiqadi; yorning bo‘yini (hidini) tarqatib, 
olamni o‘zini bilmaydigan darajada mast holga keltirib, so‘ng bu holatga o‘zi lol qolishini, yor bilan yolg‘iz 
qolganda hatto xayolga aylanishga rozi ekanligini kuylaydiki, fidoyilikning bunchalik kuchli, bunchalik 
go‘zal ifodasidan, shoirning san’atidan kishi hayratga keladi: 
Bo‘yingni tarqatib olamni qilsam mast-u mustag‘riq,
O‘zimning san’atimga so‘ng o‘zim hayratda lol bo‘lsam.
Sening birla qolib bu mast-u lol olamda men yolg‘iz,
O‘zimni ham topolmay, mayliga, oxir xayol bo‘lsam. 
Irsol-u masal (arabcha – maqol keltirish) she’riy baytda fikr qaymog‘ini tashuvchi, ayni paytda, 
judayam siqiq shakldagi maqollarni qoʻllash san’atidir. 
Har kishikim birovga qozg‘oy choh,
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh. (“Sab᾽ai sayyor”) 
Vahob Rahmonov yozishicha, „Ikki maqol keltirish, ya’ni irsol-u du masal namunasini Muhammad 
Niyoz Nishotiyning „Husn va Dil" dostonidan ko‘raylik: 
Kimki qozar oqibat ul tushgusi,
Kimki yoqar oxir o‘shal pishgusi... 
Shoir boshqa xalq maqollarini ham matnga jalb etsa, irsol-u masal san’ati namunasi bo‘laveradi. 
Chunonchi, Mavlono Lutfiy g‘azali maqtaidan: 
Bir g‘amza yetar Lutfiyni devona qilurg‘a,
Bordur masal: „A1 oqil-u kamfihul ishora". 
Ko‘ryapmizki, muallif „Oqilga ishora kifoyadir" mazmunidagi arab maqolidan foydalangan" („She’r 
san’atlari", 12-bet). 
Eski o‘zbek tilida maqol, matal va iboralar masal yoki zarb ul-masal deb nomlangan. 
Shoirning «irsoli masal» san’atini qo'llashdan maqsadi o‘z fikrini maqol, matal, ibora yo hikmatli so‘z 
orqali quvvatlab olish, o‘quvchi ishonchini kuchaytirish va ifoda ta’sirchanligini oshirishdir. 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling