1
Yetti meni
o‘lturgali
oxir
hijron
2
2
O‘lturgali
qo‘yma
meni qutqar
ey jon
3
Oxir
meni qutqar
3
bu firoq
asru yomon
4
Hijron
ey jon
asru yomon
oh-u fig‘on
Ogahiy ijodidan:
dangh
№
1
2
3
4
1
Ul sho‘xi
ochildi
xat-u
ruxsori
2
Ochildi
rayohinda
yuzi
gulnori
3
Xat-u
yuzi
besabr-u qarori
man-man
4
Ruxsori
gulnori
man-man
zori
2. Ma’naviy san’atlar
So‘zning ma’nosi bilan bog‘liq she’riy san’atlar jamini ma’naviy san’atlar deb yuritiladi. Uning iyhom,
ittifoq, tadbix, faxriya, taqsir, irsoli masal, tashxis, intoq, tazod, husni ta’lil, iltifot, talmix, ruju’, tazmin,
muqobala, ta’riz, tanosib, tajnis, laf va nashr kabi o‘nlab ko‘rinishlari mavjud.
Iyhom (arabcha – shubhaga solish, chalg‘itish) – shubhaga tushirishdir (Vohid Tabriziy), ya’ni bir
baytda ikki xil (biri ochiq, ikkinchisi sirliroq) ma’noni ifodalash san’atidir.
Sendek saname ko‘rman Lutfiy Chig‘atoyda,
Chin so‘yla, Xito xo‘blarig‘a ne bo‘lursan?
Bu yerda avvaliga, rost soʻzla degan, ikkinchi tomonlama esa xitoylik pari maʻnosida kelyapti.
Tazod (antiteza) (arabcha – qarshilantirish, zid) san’atida shoir she’rida qarama-qarshi, bir-biriga zid
ma’noli so‘zlarni qo‘llaydi.
E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo,
Sheva birla ko‘zlaring jonimni bemor ayladi.
(Yorning (Masiho – Iso) dami (og‘zi) ko‘ziga qarama-qarshi qo‘yilgan: ko‘zi bemor qiladi, dami – nafasi
shifo beradi. Ayni zamonda ko‘z bilan og‘iz bir-biriga bog‘liq, ikkalasi ham yornikidir.)
Ko‘rinadiki, tazodda zid qo‘yilgan ikki tomon (obraz, predmet) qiyoslanadi, ayni zamonda, uzviy
ravishda bir-biriga mustahkam bog‘lanib keladi.
Tazmin (arabcha – bir narsani ikkinchi bir narsa orasiga qoʻymoq)da san’atkor yaratilayotgan asariga
boshqa biror shoirning kuchli ta’sir qilgan misra yoki misralarini o‘zgartirishsiz kiritadi; faqat buning sharti
bor: yaratilayotgan asardagi bosh g‘oyaga mos bo‘lishi, uning mohiyatini chuqurroq va ta’sirchanroq ochishi
lozim. Jumladan, Mashrab o‘zining
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
Do'stlaringiz bilan baham: |