Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


shakar, uch tilda ifodalangan mulamma’ „shahd-u shakar


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

shakar, uch tilda ifodalangan mulamma’ „shahd-u shakar deb yuritilgan. 
Xiroming ajib-u jamoling bade’,
Kaloming balig‘-u maqoming rafe’.
Uzoringga bermish xating jo‘shish
Tarovat, chu rayhon fasli rabe’... 


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
20 
Sidqiy Xondayliqiyga mansub ushbu g‘azalda „
bade’, rafe’, rabe’
kabi so‘zlarning arab tilidan 
olinganini, mulamma’ qofiya turini yaratganini ko‘ramiz. 
Hamid Olimjonning do‘sti G‘afur G‘ulomga yozgan ushbu xatida ham mulamma’ san’atining voqe 
bo‘lishini, uning kulgili, shirador va dilbarligini anglaymiz:  
G‘afuro, G‘afuro, ishlar qalay
Soat yettida Registon prixodi 
Sen emasmi A’zam Ayubga malay!
Senga ma’qul gaplar bir talay! 
Tardi aks (arabcha – teskari qilib takrorlash) – she’rning birinchi misrasida keltirilgan ikki so‘z yoki 
so‘z birikmalarini keyingi misrada o‘rnini almashtirib takrorlashdan iborat san’atdir. 
Ko‘p gulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching, 
Shikasta ko‘ngluma qaro balo soching. 
Boburning ushbu baytining birinchi misrasidagi „balo" so‘zi mustaqil holda „ofat" ma’nosini, „qaro" so‘zi 
esa sochning sifatini ifodalagan bo‘lsa, ikkinchi misradagi bu ikki so‘zning o‘rni almashtirilishi natijasida, 
ularning mazmuni ham o‘zgarib, „qaro" so‘zi „balo" so‘zining sifatlovchisiga aylanib, bu so‘zning 
ma’nosini yanada kuchaytirgan, har ikki so‘z qofiyadosh bo‘lganligi sababli takror zulqofiyatayn san’atini 
hosil qilgan. 
Takrir (arabcha – takrorlash) san’ati – muayyan she’rda u yoki bu so‘zni takror qo‘llashdir. So‘zni 
takrorlashdan maqsad, o‘sha so‘zning ma’nosini, tub mohiyatini ta’kidlash, unga o‘quvchi diqqatini 
tortishdir. 
„Layli, Layli! – debon chekib un,
El deb: „Majnundir, ushbu Majnun". 
Alisher Navoiyning „Layli va Majnun" dostonidan keltirilgan ushbu baytda „Layli va Majnun" so‘zlari ikki 
marta takrorlangan. Birinchi so‘zning takrori Majnunning oshiqligini ta’kid etsa, ikkinchi so‘zda el nazdida 
ishq yo‘lidagi Majnunning haqiqatda majnunligi ta’kidlanyapti. 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling